×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PROKTOSEDIL M kapsulalar N20

Kategoriya:
- Gemorroyni davolash
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Sanofi India Limited
ATX kodi:
- C05AХ03
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RELIF suppozitorii N12 Bayer Consumer Care AG Germaniya
73 000 s`om dan
ANUZOL suppozitorii N10 Farmaprim S.R.L Moldova
11 000 s`om dan
POSTERIZAN suppozitorii N10 Dr.Kade Pharmazeutische Fabrik GmbH Germaniya
70 000 s`om dan
RELIF ADVANS maz 28,4g 200mg/g Bayer Consumer Care AG Germaniya
56 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PROKTOSEDIL M kapsulalar N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PROKTOSEDIL

PROCTOSEDYL

Preparatning savdo nomi: Proktosedil® (Proctosedyl)

Dori shakli: mahalliy qo‘llash uchun surtma

Tarkibi:

1 gramm surtma saqlaydi:

Faol moddalar:

gidrokortizon asetati                   – 5,58 mg

framisetin sulfati                     – 10,00 mg

geparin natriy                                – 100 XB

eskulozid                                          – 10,00 mg

benzokain (etilaminobenzoat)      – 10,00 mg

butamben (butilaminobenzoat)      – 10,00 mg

Yordamchi moddalar: xolesterin, suyuq parafin (Ye905s), oq yumshoq parafin (Ye905s), polisorbat 80, (Ye433), propilenglikol (Ye1520), makrogol (polietilenglikol) 400 (Ye1521), makrogol (polietilenglikol) 4000 (Ye1521), makrogol (polietilenglikol) 1500 (Ye1521).

Ta‘rifi: deyarli oq (yashil-sarg‘ish tusli) yog‘li, bir xil, gomogen massa.

Farmakoterapevtik guruhi: koloproktologiyada ыщllanadigan vosita (gemorroyga qarshi vosita)

ATX kodi: S05AX03

 

Farmakologik xususiyatlari

Gemorroy va anorektal sohaning boshqa kasalliklarini davolash uchun majmuaviy preparat.

Gidrokortizon-glyukokortikoid, yallig‘lanishga qarshi vosita hisoblanadi. Qizarish, shish, og‘riq va shu kabi yallig‘lanishning turli belgilari va simptomlarini bartaraf etadi.

Geparinning natriy tuzi – angikoagulyant vosita hisoblanadi, gemorroyning trombotik asoratlarini bartaraf etadi.

Framisetin sulfati – mahalliy qo‘llash uchun keng ta‘sir doirasiga ega antibiotikdir. Bir qator grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan bakterisid faollikka ega.

Eskulozid R vitaminiga turdoshdir, kapillyarlarning yuqori mo‘rtligini kamaytiradi.

Etilaminobenzoat va butilaminobenzoat mahalliy og‘riq qoldiruvchi va qichishishga qarshi ta‘sirga ega, anal sfinkterning spazmlarini kamaytiradi.

Preparatning samarasi qo‘llanganidan keyin bir necha minut o‘tgach namoyon bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

Ichki va tashqi gemorroy, qaytarilishini oldini olish; perianal ekzema, proktit, orqa teshik yo‘lining yorilishi; gemorroyi bo‘lgan bemorlarni operasiyadan oldin va keyin davolash, tug‘ruqdan keyingi gemorroy.

Qo‘llash usuli va dozalari

Surtmaning ozgina miqdori qichishish va og‘riqli sohaga ertalab va kechqurun, shuningdek, har bir ich kelishdan  keyin surtiladi.

To‘g‘ri ichakka yanada chuqurroq kiritilishi uchun surtmali tyubikka applikator kiydiriladi va u to‘g‘ri ichakka yetarlicha chuqur kiritilganiga ishonch hosil qilinganidan so‘ng tyubikning pastki chetini ehtiyotkorlik bilan bosgan holda applikator asta-sekin chiqarib olinadi.

Surtma rektal kapsulalar bilan birga qo‘llanishi ham mumkin.

Proktosedil® qisqa muddat (ko‘pi bilan 7 kun) davomida qo‘llaniladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

To‘g‘ri ichak sohasida diskomfort hissi va preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikning boshqa reaksiyalari yuzaga kelishi mumkin.

Achishish, shilliq qavatni qurushi, ikkilamchi infeksiyani qo‘shilishi kuzatilishi mumkin.

Proktosedil® katta dozalarda va/yoki uzoq vaqt davomida qo‘llanganida gidrokortizon bilan bog‘liq tizimli nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelishi xavfi oshadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Preparatni anorektal sohaning tuberkulezli, virusli va zamburug‘li shikastlanishida qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Emizikli yoshdagi bolalarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Arterial gipertenziyasi, yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Chiqarilish shakli

Mahalliy qo‘llash uchun surtma.

10 g dan alyuminiy tubada. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va plastik uchlik (kanyulya-dozator) bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

+25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PROKTOSEDIL M kapsulalar N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PROKTOSEDIL M kapsulalar N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PROKTOSEDIL M kapsulalar N20 dori vositasi Sanofi India Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PROKTOSEDIL M kapsulalar N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PROKTOSEDIL M kapsulalar N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SOFRADEKS ko'z tomchilari i ushnie 5ml
Narh: 84 000 so'mdan Batafsil
TRENTAL konsentrat 5ml 20mg/ml N5
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
PROKTOSEDIL maz 10g
FESTAL draje N100
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
PROKTOSEDIL maz 10g
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9