×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PLAKVENIL tabletkalari 200mg N60

Kategoriya:
- Antiparazitik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ispaniya
Faol modda:
Гидроксихлорохин
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- Санофи-Авентис С.А.
ATX kodi:
- P01BA02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 151 ta dorixonasida topildi

ico 115 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 290 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 152 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

REMOV LOSON 50ml 4% N1 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
33 000 s`om dan
ADAZAL NEO tabletkalari 400mg N1 Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd O'zbekiston
4 500 s`om dan
ZENTAMID tabletkalari 400mg N1 Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd. Hindiston
VRAGGLIST PLYUS tabletkalari 400mg N1 Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd. Hindiston
23 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PLAKVENIL tabletkalari 200mg N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PLAKVENIL®

PLAQUENIL®

Preparatning savdo nomi: Plakvenil® (Plaquenil®)

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): gidroksixloroxin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi

Bir tabletkada quyidagilar saqlanadi:

Faol modda: gidroksixloroxin sulfati – 200 mg;

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, povidon (K25), makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, Opadray OY-L-28900 (gipromelloza, titan dioksidi (Ye171), makrogol-4000, laktoza monogidrati, tozalangan suv).

Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oq rangli qobiq bilan qoplangan, tomonlarning birida “HCQ” va boshqa tomonida “200” gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar.

Farmakologik guruhi: bezgakka qarshi vosita.

ATX kodi: R01VA02.

 

Farmakologik xususiyatlari

Plakvenil® bezgakka qarshi xususiyatlarga ega va shuningdek surunkali diskoid yoki tizimli qizil yugirik (TQYU) va o‘tkir va surunkali revmatoid artritda (RA) yallig‘lanishga qarshi va immunodepressiv ta‘sir ko‘rsatadi. Bezgak, qizil yugurik va revmatoid artritda uning ta‘sir mexanizmi oxirigacha ma‘lum emas.

Gidroksixloroxin revmatoid omil va o‘tkir bosqichdagi reaksiya komponentlarining sintezini bostirib, o‘rtacha immunosupressor xususiyatlariga ega. U shuningdek lizosomal membranalarni barqarorlashtirib, leykositlarda to‘planadi va ko‘pgina fermentlar, shu jumladan tog‘ayni parchalanishini chaqiruvchi kollagenaza va proteazalarning faolligini susaytiradi.

TQYU va RA dagi samaradorligi gidroksixloroxinning quyidagi yallig‘lanishga qarshi va immunomodulyatorlik samaralari bilan bog‘liq:

  • xujayra ichida rN oshishi antigen javobni sekinlashishiga olib keladi va gistomutanosiblikning asosiy majmuasi (GAM) reseptorlari tomonidan peptidlarni bog‘lanishi kamayadi. Antigen-GAM reseptorlarining kam miqdori xujayra yuzasiga yetadi, bu autoimmun javobni pasayishiga olib keladi;
  • yuqori konsentrasiyalarda fosfolipaza A2, lizosomal fermentlarning faolligini kamaytirishi;
  • autoimmun javobning klinik va laborator ko‘rsatkichlarini kamayishiga olib keluvchi IL-1 va IL-6 sitokinlar konsentrasiyasini kamaytirishi. Interferon gamma sintezini buzilishi yo‘qligi sababli, bu samaralar sitokinlarga selektiv ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin;
  • DNK va RNK pre- va/yoki post-transkripsiyasini ingibirlanishi bilan bog‘liq.

Preparat yetilmagan eritrosit shakllari, shuningdek yetilmagan shakllari bilan bir vaqtda qondan yo‘q bo‘luvchi P. vivax va P. malariae gametalarini faol susaytiradi. Plakvenil® P. falciparum gametalariga ta‘sir qilmaydi. Plakvenil® xloroxinga rezistent P. falciparum shtammlariga nisbatan samarasiz, shuningdek P. vivax, P. malariae va P. ovale ning eritrositlardan tashqaridagi shakllariga nisbatan samarasiz va shuning uchun uni profilaktika maqsadida buyurilganda ushbu mikroorganizmlar bilan zararlanishni, shuningdek ushbu qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan kasalliklarni qaytalanishini oldini olaolmaydi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan keyin gidroksixloroxin tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Sog‘lom ko‘ngillilarda 400 mg bir martalik dozadan keyin gidroksixloroxinning plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga 1,83 soatdan keyin erishilgan va 53 dan 208 mg/ml gacha o‘zgargan. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 45% ni tashkil qiladi. Plazmadan yarim chiqarilish davrining o‘rtacha qiymati, preparatni qabul qilingandan keyin o‘tgan vaqtga bog‘liq holda quyidagicha o‘zgaradi: 5,9 soat (plazmadagi maksimal konsentrasiyasi (Smax) ga erishilguncha 10 soatgacha) 26,1 soat (10 soatdan 48 soatgacha) va 299 soat (48 soatdan 504 soatgacha). Jigarda qisman etilirlangan metabolitlariga aylanadi. O‘zgarmagan preparat va uning metabolitlari organizmda yaxshi taqsimlanadi. Taqsimlanish hajmi 5-10 l/kg ni tashkil qiladi. Preparat yuqori almashinish darajasi bilan to‘qimalarda (jigar, buyrak, o‘pka, taloqda – bu a‘zolarda konsentrasiyasi plazmadagi konsentrasiyasidan 200-700 marta yuqori bo‘ladi; MNT, eritrosit, leykositlarda), shuningdek ko‘z to‘r pardasi va melaninga boy to‘qimalarda to‘planadi. Gidroksixloroxin va uning metabolitlari asosan siydik bilan va kamroq darajada safro bilan chiqariladi. Preparat sekin chiqariladi, terminal yarim chiqarilish davri taxminan 50 kunni (qondan) va 32 kunni (plazmadan) tashkil qiladi.

24 soat davomida preparatning yuborilgan dozasining 3% chiqariladi.

Gidroksixloroxin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va oz miqdorda ko‘krak sutida aniqlanadi.

Qo‘llanilishi

  • Revmatoid artrit; yuvenil revmatoid artrit; qizil yugurik (tizimli va diskoid).
  • Bezgak ( falciparum ning xloroxin-rezistent shtammlaridan tashqari):
  • Plasmodium vivax, P. ovale va malariae, shuningdek P. falciparum ning sezgir shtammlari chaqirgan bezgakning o‘tkir xurujlarini oldini olish va davolash;
  • falciparum ning sezgir shtammlari chaqirgan bezgakni radikal davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

IZOH: Barcha dozalar gidroksixloroxin sufati uchun keltirilgan va asos uchun dozalarga ekvivalent emas!

Preparat faqat ichga qabul qilinadi. Har bir dozani ovqatlanish vaqtida yoki bir stankan sut bilan qabul qilish kerak.

RA ni davolash

Gidroksixloroxin to‘planish faolligiga ega. Uning terapevtik ta‘siri namoyon bo‘lishi uchun preparatni bir necha xafta qabul qilish talab etiladi, ayni vaqtda nojo‘ya samaralar nisbatan erta namoyon bo‘lishi mumkin. Zarur terapevtik samara preparatni bir necha oy qabul qilgandan keyin rivojlanadi. Gidroksixloroxinni qabul qilishning 6 oy davomida bemorning holatida ob‘ektiv yaxshilanish kuzatilmagan hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Kattalar (shu jumladan, keksa yoshli shaxslar)

Minimal samarali dozalarni qo‘llash kerak. Ular sutkada tana vazniga (real tana vazni emas, balki “ideal” tana vazni bo‘yicha hisoblanadi) 6,5 mg/kg dan oshmasligi kerak va sutkada 200 yoki 400 mg ni tashkil qilishi mumkin.

Har kuni 400 mg qabul qilaoladigan pasientlarda

Har kuni 400 mg dan dastlab bir necha qabullarga bo‘lingan holda buyuriladi. Holatning aniq yaxshilanishiga erishish uchun doza 200 mg gacha kamaytirilishi mumkin. Samara kamayganida tutib turuvchi doza 400 mg gacha oshirilishi mumkin.

Bolalar

Minimal samarali dozani qo‘llash kerak. Doza tana vazniga (“ideal” tana vaznidan kelib chiqib) 6,5 mg/kg dan oshmasligi kerak. Shuning uchun tana vazni 31 kg dan kam bo‘lgan bolalar uchun 200 mg li tabletkalar to‘g‘ri kelmaydi.

RA ni majmuaviy davolash uchun Plakvenil® preparatini qo‘llash

Plakvenil® glyukokortikosteroidlar, salisilatlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, metotreksat va boshqa ikkinchi qator terapevtik vositalar bilan birga xavfsiz qo‘llanishi mumkin. Plakvenil® preparatini bir necha hafta qo‘llangandan keyin glyukokortikosteroidlar va salisilatlarning dozasi kamaytirilishi yoki bu preparatlarni qabul qilishni to‘xtatish mumkin. Glyukokortikosteroidlarning dozalari har 4-5 kunda asta-sekin kamaytirilishi kerak: kortizonning dozasi – 5-15 mg dan, gidrokortizonning dozasini – 5-10 mg dan, prednizolon va prednizonning dozasi – 1-
2,5 mg dan, metilprednizolon va triamsinolonning dozasi – 1-2 mg dan va deksametazonning dozasi – 0,25-0,5 mg dan ortiq bo‘lmasligi kerak.

TQYU ni davolash

Kattalarda dastlabki o‘rtacha dozasi sutkada 1 yoki 2 marta 400 mg ni tashkil qiladi. U pasientning reaksiyasiga bog‘liq holda bir necha xafta yoki bir necha oy davomida buyurilishi kerak. Uzoq muddatli tutib turuvchi davolash uchun preparatni 200 dan 400 mg gacha bo‘lgan kamroq dozada qo‘llash yetarli.

Bezgakni davolash

  1. malariae va P. falciparum ning sezgir shtammlari chaqirgan bezgakning o‘tkir xurujlarini oldini olish

Kattalar uchun – har hafta haftaning aynan bir kuni har kuni 400 mg buyuriladi.

Bolalar uchun har kunlik doza tana vazniga (aniqlash uchun “ideal” tana vazni olinadi)
6,5 mg/kg ni tashkil qiladi, ammo, tana vaznidan qat‘iy nazar, u kattalar uchun belgilangan dozadan oshmasligi kerak.

Agar sharoit to‘g‘ri kelsa, profilaktik davolashni endemik hududga jo‘nab ketishdan 2 hafta oldin buyurish kerak. Agar buning iloji bo‘lmasa, ikki barobar dozani buyurish mumkin: kattalarga – 800 mg, bolalarga – “ideal” tana vazniga 12,9 mg/kg doza (lekin,
800 mg ortiq emas), 6 soatlik interval bilan ikki qabulga bo‘lingan. Profilaktik davolashni endemik hududdan jo‘nab ketgandan keyin 8 hafta davomida davom ettirish kerak.

Bezgakning o‘tkir xurujlarini davolash

Kattalar uchun 800 mg boshlang‘ich dozadan keyin olti yoki sakkiz soatdan keyin 400 mg buyuriladi, so‘ngra keyingi ikki kun davomida 400 mg dan (umuman 2 g gidroksixloroxin sulfati) buyuriladi.

Davolashning muqobil usuli: shuningdek 800 mg ni bir marta qabul qilishning samaradorligi ham isbotlangan.

Kattalar uchun doza ham bolalar uchun hisoblanganidek “ideal” tana vazni bo‘yicha hisoblanishi mumkin (quyiga qarang).

Bolalar uchun umumiy doza “ideal” tana vazniga 32 mg/kg (ammo 2 g dan yuqori emas) uch kun davomida quyidagicha buyuriladi:

birinchi doza: tana vazniga 12,9 mg/kg (bir martalik qabul qilish 800 mg dan yuqori emas);

ikkinchi doza: tana vazniga 6,5 mg/kg (400 mg dan yuqori emas) birinchi dozadan 6 soatdan keyin;

uchinchi doza: 6,5 mg/kg (400 mg dan yuqori emas) ikkinchi dozadan 18 soatdan keyin;

to‘rtinchi doza: 6,5 mg/kg (400 mg dan yuqori emas) uchinchi dozadan 24 soatdan keyin buyuriladi.

  1. malariae va P. vivax chaqirgan bezgakni radikal davolash
  2. malariae va P. vivax chaqirgan bezgakni radikal davolash uchun bir vaqtda 8-aminoxinolon hosilalarini qabul qilish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

  • Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar

Suyak ko‘migida qon yaratilishini bostirilishi, anemiya, aplastik anemiya, agranulositoz, leykopeniya va trombositopeniya.

  • Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Eshakemi, angionevrotik shish, bronxospazm.

  • Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar

Anoreksiya, psoriaz zo‘rayishi mumkin.

– Ruhiyatni buzilishi

Asabiylik, emosional o‘zgaruvchanlik, psixozlar, suisidal hatti-harakatlar.

– Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, ataksiya.

– Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar

Pigmentasiyani o‘zgarishi va ko‘rish maydonlaridagi nuqsonlar bilan kechuvchi retinopatiya rivojlanishi mumkin. Erta shaklda bu ko‘rinishlar gidroksixloroxinni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin odatda qaytuvchan bo‘ladi. Agar bu holat aniqlanmasdan qolsa va ko‘z to‘r pardasini shikastlanishini rivojlanishi davom etsa, bunda hatto preparatni bekor qilgandan keyin ham ularni avj olishi xavfi paydo bo‘lishi mumkin.

Makulopatiya va makulyar degenerasiya holatlari haqida xabar berilgan, ular qaytmas bo‘lishi mumkin.

Ko‘z to‘r pardasidagi o‘zgarishlar dastlab simptomsiz bo‘lishi mumkin yoki parasentral yoki perisentral turdagi skotoma, o‘tuvchan skotoma va rang ajratishni buzilishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

Ko‘zning muguz pardasini o‘zgarishi, shu jumladan shish va xiralashishi mumkin. Ular simptomsiz bo‘lishi yoki oreolalarni paydo bo‘lishi, ko‘rishni noaniqligi yoki fotofobiya kabi ko‘rishni buzilishlarini chaqirishi mumkin. Davolash to‘xtatilganida bu o‘zgarishlar ortga qaytishi mumkin. Shuningdek dozaga bog‘liq va qaytuvchan bo‘lgan akkomodasiyani buzilishlari bilan bog‘liq ko‘rishni buzilishlari paydo bo‘lishi mumkin.

  • Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari

Vertigo, quloqda shovqin, eshitishni yo‘qolishi.

  • Yurak-tomir tizimi tomonidan buzilishlar

Kardiomiopatiya.

O‘tkazuvchanlikni buzilishi (Gis tutami oyoqchalari blokadasi/atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishlari), shuningdek ikkala yurak qorinchalari gipertrofiyasida surunkali kardial toksiklik gumon qilinishi mumkin. Preparat bekor qilinganda bu o‘zgarishlar ortga qaytishi mumkin.

  • Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Ko‘ngil aynishi, diareya, qorinda og‘riq va qusish. Bu simptomlar odatda preparatning dozasi kamaytirilganda yoki bekor qilinganda darhol o‘tib ketadi.

  • Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

“Jigar” transaminazalari faolligini oshishi; jigar yetishmovchiligi, shu jumladan bir necha holatlarda to‘satdan rivojlangan jigar yetishmovchiligi kuzatilgan.

– Teri qoplamalari tomonidan buzilishlar

Teri toshmalari kuzatilgan; shuningdek qichishish, teri va shilliq qavatlari pigmentasiyasini o‘zgarishi, sochni rangsizlanishi va alopesiya haqida xabar berilgan. Bu o‘zgarishlar odatda davolash to‘xtatilganidan keyin tez o‘tib ketadi. Bullyoz toshma rivojlanishi, shu jumladan ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, fotosezuvchanlik va eksfoliativ dermatitning juda kam uchraydigan hollari haqida xabar berilgan.

Garchi gidroksixloroxin psoriazni zo‘rayishini chaqirishi mumkin bo‘lsada, o‘tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz (O‘TEP) juda kam hollarini psoriazdan farqlash lozim. O‘TEP tana haroratini oshishi va giperleykositoz bilan birga kechishi mumkin. Preparat bekor qilinganidan keyin natija odatda ijobiy hisoblanadi.

  • Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar

Proksimal mushak guruhlarini avj oluvchi kuchsizligi va atrofiyasiga olib boruvchi skelet mushaklari miopatiyasi yoki neyromiopatiyasi kuzatiladi.

Miopatiya preparat bekor qilinganidan keyin qaytuvchan bo‘lishi mumkin, ammo to‘liq tiklanish uchun bir necha oy talab etilishi mumkin.

Bir vaqtning o‘zida kuchsiz sensor o‘zgarishlar, pay reflekslarini susayishi va nerv o‘tkazuvchanligini pasayishi kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Gidroksixloroxin, 4-aminoxinolin va preparatning har qanday boshqa komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
  • Retinopatiya, shu jumladan anamnezidagi makulopatiya.
  • Bolalar va uzoq muddat davolash zarurati bo‘lganida (bolalarda toksik samaralar rivojlanishini yuqori xavfi mavjud).
  • 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (200 mg dan tabletkalar 35 kg dan kam bo‘lgan “ideal” tana vaznli bolalar uchun mo‘ljallanmagan).
  • Homiladorlik (“Homiladorlik va laktasiya” bo‘limiga qarang).
  • Laktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik (laktaza yetishmovchiligi), galaktozemiya yoki glyukoza/galaktozani malabsorbsiya sindromida (preparatning tarkibida laktoza mavjudligi sababli) qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

  • Ko‘rishni buzilishlarida (ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, rang ajratishni buzilishi, ko‘ruv maydonini torayishi), noxush oftalmologik reaksiyalarni chaqirishi mumkin bo‘lgan preparatlarni bir vaqtda qabul qilinganda (retinopatiya va ko‘rishni buzilishlarini avj olishi xavfi).
  • Gematologik kasalliklarda (shu jumladan, anamnezdagi).
  • Og‘ir nevrologik kasalliklarda, psixozlarda (shu jumladan, anamnezdagi).
  • Kechki teri porfiriyasida (zo‘rayish xavfi, psoriazda (kasallikning teri ko‘rinishlarini kuchayishi xavfi) teri reaksiyalarini chaqirishi mumkin bo‘lgan preparatlarni bir vaqtda qabul qilinganda.
  • Buyrak yetishmovchiligi va/yoki jigar yetishmovchiligida, gepatitda, jigar va/yoki buyrak faoliyatiga noxush ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan preparatlarni bir vaqtda qabul qilinganda (buyrak yoki jigar faoliyatini og‘ir darajali buzilishlarida doza gidroksixloroxinning plazmadagi konsentrasiyasini nazorati ostida tanlanishi kerak).
  • Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida.
  • Og‘ir me‘da-ichak kasalliklarida.
  • Xininga o‘ta yuqori sezuvchanlikda (kesishgan allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Digoksin bilan

Gidroksixloroxin digoksinning plazmadagi konsentrasiyasini oshirishi mumkinligi haqida xabar berilgan, shuning uchun ushbu preparatlarni bir vaqtda qabul qilinganda glikozid intoksikasiyasini rivojlanishidan saqlanish uchun digoksinning plazmadagi konsentrasiyasini nazorati ostida digoksinning dozasini kamaytirish kerak.

Qandli diabetni davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar bilan

Gidroksixloroxin insulin va peroral gipoglikemik vositalarning samarasini kuchaytirishi mumkinligi sababli, gidroksixloroxinni qabul qilishni boshida ushbu gipoglikemik preparatlarning dozasini kamaytirish talab etilishi mumkin.

 

Antasidlar bilan

Antasidlar gidroksixloroxinning so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Shuning uchun antasidlar va gidroksixloroxinni bir vaqtda qo‘llaganda ularni qabul qilish orasidagi interval kamida 4 soatni tashkil qilishi kerak.

Shuningdek xloroxin uchun ta‘riflangan, ammo gidroksixloroxinni qabul qilishda xali kuzatilmagan boshqa dori vositalari bilan quyida sanab o‘tilgan o‘zaro ta‘sirlarni gidroksixloroxinda inkor etib bo‘lmaydi.

Aminoglikozidlar bilan

Ularning nerv-mushak o‘tkazuvchanligiga bevosita bloklovchi ta‘sirini potensiyalaydi.

Simetidin bilan

Simetidin bezgakka qarshi preparatlarning metabolizmini bostiradi, bu ularning plazmadagi konsentrasiyasini oshishi va ularning nojo‘ya samaralari, ayniqsa toksik samaralarining xavfini oshirishi mumkin.

Neostigmin va piridostigmin bilan

Ta‘sirning antagonizmi kuzatiladi.

Har qanday intradermal odam diploid-xujayraviy qutirishga qarshi vaksinasi bilan

Intradermal odam diploid-xujayraviy qutirishga qarshi vaksinasi bilan birlamchi immunizasiyaga javoban antitelalarni hosil bo‘lishi kamayadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Umumiy

Ko‘z to‘r pardasiga toksik ta‘siri ahamiyatli darajada dozaga bog‘liq hisoblanadi. “Ideal” tana vazniga 5,5 mg/kg dozada qo‘llanganda retinopatiyani paydo bo‘lishi tez-tezligi yuqori emas. Tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish retinopatiya rivojlanishi xavfini haddan tashqari oshiradi.

Preparat bilan davolashning uzoq muddatli kursidan oldin ikkala ko‘zni sinchkovlik bilan tekshiruvdan o‘tkazish kerak. Tekshirish ko‘rish o‘tkirligi, ko‘z tubini tekshirish, rang ajratish va ko‘ruv maydonini baholashni o‘z ichiga olishi kerak. Davolash vaqtida bunday tekshirish kamida 6 oyda 1 marta o‘tkazilishi kerak.

Tekshirish quyidagi hollarda ko‘proq amalga oshirilishi kerak:

  • “ideal” tana vazniga 6,5 mg/kg dan yuqori sutkalik dozada (semiz pasientlarda hisoblash uchun mutloq tana vaznini ishlatish dozani oshirib yuborilishiga olib kelishi mumkin);
  • buyrak yetishmovchiligida;
  • 200 g dan yuqori umumiy dozada;
  • keksa yoshli shaxslarda;
  • ko‘rish o‘tkirligi pasayganda.

Ko‘rishni har qanday buzilishlari (ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, rang ajratishni o‘zgarishi) paydo bo‘lganida preparatni darhol bekor qilish va pasientning ko‘rishini sinchkovlik bilan kuzatish kerak, chunki ko‘z to‘r pardasini o‘zgarishi (va ko‘rishni buzilishi) hatto preparatni bekor qilgandan keyin ham avj olishi mumkin (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang).

Preparatning dozasini kamaytirishni talab etishi mumkin bo‘lgan jigar va buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, shuningdek bu a‘zolarga noxush ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan dori preparatlarini qabul qilayotgan pasientlarda gidroksixloroxinni qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

Preparatni uzoq muddat qabul qilayotgan pasientlarda qonning to‘liq tahlilini davriy ravishda takrorlash kerak (gematologik buzilishlar paydo bo‘lganida gidroksixloroxinni bekor qilish kerak).

4-aminoxinolinlarning toksik ta‘siriga, ayniqsa bolalar sezgir, shuning uchun gidroksixloroxin bolalar olaolmaydigan joyda saqlanishiga sinchkovlik bilan e‘tibor berish kerak.

Preparatni uzoq muddat qabul qilayotgan barcha pasientlar skelet mushaklarining faoliyati va pay reflekslarining yaqqolligi bo‘yicha nevropatologda davriy ravishda tekshirilishlari kerak. Mushaklarda kuchsizlik paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak.

Juda kam hollarda gidroksixloroxin qabul qilgan pasientlarda suisidal hatti-harakatlar haqida xabar berilgan.

Bezgakda

Plakvenil® xloroxinga chidamli P. falciparum shtammlariga nisbatan samarasiz, shuningdek P. vivax, P. malariae va P. ovale ning eritrositlardan tashqaridagi shakllariga nisbatan samarasiz va shuning uchun uni profilaktika maqsadida buyurilganda ushbu mikroorganizmlar bilan zararlanishni, shuningdek ushbu qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan kasalliklarni qaytalanishini oldini olaolmaydi.

Homiladorlik va laktasiya

Gidroksixloroxin yo‘ldosh orqali o‘tadi. Uni homiladorlik vaqtida qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar cheklangan. Shuni ta‘kidlash kerak-ki, 4-aminoxinolinlar terapevtik dozalarda homilaning markaziv nerv tizimi, shu jumladan eshitish nervini shikastlashi (eshitish va vestibulyar apparat tomonidan buzilishlar, tug‘ma karlik), ko‘z to‘r pardasiga qon quyilishi va ko‘z to‘r pardasining anomal pigmentasiyasini chaqirishi mumkin. Shuning uchun gidroksixloroxinni ona uchun potensial foyda homila uchun xavfdan yuqori bo‘lgan hollardan tashqari homiladorlikda qo‘llashdan saqlanish kerak.

Emizish vaqtida preparatni qo‘llash zarurati sinchkovlik bilan baholanishi kerak, chunki u kam miqdorda ona sutiga ajralishi, kichik bolalar esa, 4-aminoxinolinlarning toksik samaralariga ayniqsa sezuvchanligi ko‘rsatilgan.

Avtomobilni boshqarish va yuqori xavf bilan bog‘liq ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘siri

Bemorlar transportni boshqarish yoki diqqatni jamlashni talab etuvchi ishlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak, chunki gidroksixloroxin akkomodasiyani buzishi va aniq ko‘rishni buzishi mumkin. Agar bu holat o‘z-o‘zidan o‘tib ketmasa, doza vaqtincha kamaytirilishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari

4-aminoxinolinlarning dozasini oshirib yuborilishi, ayniqsa bolalarda xavfli, hatto 1-2 g preparat o‘limga olib kelishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi simptomlari bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi, kollaps, tirishishlar, gipokaliemiya, yurak ritmi va o‘tkazuvchanligini buzilishi, shu jumladan QT intervalni uzayishi, “piruet” taxikardiya, yurak qorinchalari taxikardiyasi va yurakni va nafasni to‘satdan potensial fatal to‘xtatishi bilan yurak qorinchalari fibrillyasiyasini o‘z ichiga oladi. Dozani oshirib yuborilishida shoshilinch tibbiy kuzatuv talab etiladi, chunki bu asoratlar dozasi oshirib yuborilganidan qisqa vaqtdan keyin rivojlanishi mumkin.

Davolash

Darhol qusishni sun‘iy chaqirish yoki zond orqali me‘dani yuvish kerak. Preparatning qabul qilingan dozasidan kamida 5 marta yuqori dozada faollashtirilgan ko‘mir so‘rilishni sekinlashtirishi mumkin. Diazepamni parenteral yuborish maqsadga muvofiq (uning fonida xloroxinning kardiotiksikligini kamayishi ta‘riflangan).

Zarurati bo‘lganida o‘pkani sun‘iy ventilyasiyasi va shokka qarshi davolashni o‘tkazish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi simptomlari bartaraf etilgandan keyin kamida 6 soat davomida doimiy tibbiy kuzatuvni davom ettirish talab etiladi.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 200 mg.

10 tabletkadan PVX va alyumin folgali blisterda. 6 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PLAKVENIL tabletkalari 200mg N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PLAKVENIL tabletkalari 200mg N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PLAKVENIL tabletkalari 200mg N60 dori vositasi Санофи-Авентис С.А. tomonidan Ispaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PLAKVENIL tabletkalari 200mg N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PLAKVENIL tabletkalari 200mg N60 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
IMMARD 0,2 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Гидроксихлорохин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ипка Лабораториз Лимитед
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9