×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PRESTANS 0,01/0,01 tabletkalari N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Амлодипин, Периндоприл
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- СЕРВЬЕ РУС ООО
ATX kodi:
- C09BB04 Амлодипин + Периндоприл
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
40 000 s`om dan
PREDIZIN tabletkalari 35mg N60 Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер, ООО Polsha
63 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PRESTANS 0,01/0,01 tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT

 

PRESTANS, 5 mg/5 mg

PRESTANS, 10 mg/5 mg

PRESTANS, 5 mg/10 mg

PRESTANS, 10 mg/10 mg

perindopril arginin/amlodipin

Ichga qabul qilish uchun tabletkalar

 

Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu ilova-varaqani diqqat bilan oxirigacha o‘qib chiqing.

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. U Sizga yana kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.
  • Bu preparat shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yuborish mumkin emas. Agar ularning simptomlari Siznikiga o‘xshash bo‘lsa ham, bu ularga zarar keltirishi mumkin.
  • Agar nojo‘ya ta‘sirlari jiddiy xarakterga ega bo‘lsa yoki agar siz ushbu varaqada keltirilmagan noxush samaralarni aniqlasangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

  1. SAVDO NOMI

Prestans®

  1. DORI SHAKLI

Tabletkalar, 5 mg/5 mg; 10 mg/5 mg; 5 mg/10 mg va 10 mg/10 mg.

 

  1. TA‘SIR ETUVCHI MODDANING NOMI

Perindopril arginin va amlodipin

  1. MAZMUNI

PRESTANS nima saqlaydi

Ta‘sir etuvchi moddalar: perindopril arginin va amlodipin.

PRESTANS 5 mg/5 mg: bir tabletka 5 mg perindopril arginini va 5 mg amlodipin saqlaydi.

PRESTANS 10 mg/5 mg: bir tabletka 10 mg perindopril arginin va 5 mg amlodipin saqlaydi.

PRESTANS 5 mg/10 mg: bir tabletka 5 mg perindopril arginin va 10 mg amlodipin saqlaydi.

PRESTANS 10 mg/10 mg: bir tabletka 10 mg perindopril arginin va 10 mg amlodipin saqlaydi.

Preparatning tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlar: laktoza monogidrati, magniy stearati (Ye470V), mikrokristall sellyuloza (Ye460), suvsiz kolloid kremniy dioksidi (Ye551).

PRESTANS qanday ko‘rinishga ega va o‘ramini tarkibi

PRESTANS 5 mg/5 mg tabletkalari: oq rangli, uzunchoq shaklli, bir tomoniga “5/5” raqamlari bosilgan va boshqa tomonida belgisi bo‘lgan tabletkalar.

PRESTANS 10 mg/5 mg tabletkalari: oq rangli, uchburchak shaklli, bir tomoniga “10/5” raqamlari bosilgan va boshqa tomonida belgisi bo‘lgan tabletkalar.

PRESTANS 5 mg/10 mg tabletkalari: oq rangli, kvadrat shaklli, bir tomoniga “5/10” raqamlari bosilgan va boshqa tomonida belgisi bo‘lgan tabletkalar.

PRESTANS 10 mg/10 mg tabletkalari: oq rangli, dumaloq shaklli, bir tomoniga “10/10” raqami bosilgan va boshqa tomonida belgisi bo‘lgan tabletkalar.

Karton qutida 30 tabletka saqlovchi flakon, shuningdek pasient uchun ma‘lumot saqlovchi ilova saqlanadi.

  1. FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI

AAF ingibitorlari va kalsiy kanallarini blokatorlari, ATX kodi: S09VV04.

 

  1. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Farmakodinamik xususiyatlari

Perindopril

Perindopril – bu angiotenzin I ni angiotenzin II ga aylantiruvchi fermentning (angiotenzinga aylantiruvchi ferment, AAF) ingibitoridir. Aylantiruvchi ferment yoki kinaza – bu angiotenzin I ni tomirlarni toraytiruvchi xususiyatga ega angiotenzin II ga aylanishiga imkon beradigan, shuningdek tomirlarni kengaytiruvchi bradikininni nofaol geptapeptidgacha parchalaydigan ekzopeptidazadir. AAFni ingibirlanishi plazmada angiotenzin II ni kamayishiga olib keladi, bu plazmada reninning faolligini oshishiga (renin ajralib chiqishini qayta negativ bog‘ini ingibirlanishi hisobiga) va aldosteronni ajralib chiqishini pasayishiga olib keladi. AAF bradikininning faolligini bloklashi sababli, AAFni ingibirlanishi shuningdek aylanayotgan va mahalliy kallikrein-kinin tizimining faolligini oshishiga (shuningdek prostaglandin tizimini faollashishiga) olib keladi. Ushbu mexanizm AAF ingibitorlarining gipotenziv ta‘sirini kuzatilishiga yordam berishi va qisman ba‘zi nojo‘ya samaralarni (masalan, yo‘tal) chaqirishi mumkin.

Perindopril o‘zining faol metaboliti perindoprilat orqali ta‘sir etadi. Boshqa metabolitlari in vitro sharoitlarda AAFning ta‘sirini ingibirlash xususiyatini ko‘rsatmagan.

Amlodipin

Amlodipin – bu digidropiridin guruhiga mansub kalsiy ionlarini hujayraga tushishini ingibitoridir (sekin kalsiy kanallarini blokatori yoki kalsiy ionlarini antagonisti), u miokard va tomirlarning silliq mushak hujayralariga membranalar orqali kalsiy ionlarini kirishini bloklaydi.

Amlodipinni gipotenziv ta‘sir mexanizmi tomirlarning silliq mushaklariga bevosita bo‘shashtiruvchi samarasi bilan ifodalanadi. Amlodipinni ta‘sirida stenokardiyani kamayishini aniq ta‘sir mexanizmi oxirigacha aniqlanmagan, biroq amlodipin quyidagi ikki yo‘l orqali umumiy ishemik yuklamani kamaytiradi:

  • Amlodipin periferik arteriolalarni kengaytiradi va shunday qilib yengishga yurakning ishi sarflanadigan, umumiy periferik qon tomirlar qarshiligini (postyuklama) pasaytiradi. Yurak qisqarishlar soni barqaror qolganligi sababli, yurakka bo‘lgan yuklamani kamayishi miokard tomonidan energiyani sarflanishi va uni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini pasayishiga olib keladi.
  • Amlodipinning ta‘sir mexanizmi, shuningdek miokardning ham normal, ham ishemiyaga uchragan sohalarida asosiy toj arteriyalar va arteriolalarni kengaytirishdan iborat bo‘lishi mumkin. Tomirlarni bu kengayish vazospastik stenokardiya (Prinsmetal stenokardiyasi yoki variant stenokardiya) bo‘lgan bemorlarda miokardga kislorodni kelishini oshiradi.

Arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda amlodipinni bir martalik sutkalik dozasi arterial bosimni chalqancha yotgan holatda ham, turgan holatda ham 24 soat davomida klinik ahamiyatli pasayishini ta‘minlaydi. Ta‘siri sekin boshlanganligi sababli amlodipin o‘tkir gipotenziyani chaqirmaydi.

Stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda amlodipinni sutkada bir marta qabul qilish jismoniy yuklamani umumiy bajarilish vaqtini oshiradi, stenokardiya huruji rivojlanishini va jismoniy yuklamani bajarish vaqtida ST segmenti depressiyasi (1 mm ga) rivojlanishini kechiktiradi, stenokardiya huruji chastotasini va nitrogliserin tabletkalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi.

Amlodipin moddalar almashinuvi va plazmadagi lipidlarga hech qanday noxush ta‘sir ko‘rsatmaydi va bronxial astma, qandli diabet va podagra bo‘lgan pasientlarni davolash uchun to‘g‘ri keladi.

  1. FARMAKOKINETIKASI

PRESTANS tarkibidagi perindopril va amlodipinni so‘rilish tezligi va hajmi bitta komponentdan tarkib topgan tabletkani qabul qilinganda perindopril va amlodipinni so‘rilish tezligi va hajmidan biroz farqlanadi.

Perindopril

Ichga qabul qilinganida perindoprilni so‘rilishi tez amalga oshadi, maksimal konsentrasiyasiga 1 soat davomida erishiladi. Perindoprilni plazmadan yarim chiqarilish davri 1 soatni tashkil etadi.

Perindopril olddori hisoblanadi. Perindoprilning qabul qilingan dozasini 27% faol metabolit perindoprilat ko‘rinishida qon oqimiga tushadi. Organizmda faol perindoprilatdan tashqari yana beshta nofaol metabolitlar hosil bo‘ladi. Perindoprilat plazmada maksimal konsentrasiyasiga, preparat qabul qilingandan so‘ng 3-4 soatdan keyin erishiladi.

Ovqat iste‘mol qilish perindoprilni perindoprilatga aylanishini, va demak, uning biokiraolishligini pasaytiradi, shuning uchun perindopril argininni sutkada bir marta, peroral, ertalab nonushtadan oldin qabul qilish tavsiya etiladi.

Perindoprilning dozasi va uning plazmadagi ekspozisiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik chiziqli hisoblanishi ko‘rsatilgan.

Bog‘lanmagan perindoprilatning taqsimlanish hajmi taxminan 0,2 l/kg ni tashkil etadi. Perindoprilatni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 20% ni tashkil etib, asosan angiotenzinga aylantiruvchi ferment bilan bog‘lanadi, lekin preparatning konsentrasiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

Perindoprilat siydik bilan chiqariladi, uning erkin fraksiyasini yakuniy yarim chiqarilish davri taxminan 17 soatni tashkil etadi, 4 kun davomida stasionar holatiga erishish imkonini beradi.

Perindoprilatning chiqarilishi keksa yoshdagi pasientlarda, shuningdek yurak va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda sekinlashadi. Shuning uchun odatdagi tibbiy kuzatuv kreatinin va kaliyning darajasini monitoring qilishni o‘z ichiga olishi kerak.

Perindoprilatning dializ klirensi minutiga 70 ml ni tashkil etadi.

Sirroz bo‘lgan pasientlarda perindoprilning kinetikasi o‘zgaradi: dastlabki molekulasining buyrak klirensi ikki marta sekinlashadi. Biroq, hosil bo‘layotgan perindoprilatning miqdori pasaymaydi, shuning uchun dozasini tanlash talab etilmaydi.

Amlodipin

Terapevtik dozalarda ichga qabul qilinganida amlodipin yaxshi so‘rilib, qonda maksimal konsentrasiyasiga qabul qilingandan so‘ng 6-12 soatdan keyin erishiladi. Mutloq biokiraolishligi hisob-kitoblar bo‘yicha 64-80% ni tashkil etadi.

Taqsimlanish hajmi taxminan 21 l/kg ga teng. In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, aylanayotgan amlodipinning taxminan 97,5% plazma oqsillari bilan bog‘lanishini ko‘rsatdi.

Ovqat qabul qilish amlodipinning biokiraolishligiga ta‘sir qilmaydi.

Plazmadan yakuniy yarim chiqarilish davri 35-50 soatni tashkil etadi, bu preparatni sutkada bir marta buyurish imkonini beradi. Amlodipin jigarda nofaol metabolitlar hosil bo‘lgunicha ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydi, 10% dastlabki birikma va 60% metabolitlar holida siydik bilan chiqariladi.

Keksa pasientlar: plazmada amlodipinni maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti keksalarda va yoshroq pasientlarda o‘xshashdir. Keksalarda amlodipinning klirensini pasayishiga tendensiya aniqlangan, bu AUC va yarim chiqarilish davrini oshishi bilan kechadi. Dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda AUC va yarim chiqarilish davrini oshishi tekshirilayotgan yoshdagi pasientlar guruhida kutilgan oshishiga muvofiq kelgan.

Jigar faoliyati buzilgan pasientlar: jigar faoliyati buzilgan pasientlarga amlodipinni buyurish bo‘yicha klinik ma‘lumotlar juda kam. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda amlodipinning klirensini kamayishi kuzatiladi, bu yarim chiqarilish davri va AUC ni taxminan 40-60%ga oshishiga olib keladi.

  1. QO‘LLANILISHI

PRESTANS essensial gipertenziyasi va/yoki yurakni stabil koronar kasalligini (qonni yurakka haydalishi kamaygan yoki bloklangan kasalliklarda) perindopril va amlodipin bilan davolash zarurati bo‘lgan pasientlarni davolash uchun ko‘rsatilgan.

  1. QO‘LLANISHI VA DOZALASH TARTIBI

Ushbu preparatni qabul qilishda shifokor tavsiyasiga doimo qat‘iy rioya qiling. Agar siz preparat qabul qilishni to‘g‘riligiga shubhalansangiz, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Tabletkalarni ertalab, nonushtadan oldin bir stakan suv bilan qabul qilish tavsiya etiladi, xar kuni aynan bir vaqtda qabul qilgan afzal. Sizga qanday doza to‘g‘ri kelishini shifokoringiz belgilab beradi. Odatdagi doza kuniga bir tabletkaga teng.

PRESTANS odatda perindopril va amlodipinni alohida tabletkalarda qabul qilayotgan pasientlarga buyuriladi.

 

Agar siz PRESTANS qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Preparatni har kuni qabul qilish muhimdir, chunki uni muntazam qabul qilish davolash samarasini oshiradi. Shunga qaramasdan, agar siz PRESTANSNI o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, navbatdagi dozani o‘z vaqtida qabul qiling. Navbatdagi dozani ikki marta oshirmang.

Agar siz PRESTANS qabul qilishni to‘xtatsangiz

PRESTANSNI qabul qilish odatda butun umr davom etishi tufayli, preparatni qabul qilishni to‘xtatish oldidan shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak.

Agar sizda preparatni qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.

  1. NOJO‘YA TA‘SIRI

Boshqa barcha preparatlar kabi PRESTANS ham, garchi har bir pasientda kuzatilmasada, nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.

Agar quyidagi holatlardan biri Sizda yuz bergan bo‘lsa, dori preparatini qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokoringiz bilan bog‘laning.

  • hushtaksimon nafas, ko‘krakda og‘riq, hansirash yoki nafas olishni qiyinlashishi to‘satdan paydo bo‘lishi;
  • qovoqlarni, yuz yoki shishi;
  • nafas olishni qiyinlashishiga olib keluvchi til va tomoq shishi;
  • og‘ir darajadagi teri reaksiyalari, shu jumladan kuchli teri toshmasi, eshakemi, butun tana bo‘ylab terini qizarishi, kuchli qichishish, g‘o‘ddalarni paydo bo‘lishi, terini qipiqlanishi va shishi, shilliq qavatlarni yallig‘lanishi (Stivens-Djonson sindromi) yoki boshqa allergik reaksiyalar;
  • kuchli bosh aylanishi yoki xushni yo‘qolishi;
  • yurak xuruji, yurakni odatda kuzatilmaydigan tez va nomuntazam urushi;
  • me‘da osti bezini yallig‘lanishi, qorinda va belda kuchli og‘riqqa olib kelishi va lohaslik bilan kechishi mumkin.

Quyidagi keng tarqalgan nojo‘ya samaralar xaqida ma‘lumotlar tushgan. Agar bu ko‘rinishlardan birontasi Sizni bezovta qilsa yoki bir haftadan ortiq davom etsa, shifokoringiz bilan bog‘lanishingiz kerak.

  • Tarqalgan nojo‘ya samaralar (10 pasientning 1 dan kamida, ammo 100 pasientning 1 dan ko‘pida kuzatiladi): bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik (ayniqsa davolashni boshlanishida), vertigo, qo‘l-oyoqlarda uvishish yoki chimchilash va sanchilish hissi, ko‘rishni buzilishi (shu jumladan, jismlarni ikkita ko‘rish), tinnitus (quloqlarni shang‘illashi), yurak urishini tezlashishi, qon bosimini pasayishi tufayli, yengil bosh aylanishi, yo‘tal, hansirash, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, ta‘m bilish hissini buzilishi, dispepsiya yoki ovqat hazm qilishni buzilishi, diareya, qabziyat, allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish kabilar), mushak tirishishlari, toliqish xissi, to‘piqlarni shishi.

Shuningdek, quyida sanab o‘tilgan boshqa nojo‘ya ko‘rinishlar haqida ma‘lumotlar tushgan. Agar nojo‘ya samaralar jiddiy tus olsa yoki agar siz ushbu varaqada sanab o‘tilmagan noxush samaralarni aniqlasangiz, bu xaqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

  • Tarqalmagan nojo‘ya samaralar (100 pasientning 1 dan kamida, ammo 1000 pasientning 1 dan ko‘pida kuzatiladi): kayfiyatni o‘zgaruvchanligi, xavotirlik, depressiya, uyqusizlik, uyquni buzilishi, titrash, hushni yo‘qotish, og‘riq hislarini yo‘qolishi, rinit (tumov yoki burunni bitishi), ichak faoliyatini o‘zgarishi, sochlarni to‘kilishi, terida qizil dog‘lar, teri rangini yo‘qolishi, belda, mushaklar yoki bo‘g‘imlarda og‘riqlar, ko‘krakda og‘riq, siyishni qiyinlashishi, tungi siyishga qistovlarni oshishi, siyishga qistovlarni tezlashishi, og‘riq, lohaslik, bronxospazm (ko‘krak sohasida siqilish, xushtaksimon nafas va hansirash), og‘izni qurishi, angionevrotik shish (xushtaksimon nafas, yuzni yoki tilni shishi kabi simptomlar), buyrak bilan bog‘liq muammolar, impotensiya, ko‘p terlash, erkaklarda ko‘krak bezlarini kattalashuvi yoki diskomfort, tana vaznini oshishi va kamayishi;
  • Kam kuzatiladigan nojo‘ya samaralar (1000 pasientning 1 dan kamida, ammo 10000 pasientning 1 dan ko‘pida kuzatiladi): ongni chalkashishi;
  • Juda kam kuzatiladigan nojo‘ya samaralar (10000 pasientning 1 dan kamida kuzatiladi): yurak qon-tomirlar tomonidan buzilishlar, (nomuntazam yurak ritmi, stenokardiya, yurak xuruji va insult), eozinofil pnevmoniya (pnevmoniyaning kam tarqalgan turi), nafas olishni qiyinlashishiga olib keluvchi qovoqlar, yuz yoki lablar, til va tomoqni shishi, og‘ir darajadagi teri reaksiyalari, shu jumladan, eshakemi, butun tana bo‘ylab terini qizarishi, kuchli qichishish, g‘o‘ddalarni paydo bo‘lishi, terini qipiqlanishi va shishi, shilliq qavatlarni yallig‘lanishi (Stivens-Djonson sindromi), ko‘p shaklli eritema (teri toshmasi, ular ko‘pincha yuz, qo‘l va oyoqlarda qichishish va qizil dog‘larni paydo bo‘lishi bilan boshlanadi), yorug‘likka yuqori sezuvchanlik, qon tarkibini o‘zgarishlari, me‘da osti bezini yallig‘lanishi, qorinda va belda kuchli og‘riqlarni chaqirishi va kuchli lohaslik bilan kechishi mumkin, jigar faoliyatini buzilishi, jigarni yallig‘lanishi (gepatit), terini sarg‘ayishi (sariqlik), ba‘zi tibbiy tahlillarga ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan jigar fermentlarining darajasini oshishi, qorinni dimlanishi (gastrit), holsizlik, sanchilish hissi yoki uvishishga olib kelishi mumkin bo‘lgan nerv tizimi tomonidan buzilishlar, mushaklar tonusini oshishi, vaskulit (qon-tomirlarni yallig‘lanishi), milklarni shishi, qonda qand darajasini oshishi (giperglikemiya).

PRESTANS qabul qilayotgan pasientlardan, shuningdek, quyidagi nojo‘ya samaralar xaqida ma‘lumotlar tushgan: gipoglikemiya (qonda qandning darajasini pasayishi), mushaklar tarangligi, tremor va/yoki harakat buzilishlari qo‘shilgan buzilishlar.

Agarda nojo‘ya samaralar jiddiy xarakterga ega bo‘lsa yoki agarda siz bu ilova varaqada sanab o‘tilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida o‘z shifokoringizga yoki farmasevtga xabar qiling.

 

 

 

  1. QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

PRESTANSni qabul qilmang:

  • agar sizda perindopril yoki har qanday boshqa AAF ingibitoriga, amlodipin, har qanday boshqa kalsiy antagonistiga yoki PRESTANSning har qanday boshqa komponentiga allergiya (yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa;
  • agar sizda 3 oylikdan oshgan homiladorlik bo‘lsa (homiladorlikni erta muddatlarida ham PRESTANS qabul qilishdan saqlanish kerak – “Homiladorlik” bo‘limiga qarang);
  • agar ilgari AAF ingibitorlarini qabul qilganingizda sizda xushtaksimon nafas, yuz yoki tilni shishi, kuchli qichishish yoki kuchli teri toshmalari kabi simptomlar kuzatilgan bo‘lsa, yoki agar shunday simptomlar har qanday boshqa sharoitlarda oila a‘zolarining birida kuzatilgan bo‘lsa (bu ko‘rinish angioshish deb nomlanadi);
  • agar siz diabet yoki buyrak faoliyatini buzilishi bilan xastalangan bo‘lsangiz va arterial qon bosimini pasayturuvchi aliskiren saqlagan preparatni qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
  • agar sizda aortaning yurak klapanini torayishi (aorta stenozi) yoki kardiogen shok bo‘lsa (bunda yurak organizm uchun yetarli miqdorda qon haydolmaydigan holat);
  • agar sizda juda past arterial bosim (gipotenziya) kuzatilsa;
  • agar siz miokard infarktidan keyingi yurak yetishmovchiligi bilan xastalangan bo‘lsangiz.

  1. BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA‘SIRI

Qanday preparatlarni, shu jumladan reseptsiz beriladigan preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

PRESTANSni quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilishdan saqlaning:

  • litiy (maniya yoki depressiyalarni davolash uchun ishlatiladi);
  • estramustin (rakni davolash uchun ishlatiladi);
  • kaliyni tejovchi diuretiklar (spironolakton, triamteren), kaliyli qo‘shimchalar yoki kaliyni o‘rnini bosuvchi kaliy saqlovchi tuzlar.

Boshqa preparatlarni qabul qilish PRESTANS bilan davolashga ta‘sir qilishi mumkin. Sizning shifokoringiz dozani o‘zgartilishi mumkin va/yoki boshqa ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi mumkin. Agar quyidagi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta davolovchi shifokoringizga ma‘lum qiling, chunki ularni qabul qilganda juda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak:

  • yuqori arterial bosimni davolash uchun boshqa preparatlar, jumladan angiotenzin II reseptorlar blokatorlari, aliskiren (“PRESTANSni qabul qilmang” va “PRESTANSni qabul qilganda quyidagi holatlarda ayniqsa ehtiyot bo‘ling” bo‘limlarida keltirilgan ma‘lumotlarning ko‘ring) va diuretiklar (buyraklar orqali ajraladigan siydikning hajmini oshiruvchi preparatlar);
  • og‘riqni bartaraf qilish uchun qo‘llanadigan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (masalan, ibuprofen) yoki aspirinning yuqori dozalari;
  • diabetni davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar (masalan, insulin);
  • depressiya, xavotirlik, shizofreniya va boshqalar kabi mental buzilishlarni davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar (masalan, trisiklik antidepressantlar, antipsixotik preparatlar, imipraminsimon preparatlar, neyroleptiklar);
  • autoimmun buzilishlarni davolash uchun yoki transplantasiya operasiyalardan keyin ishlatiladigan, immunodepressant preparatlar (organizmning himoya mexanizmlarini pasaytiruvchi preparatlar, masalan, siklosporin);
  • allopurinol (podagrani davolash uchun vosita);
  • prokainamid (yurakning nomuntazam ritmini davolash uchun vosita);
  • tomirlarni kengaytiruvchi preparatlar, jumladan, nitratlar (qon tomirlarini kengaytiruvchi vositalar);
  • geparin (qonni suyultirish uchun qo‘llanadigan preparatlar);
  • efedrin, noradrenalin yoki adrenalin (pasaygan arterial bosim, shok yoki astmani davolash uchun ishlatiladigan preparatlar);
  • ba‘zi kasalliklarda, masalan, ko‘p sonli sklerozda ro‘y beradigan mushaklarni qattiqlashib qolishini davolash uchun ishlatiladigan baklofen yoki dantrolen (infuziyasi); dantrolen shuningdek anesteziyada ro‘y beradigan havfli gipertermiyani (simptomlaridan: tana haroratini oshishi va mushaklarni qattiqlashib qolishi) ni davolash uchun qo‘llanadi;
  • rifampisin, eritromisin, klaritromisin kabi ba‘zi antibiotiklar;
  • karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, fosfenitoin, primidon kabi tutqanoqqa qarshi vositalar;
  • itrakonazol, ketokonazol (zamburug‘li infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar);
  • prostata bezini kattalashishini davolash uchun qo‘llanadigan, prazozin, alfuzozin, doksazozin, tamsulozin, terazozin kabi, alfa-blokatorlar;
  • amifostin (rakni davolashda qo‘llanadigan nur bilan davolash yoki boshqa tibbiy preparatlar keltirib chiqargan nojo‘ya samaralarni oldini olish va kamaytirish uchun ishlatiladi);
  • kortikosteroidlar (turli holatlar, jumladan og‘ir darajadagi astma va revmatik artritni davolash uchun ishlatiladi);
  • oltin saqlovchi tuzlar, ayniqsa, vena ichiga yuborilganda (revmatik artritning simptomlarini davolash uchun ishlatiladi);
  • ritonavir, indinavir, nelfinavir (proteaza ingibitorlari deb nomlanuvchi OITV davolash uchun ishlatiladigan preparatlar).

  1. MAXSUS KO‘RSATMALAR

PRESTANSni qabul qilganda quyidagi holatlarda ayniqsa ehtiyot bo‘ling:

Agar quyida sanab o‘tilgan holatlardan birortasi sizda bo‘lsa, PRESTANSni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing:

  • gipertrofik kardiomiopatiya (yurak mushagi kasalligi) yoki buyrak arteriyasini stenozida (buyraklarni qon bilan ta‘minlaydigan arteriyani torayishi);
  • yurak yetishmovchiligida;
  • arterial bosim to‘satdan oshganida (gipertonik kriz);
  • boshqa yurak kasalliklarida;
  • jigar faoliyatini buzilishlarida;
  • buyrak faoliyati buzilganida yoki dializ vaqtida;
  • tizimli qizil yugurik yoki sklerodermiya kabi kollagenoz-tomirli kasalliklarda (biriktiruvchi to‘qima kasalligi);
  • diabetda;
  • tuzning miqdori cheklangan parhezda yoki siz kaliy saqlovchi tuzni o‘rnini bosuvchilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz (qondagi kaliyning miqdori muvozanatlangan bo‘lishi kerak);
  • keksa yoshda va sizga dozasini oshirish kerak bo‘lsa;
    • agar siz quyida sanab o‘tilgan yuqori arterial bosimni davolash uchun preparatlardan har qandayini qabul qilayotgan bo‘lsangiz:
    • angiotenzin II reseptorlar blokatorlari (shuningdek masalan, valsartan, telmisartan, irbesartan kabi sartanlar), ayniqsa diabet chaqirgan buyrak faoliyatini buzilishi bilan xastalangan bo‘lsangiz;
    • aliskiren.

Sizning shifokoringiz buyrak faoliyatining, arterial bosimning va qonda elektrolitlar miqdorining (masalan, kaliyning) muntazam monitoringini o‘tkazishi mumkin.

Shuningdek “PRESTANSni qabul qilmang” bo‘limida keltirilgan ma‘lumotga qarang.

Agar siz homiladorlikka gumon qilayotgan bo‘lsangiz (yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz), bu haqida shifokorni ogohlantirishingiz kerak. Homiladorlikning erta muddatlarida PRESTANSni qabul qilish tavsiya etilmaydi. 3 oylikdan oshgan muddatlarda preparatni qabul qilish mumkin emas, chunki bu bolaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin (“Homiladorlik” bo‘limiga qarang).

PRESTANS qabul qilayotganingizda, davolovchi shifokoringizga yoki tibbiy xodimlarga shuningdek quyidagilar haqida ma‘lumot berishingiz kerak:

  • agar sizga umumiy narkoz berish va/yoki jiddiy jarrohlik operasiyasini o‘tkazish mo‘ljallanayotgan bo‘lsa;
  • agar sizda yaqinda diareya yoki qusish kuzatilgan bo‘lsa;
  • agar siz ZPLP aferez o‘tayotgan bo‘lsangiz (qondan xolesterinni apparat yordamida chiqarish);
  • agar siz asalari yoki arilarni chaqishiga nisbatan allergik samaraga sezuvchanlikni pasaytirish uchun desensibilizasiya kursini o‘tishni rajalashtirayotgan bo‘lsangiz.

Bolalar va o‘smirlarga PRESTANSni buyurish tavsiya etilmaydi.

PRESTANSni ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish

PRESTANSni ovqatdan oldin qabul qilish kerak.

PRESTANS qabul qilayotgan pasientlar greypfrut va greypfrut sharbatini iste‘mol qilishlari mumkin emas, chunki ular qonda ta‘sir etuvchi modda amlodipinning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu PRESTANSni gipotenziv samarasi oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada kuchayishi mumkin.

Homiladorlik va emizish

Har qanday preparatni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik

Agar siz homiladorman deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz (yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz), bu haqida shifokorni ogohlantirishingiz kerak. Shifokor sizga homiladorlik kuzatilishidan oldin yoki homiladorlik tasdiqlangandan so‘ng darhol PRESTANS qabul qilishni to‘xtatishni tavsiya etadi. U shiningdek PRESTANSdan boshqa preparatga o‘tishni tavsiya etadi, chunki homiladorlikni erta bosqichlarida PRESTANSni qabul qilish tavsiya etilmaydi, homiladorlikni 3-oyidan keyin qabul qilish esa bolaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Emizish

Agar siz emizayotgan yoki emizishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokoringizga xabar bering. PRESTANSni emizikli onalarga buyurish tavsiya etilmaydi. Agar siz emizishni hohlayotgan bo‘lsangiz, ayniqsa, agar bola yangi tug‘ilgan chaqaloq bo‘lsa yoki muddatidan oldin tug‘ilgan bo‘lsa, shifokoringiz sizga boshqa davolashni buyurishi mumkin.

Avtotransport haydash va mexanizmlarni boshqarish

PRESTANS avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Agar preparat sizda ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, holsizlik yoki toliqishni keltirib chiqarsa, yoki bosh og‘rig‘ini chaqirsa, rulga o‘tirmang, mexanizmlarni boshqarmang va zudlik bilan shifokoringiz bilan bog‘laning.

PRESTANSning tarkibiga kiruvchi ba‘zi ingradientlar haqida muhim ma‘lumot

PRESTANS laktoza monogidrati (qand turi) saqlaydi. Agar shifokor sizda ba‘zi qand turlarini o‘zlashtirolmaslik borligini aytgan bo‘lsa, u holda bu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.

  1. DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI

Agar siz haddan tashqari ko‘p tabletka qabul qilgan bo‘lsangiz, yaqin atrofdagi shoshilinch yordam punkti bilan bog‘laning yoki bu haqida shifokoringizga zudlik bilan xabar bering. Dozasi oshirib yuborilgan holda eng ko‘p kuzatiladigan samara arterial bosimni tushib ketishi hisoblanadi, buning oqibatida bosh aylanishini his qilishingiz yoki xushni yo‘qotishingiz mumkin. Agar bu kuzatilgan bo‘lsa, yoting va oyoqlaringizni yuqoriga ko‘taring, bu sizning holatingizni yaxshilashi mumkin.

  1. SAQLASH BO‘YICHA TAVSIYALAR

Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan va ko‘rmaydigan joyda saqlansin.

Ushbu preparat karton qutida va flakonda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilganda, qayd etilgan oyning oxirgi kuni nazarda tutiladi.

Namlikdan saqlanish uchun flakon zich yopilsin. Original o‘ramida saqlansin.

30oS dan past bo‘lgan haroratda saqlansin.

Dori vositasini oqar suvlarga maishiy chiqindilarga tashlash mumkin emas. Qabul qilish tugagan dori vositasidan qanday yo‘qotishni farmasevtdan so‘rang. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilish uchun qaratilgan.

  1. YAROQLILIK MUDDATI

3 yil.

  1. DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI

Tibbiy preparat shifokor resepti bo‘yicha beriladi

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PRESTANS 0,01/0,01 tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PRESTANS 0,01/0,01 tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PRESTANS 0,01/0,01 tabletkalari N30 dori vositasi СЕРВЬЕ РУС ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PRESTANS 0,01/0,01 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PRESTANS 0,01/0,01 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
PRESTANS tabletkalari 10mg/10mg N30
Narh: 138 000 so'mdan Batafsil
PRESTANS tabletkalari 5mg/10mg N30
Narh: 106 400 so'mdan Batafsil
PRESTANS tabletkalari 5mg/5mg N30
Narh: 114 200 so'mdan Batafsil
AMLESSA tabletkalari 4mg/10mg N30
Narh: 67 760 so'mdan Batafsil
AMLESSA tabletkalari 4mg/5mg N30
Narh: 64 500 so'mdan Batafsil
AMLESSA tabletkalari 8mg N30
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ARIFON RETARD tabletkalari 1,5mg N30
Narh: 66 100 so'mdan Batafsil
KORAKSAN 0,0075 tabletkalari N56
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9