×
×
  • PEYONA infuziya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PEYONA infuziya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Avstriya
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Кьези Фармасьютикалс ГмбХ
ATX kodi:
- N06BC01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FEVARIN tabletkalari 50mg N15 Abbott Healthcare Products B.V., Нидерланды произведено: Mylan Laboratories SAS Frantsiya
100 500 s`om dan
GAMALATE V6 tabletkalari N20 Ferrer Internacional S.A. Ispaniya
80 000 s`om dan
AMITRIPTILIN tabletkalari 25mg N48 Арпимед O'zbekiston
25 000 s`om dan
KAVINTON eritma 25mg/5ml N10 Gedeon Richter PLC Vengriya
81 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PEYONA infuziya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PEYONA

PEYONA

 

Preparatning savdo nomi: PEYONA

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): kofein

Dori shakli: infuziya uchun va ichga qabul qilish uchun eritma 20 mg/ml.

Tarkibi:

1 ml li xar bir ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: kofein sitrati 20,0 mg (10,0 mg kofeinga ekvivalent);

yordamchi moddalar: limon kislotasi monogidrati, natriy sitrati, in‘eksiya uchun suv 1,0 ml gacha.

Ta‘rifi: ko‘rinadigan mexanik zarrachalarsiz tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruxi: psixoanaleptiklar, ksantin xosilalari.

ATX kodi: N06BC01

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Kofein strukturasi bo‘yicha metilksantinlar teofillin va teobromin bilan o‘xshash.

Uning ko‘pchilik samaralari adenozin reseptorlarining A1 va A2A kichik turlarini blokadasi bilan bog‘liq, bu uni reseptorlar bilan bog‘lanishini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarda namoyish qilingan va bu ko‘rsatma uchun terapevtik dozalar yuborilgandan keyin erishiladigan konsentrasiyalarga  yaqinlashgan konsentrasiyalarda kuzatilgan.

Kofeinning asosiy samarasi markaziy nerv tizimini rag‘batlantirishdan iborat. Bu chala tug‘ilgan chaqaloqlar apnoesida kofeinning faolligini asosida yotadi, bunda u, taxminan quyidagi samaralarni ko‘rsatadi: (1) nafas markazini stimulyasiyasi, (2) minutlik ventilyasiyani oshirish, (3) giperkapniyaga sezuvchanlik bo‘sag‘asini pasaytirishi, (4) giperkapniyaga javobni kuchaytirishi, (5) skelet mushaklari tonusini oshirish, (6) diafragmaning kuchsizligini kamaytirishi, (7) asosiy modda almashinuvi tezligini oshirish va (8) kislorodni iste‘mol qilishni oshirish.

Klinik samaradorligi va xavfsizligi

Kofein sitratining klinik samaradorligi ko‘p markazli, randomizasiyalangan, ikki tomonlama yashirin tadqiqotda baxolangan, unda kofein sitrati va plasebo muddatidan oldingi tug‘uruqda apnoe bilan tug‘ilgan 85 nafar chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda (gestagen yoshi 28 dan ≤33 xaftagacha) baxolangan. Yangi tug‘ilganlarga kofein sitratining 20 mg/kg li yuklama dozasi vena ichiga buyurilgan. So‘ngra kofein sitratining 5 mg/kg li tutib turuvchi dozasi vena ichiga yoki peroral (me‘da zondi orqali) 10-12 kun davomida buyurilgan. Protokolga muvofiq kofein sitratini apnoe nazorat qilib bo‘lmaydigan xolatga kelganda qo‘shimcha davolash sifatida ochiq yuborishga yo‘l qo‘yilgan. Bunday xollarda pasientlarga davolashning 1-chi kunidan keyin va davolashning 8-chi kunigacha kofein sitratining 20 mg/kg takroriy yuklama dozasi buyurilgan.

Kofein sitrati guruxida apnoe epizodlarisiz kunlar soni ko‘p bo‘lgan (plasebo guruxidagi 1,2 kunga qarshi 3,0 kun; r=0,005); apnoe belgilari kuzatilmagan bemorlar foizi yuqoriroq bo‘lgan ≥8 kun (kofein guruxida 22%, plasebo guruxida 0%).

Yaqinda o‘tkazilgan katta plasebo-nazoratli ko‘p markazli tadqiqotda (n=2006) kofein sitratini chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yaqindagi va kechki (18-21) samaralari o‘rganilgan. Kofein sitrati guruxiga randomizasiya qilingan bolalar, keyingi 5 mg/kg li saqlab turuvchi sutkalik doza bilan, 20 mg/kg li vena ichiga yuklama dozani olganlar. Agar apnoe belgilari saqlansa, unda saqlab turuvchi sutkalik dozani 10 mg/kg li maksimumgacha oshirish mumkin bo‘lgan. Samarani bir maromda saqlab turuvchi dozaga xar xaftada tana vazni o‘zgarganida tuzatish kiritilgan; shuningdek agar bola to‘liq paranteral ovqatlanishni yaxshi o‘zlashtirsa, peroral qabul qilishga o‘tish mumkin bo‘lgan. Kofein bilan davolash bronxo‘pka displaziyasi tezligini pasaytirgan [muvaffaqiyatli yakun extimoli (95% II (ishonch intervali) 0,63 (0,52 dan 0,76 gacha)] va neyropsixik rivojlanishni kechikishisiz yashab qolishni yaxshilanishiga olib kelgan [muvaffaqiyatli yakun extimoli (95% II) 0,77 (0,64 dan 0,93 gacha].

Kofeinning o‘lim va nogironlikka ta‘sirini yaqqolligi va yo‘nalishi, respirator yordam olayotgan bolalarda davolashni yaqqolroq foydasiga ishora qilib, randomizasiya vaqtida kerak bo‘lgan respirator yordam darajasiga qarab farqlangan. [O‘lim va nogironlikka taalluqli muvaffaqiyatli yakun ehtimolini (95% II); quyidagi jadvaldan qarang].

Tadqiqotga kiritish vaqtida respirator yordam turiga qarab, o‘lim yoki nogironlik ko‘rsatkichi

Kichik guruxlar Muvaffaqiyatli yakun extimoli (95% DI)
Yordamsiz 1,32 (0,81 – 2,14)
Noinvaziv saqlab turuvchi ventilyasiya 0,73 (0,52 – 1,03)
Endotraxeal intubasiya 0,73 (0,57 – 0,94)

Farmakokinetikasi

Kofein sitrati suvli eritmalarda yengil dissosiasiyalanadi. Sitrat infuziyada yoki ichga qabul qilinganda tez metabolizmga uchraydi.

So‘rilishi

Kofeinning ta‘siri infuziya boshlangandan keyin bir necha minut davomida kuzatiladi. Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 1 kg tana vazniga 10 mg kofein ichga qabul qilingandan keyin plazmadagi kofeinning maksimal konsentrasiyasi (Smax) 6 dan 10 mg/l diapazonda, maksimal konsentrasiyaga (tmax) erishishning o‘rtacha vaqti 30 minutdan 2 soatgacha diapazonda bo‘lgan. So‘rilish darajasi sun‘iy aralashmaning tarkibiga bog‘liq emas, lekin tmax kattalashishi mumkin.

Taqsimlanishi

Kofein sitrati buyurilganda kofein bosh miyaga tez yetib boradi. Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilganlarda orqa miya suyuqligidagi kofeinning konsentrasiyasi uning plazmadagi konsentrasiyasiga taxminan yaqin bo‘ladi. Emizikli bolalarda kofeinning taqsimlanishini o‘rtacha xajmi (Vd) kattalarga qaraganda biroz yuqori (0,6 l/kg) bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yoki emizikli bolalarda plazma oqsillari bilan bog‘lanishi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q. Kattalarda plazma oqsillari bilan bog‘lanishi in vitro  sharoitlarda taxminan 36% ni tashkil qiladi.

Kofein yo‘ldosh orqali xomilaning qon oqimiga osongina kiradi va ko‘krak suti bilan chiqariladi.

Metabolizmi

Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kofeinning metabolizmi jigarning ferment tizimini yetilmaganligi tufayli, ancha cheklangan, va faol moddaning katta qismi siydik bilan chiqariladi. Sitoxrom R450 1A2 (CYP1A2) kattalarda kofeinning metabolizmida ishtirok etadi.

Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kofein va teofillinni o‘zaro bir biriga aylanishi xaqida xabar berilgan; teofillin buyurilganidan keyin kofeinning miqdor darajasi, teofillinning miqdor darajasining taxminan 25% ni tashkil qiladi; yuborilgan kofeinning taxminan 3-8% teofillinga aylanishini kutish mumkin.

Chiqarilishi

Hayotining birinchi yilidagi bolalarda kofeinning chiqarilishi, jigar va/yoki buyrakning funksional yetilmaganligi tufayli, kattalardagiga nisbatan ancha sekinroq kechadi. Yangi tug‘ilganlarda kofeinning klirensi siydik bilan chiqarilishi xisobiga to‘liq ta‘minlanadi. O‘rtacha yarim chiqarilishi davri (t1/2) va o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqarilayotgan kofeinning fraksiyasi (As) emizikli bolalarda gestasion/postmenstrual yosh bilan teskari korrelyasiyaga ega. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yarim chiqarilish davri t1/2 taxminan 3-4 kunni, va As – taxminan 86% ni (6 kun davomida) tashkil qiladi. 9 oylikka kelib, kofeinning metabolizmi bolalarda kattalardagi metabolizmiga taxminan teng bo‘ladi (t1/2 = 5 soat va As = 1%).

Jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kofeinning farmakokinetikasini tadqiqotlari o‘tkazilmagan.

Og‘ir buyrak yetishmovchiligi borligida, va kumulyasiya potensialini oshishini xisobi bilan, kofeinning sutkalik saqlab turuvchi dozasini kamaytirish kerak, dozani tanlashda qonda kofeinning konsentrasiyasini aniqlash natijalariga tayanish kerak. Xolestatik gepatiti bo‘lgan chala tug‘ilgan yangi tug‘ilganlarda kofeinning yarim chiqarilish davrini, uning plazmadagi konsentrasiyasi darajasini normal darajadan yuqoriga oshishi bilan, kofeinning yarim chiqarilish davrini uzayishi kuzatiladi, bu bunday pasientlarda dozani tanlashga aloxida e‘tibor berishni ko‘zda tutadi.

Qo‘llanishi

Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nafasni birlamchi to‘xtashini (apnoe) davolash.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kofein sitrati bilan davolashni jadal davolashning neonatologiya bo‘limida ishlash tajribasiga ega bo‘lgan shifokorning kuzatuvi ostida boshlash kerak. Preparatni faqat jadal davolashning neonatologiya bo‘limida qo‘llash kerak, u bemorlarni kuzatish  taktikasi va monitoringini ta‘minlovchi muvofiq jixozlar bilan ta‘minlangan bo‘ladi.

Dozalash

Ilgari davolanmagan emizikli bolalarda tavsiya etiladigan dozalash tartibi: kofein sitratining yuklama dozasi 1 kg tana vazniga 20 mg shprisli infuzomat yoki dozalangan infuziya uchun boshqa asbob yordamida 30 minut davomidagi sekin vena ichiga infuziya yo‘li bilan yuboriladi. 24-soatlik interval o‘tgach, 10 minut davomidagi sekin vena ichiga infuziya yo‘li bilan kg tana vazniga 5 mg samarani bir maromda saqlab turuvchi doza buyuriladi.; infuziya xar 24 soatda takrorlanadi. Kg tana vazniga 5 mg muqobil samarani bir maromda saqlab turuvchi doza xar 24 soatda nazogastral zond yordamida ichga qabul qilish uchun buyurilishi mumkin.

Kofein sitratining yuklama va saqlab turuvchi dozalari quyidagi jadvalda keltirilgan, unda kofein sitratining in‘eksiyasini xajmi va yuborilgan dozasi orasidagi muvofiqlik keltirilgan. Kofein-asosiga qayta xisoblangan doza, kofein sitratining yarim dozasini tashkil etadi (20 mg kofein sitrati 10 mg kofein asosiga ekvivalent).

  Kofein sitrati-

ning dozasi

(xajm)

Kofein sitra-

tining dozasi

mg/kg tana vazniga

Yuborish usuli Yuborishlar soni
Yuklama doza 1,0 mg/kg tana vazniga 20 mg/kg tana vazniga Vena ichiga in-

fuziya (30 min

davomida)

Bir marta
Samarani bir maromda saqlab turuv

chi doza*

0,25 mg/kg tana vazniga 5 mg/kg tana vazniga Vena ichiga in-

fuziya (10 min

davomida) yoki ichga qabul qilish

Xar 24 soatda*

*yuklama dozadag keyin 24 soat o‘tgach boshlanadi.

Tavsiya etilgan yuklama dozaga klinik javobi yetarlicha bo‘lmagan chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga 24 soat o‘tgandan keyin maksimal 10-20 mg/kg li takroriy yuklama doza buyurilishi mumkin.

10 mg/kg tana vazniga yuqoriroq yuklama dozalarni faqat agar, chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kofeinning katta yarim chiqarilish davri tufayli, uning kumulyasiyasini va postmenstrual yoshga qarab, kofeinni metabolizmiga avj olib borayotgan hususiyatini xisobga olib, yaxshilanish kuzatilmagan xollarda yuborish mumkin. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha plazmada kofeinning konsentrasiyasini monitorlash kerak. Agar pasientlar ikkinchi yuklama dozaga yoki sutkada 10 mg/kg li samarani bir maromda saqlab turuvchi dozaga yetarlicha javob bermasalar, chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘yilgan apnoe tashxisini qayta ko‘rib chiqish kerak.

Dozaga tuzatish kiritish va monitaoring

Davolash davomida, ayniqsa agar yaxshilanish kuzatilmasa yoki toksiklik belgilari paydo bo‘lsa, plazmadagi kofeinning konsentrasiyasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak

Bundan tashqari, quyidagi kabi yuqori xavf vaziyatlarda plazmada kofeinning konsentrasiyasini oddiy monitoringidan keyin, shifokorning xoxishi bo‘yicha dozaga tuzatish kiritish kerak bo‘lishi mumkin:

  • juda chala tug‘ilgan bolalar (gestasiyaning ≤28 xaftasi va/yoki tana vazni ≤1000 g), ayniqsa parenteral oziqlanishdagi chaqaloqlar
  • jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bolalar
  • tirishish oqibatida buzilishlari bo‘lgan bolalar
  • yurakning isbotlangan va klinik axamiyatli patologiyasi bo‘lgan bolalar
  • bir vaqtda kofeinning metabolizmiga ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan dori vositalari bilan qo‘shimcha ravishda davolanayotgan bolalar
  • onalari emizish davrida kofein iste‘mol qilayotgan bolalar

Quyidagi pasientlarda kofeinning dastlabki konsentrasiyasini aniqlash kerak:

  • ularni tug‘ilishigacha bo‘lgan vaqtgacha onalari katta miqdorlarda kofein iste‘mol qilishi mumkin bo‘lgan onalarning bolalari
  • ilgari kofein xosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydigan teofillin qabul qilgan bolalar.

Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kofeinning yarim chiqarilish davri cho‘zilgan, preparatning kumulyasiya bo‘lish ehtimoli bor, bu preparatni uzoq vaqt qabul qilayotgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda monitoringni talab qilishi mumkin.

Konsentrasiyalarni aniqlash uchun qon namunalarini davolashga terapevtik javob bo‘lmagan xollarda bevosita navbatdagi dozani yuborish oldidan, va toksik ta‘sirga gumon bo‘lganda faqat oldingi doza yuborilganidan keyin 2-4 soat o‘tgach olish kerak.

Adabiyotlarda qon plazmasida kofeinning terapevtik konsentrasiyalarini diapazoni ko‘rsatilmagan, lekin kofeinning klinik samarasini ko‘rsatgan tadqiqotlarda, konsentrasiya 8 dan 30 mg/l gachani tashkil qilgan; plazmada kofeinning konsentrasiyasi 50 mg/l dan kam bo‘lganda, xavfsizlik bo‘yicha muammolar odatda paydo bo‘lmagan.

Davolash davomiyligi

Davolashning optimal davomiyligi aniqlanmagan. Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ishtirokida qinda o‘tkazilgan ko‘p markazli tadqiqotlarning ma‘lumotlari asosida, davolashning 37 kunlik o‘rtacha davri to‘g‘risida xabar berilgan.

Klinika amaliyotida davolash bolaning postmenstrual yoshi 37 xaftalikkacha yetgunicha davom ettiriladi, bu davrga kelib, chala tug‘ilganlarning apnoe xurujlari mustaqil o‘tib ketadi. Lekin bu chegarani klinik vaziyatga, davolashga bo‘lgan reaksiyaga, davolashga qaramay, apnoe xurujlarini davom etishiga qarab, yoki boshqa klinik tasavvurlarga qarab, qayta ko‘rib chiqish mumkin. Agar 5-7 kun davomida pasientda axamiyatli apnoe xurujlari kuzatilmasa, kofein sitratini qo‘llashni to‘xtatish tavsiya etiladi.

Agar pasientlarda apnoening qaytalanishlari kuzatilsa, unda kofein sitrati bilan davolash, kofein sitrati bekor qilingandan va apnoe qaytalanishigacha o‘tgan vaqt intervaliga qarab, samarani bir maromda saqlab turuvchi dozada yoki yuklama dozaning yarmi bilan qayta tiklanadi.

Bu gurux pasientlarda kofein sekin chiqarilishi tufayli, davolashni tugatishda dozani asta-sekin kamaytirishga zarurat yo‘q.

Kofein sitrati bilan davolash tugatilgandan keyin apnoeni qaytalanish xavfi mavjudligi tufayli, yana taxminan bir xafta davomida pasientni kuzatishni davom ettirish kerak.

Jigar va buyrak yetishmovchiligi

Jigar/buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llashni cheklangan tajribasi bor. Xavfsizlikni o‘rganish yuzasidan postregistrasion tadqiqotlarida jigar/buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan juda chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni katta bo‘lmagan sonida nojo‘ya samaralar tez-tezligi, azolari shikastlanmay chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga nisbatan yuqori bo‘lgan. Agar buyrak yetishmovchiligi bo‘lsa, unda kumulyasiya xavfi oshadi.

Kofein sitratining saqlab turuvchi sutkalik dozasini pasaytirish kerak, va u faqat qon plazmasida kofeinning konsentrasiyasi aniqlangandan keyin buyurilishi kerak.

Juda chala tug‘ilgan bolalarda kofeinning klirensi jigar funksiyasiga bog‘liq emas. Jigarda kofeinning metabolizmi, tug‘ilgandan keyin bir necha xafta davomida asta-sekin shakllanadi. Kattaroq yoshdagi emizikli bolalarda jigar kasalligi bo‘lganda, qon plazmasida kofeinning konsentrasiyasini aniqlash va dozaga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.

Qo‘llash usuli

Kofein sitrati vena ichiga infuziya ko‘rinishida va ichga buyurilishi mumkin. Preparatni mushak ichiga, teri ostiga, intratekal, shuningdek qorin bo‘shlig‘i ichiga in‘eksiya ko‘rinishida buyurish mumkin emas.

Agar vena ichiga yuborilsa, unda kofein sitrati shprisli infuzomat yoki dozalangan infuziya uchun boshqa asbob yordamida nazoratli vena ichiga infuziya ko‘rinishida yuboriladi. Kofein sitratini xam suyultirmay, va xali quyidagi steril preparatlarda suyultirib ishlatish mumkin: glyukoza 50 mg/ml (5%), yoki natriy xloridi 9 mg/ml (0,9%0, yoki kalsiy glyukonati 100 mg/ml (10%) darxol ampuladan olinganidan keyin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Xavfsizlik profilining xulosasi

Kofein va boshqa metilksantinlarning farmakologiyasi va toksikologiyasining ma‘lum bo‘lgan ma‘lumotlari, kofein sitratining mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalarini bashorat qilish imkonini beradi. Ta‘riflangan samaralari tirishishlar, ta‘sirchanlik, qo‘zg‘algan xolat, yuqori nerv-reflektor qo‘zg‘aluvchanlik bilan namoyon bo‘luvchi markaziy nerv tizimini rag‘batlantirilishini, taxikardiya, aritmiyalar, arterial gipertenziya simptomlari va zarb xajmini oshishi bilan namoyon bo‘luvchi yurak-tomir tizimiga ta‘siri, shuningdek ovqatlanish va metabolizmning buzilishini o‘z ichiga oladi. Bu samaralar dozaga bog‘liq, shuningdek va shuning uchun qon plazmasida kofeinning konsentrasiyasini aniqlash va dozani kamaytirish zarurati mavjud.

Nojo‘ya reaksiyalarning jadvali

Kofein sitratining adabiyotlarda chop etilgan va xavfsizligini o‘rganish yuzasidan postmarketing tadqiqotlarda olingan nojo‘ya reaksiyalar, a‘zoalar tizimi sinfi va atamalarga (MedDRA) muvofiq quyida sanab o‘tilgan.

Ularning uchrash-tezligi quyidagicha aniqlangan: juda tez-tez (≥/10), tez-tez (≥/100 dan ≤1/10 gacha), tez-tez emas (≥/1000 dan ≤1/100 gacha), kam xollarda  (≥/10000 dan ≤1/1000 gacha), juda kam xollarda (≤1/10000) va tez-tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).

 

A‘zolar tizimi sinfi Nojo‘ya reaksiyalar

 

Tez-tezligi
Infeksiyalar va invaziyalar Sepsis

 

Noma‘lum
Immun tizimi tomonidan buzilishlar Yuqori sezuvchanlik reaksiyalari

 

Kam hollarda
Ovqatlanish va moddalar almashinuvi tomonidan buzilishlar Giperglikemiya Tez-tez
Gipoglikemiya, tana vaznini yomon qo‘shilib borishi, ovqatni o‘zlashtira olmaslik Noma‘lum
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tirishishlar Tez-tez emas
Jizzakilik, yuqori nerv-reflektor qo‘zg‘aluvchanlik sindromi, qo‘zg‘algan xolat, bosh miyani shikastlanishi Noma‘lum
Eshitish va muvozanat a‘zolari tomonidan buzilishlar Karlik

 

Noma‘lum
Yurak tomonidan buzilishlar Taxikardiya Tez-tez
Aritmiya Tez-tez emas
Chap qorinchadan qon otilib chiqishini oshishi, zarb xajmini oshishi Noma‘lum
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar Kekirish, me‘da aspirati xajmini ko‘payishi, nekrozlovchi enterokolit Noma‘lum
Umumiy xolatni buzilishi va yuborish joyidagi reaksiyalar Infuziya joyida ta‘sirlanish va yallig‘lanish, flebit

 

Tez-tez
Laborator tadqiqot

larda aniqlangan og‘ishlar

Diurezni oshishi, siydikda natriy va kalsiy miqdorini oshishi, gemoglobin darajasini pasayishi, tiroksin darajasini pasayishi Noma‘lum

Aloxida nojo‘ya reaksiyalarning ta‘rifi

Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrozlanuvchi enterokolit kasallanish va o‘limning eng ko‘p sababi xisoblanadi.  Miorelaksantlarni ishlatish va nekrozlanuvchi enterokolitni rivojlanishi orasida bog‘liqlik bo‘lishi mumkinligi xaqida ma‘lumotlar bor. Lekin kofeinni  va boshqa metilksantinlarni buyurish orasida sabab-oqibat aloqasi aniqlanmagan.

Kofein sitratini 85 nafar chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ishtirokidagi ikki tomonlama yashirin plasebo-nazoratli tadqiqotlarda, faol davolash guruxida tadqiqotning yashirin fazasida ikkita bolada va plasebo guruxida bir bolada; va davolashning ochiq fazasida kofein guruxida yana uch nafar bolada nekrozlanuvchi enterokolit diagnostika qilingan. Tadqiqot davomida nekrozlanuvchi enterokolit rivojlangan uch nafar bola bo‘lgan. Ancha keyingi yakunlarni o‘rganish yuzasidan katta ko‘p markazli tadqiqotida kofein sitrati bilan davolangan 2006 nafar chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda, plasebo guruxiga nisbatan nekrozlanuvchi enterokolitni yuz berish tezligini oshishi aniqlanmagan. Kofein sitratini qabul qilayotgan chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni, nekrozlanuvchi enterokolitni rivojlanishi yuzasidan sinchiklab kuzatish kerak.

Shuningdek bosh miyani shikastlanishi, tirishishlar va karlik kuzatilgan, lekin ko‘proq plasebo guruxida kuzatilgan.

Kofein eritropoetinning sintezini susaytirishi mumkin, bu uzoq muddatli davolashda gemoglobinning konsentrasiyasini pasaytiradi.

Emizikli bolalarda davolashni boshida tiroksinni (T4) pasayishining o‘tkinchi xollari kuzatilgan, lekin ular keyinchalik davolashda yo‘qolgan.

Kofein bilan davolashni mavjud bo‘lgan ma‘lumotlari yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nevrologik yakuni rivojlanishi, tana vaznini yomon qo‘shilib borishi, yurak-qon tomir tizimi, MIT va endokrin tizimiga nisbatan chaqaloqlarda mavjud bo‘lgan shikastlanishlardan dalolat beradi. Kofein miyaning gipoksiya xolatini yomonlashtirish yoki mavjud shikastlanishlarni kuchaytirishi mumkin emas deb taxmin qilinadi lekin bunday imkoniyat istisno qilinmaydi.

Boshqa maxsus populyasiyalar

Xavfsizlikni o‘rganish yuzasidan postregistrasion tadqiqotlarida 506 nafar chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar Peyona qabul qilganlar. Buyrak/jigar yetishmovchiligi bo‘lgan 31 nafar chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda xavfsizlik bo‘yicha ma‘lumotlar olingan. Buyrak/jigar yetishmovchiligi bo‘lgan uncha ko‘p bo‘lmagan o‘ta chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi, a‘zolarning shikastlanishi bo‘lmagan chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga nisbatan yuqori bo‘lan. Asosan yurakdagi buzilishlar (shu jumladan taxikardiya, aritmiyaning bir xoli) to‘g‘risida xabar berilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Ta‘sir etuvchi moddaga va xar qanday yordamchi moddaga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Extiyotkorlik choralari

Apnoe (nafasni to‘xtashi)

Chala tug‘ilgan chaqaloqlarning apnoesi istisno tashxisi xisoblanadi. Apnoening boshqa sabablarini (masalan, markaziy nerv tizimini shikastlanishi, o‘pkaning tug‘ma kasalligi, anemiya, sepsis, moddalar almashinuvini buzilishi, yurak-qon tomir anomaliyalari yoki obstruktiv apnoe) istisno qilish yoki kofein sitratini buyurishni boshlashdan avval oldindan davolash kerak. Kofein sitrati bilan davolashga javob reaksiyasini bo‘lmasligi (zarurati bo‘lganda, plazmada konsentrasiyani aniqlash bilan tasdiqlanadi), apnoe boshqa sababdan yuz berganiga tasdiq bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Kofeinni iste‘mol qilish

Tug‘uruqqacha onalari katta miqdorda kofein iste‘mol qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda, kofein yo‘ldosh orqali xomilaning qon oqimiga yengil o‘tishi tufayli, kofein sitrati bilan davolashni boshlashgacha, plazmada kofeinning dastlabki konsentrasiyasini aniqlash kerak.

Bolalari kofein sitrati bilan davolanayotgan emizuvchi onalar, kofein ko‘krak suti bilan chiqarilishi tufayli, kofein saqlovchi ovqat, ichimliklar yoki preparatlarni olmasliklari kerak.

Teofillin

Oldindan teofillin buyurilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda, chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda teofillin kofein xosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchrashi tufayli, kofein sitrati bilan davolashni boshlashdan oldin plazmada kofeinning dastlabki konsentrasiyasini aniqlash kerak.

Tirishishlar

Kofein markaziy nerv tizimining stimulyatori bo‘lganligi tufayli, kofeinning dozasi oshirib yuborilganda tirishish xollari xaqida xabar berilgan. Agar kofein sitrati tirishishli buzilishlari bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga buyurilgan xollarda, aloxida e‘tibor berish kerak.

Yurak-qon tomir reaksiyalari

Chop etilgan tadqiqotlarda kofeinni yurak qisqarishlari soni, chap qorinchadan qonni otilib chiqishi xajmini va zarb xajmini oshirishi ko‘rsatilgan. Shunday qilib, kofein sitrati yurak-qon tomir patologiyasi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda aloxida extiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak. Taxiaritmiyaga moyilligi bo‘lgan pasientlarda uni paydo bo‘lish extimoli bor. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bu, odatda oddiy sinusli taxikardiya bilan namoyon bo‘ladi. Agar xomilada kardiotokografiya (KTG) davomida ritmni notipik buzilishi kuzatilsa, unda kofein sitrati aloxida extiyotkorlik bilan buyuriladi.

Buyrak va jigar yetishmovchiligi

Xavfsizlikni o‘rganish yuzasidan postregistrasion tadqiqotda buyrak/jigar yetishmovchiligi bo‘lgan uncha ko‘p bo‘lmagan o‘ta chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi, a‘zolari shikastlanmagan chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga nisbatan yuqori bo‘lgan. Pasientlarning bu guruxida toksik ko‘rinishlardan saqlanish uchun, plazmada kofeinning dozasini aniqlash natijalari asosida kofeinning dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Nekrozlanuvchi enterokolit

Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrozlanuvchi enterokolit asoratlar va o‘limning asosiy sababi xisoblanadi. Metilksantinlarni qo‘llash va nekrozlanuvchi enterokolit orasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan bog‘liqlik xaqida ma‘lumotlar bor. Lekin kofein yoki boshqa metilksantinlarni qo‘llash va nekrozlanuvchi enterokolitni rivojlanishi orasida sabab-oqibat aloqasi borligi aniqlanmagan. Shuning uchun barcha chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni nekrozlanuvchi enterokolitni rivojlanishi belgilari yo‘qligi yuzasidan sinchiklab nazorat qilish kerak.

Kofein sitratini gastroezofagal reflyuksi bo‘lgan pasientlarda aloxida extiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki davolash bu xolatni yomonlashtirishi mumkin.

Kofein sitrati metabolizmni kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin, davolash davomida energiyaga va ozuqa moddalariga bo‘lgan ehtiyojni oshishiga olib kelishi mumkin.

Kofein sitrati chaqirgan diurez va elektrolitlarni yo‘qotilishi, suv va elektrolit disbalansini muvofiqlashtirish talab qilishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiya

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda kofeinning yuqori dozalarini embriotoksik va teratogen ta‘sir ko‘rsatishi aniqlangan. Bu samaralar chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda preparatni qisqa muddat qo‘llashda axamiyatga ega emas.

Laktasiya

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni kofein sitrati bilan davolanayotgan emizuvchi onalari, kofein saqlovchi ovqat, ichimliklar va dori vositalarini iste‘mol qilishdan saqlanishlari kerak.

Tug‘ilgunlaricha onalari katta miqdorda kofein iste‘mol qilgan chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda, kofein sitrati bilan davolashni boshlashdan oldin plazmada kofeinning dastlabki konsentrasiyasini aniqlash kerak.

Fertillik

Xayvonlarda kuzatiladigan, reproduktiv tizimiga samaralari, chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga taalluqli emas.

Natriyning miqdori

Peyonani bir dozasida (1 ml) 1 mmol natriy (8,3 mg) saqlanadi, bu dori vositasini amalda natriy saqlamaydigan vositalarga kiritish imkoniyatini beradi.

Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

To‘g‘ri kelmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kofein va teofillinni o‘zaro bir biriga aylanishi kuzatiladi. Shuning uchun bu moddalarni bir vaqtda buyurish kerak emas.

Sitoxrom R450 1A2 (CYP1A2) kattalarda kofeinni metabolizmida ishtirok etuvchi asosiy ferment xisoblanadi. Shunday qilib, kofein CYP1A2 uchun substratlar, CYP1A2 ning ingibitorlari yoki CYP1A2 ning induktorlari xisoblangan moddalar bilan potensial o‘zaro ta‘sirga kirishishi mumkin. Shunga qaramay, chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kofeinning metabolizmi, jigar fermentlar tizimi yetilmaganligi tufayli cheklangan.

Garchi chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda boshqa ta‘sir qiluvchi moddalar bilan o‘zaro ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlar kam bo‘lsada, shunga qaramay, kattalarda kofeinni chiqarilishini pasaytiruvchi birikmalar (masalan, simetidin va ketokonazol) bir vaqtda buyurilganda kofein sitratining pastroq dozalari, va agar aksincha, kofeinni chiqarilishini kuchaytiruvchi birikmalar (masalan, fenobarbital va fenitoin) bir vaqtda buyurilganda yuqoriroq dozalari buyuriladi. Agar buyurilgan moddalar va kofeinning o‘zaro ta‘siri bo‘yicha shubhalar tug‘ilsa, plazmada kofeinning konsentrasiyasi aniqlanadi.

Ichakda bakteriyalarning oshiqcha o‘sishi nekrozlanuvchi enterokolitni rivojlanishi bilan bog‘liqligi tufayli, me‘da kislotasining sekresiyasini susaytiruvchi dori vositalari (gistaminning N2 reseptorlarini blokatorlari  yoki proton pompasining ingibitorlari) bilan birga qo‘llash, nazariy nekrozlanuvchi enterokolit xavfini oshirishi mumkin.

Kofein va doksapramni birga buyurish ularni kardiorespirator va markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi samarasini potensiyalashi mumkin. Agar bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llash ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda yurak qisqarishlari sonini va qon bosimini sinchiklab nazorat qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Chop qilingan ma‘lumotlar bo‘yicha chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kofeinning dozasini oshirib yuborilishi, uning plazmadagi konsentrasiyasi 50 mg/l dan 350 mg/l gacha bo‘lganda kuzatilgan.

Simptomlari

Adabiyot ma‘lumotlari bo‘yicha kofeinning dozasini oshirib yuborilishini chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi belgilari va simptomlari giperglikemiya, gipokaliemiya, oyoq-qo‘llarni biroz qaltirashi, qo‘zg‘algan xolat, gipertoniya, opistotonus, toniko-klonik tirishishlar, tirishishlar, taxipnoe (nafasni tezlashishi), taxikardiya, qusish, me‘dani ta‘sirlanishi, me‘da-ichakdan qon ketishi, isitma, qaltirash, qonda mochevina darajasini oshishi, leykositoz, jag‘lar va lablarni ixtiyorsiz xarakatini o‘z ichiga oladi. Keyinchalik nevrologik asoratlar bilan kechuvchi me‘dada ichki qon quyilishi bilan asoratlangan kofeinning dozasini oshirib yuborilishning bir xolati xaqida xabar berilgan.

Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni kofeinning dozasini oshirib yuborilishi bilan bog‘liq o‘lim xolatlari ta‘riflanmagan.

Davolash

Kofeinning dozasini oshirib yuborilishini davolash, dastlab simptomatik va saqlab turuvchi davolashdir. Kaliy va glyukoza darajasini kuzatish va gipokaliemiya va giperglikemiya yuz berganida muvofiqlashtirish kerak. Vena ichiga almashingan quyishda plazmada kofeinning konsentrasiyasi pasayishi ko‘rsatilgan. Tirishishlarni antikonvulsantlarni (diazepam yoki fenobarbital natriy yoki fenobarbital kabi barbituratlar) vena ichiga yuborish bilan bartaraf etish mumkin.

Chiqarilish shakli

Birlamchi o‘ram

1 ml dan nominal xajmi 2 ml li, 1 tur rangsiz tiniq shisha ampulalarda.

5 ampuladan plastik taglikda.

Ikkilamchi o‘ram

10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Saqlashni maxsus sharoitlarini talab qilmaydi.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PEYONA infuziya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PEYONA infuziya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PEYONA infuziya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10 dori vositasi Кьези Фармасьютикалс ГмбХ tomonidan Avstriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PEYONA infuziya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PEYONA infuziya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9