204 800 s`om dan
Dorixonalardan izlash213 000 s`om dan
Bron qilishMavjud bo'lgan Xitoy qoidalariga binoan, odamni salomatligini qo'llab-quvvatlash ko'p jihatdan tomirlarni va qon aylanishini holatiga bog'liq bo'ladi.
Polifit biokomponentlari:
- kapillyarlarni elastikligini, qonni oquvchanligini va xamma ichki a'zolardagi qon aylanishini yaxshilaydi, tromb hosil bo'lishini xavfini kamaytiradi;
- xolesterinni normal darajasi qo'llab-quvvatlanadi va tomirlarda to'planishi va uni xavfi kamayadi;
- miyada qon aylanishini faollashishi fikrlashni, hotira, diqqatni yaxshilanishiga yordam beradi, boshda "tiniqlik" hisi paydo bo'ladi;
-ayollar organizmida estrogen darajasini balansini qo'llab
quvvatlanishi va qon aylanishini yaxshilanishi yurak-tomir sistemasini faoliyatini mustahkamlanishiga yordam beradi va menopauza quyilishlari vaqtida diskomfortni engillashtiradi.
Polifit bioqo'shimchasini qo'llanishi immunnitetni mustahkamlanishiga va quyidagi negativ faktorlar – stress, kislorod etishmovchiligi, aqliy va jismoniy zo'riqishlarga organizmni himoya kuchlarini oshishiga yordam beradi.
Natijada polifit bioqo'shimchasini qo'llanishi aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshishiga yordam beradi, u qarish jarayonini namoyon bo'lishini sekinlashtirishga olib keladi. Shu sababli mahsulotni haqqoniy ravishda salomatlik va uzoq umr ko'rishni manbai deb ataladi.
Astragal ildizi tabiiy antioksidantlar, selen, tokoferol, makro-va mikroelementlar saqlaydi. Yuzgullitukli astragal o'tida flavonoidlar - kversetin, kempferol, A, V, S, E vitaminlari, oshlovchi moddalar, organik kislotalar, kumarinlar, efir moyi, triterpen bog'lamlari – glisirrizin, steroidlar, temir, kaltsiy, fosfor, magniy, natriy, kremniy, marganes va boshqa mikroelementlar, shilliq moddalar, pigmentlar topilgan. Ular yaqqol antioksidant, antigipoksik aktivliklarga ega, tomirlarda metabolizmni yaxshilanishiga yordam beradi, ularni funktsiyasini mustahkamlashga va qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi.
Piongul ildizi efir moylari, uglevodlar, oshlovchi moddalar, glikozidlar, sitosterin, mineral moddalar (kaliy, marganes, S vitamini, flavonoidlar, peonin va peregrenin saqlaydi. Ularning yordamida qonni hususiyatlari normallashadi: qon suyuladi va natijada - unda tromblar hosil bo'lishini oldi olinadi, diurez yaxshilanadi va shishlar rivojlanishi ehtimoli kamayadi, Markaziy nerv sistemasida tormozlanish jarayonlari yaxshilanadi.
Qizil Angelika ildizi oshlovchi moddalar, kumarinlar, mum, fitosterinlar, pektinlar, angelisin, efir moylari, kaltsiy, fosfor, magniy, kaliy, ftor minerallarini saqlaydi.
Ular antioksidantlar hisoblanadi, silliq mushaklar tonusini, yallig'lanish faktorlarini hosil bo'lishini pasaytiradi, safro va siydik ajralishini yaxshilaydi. Efir moyi MIT shilliq qavatini holatini yaxshilaydi, me'da shirasini normal kislotaliligini qo'llab-quvvatlaydi.
Er chuvalchangi oqsillarga, yog'lar, uglevodlar, mineral moddalarga boy. To'qimalar suyuqligi lyumbritin va terrestrolyumbrolizin (lyumbrakinazalar) enzimini (fermentlar) saqlaydi, ular tromblarni hosil bo'lishini susaytirish, eritishga qodir, tromblarni fibrinini erishini aktivlashi mumkin, yurak tomirlarida qon aylanishini yaxshilaydi, yurak mushaklarini mustahkamlaydi. Er chuvalchangidan ajratilgan azot saqlovchi moddalar immunnitetni rag'batlantirishi, yallig'lanish faktorlarini bostirishi mumkin.
Shaftoli danagi o'z tarkibida bodom moyini, vitaminlar, mikroelementlar, organik kislotalar, oziq-ovqat tolalarini saqlaydi. Ular moddalar almashinuvini, ovqatni xazm qilish va ichakni motorikasini yaxshilovchi hususiyatlarga ega, vitaminlar va mikroelementlar antioksidantlar kabi tomirlarni mustahkamlaydi va qon aylanishini yaxshilaydi.
Saflor glikozidlar, A, D, V12, V6 va S vitaminlarini, natriy, kaliy, kaltsiy, temir, magniy mikroelementlarini saqlaydi. U yo'g'on ichakning tonusini mustahkamlaydi, safro va siydik ajralishini yaxshilaydi, nerv sistemasini yumshoq tinchlantiradi; tonusni yaxshilaydi; yallig'lanishni oladi; hayz tsiklini normallashtiradi; qonda xolesterinni darajasini pasaytiradi; arterial bosimni pasaytiradi.
Qo'llanishidan oldin mutaxassisni maslahati tavsiya qilinadi. Keksa yoshda faqat 5-10 tomchidan qo'llash tavsiya qilinadi.
Yaroqlilik muddati 3 yil.