×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PEROTA poroshok 4g 4 g/0,5 g

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
- GM Pharmaceuticals Ltd, ООО
Vakil:
- GMP
ATX kodi:
- J01CR05
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

AZIMAK kapsulalar 250mg N6 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
45 100 s`om dan
ORSIPOL tabletkalari 500mg 500mg/500mg N10 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
RAMKASIN inyektsiyasi uchun eritmasi 2ml 100mg/2ml N10 Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd, Индия произведено: Nitin Lifeciences Ltd Hindiston
STREPTOMISIN poroshok 1g Открытое акционерное общество «Акционерное Курганское общество медицинских препаратов и изделий «Синтез» (ОАО «Синтез»)
2 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Preparatning bir flakoni (2 g/0,25 g) 2 g Piperatsillinga ekvivalent piperatsillin natriy va 0,25 g tazobaktamga ekvivalent tazobaktam natriy saqlaydi.

Preparatning bir flakoni (4 g/0,5 g) 4 g Piperatsillinga ekvivalent piperatsillin natriy va 0,5 g tazobaktamga ekvivalent tazobaktam natriy saqlaydi.
Majmuaviy antibakterial preparat. Piperatsillin keng taʼsir doirasiga ega penitsillinlar guruhi yarimsintetik bakteritsid antibiotiki, mikroorganizmlarning hujayra devori sintezini bostiradi.

Tazobaktam-beta-laktamazalarning (shu jumladan plazmiyda va xromosomali) ingibitori. Tazobaktamning ishtiroki piperatsilinning taʼsir doirasini ahamiyatli kengaytiradi.

Preparat grammanfiy aerob bakteriyalarga nisbatan faol: Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Enterobacter spp., (Enterobacter cloacae, Enterobacter aerogenes), Providencia spp., Sitrobacter spp., Klebsiella spp. (shu jumladan Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae), Morganella morganii, Serratia spp. (Serratia marcescens, Serratia liquifaciens), Proteus spp. (shu jumladan Proteus mirabilis, Proteus vulgaris), Pseudomonas aeruginosa (faqat piperatsillinga sezgir shtammlari), Pseudomonas spp. (Burkholderia cepacia, Pseudomonas fluorescens ni ham qoʻshib), Moraxella spp. (Moraxella catarrhalis ni ham qoʻshib), Neisseria spp. (shu jumladan Neisseria meningitides, Neisseria gonorrhoeae), Haemophilus spp. (Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae ni ham qoʻshib), Pasteurella multocida, Yersinia spp., Campylobacter spp., Gardnerella vaginalis, Stenotrophomonas maltrophilia, Acinetobacter spp. (xromosom beta-laktamazani ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan);

grammusbat aerob bakteriyalar: Streptococcus spp. (shu jumladan Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Streptococcus bovis), Viridans group streptococci (C va G), Enterococcus spp. (Enterococcus faecalis, Enterococcus faecium), Staphilococcus spp. (Staphylococcus aureus metitsillinga sezgir shtammlari, Staphylococcus epiderrmidis, Staphylococcus saprophyticus), Listeria monocytogenes, Nocardia spp.;

anaerob bakteriyalar: Bacteroides spp. (Bacteroides fragilis, Bacteroides ovatus va boshqalar), Fusobacterium nucleatum, Clostridium spp. (Clostridium perfringens, Clostridium difficile ni ham qoʻshib), Peptostreptococcus spp., Eubacter spp., Veillonella spp., Actinomyces spp.

Vena ichiga infuziyadan keyin T1/2 36-72 minutni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi piperatsillin uchun 21% va tazobaktam uchun 23% ni tashkil qiladi.

Organizmning toʻqima va suyuq muhitlariga, ichakning shilliq qavatiga, oʻt-safro qopiga, oʻt-safroga va oʻpkalarga yaxshi kiradi. Piperatsillinning 69% va tazobaktamning 80% siydik bilan chiqariladi. Piperatsillin shuningdek oʻt-safro bilan ham chiqariladi.
Tez-tez: diareya, qusish, koʻngil aynishi

Kamroq: flebit, tromboflebit, terini qizarishi, allergik reaksiyalar (shu jumladan eshakemi, terini qichishi, toshma), superinfeksiyani rivojlanishi.

Kam: koʻpshaklli ekssudativ eritema, ekzema, miasteniya, mialgiya, gallyutsinatsiyalar, AB ni pasayishi, qonovchanlik, yuborish joyida ogʻriq va qizarish.

Juda kam: soxtamembranoz enterokolit.

Laboratoriya koʻrsatkichlari: tranzitor leykopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya, gipokaliyemiya, “jigar” transaminazalari faolligini tranzitor oshishi, bilirubinemiya, mochevina va kreatinin konsentratsiyasini oshishi.
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion yalligʻlanish kasalliklari:

- nafas yoʻllarining quyi boʻlimlarini infeksiyalari (pnevmoniya, oʻpka abssessi, plevra empiyemasi);

- abdominal infeksiyalar - peritonit, pelvioperitonit, xolangit, oʻt-safro qopining empiyemasi, appenditsit (shu jumladan abssess bilan asoratlangan);

- siydik chiqarish yoʻllarining infeksiyalari (shu jumladan asoratlangan) - piyelonefrit, sistit, prostatit, epididimit, gonoreya, endometrit, vulvovaginit, tugʻruqdan keyingi endometrit va adneksit;

- suyaklar va boʻgʻimlarning infeksiyalari;

- teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalari - flegmona, furunkulyoz, abssess, piodermiya, limfadenit, limfangit; infeksiyalangan trofik yaralar, infeksiyalangan jarohatlar va kuyishlar.

- intraabdominal infeksiyalar;

- neytropeniyali bemorlardagi bakterial infeksiyalar;

- sepsis, meningit;

- operatsiyadan keyingi infeksiyalarni oldini olish.

Preparat ogʻir infeksion-yalligʻlanish kasalliklarining qoʻzgʻatuvchilarini aniqlashdan oldin davolash uchun qoʻllanadi.
- Penitsillinlarga, sefalosporinlarga va beta-laktam antibiotiklarning boshqa ingibitorlariga oʻta yuqori sezuvchanlik;

- 2 yoshgacha boʻlgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);

- homiladorlik va laktatsiya davri;

Ehtiyotkorlik bilan: ogʻir qon ketishlar, mukovissidoz, soxtamembranoz enterokolit, surunkali buyrak yetishmovchiligi.
EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Penitsillinlarga oʻta yuqori sezuvchanligi boʻlgan patsiyentlarda qarama-qarshi allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin.

2 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Hayotiy muhim koʻrsatkichlarda preparatni erta davrdanoq qoʻllash mumkin.

Ogʻir persistirlovchi diareya paydo boʻlgan hollarida soxtamembranoz enterokolitning rivojlanish ehtimolini hisobga olish kerak. Yengil hollarda preparatni qabul qilishni toʻxtatish yetarli. oʻrtacha va ogʻir hollarda maxsus davolash talab qilinadi.

Uzoq muddat davolanish buyraklar, jigar faoliyatini, qon koʻrsatkichlarini (shu jumladan ivish tizimini) vaqt-vaqti bilan nazorat qilish kerak.

Gonoreyani davolash uchun antibiotiklarni yuqori dozalarda qisqa muddatda qoʻllash sifilisning yashirin (inkubatsion) davrini niqoblashi mumkin, shuning uchun antibakterial davolashni boshlashdan avval gonoreyali bemorlar sifilisni aniqlash maqsadlarida tekshirishlari kerak.
Perota aminoglikozidlar, laktatli Ringer eritmasi, qon oʻrnini bosuvchilar yoki albumin gidrolizatlari bilan farmatsevtik (bir shprisda) nomutanosib. Perota eritmalarini natriy bikarbonatini saqlovchi infuzion eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Naychalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari, T1/2 oshiradi va piperatsillinni ham, tazobaktamni ham buyrak klirensini kamaytiradi, bunda ikkala preparatning plazmadagi Cmax oʻzgarmay qoladi.

Preparat geparin. peroral antikoagulyantlar va boshqa gemostatik preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllanganida tez-tez qonning koagulyatsion parametrlarini nazorat qilish kerak.

Piperatsillin metotreksatning chiqarilishini kamaytiradi, shuning uchun oxirgisining qon plazmasidagi darajasini monitoringi kerak. Probenetsid Perotaning yarimchiqarilish davrini oshiradi. Piperatsillin va vekuroniyni bir vaqtda qoʻllash (yoki boshqa qutblantirmaydigan miorelaksantlar) vekuroniyning nerv-mushak blokadasini uzaytiradi.
Dozalash tartibi infeksiyaning ogʻirligi va lokalizatsiyasiga, qoʻzgʻatuvchining preparatga sezgirligiga qarab shaxsiy aniqlanadi. Preparat v/i tomchilab 20-30 minut davomida yuboriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda oʻrtacha sutkalik doza 12 g piperatsillin va 1,5 g tazobaktamni 2/0,25 g (2 g piperatsillin/0,25 g tazobaktam) har 6 soatda yoki 4/0,5 g (4 g piperatsillin/0,5 g tazobaktam) har 8 soatdani tashkil qiladi.

Pseudomonas aeruginosa chaqirgan infeksiyalarda aminoglikozidlarni qoʻshimcha buyurish koʻrsatilgan. Vazni 40 kg gacha boʻlgan buyraklar faoliyati meʼyorda boʻlgan bolalarga tavsiya qilinadigan doza 100 mg piperatsillin/12,5 mg tazobaktam/kg har 8 soatdani tashkil qiladi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligida preparatning sutkalik dozalari KK qarab toʻgʻrilanadi.

KK

(ml/min)

Piperatsillin/tazobaktamni tavsiya qilinadigan dozalari

20-40

Sutkalik doza: 12/1,5 g (4 g piperatsillin/0,5 g tazobaktam) har 8 soatda

<20

Sutkalik doza: 8/1 g (4 g piperatsillin/0,5 g tazobaktam) har 12 soatda


Gemodializda boʻlgan bemorlar uchun maksimal sutkalik doza 8 g piperatsillin/1 g tazobaktamni tashkil qiladi; chunki gemodializ vaqtida piperatsillinning 30-50% 4 soatda yuvib chiqariladi, har bir dializ seansidan keyin qoʻshimcha 2g piperatsillin/0,25g tazobaktam dozasini buyurish kerak. Davolash kursi odatda 7-10 kun, koʻrsatmalar buyicha 14 kungacha oshirilishi mumkin.

Eritmani tayyorlash va yuborish usuli:

V/i ga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun erituvchi sifatida 0,9% NaCl eritmasi, 5% dekstroza eritmasi, inyeksiya uchun steril suv ishlatiladi.

V/i ga oqim bilan yuborish uchun (3-5 min) 2 g/0,25 g preparat saqlovchi flakon 10 ml yuqorida koʻrsatilgan  eritmalardan biri bilan suyultiriladi.

V/i ga tomchilab yuborish uchun 2 g/0,25 g yoki 4 g/0,5 g preparat saqlagan flakonni 10 yoki 20 ml 0,9% NaCl eritmasiga muvofiq suyultiriladi. Olingan eritma keyinchalik 50 ml koʻrsatilgan eritmalardan biri bilan yoki dekstrozaning 5% suvdagi eritmasi yoki 5% dekstroza va 0,9% NaCl eritmasining aralashmasida suyultiriladi.

Belgilari: qoʻzgʻalish, tirishishlar.

Davolash: simptomatik, shu jumladan tutqanoqqa qarshi vositalarni buyurish (diazepam yoki barbituratlar ham qoʻshib), gemodializ yoki perotoneal dializ.
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida faqat agarda ona uchun taxmin qilingan foyda, homila uchun boʻlgan potensial xavfdan ustun boʻlgan hollardagina buyurish mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PEROTA poroshok 4g 4 g/0,5 g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PEROTA poroshok 4g 4 g/0,5 g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PEROTA poroshok 4g 4 g/0,5 g dori vositasi GM Pharmaceuticals Ltd, ООО tomonidan Gruziya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PEROTA poroshok 4g 4 g/0,5 g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PEROTA poroshok 4g 4 g/0,5 g dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9