×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PRAZOBAK poroshok 1g, 1,5g

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Индия
Faol modda:
Цефоперазон (в виде натриевой соли), Сульбактама натриевая соль
Ishlab chiqaruvchi:
- Scott-Edil Advance Research Laboratories & Education Ltd
Vakil:
- Farmalife
ATX kodi:
- J01DD62
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 20 ta dorixonasida topildi

ico 38 999 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 flakon quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: sefaperazonga qayta hisoblanganda sefaperazon natriy – 1,0g.yoki 0,5g.;sulьbaktamga nisbatan qayta hisoblanganda sulьbaktam natriyli – 0,5g.
Prazobakning antibakterial komponenti – bakteriya devorining sintezini susaytirish yo'li bilan bakteritsid ta'sir qiluvchi, uchinchi avlod sefalosporini – sefoperazondir. Sulьbaktam Neisseriaceae va Acinetobacter ga qarshi ta'siridan tashqari, real antibakterial faollikka ega emas, biroq u beta-laktam antibiotiklarga rezistent bo'lgan mikroorganizmlar ishlab chiqargan ferment – beta-laktamazalarning ingibitoridir.
Sulьbaktam rezistent mikroorganizmlar tomonidan penitsillinlar va sefalosporinlarning destruktsiyasini oldini oladi va penitsillinlar va sefalosporinlar bilan yaqqol sinergizm namoyish qiladi. Sulьbaktam shuningdek ayrim penitsillinni bog'lovchi oqsillar bilan bog'lanishi tufayli, sezgir mikroorganizmlar, sefoperazonning bir o'zini ta'siriga qaraganda, sulьbaktam/tsefoperazonning ta'siriga ko'proq sezuvchan bo'lib qoladilar.
Sulьbaktam va sefoperazonning majmuasi quyidagi mikroorganizmlarga qarshi faoldir: Haemophylus influenzae, Bacteroides ning turlari, Acinetabacter calcoaceticus, Enterobacter aerodens, Escherichia coli, Proteus mirabilis, Klebsiella pneumoniae, Morganella morganii, Citrobacter freundii, Enterobacter cloacae, Citrobacter diversus.
Sulьbaktam/tsefoperazon in vitro klinik ahamiyatli mikroorganizmlarning keng doirasiga qarshi faollikni namoyon qiladi.
Grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus (shu jumladan penitsillinazani ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlari), Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumonia (asosan Diplococcus pneumoniae), Streptococcus pyogenes (A guruhi beta-gemolitik streptokokk), Streptococcus agalactiae (V guruhi beta-gemolitik streptokokk), beta-gemolitik streptokokklarning ko'pchilik boshqa turlari, Streptococcus faecalis ning ko'pchilik turlari.
Grammanfiy mikroorganizmlar: Escherichia coli, Klebsiella turlari, Enterobacter turlari, Citrobacter turlari, Haemophilus influenzae, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Morganella morganii (asosan Proteus morganii), Providencia rettgeri (asosan Proteus rettgeri), Providencia turlari, Serratia turlari (shu jumladan S. marcescens), Salmonella va Shigella turlari, Pseudomonas aeruginosa, Pseudomonas ning ayrim turlari, Acinetobacter calcoaceticus, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Bordetella pertussis, Yersinia enterocolitica
Anaerob mikroorganizmlar: grammanfiy batsillalar (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides ning boshqa turlari va Fusobacterium ning turlari); grammusbat va grammanfiy kokklar (shu jumladan Rertococcus, Peptostreptococcus va Veillonella turlari); grammusbat batsillalar (shu jumladan Clostridium, Eubacterium va Lactobacillus turlari).
Vena ichiga va mushak orasiga yuborish uchun 1,0+0,5 g.li va 0,5+0,5g.li eritma tayyorlash uchun kukun.
1,0g va 1,5g.dan preparat plastik qopqoq bilan himoyalangan alyumin halqaga zichlangan xlorbutil rezinali tiqin bilan tiqilgan rangsiz shisha flakonlarda.
Prazobak preparati yuborilganda olingan taxminan sulьbaktam dozasini 84% va sefaperazonni dozasini 25% buyraklar orqali chiqariladi. Sefaperazonni qolgan dozasining ko'p qismini safro bilan chiqariladi. Sefaperazon bilirubinni plazma oqsillarining bog'idan siqib chiqarmaydi. Sulьbaktamning yarim chiqarilish davri o'rtacha taxminan 1 soatni , sefaperazonni - 1,7 soatni tashkil etadi. Zardobdagi kontsentratsiyasi yuborilgan dozaga proportsinal.
1,5 g sefoperazon/sulьbaktamni (0,5 g sulьbaktam, 1 g sefoperazon) vena ichiga 5 minut davomida yuborilganidan so'ng sefoperazon va sulьbaktamning maksimal kontsentratsiyasining o'rtacha qiymati muvofiq ravishda 130,2 va 236,8 mkg/ml ni tashkil etadi. Bu sulьbaktamni taqsimlanish hajmini (Vd= 18,0-27,6 l) sefoperazonni taqsimlanish hajmi (Vd= 10,2-11,3 l) bilan solishtirgandagidan yanada yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Sulьbaktam ham, sefoperazon ham, turli to'qima va suyuqliklarda yaxshi taqsimlanadi, jumladan safroda, o't qopida, terida, ko'r ichakda, Fallopiyev trubasida, tuxumdonda, bachadonda va boshqalarda. Sulьbaktam va sefoperazon yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi.
Mushak ichiga 1,5 g sulьbaktam/tsefoperazon yuborilgandan keyin (0,5 g sulьbaktam, 1 g sefoperazon yuborilgandan keyin) sulьbaktamni va sefoperazonni yuborilgandan keyin zardobdagi maksimal kontsentratsiya davri 15 minutdan 2 soatgacha bo'lgan davrda kuzatilgan. Sulьbaktam va sefoperazonni zardobdagi maksimal kontsentratsiyasi 19,0 va 64,2 mkg/ml ga muvofiq bo'lgan.
Sulьbaktam/tsefoperazonni yuborilganda biron-bir farmakokinetik o'zaro ta'sirlashuvi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Sulьbaktam/tsefoperazon komponentlarini qayta qo'llanilganda ikkalasining farmakikinetikasida ahamiyati o'zgarishlar bo'lmagan. Preparatni xar 8-12 soatda yuborilganda kumulyatsiyasi kuzatilmagan.
Bolalarda sulьbaktamning o'rtacha yarim yashash muddati 0,91 dan 1,42 soatgacha, sefaperazonning esa 1,44 dan 1,88 soatgacha chegarasida joylashgan.
Jigar funktsiyasini buzilishida:
Sefoperazon safro bilan faol chiqariladi. Sefoperazonni yarim chiqarilish davri odatda uzayadi, jigar va/yoki o't yo'llarining obstruktsiyasi bo'lgan bemorlarda preparatni buyraklar orqali chiqarilishi oshadi. Xattoki jigar funktsiyasini og'ir buzilishidatsefoperazon safroda terapevtik kontsentratsiyaga erishiladi, yarim chiqarilish davriesa faqat 2-4 martaga oshadi.
Buyrak funktsiyasini buzilishida:
Sefoperazon/sulьbaktam qabul qilayotgan buyrak funktsiyasini turli darajadagi buzilishlari bo'lgan bemorlarda, sulьbaktamni organizmdagi umumiy klirensi va kreatininning hisoblagan klirensi orasida yuqori korrelyatsiyaaniqlangan. Terminal buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda sulьbaktamni yarim chiqarilish davrini ahamiyatli uzayishi aniqlangan (turli tekshiruvlarda o'rtacha 6,9 va 9,7 soat). Gemodializ sulьbaktamni va yarim chiqarilish davrini, umumiy klirensini va taqsimlanish hajmini ahamiyatli o'zgarishini chaqirgan.
Keksa yoshli insonlarda qo'llanilishi:
Buyrak yetishmovchiligi va jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan keksa yoshli insonlarda sefoperazon/sulьbaktamni farmakokinetikasi o'rganilgan. Sog'lom ko'ngillilar bilan solishtirilganda yarim chiqarilish davrini uzayishi, klirensini pasayishi va uni sulьbaktamni,ham sefoperazonni taqsimlanish xajmini oshishi aniqlangan.Sulьbaktamni farmakokinetikasi buyrak funktsiyasini buzilishi darajasi bilan, sefoperazonni farmakokinetikasi esa – jigar funktsiyasini buzilishi darajasi bilan mos kelgan.
Bolalarda qo'llanilishi:
Bolalardagi tadqiqotlarda sefoperazon/sulьbaktam komponentlarining farmakokinetikasida kattalar bilan solishtirilganda sezilarli o'zgarishlar aniqlanmagan. Bolalarda sulьbaktamni yarim chiqarilish davri 0,91 dan 1,42 soatgachani, sefoperazonni – 1,44 dan 1,88 soatgachani tashkil etgan.

Umuman sulьbaktam/tsefoperazon yaxshi o'zlashtiriladi. Nojo'ya holatlarni ko'p qismining og'irlik darajasi yengil va o'rtacha bo'lgan, va ular davolashning oxirigacha saqlanib qolgan. Quyidagi ko'rsatib o'tilgan reaktsiyalar ham klinik tekshiruvlari vaqtida (qiyosiy va qiyosisiz), ham preparat qayd etilgandan keyinham kuzatilgan.

Prepartni tibbiyotda qo'llash bo'yicha yo'riqnomalarida ko'rsatib o'tilgan barcha noxush reaktsiyalari MedDRA tasnifiga muvofiq keltirilgan. Noxush reaktsiyalarni zarur klinik tez-tezligining xar bir toifasi muhimligi muvofiq berilgan.


Noxush reaktsiyalar jadvali



Аъзолар тизими синфи

Жуда тез-тез

Тез-тез

1/100 ва<1/10

Тез-тез эмас 1/1000 ва<1/10

Тез-тезлиги номаълум (мавжуд маълумотларга асосан баҳолашнинг иложи йўқ)

Қон ва лимфатик тизими томонидан бузилишлар

Лейкопения, нейтропения, Кумбснингтўғри мусбат реакцияси, гематокритни пасайиши, тромбоцитопения

Эозинофилия


Гипопротром-бинемия

Иммун тизими томонидан бузилишлар




Анафилактоид реакциялар (жумладан шок), ўта юқори сезувчанлик реакциялари (шу жумладан анафилактик шок)

Нерв тизими томонидан бузилишлар



Бош оғриғи


Қон-томирлари томонидан бузилишлар




Васкулит, артериал гипотензия

Меъда-ичак йўллари томонидан бузилишлар


Диарея, кўнгил айниши, қусиш


сохтамембраноз колит

Жигар ва сафро чиқариш йўллари томонидан бузилишлар

Қоннинг аланинамино-трансферазаларини, аспартатами-нотрансферазаларни қоннинг ишқорий фосфотазала-рини фаоллигини ошиши

Қонда билирубин концентрациясини ошиши


Сариқлик

Тери ва териости томонидан бузилишлар



Қичишиш, эшакеми

Токсик эпидермал некролиз, Стивенс-Джонсон синдроми, макулопапулез тошма

Буйрак ва сийдик чиқариш йўллари томонидан бузилишлар




Гематурия

Умумий бузилишлар ва юбориш жойидаги бузилишлар



Инфузия жойида флебит, инъекция жойида оғриқ ва ачишиш, иситма, эт уишиши


CIOMSP1 (halqaro tibbiy ilmiy tashkilotlarni kengashi) toifasi bo'yicha tez-tezligi:juda tez-tez >1/10 (>10%); tez-tez: >1/100 va<1/10 (>1% va<10%); tez-tez emas: >1/1000 va<1/100 (>0,1% va<1%); noma'lum: mavjud ma'lumotlarga asosan tez-tezligini aniqlashni iloji yo'q.

Laboratoriya tahlillarini normadan og'ishi ko'rinishida nojo'ya reaktsiyalarni tez-tezligini xisoblaganda, tahlillarni natijalari ma'lumotlarini hammasi hisobga olingan, shu jumladan, normadan og'ishlari dastlabki darajada kuzatilgan patsiyentlarni ma'lumotlari ham. Shunday konservativ munosabat qo'llanganki, dastlabki ma'lumotlar ko'pgina patsiyentlarda dastlabki darajadagi tahlillar natijalarini og'ishini ajratishni imkonini bermadi, ularda laboratoriya tahlillarini natijalarini sezilarli darajada o'zgarishi davolashni boshlagandan keyin paydo bo'ldi, va dastlabki darajadagi tahlillar natijalari og'ishi bo'lgan ko'pgina patsiyentlarda, davolashni boshlagandan keyin laboratoriya tahlillarini natijalarida sezilarli o'zgarishlar bo'lmadi. Leykotsitlar, neytrofillar, trombotsitlar, gemoglobin va gematokritning miqdori tadqiqotlar xisobotida faqat normadan og'ishi xaqida xabar berilgan. Ko'rsatkichlarni oshgani yoki pasaygani xaqida ko'rsatilmagan. O'lim bilan tugagan xolatlar xaqida xabarlar bor.

Preparatni keng faol spektorini inobatga olib adekvat monoterapiyani o'tkazish mumkin.
O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini, shu jumladan o'limga olib keluvchi xavfi patsiyentlarda anamnezida ko'pchilik allergenlarga o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilgan patsiyentlarda yuqori. Allergik reaktsiyalar paydo bo'lganida preparatni bekor qilish va adekvat terapiyani buyurish zarur.
Jiddiy anafilaktik reaktsiyalarida adrenalinni yuborishni to'xatib turish lozim. Kislorod buyuriladi, vena ichiga glyukokortikosteroidlarni yuboriladi va nafas yo'llarini o'tkazuvchanligi ta'minlanadi, jumladan intubatsiya.
Patsiyentlarni sulьbaktam va sefoperazon bilan davolash fonida alkogolli ichimliklarni ist'emol qilganda disulьfiramga xos paydo bo'lishi mumkinligi haqida ogoxlantirish lozim.
Dozani o'zgartirish safro yo'llarining, og'ir obstruktsiyasi, og'ir jigar kasalliklarida, shuningdek funktsiyalarni buzilish xolatlarida talab etilishi mumkin. Jigar funktsiyasini buzilishi va yondosh buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan bemorlarda sefoperazonni zardobdagi kontsentratsiyasimonitorirngini o'tkazish va zarur xolatlarda uning dozasini muvofiqlashtirish zarur. Agar sefoperazonni zardobdagi kontsentratsiyasini muntazam monitoriringi, bunday xolatlarda o'tkazilmasa, u holda uning sutkalik dozasi 2 g dan oshmasligi lozim.
Benedikt yoki Feling eritmasini qo'llanilganda siydikda glyukozaga soxta musbat reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Aminoglikozidlarni bir vaqtda qo'llanilganda buyrak funktsiyasini nazorat qilish zarur.
Preparatni uzoq vaqt qo'llanilganda ichakni normal mikroflorasini buzilishi mumkin, u Clostridium Difficile o'sishiga olib kelishi va soxtamembranoz kolitni rivojlanishini chaqirishi mumkin. Bunday holatlarda preparatni bekor qilish, maxsus davolashni buyurish zarur. Ichak peristaltikasini tormozlovchi preparatlarni qo'llash mumkin emas.
Sefoperazon bilan davolanganda kam xolatlarda K vitaminni tanqisligi rivojlangan. Uning sababi, ehtimol vitaminni sintez qiluvchi ichakning normal mikroflorasini bostirilishi bo'lishi mumkin. Xavf guruhiga yetarli darajada oziqlanmaydigan, malьabsorbtsiya bilan xastalangan (masalan, mukovistsidozda) va uzoq vaqt vena ichiga sun'iy oziqlantirish bo'lgan patsiyentlar kiritish mumkin. Bunday xollarda, hamda antikoagulyantlarni qabul qilayotgan bemorlarda, protrombin vaqtini nazorat qilish va ko'rsatmalar bor bo'lganda K vitaminini buyurish kerak.
Uzoq vaqt davolanganda sezgir bo'lmagan mikroorganizmlarni ko'payishi kuzatilishi mumkin. Bemorlarni davolanish vaqtida muntazam kuzatish kerak. Uzoq vaqt davolanganda ichki a'zolarini, jumladan buyraklar, jigar funktsiyasini va qon yaratish tizimi ko'rsatkichlarini muntazam nazorat qilish tavsiya qilinadi. Bu ayniqsa yangi tug'ilgan chaqaloqlarga eng avvalo chala tug'ilgan chaqaloqlar va kichik bolalar uchun muxim.Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda va 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash samarasi va xavfsizligi yetarli o'rganilmagan. Preparatni buyurishdan oldin potentsial foyda va bo'lishi mumkin xavfni baholash loizm. Sefoperazon bilirubinni qon plazmasidagi oqsil birikmalaridan surib chiqarmaydi. Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarishiga ta'siri
Prazobakni qo'llashni klinik tajribasi asosida uni avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini extimoli kam.
Sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqargan infektsiyalarni davolash uchun monoterapiya ko'rinishida qo'llanadi:
• nafas yo'llarining infektsiyalari (yuqori va quyi qismlari);
• intraabdominal infektsiyalar (peritonit, xoletsistit, xolangit va boshq.);
• siydik chiqarish yo'llarining infektsiyalari (yuqori va quyi qismlari);
• septitsemiya;
• meningit;
• teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari;
• suyak va bo'g'imlarning infektsiyalari;
• chanoq a'zolarining yallig'lanish kasalliklari;
• gonoreya va jinsiy a'zolarning boshqa infektsiyalari.
Ma'lum ko'rsatmalarda Prazobak boshqa antibiotiklar bilan birga majmuaviy davolash tarkibida qo'llanishi mumkin.
Sulьbaktamga, sefoperazonga yoki boshqa sefalosporinga, penitsillinlarga va beta-laktam antibiotiklariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Extiyotkorlik bilan:og'ir darajadagi buyrak va jigar funktsiyasini buzilishlarida; yangi tug'ilgan chaqaloqlarda, shu jumladan chala tug'ilgan bolalarda.
Preparatni va spirt saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qo'llash yoki davolash tugaganidan keyin 5 kun davomida yeki davolash vaqtida alkogolni bir vaqtda qo'llash, disulьfiramining (teturam) ta'siriga uxshash samaralar: qorinda spazmlar, kungil aynishi, qusish, bosh og'rishi, yurak urishi, xansirash, yuzni qizarishiga olib kelishi mumkin. Bu samaralar alkogol iste'mol qilinganidan keyin 15-30 minut davomida qayd etiladi va bir necha soatdan keyin mustaqil o'tib ketadi. Bu sefaperazon molekulasining strukturasida, atsetalьdegiddegidrogenaza fermentining faolligini susaytiruvchi N- metiltiotetrazolli yon zanjirini borligi bilan bog'lik bo'lib, bu qonda ta'riflangan nojo'ya samaralarni chaqiruvchi atsetalьdegidni to'planishiga olib keladi. Antikoagulyantlar bilan (kumarin yeki indandion xosilalari bilan), geparin bilan yeki qandaydir trombolitiklar bilan bir vaqtda qo'llash qon ketishlari xavfini oshiradi.
Preparatni qo'llanganida siydikda glyukozaning miqdorini nofermentativ usullar bilan aniqlashda va Kumbs reaktsiyasini qo'yishda soxta musbat natijalar bo'lishi mumkin. Preparatni aminoglikozidlar bilan majmuaviy davolash tarkida qo'llanganda, butun davolash kursi davomida buyrak faoliyatini nazorat kilish kerak.
300S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Preparatning vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun tayyorlangan eritmasi 24 soat davomida xona haroratida turg'un.
Bolalar ololmayditgan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o'gach qo'llanilmasin
Prazobak vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun mo'ljallangan. Davolashni boshlash oldidan, teri sinamasini bajarib, patsiyentda yuqori sezuvchanlikning borligini istisno qilish kerak.
Kattalarda qo'llanishi.
Prazobakning tavsiya qilingan sutkalik dozasi 2-4 g ni tashkil qiladi. Preparatni har 12 soatda bir xil taqsimlangan dozalarda yuborish kerak. Og'ir yoki refrakter infektsiyalarda Prazobakning sutkalik doza 8 g gacha oshirilishi mumkin.
Prazobakni olayotgan patsiyentlarda sefoperazon preparatlarini qo'shimcha yuborish zarurati tug'ilishi mumkin (har 12 soatda bir tekis taqsimlangan dozada yuborish kerak). sulьbaktamning maksimal sutkalik dozasi 4 g ga teng.
Jigar faoliyatini buzilishida qo'llanishi.
Dozani to'g'rilash og'ir obstruktsion sariqlikda va og'ir jigar kasalliklarida yoki bu ikkala patologiya buyraklar faoliyatini buzilishi bilan kechgan hollarda zarur bo'lishi mumkin. Jigar faoliyatini buzilishlari va buyraklar faoliyatining yo'ldosh buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda plazmada sefoperazonning kontsentratsiyasini nazorat qilish va zarurati bo'lganida dozani muvofiq to'g'rilash kerak. Preparatning plazmadagi kontsentratsiyasini sinchkov nazorati o'tkazilmagan hollarda sefoperazonning dozasi sutkada 2 g dan oshmasligi kerak.
Buyraklar faoliyatini buzilishlarida qo'llanishi.
Prazobak kreatinin klirensi 30 m/min dan kam bo'lgan patsiyentlarda qo'llanganida, sulьbaktamning klirensini pasayishini kompensatsiya qilish maqsadida, preparatning dozasini to'g'rilash kerak. Kreatinin klirensi 15-30 ml/min bo'lganida sulьbaktamning maksimal bir martalik dozasi har 12 soatda 1 g ni; kreatinin klirensi 15 ml/min dan kam bo'lganida – har 12 soatda 500 mg ni tashkil qiladi. Shuning uchun og'ir infektsiyalarda sefoperazon preparatlarini qo'shimcha buyurish zarurati tug'ilishi mumkin.
Dializ qo'llanganida Prazobak preparatining dozalash tartibini to'g'rilash kerak (“Qo'llashning o'ziga xosligi” ga qarang).
Bolalarda qo'llanishi.
Prazobakning tavsiya qilingan sutkalik dozasi tana vazniga 40-80 mg/kg ni tashkil qiladi. Preparatni har 6-12 soatda bir xil taqsimlangan dozalarda yuborish kerak.
Og'ir yoki refrakter infektsiyalarda Prazobakning sutkalik dozasi 160 mg/kg gacha oshilishi va teng 2-4 dozalarga bo'linishi mumkin.
Chaqaloqlarga hayotining 1-chi haftasida har 12 soatda yuborish kerak. chaqaloqlar uchun maksimal sutkalik doza 80 mg/kg dan oshmasligi kerak.
Vena ichiga qo'llanishi.
Tomchilab infuziya uchun 1 flakonning ichidagisini (1,5 g) 6,7 ml 5% glyukozaning suvdagi eritmasida, 0,9% natriy xloridi eritmasida yoki in'ektsiya uchun steril suvda eritish, so'ngra esa xuddi shu erituvchilarni qo'llash bilan 20 ml gacha suyultirish kerak. Preparat infuzion 15-60 minut davomida yuboriladi.
Prazobak in'ektsiya uchun suv, 0,225% natriy xloridi eritmasidagi 5% glyukoza eritmasi, 0,9% natriy xloridi eritmasidagi 5% glyukoza eritmasi bilan sefoperazonning 10 mg/ml dan va sulьbaktamning 10 mg/ml dan sefoperazonning 250 mg/ml, sulьbaktamning 250 mg/ml gacha kontsentratsiyalarida mutanosib.
Ringer laktat eritmasi birlamchi suyultirish uchun emas, balki vena ichiga infuziyasida suyultirish uchun to'g'ri keladi.
Vena ichiga in'ektsiya uchun flakonning ichidagisini yuqorida ta'riflanganidek eritish va kamida 3 minut davomida yuborish kerak.
Mushak ichiga qo'llanishi. Lidokain eritmasi birlamchi eritish uchun emas, balki mushak ichiga qo'llanganida suyultirish uchun to'g'ri keladi.
Sefaperazon natriy va sulьbaktam natriyni odamlarda o'tkir toksikligi to'g'risida ma'lumotlar cheklangan.
Dozani oshirib yuborilishida preparatni qo'llanilgandagi qayd etilgan noxush samaralarni kutish mumkin.
Beta-laktam antibiotiklarini orqa miya suyuqligida yuqori kontsentratsiyalarini nevrologik buzilishlarga, jumladan tirishishlarga olib kelishi mumkinligini hisobga olish zarur.
Davolash:simptomatik, ayniqsa buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda gemodilizni samarali.
Sulьbaktam va sefoperazon yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi.
Yaxshi klinik tadqiqotlar homilador ayollarda o'tkazilmagan. Prazobak ko'krak suti bilan chiqariladi. Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida faqat agar ona uchun kutiladigan foyda homila va bolalar uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgandagina qo'llash mumkin.
Preparatni laktatsiya davrida buyurilganda emizishni to'xtatish tavsiya etiladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PRAZOBAK poroshok 1g, 1,5g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PRAZOBAK poroshok 1g, 1,5g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PRAZOBAK poroshok 1g, 1,5g dori vositasi Scott-Edil Advance Research Laboratories & Education Ltd tomonidan Индия mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PRAZOBAK poroshok 1g, 1,5g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PRAZOBAK poroshok 1g, 1,5g dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SEFTOKS poroshok 1000mg+500mg N1
Narh: 49 699 so'mdan Batafsil
INNOKLAV tabletkalari 375mg, 625mg, 1000mg N14
Narh: 45 500 so'mdan Batafsil
MEROBAK poroshok 1g
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9