×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PIRASEZIN kapsulalar N60

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Belarusiya
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- Минскинтеркапс, УП
ATX kodi:
- N06BX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GAMALATE V6 tabletkalari N20 Ferrer Internacional S.A. Ispaniya
80 000 s`om dan
AMITRIPTILIN tabletkalari 25mg N48 Арпимед O'zbekiston
KAVINTON eritma 25mg/5ml N10 Gedeon Richter PLC Vengriya
81 800 s`om dan
AMARIL tabletkalari 4mg N30 Санофи С.п.А. Italiya
43 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PIRASEZIN kapsulalar N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PIRASEZIN®

PYRACESINUM

Preparatning savdo nomi: Pirasezin®

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: pirasetam – 400 mg, sinnarizin – 25 mg;

yordamchi moddalar: kalsiy stearati, magniy karbonati;

kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, gliserin, tozalangan suv, titan dioksidi, natriy laurilsulfati.

Ta‘rifi: oq rangli, oxirlari yarimsferik silindr shaklli №0 qattiq jelatin kapsulalar №1.

Kapsulalarning ichidagisi – oq yoki deyarli oq kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: psixostimulyatorlar va nootroplar.

ATX kodi: N06BX.

Farmakologik xususiyatlari

Pirasezin® – yaqqol gipoksiyaga qarshi va tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sirga ega, miya qon aylanishini va miya metabolizmini yaxshilovchi ta‘sirga ega majmuaviy (pirasetam+sinnarizin) nootrop preparat.

Pirasetam miyani almashinuv jarayonlariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadigan nootrop moddalar sinfiga kiradi. U miya to‘qimasida ATF konsentrasiyasini oshiradi, ribonuklein kislotasi va fosfalipidlarning biosintezini kuchaytiradi, glikolitik jarayonlar va glyukoza utilizasiyasini rag‘batlantiradi. Pirasetam bosh miyaning integrativ faoliyatini yaxshilaydi, xotiraning konsolidasiyasiga yordam beradi, serebral gipoksiyaning turli shakllarida himoyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi, o‘rganish jarayonini yengillashtiradi.

Pirasetam ichga qabul qilinganida yaxshi so‘riladi. Organizmga kiritilganida turli a‘zolar va to‘qimalarga kiradi, shu jumladan miya to‘qimasiga ham. Deyarli metabolizmga uchramaydi. Buyraklar orqali chiqariladi. U kam zaharli (hayvonlardagi o‘tkir tajribalarda vena ichiga yuborilganida o‘lim dozasi 10 g/kg dan ortiq).

Pirasetam nevrologiya, psixiatriya va narkologiya amaliyotida qo‘llanadi.

Pirasetam kortikal miokloniyani davolashda mono- yoki kompleks terapiya sifatida, o‘roqsimon-hujayrali anemiyaning kompleks terapiyasida qo‘llanadi.

Nevrologiya amaliyotida pirasetam miya infarktiga, bosh miya jarohatiga, dissirkulyatorli va posttravmatik ensefalopatiyaga hamda insult oqibatlari bo‘lgan bemorlarda nevrologik, intellektual-mnestik va emosional-iroda kasalliklarini davolashda qo‘llanadi.

Pediatriya amaliyotida pirasetam ona qornidagi infeksiyalar, gipoksiya, tug‘ruq jarohati, oligofreniya, aqliy rivojlanishni orqada qolishi, bolalar serebral falaji chaqirgan o‘qish jarayonini kuchaytirish va perinatal miya shikastlanishlari oqibatlarini bartaraf etish zaruratidaqo‘llanadi.

Psixiatriya amaliyotida pirasetam klinik manzarada adinamiya belgilari ustun bo‘lgan turli genezli nevrotik va astenik depressiv holatlarda, astenik sindromi, xotira va diqqatni organik buzilishlari sindromida qo‘llanadi.

Surunkali alkogolizmda pirasetam asteniya holatlarini, ruxiy faoliyatning intellektual-mnestik va boshqa buzilishlarini kamaytirish uchun buyuriladi.

Sinnarizin miya, periferik va koronar qon aylanishini va mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, qonning oshgan yopishqoqligini kamaytiradi va to‘qimalarning gipoksiyaga chidamliligini oshiradi, eritrositlarning deformasiyalanish qobiliyatini oshiradi.

U shuningdek qon tomirlariga bevosita spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, biogen tomirlarni toraytiruvchi moddalarga (adrenalin, noradrenalin) ularni reaksiyasini kamaytiradi, qon tomirlariga SO2 ta‘sirini potensiyalaydi. Tizimli arterial bosimga, yurak qisqarishlarining chastotasiga, yurakning qisqaruvchanligi va o‘tkazuvchanligiga sinnarizin deyarli ta‘sir qilmaydi.

Sinnarizin o‘rtacha antigistamin faollikka ega, vestibulyar apparat qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi (nistagmni bostiradi).

Sinnarizinni farmakologik xususiyatlari ko‘proq darajada uni membranalarning kalsiy kanallarini bloklash qobiliyati bilan bog‘liq. U kalsiy ionlarining xujayraga kirishini ingibirlaydi va plazmolemmalar deposida ularning miqdorini kamaytiradi.

Sinnarizin yaxshi so‘riladi. Ichga qabul qilinganida qon plazmasida uning cho‘qqi konsentrasiyasi 1-3 soatdan so‘ng kuzatiladi; yarim chiqarilish davri taxminan 4 soat. U faol metabolizmga uchraydi. Metabolitlarining uchdan biri siydik bilan, 2/3 esa ahlat bilan chiqariladi.

Sinnarizin miya va periferik qon aylanishini buzilishlarida, vestibulyar buzilishlarda qo‘llanadi. Gistaminga qarshi faolligi bo‘lishiga qaramasdan, samaraliroq preparatlar bo‘lganligi uchun, maxsus gistaminga qarshi vosita sifatida ishlatilmaydi.

Serebrovaskulyar vosita sifatida tomirlarning spazmi, ateroskleroz, o‘tkazilgan bosh miya jarohatlari, insult bilan bog‘liq bo‘lgan miya qon aylanishini buzilishlarida buyuriladi. Preparat serebroastenik ko‘rinishlarni, bosh og‘rig‘ini, quloqlardagi shovqinni kamaytiradi, umumiy holatni yaxshilaydi.

Sinnarizin migrenda, Mener kasalligida buyuriladi.

Sinnarizin shuningdek obliterirlovchi endarteritda, trombangiitda, Reyno kasalligida, almashinib turadigan cho‘laqlikda, akrosianozda va boshqa periferik qon aylanishini buzilishlarida, periferik tomirlarning spazmini kamaytiradi va qon aylanishini yaxshilaydi.

Pirasetam va sinnarizin qo‘shilganida ikkala komponent o‘zaro bir-birining ta‘sirini, zaharliligini oshishisiz potensiyalaydi, chunki majmuaning zaharliligi alohida komponentlarning zaharligidan oshmaydi.

Preparatni MNT bo‘lgan ta‘sirida sinnarizinning sedativ samarasi ustunlik qiladi. Preparatning terapevtik samarasi 1-6 soatdan so‘ng namoyon bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

Preparat quyidagilarda qo‘llanadi:

  • miya infarkti (ilk va kechki tiklanish davrida), insult oqibati, bosh miya jarohati (tiklanish davri), dissirkulyator va posttravmatik ensefalopatiyasi bo‘lgan bemorlarda psixoorganik sindromda;
  • Mener sindromi (bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, nistagm, ko‘ngil aynishi, quyish);
  • kinetozlarni oldini olish (“yo‘l kasalligi”);
  • migrenni oldini olish;
  • intellektual rivojlanishining qoloqligi bo‘lgan bolalarda xotirani va o‘rganish qobiliyatini yaxshilash zarurati;
  • psixogen kelib chiqishga ega bo‘lgan astenik sindrom (xavotirlik, emosional diskomfort, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, xotira, diqqatni buzilishi, emosional labillik);

Pirasezin®ni ayniqsa shifokor pirasetam va sinnarizinni bir vaqtda buyurgan hollarda qo‘llash qulay – ikki kapsula o‘rniga faqat bitta qabul qilish kerak.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga kasallikning og‘irligiga qarab preparat 1-2 kapsuladan sutkada 3 marta 1-3 oy davomida buyuriladi.

5 yoshdan 12 yoshgacha bolalarga kattalar dozasining yarmi buyuriladi.

12 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 kapsuladan sutkada 1-2 marta buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Dermatologik reaksiyalar: alohida hollarda – toshma, qichishish, fotosensibilizasiya.

Kuchli so‘lak ajralishi, bosh aylanishi, tremor, asabiylik, qo‘zg‘alish (shu jumladan yakka hollarda seksual), qo‘zg‘aluvchanlik, bezovtalik, uyquni buzilishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘riqlari.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Pirasezin®  ni quyidagilarda qo‘llash mumkin emas:

  • jigar faoliyatini buzilishi;
  • buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam);
  • parkinsonizm;
  • homiladorlik;
  • laktasiya;
  • iztirob bilan kechuvchi depressiya;
  • 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Pirasezin® bilan bir vaqtda qo‘llanganda sedativ preparatlar, trisiklik antidepressantlar, nootrop va gipotenziv vositalar, shuningdek etanolning ta‘sirini kuchayishi mumkin.

Bir vaqtda qo‘llanganda vazodilatatorlar Pirasezin®ning ta‘sirini kuchaytiradi, gipotenziv vositalar esa uni kamaytiradi.

Keksalik va qarilik yoshida Pirasezin® antianginal preparatlarning ta‘sirini kuchaytiradi. Nitrogliseringa ehtiyojni kamaytiradi.

Qalqonsimon bezi gormonlari preparatlari, peroral antikoagulyantlar bilan birga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Pirasezin® tarkibida sinnarizin bo‘lganligi sababli, preparat sportchilarda doping-sinama o‘tkazilganida musbat reaksiya chaqirishi mumkin.

Pirasetam bilan monoterapiya bemorda zo‘riqish va uyqusizlik chaqirgan hollarda, Pirasezin® tanlov preparati bo‘ladi.

Kortikal miokloniyali bemorlarni davolashda davolashni keskin bekor qilishdan saqlanish kerak (xurujlarni qayta boshlanish xavfi).

Ruxiy buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun nojo‘ya ko‘rinishlarni rivojlanishi ko‘proq xarakterli ekanligini ko‘zda tutish kerak. Koronar yetishmovchilikni zo‘rayishi ko‘proq og‘ir bemorlarda paydo bo‘ladi; bunday hollarda dozani pasaytirish yoki davolashni to‘xtatish kerak.

Sinnarizinning antigistaminli faolligi oqibatida Pirasezin® preparatini qabul qilgandan so‘ng dori vositasi 4 kun ichida o‘tkaziladigan terining allergik sinamalari natijalariga ta‘sir qilishi mumkin.

Dori vositasi gemostazda, jarrohlik aralashuvlarida, qon ketishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Avtomobilni haydash, texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Dori vositasi transport vositalarini boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ta‘sir qilishi mumkin, ayniqsa davolashni boshida.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilishi simptomlari asosan sinnarizinning antixolinergik faolligi bilan bog‘langan. Eyforiya, gallyusinasiyalar, ongni buzilishlari (somnolensiya, stupor, koma), ko‘ngil aynishlari, qusishlar, ekstrapiramid buzilishlar, gipotoniyalar, tirishishlar paydo bo‘lishi mumkin. Davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

Qattiq jelatin kapsulalar, 10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda, 1 yoki 6 kontur uyali o‘ramdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PIRASEZIN kapsulalar N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PIRASEZIN kapsulalar N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PIRASEZIN kapsulalar N60 dori vositasi Минскинтеркапс, УП tomonidan Belarusiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PIRASEZIN kapsulalar N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PIRASEZIN kapsulalar N60 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
MAGVIT kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
Narh: 29 714 so'mdan Batafsil
VITAMIN Ye kapsulalar 100me N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
VITAMIN Ye kapsulalar 400mg N30
Narh: 12 500 so'mdan Batafsil
VITAMIN Ye kapsulalar 200mg N30
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
XONDROZAMIN kapsulalar N60
SISTIKAPS kapsulalar N30
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
URSOKAPS kapsulalar 250mg N50
Narh: 200 000 so'mdan Batafsil
ANTIOKSIKAPS S YODOM kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
ANTIOKSIKAPS S JELEZOM kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
MONOKAPS kapsulalar 40mg N30
MONOKAPS kapsulalar 20mg N30
MELDONIY kapsulalar 250mg N30
MELDONIY kapsulalar 500mg N60
CHERNIKA MIK kapsulalar N20
ANTIOKSIKAPS kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
ANGRIMAKS kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
UNOPROST kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
PERINDOPRIL MIK kapsulalar 8mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
DUOKAPS kapsulalar N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
VITADIABETOKAPS kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
ANTIOKSIKAPS S SINKOM kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9