×
×
  • PLATIFILLINA GIDROTARTRAT eritma 1ml 2mg/ml N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PLATIFILLINA GIDROTARTRAT eritma 1ml 2mg/ml N10

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Платифиллин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- УЗХИМФАРМ, АО
ATX kodi:
- A03A
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 214 ta dorixonasida topildi

ico 12 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 20 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 13 400 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

PAPAVERINA GIDROXLORID suppozitorii 20mg N10 Биосинтез, ПАО Rossiya Federatsiyasi
7 000 s`om dan
KALSEMIN SILVER tabletkalari N30 Bayer Consumer Care AG Germaniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PLATIFILLINA GIDROTARTRAT eritma 1ml 2mg/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PLATIFILLIN GIDROTARTRAT

PLATYPHYLLINI HYDROTARTRATIS

 

Preparatning savdo nomi: Platifillin gidrotartrat

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Platifillin gidrotartrat

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: platifillin gidrotartrat – 2 mg.

yordamchi moddalar:  in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik

Farmakoterapevtik guruhi:  Cpazmolitik vositalar.

Kod ATX: A03A

Farmakologik xususiyatlari

Xolinoreseptorlar antagonisti, asosan m-xolinoreseptorlarni bloklaydi, lekin vegetativ nerv tugunchalarining n-xolinoreseptorlarini ham susaytiradi. Markaziy nerv tizimiga, ayniqsa qon tomirlarini harakatlantiruvchi markazlarga tinchlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Shuningdek miotrop spazmolitik (papaveringa o‘xshash) xususiyatlarga ega.

Xolinoreseptorlarni bloklovchi ta‘siri vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismini tonusini oshgan holatida yoki m-xolinostimulyatorlar ta‘sirida ko‘proq darajada namoyon bo‘ladi. Atropinga nisbatan, ayniqsa yuqori dozalarda qo‘llanganida kamroq darajada taxikardiya chaqiradi. Adashgan nerv n. vagus ta‘sirini kamaytirib, yurakning o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi, miokardning qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi, yurakning minutlik hajmini oshiradi.

Bevosita miotrop spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, terining mayda qon tomirlarini kengayishini chaqiradi. Yuqori dozalarda tomirlarni harakatlantiruvchi markazni susaytiradi va simpatik gangliyalarni bloklaydi, buning oqibatida qon tomirlar kengayadi va arterial qon bosim pasayadi (asosan – vena ichiga yuborilganda).

Endokrin bezlarining sekresiyasini atropinga nisbatan kuchsizroq susaytiradi; silliq mushaklar tonusini yaqqol pasaytiradi, me‘da, o‘n ikki barmoq ichak, ingichka va yo‘g‘on ichakning peristaltik qisqarishlari amplitudasini va tez-tezligini kamaytiradi, o‘t pufagi tonusini (safro yo‘llarining giperkineziyasi bo‘lgan shaxslarda) o‘rtacha pasaytiradi; gipokineziyada esa – o‘t pufagining tonusi normal darajagacha oshadi.

Bachadon, qovuq va siydik chiqarish yo‘llarining silliq mushaklarini bo‘shashtiradi; spazmolitik ta‘sir ko‘rsatib, og‘riq sindromini bartaraf etadi. N. vagus tonusini oshishi yoki xolinostimulyatorlar ta‘sirida chaqirilgan bronxlarning silliq mushaklarni bo‘shashtiradi, nafasning minutlik hajmini oshiradi, bronxial bezlar sekresiyasini susaytiradi; sfinkterlar tonusini pasaytiradi.

Ko‘zning kon‘yuktiva bo‘shlig‘iga tomizilganda va parenteral yuborilganida ko‘z kamalak pardasining aylana mushaklarini bo‘shashishi natijasida ko‘z qorachig‘ini kengayishini chaqiradi. Bir vaqtning o‘zida ko‘z ichki bosimi oshadi va akkomodasiya falaji (siliar tananing kipriksimon mushaklarini bo‘shashishi oqibatida) ro‘y beradi. Atropinga nisbatan akkomodasiyaga bo‘lgan ta‘siri kamroq va qisqaroq namoyon bo‘ladi.

Bosh miya va nafas markazini, va ko‘proq darajada – orqa miyani qo‘zg‘atadi (yuqori dozalarda tirishishlar bo‘lishi mumkin, markaziy nerv tizimi, qon tomirlarni harakatlantiruvchi va nafas markazlari susayishi mumkin).

Gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi.

 

Farmakokinetikasi

Parenteral yuborilganidan keyin gistogematik to‘siqlardan (shu jumladan gematoensefalik to‘siq orqali), xujayra va sinaptik membranalardan tez va oson o‘tadi. Katta dozalari yuborilganida yuqori konsentrasiyalarda markaziy nerv tizimida to‘planadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Organizmda gidrolizga uchraydi va platinesin xamda platinesin kislotasini hosil qiladi. Buyrak va ichak orqali chiqariladi. To‘planish kuzatilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining  silliq mushaklari spazmlari (me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi; ichak, jigar va buyrak sanchiqlari, bronxospastik holatlar),  qon tomirlar spazmlari (arterial gipertenziyasi, stenokardiya, bosh miya qon tomirlar spazmlarida .

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Teri ostiga yuboriladi. O‘tkir yara og‘riqlarini, shuningdek ichak, jigar, buyrak sanchiqlarini bartaraf qilish uchun teri ostiga 0,002-0,004 g (0,2% li eritmadan 1-2 ml) yuboriladi. Davolash kursi uchun (10-20 kun) teri ostiga 0,2% li eritmadan 1-2 ml dan yuboriladi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va emizikli bolalarga – 0,035 mg/kg (0,0175 ml/kg) buyuriladi; 1-5 yoshli bolalarga – 0,03 mg/kg (0,015 ml/kg) buyuriladi;

6-10 yoshli bolalarga – 0,025 mg/kg (0,0125 ml/kg) buyuriladi;

11-14 yoshli bolalarga – 0,02 mg/kg (0,01 ml/kg) buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Dozani oshirib yuborilganda og‘iz qurishi, chanqoqlik, ichak atoniyasi, yurak urishi, ko‘z qorachig‘ining kengayishi, markaziy nerv tizimini qo‘zg‘alishi, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya, midriaz, akkomodasiya falaji, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, fotofobiya, tirishishlar, siydikni tutilishi, o‘tkir psixoz (yuqori dozalarda), o‘pka atelektazi kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Glaukoma, jigar va buyrakning organik kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Fenobarbital, pentobarbital, magniy sulfatining sedativ va uxlatuvchi ta‘sirini kuchaytiradi.

Boshqa m-xolinoblokatorlar, amantadin, galoperidol, fenotiazin, monoaminooksidaza ingibitorlari, trisiklik antidepressantlar, ayrim antigistamin preparatlar nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfini oshiradi.

Xolinesteraza ingibitorlari bilan – antagonizm kuzatiladi.

Morfin yurak-qon tomir tizimiga susaytiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi, monoaminooksidaza ingibitorlari – musbat xrono- va batmotrop samaralari kuzatiladi, yurak glikozidlari – musbat batmotrop ta‘sir; xinidin, prokainamid – m- xolinobloklovchi ta‘siri bo‘lishi mumkin.

Silliq mushak spazmlari bilan bog‘liq og‘riqlarda analgetiklar, sedativ vositalar, trankvilizatorlar ta‘sirini kuchaytiradi; qon tomirlar spazmlarda – gipotenziv va sedativ vositalari preparatning ta‘sirini kuchaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolanish davrida arterial bosimni va pulsni muntazam nazorat amalga oshirishi lozim.

Davolanish davrida alkogolli ichimliklarni iste‘mol qilishdan saqlanish lozim.

Dori preparatining transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta‘siri

Davolanish davrida transport vositalarini boshqarish va yuqori diqqatni va psixomotor reaksiya tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan bajarishdan saqlanish lozim.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llash mumkin emas. Preparatni laktasiya davrida qo‘llash zarurati tug‘ilganda, davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: paralitik ichak tutilishi, siydikni o‘tkir tutilishi (prostata bezining adenomasi bo‘lgan bemorlarda), akkomodasiya falaji, ko‘z ichki bosimini oshishi, og‘iz, burun, tomoq shilliq qavatini qurishi, yutishni, nutqni qiyinlashishi, midriaz (rangdor pardani to‘liq yo‘qolgunicha), tremor, tirishishlar, gipertermiya, qo‘zg‘alish, markaziy nerv tizimini susayishi, nafas va qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarning faolligini susayishi yuz berishi mumkin.

Davolash: jadallashtirilgan diurez, m-xolinmimetiklarni va antixolinesteraz vositalarni parenteral yuborish. Gipertermiyada – namlab artish, isitma tushiruvchi vositalar buyuriladi, qo‘zg‘alishida – vena ichiga tiopental natriyni yuborish; midriazda – mahalliy ko‘z tomchilari ko‘rinishida pilokarpin qo‘llanadi. Glaukoma xuruji rivojlangan hollarda darhol kon‘yuktiva bo‘shlig‘iga 1% li pilokarpin eritmasi har 1 soatda 2 tomchidan tomiziladi va teri ostiga – 1 ml dan 0,05% prozerin (neostigmin metilsulfat) eritmasi sutkada 3-4 marta yuboriladi.

 

Chiqarilish shakli

0,2% li eritma in‘eksiya uchun. 1 ml dan ampulalarda (№5, №10).

 

Saqlash sharoiti

250C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish  tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PLATIFILLINA GIDROTARTRAT eritma 1ml 2mg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PLATIFILLINA GIDROTARTRAT eritma 1ml 2mg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PLATIFILLINA GIDROTARTRAT eritma 1ml 2mg/ml N10 dori vositasi УЗХИМФАРМ, АО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PLATIFILLINA GIDROTARTRAT eritma 1ml 2mg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PLATIFILLINA GIDROTARTRAT eritma 1ml 2mg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
PLATIFILLIN inyeksiya uchun eritma 1ml 2mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Платифиллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Вифитех, ЗАО
Narh: 12 200 so'mdan Batafsil
PLATIFILLINA GIDROTARTRAT eritma 1ml 2mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Платифиллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
PLATIFILLINA GIDROTARTRAT 0,002/ML 1ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Платифиллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Новосибхимфарм ОАО
PLATIFILLINA GIDROTARTRAT inyeksiya uchun eritma 1ml 0,2% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Платифиллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биофарм,АО
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
PLATIFILLINA GIDROTARTRAT inyeksiya uchun eritma 1ml 0,2% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Платифиллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: O'zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
OBLEPIXOVOE maslo 50ml
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
SENADEKSIN tabletkalari N10
Narh: 1 300 so'mdan Batafsil
SENADEKSIN tabletkalari N6
ASKORUTIN tabletkalari N10
Narh: 1 400 so'mdan Batafsil
NIKOTINOVAYA KISLOTA eritma 1ml 1% N10
Narh: 1 900 so'mdan Batafsil
ANALGIN tabletkalari 0,5g N6
Narh: 600 so'mdan Batafsil
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
Narh: 600 so'mdan Batafsil
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N10
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N5
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
FITIN tabletkalari 0,25g N20
FITIN tabletkalari 0,25g N10
FITIN tabletkalari 0,25g N6
PAPAVERINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 2ml 2% N10
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
MIKROYODID tabletkalari 100mkg N50
PSORALEN tabletkalari 0,01g N6
PSORALEN eritma 50ml 0,1%
TEFESTROL tabletkalari 0,005g N10
ANALGIN tabletkalari 0,5g N20
EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2,4% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: УЗХИМФАРМ, АО
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2,4% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: УЗХИМФАРМ, АО
Narh: 2 500 so'mdan Batafsil
EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2,4% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: УЗХИМФАРМ, АО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
ASKORUTIN tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: УЗХИМФАРМ, АО
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
ASKORUTIN tabletkalari N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: УЗХИМФАРМ, АО
TIAMINA XLORID inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Узхимфарм, АО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL tabletkalari 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Узхимфарм, АО
Narh: 1 400 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
PLATIFILLINA GIDROTARTRAT 0,002/ML 1ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Платифиллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Новосибхимфарм ОАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9