×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PRONORAN tabletkalari 50mg N30

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
Пирибедил
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie
ATX kodi:
- N04BC08
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N10 АРМАВИРСКАЯ БИОФАБРИКА, ФКП Rossiya
72 284 s`om dan
123 200 s`om dan
SOMAZINA inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5 Ferrer Internacional S.A. Ispaniya
180 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PRONORAN tabletkalari 50mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA

PRONORAN®

PRONORAN

 

Preparatni qabul qilishni boshlashdan avval, ushbu ilovani oxirigacha e‘tibor bilan o‘qib chiqing.

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. U Sizga yana kerak bo‘lishi mumkin.
  • -Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.
  • Ushbu preparat shaxsan Siz qabul qilishingiz uchun buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. Agar ularning simptomlari Siznikiga o‘xshash bo‘lsa ham, bu ularga zarar keltirishi mumkin.
  • Agar nojo‘ya samaralar jiddiy tus olsa yoki Siz ushbu ilova varaqada keltirilmagan nojo‘ya samaralarni aniqlagan bo‘lsangiz, bu haqda shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Preparatning savdo nomi: Pronoran®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): piribedil

Dori shakli: ajralib chiqishi nazoratlangan tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: piribedil – 50 mg

Yordamchi moddalar: magniy stearati, povidon, talk.

Ta‘rifi: dumaloq qizil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Farmakoterapevtik guruhi: Parkinsonizmga qarshi vosita. Dopamin reseptorlarining agonisti.

ATX kodi: N04BC08

 

Farmakologik xususiyatlari

Piribedil: dopamin reseptorlarining agonisti (dopamin reseptorlarini va bosh miyada dopaminergik impuls o‘tkazuvchanlikni rag‘batlantiradi). Klinik farmakologik tadqiqotlar insonda quyidagi ta‘sir mexanizmni ko‘rsatdi:

– po‘stloqlarning elektrolit faolligini uyg‘oq davrida ham, va uyqu davrida ham dopaminergik rag‘batlantirish.

-dopamin bilan nazorat qilinadigan turli faoliyatlarga klinik ta‘sir. Ushbu ta‘sir hulq atvor va psixometrik shkalalar yordamida namoyish etilgan.

Bundan tashqari, piribedil sonda qon oqimini ko‘payishiga olib keladi (periferik qon tomirlarning silliq mushaklarida dopamin reseptorlarining mavjudligi, piribedilni periferik qon bilan ta‘minlanishiga ta‘siri bilan tushuntiriladi).

Farmakokinetikasi

Piribedil tez so‘riladi.

Piribedil og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin bir soatdan so‘ng maksimal konsentrasiyasiga erishiladi. Piribedilni qon plazmasidan chiqarilishi ikki bosqichda kechadi: birinchi bosqichda yarim chiqarilish davri 1,7 soatni, ikkinchi bosqichda esa biroz sekin – 6,9 soatni tashkil qiladi.

Piribedil ikkita asosiy metabolit: gidroksilizasiya va degidroksilizasiyaga uchragan metabolitni hosil bo‘lishi bilan yuqori darajadagi metabolizmi bilan xarakterlanadi.

Piribedil asosan siydik bilan chiqariladi: piribedilni 68% metabolitlar holida siydik bilan chiqariladi, 25% esa safro bilan chiqariladi.

Ajralib chiqishi nazorat qilingan, 50 mg piribedil saqlovchi tabletka, in vivo sharoitida ta‘sir etuvchi moddani asta sekin so‘rilishi va ajralib chiqishini ta‘minlaydi.

Insonlar ishtirokidagi kinetik tadqiqotlarda piribedilni terapevtik konsentrasiyasi organizmda 24 soatdan ko‘p saqlanishini ko‘rsatdi.

24 soatdan keyin preparatni taxminan 50% siydik bilan, 48 soatdan so‘ng preparat to‘liq chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Preparat quyidagi hollarda:

-keksalik bilan bog‘liq bo‘lgan, ahamiyatsiz nevrologik buzilishlarni davolash,

-oyoq va qo‘llarning arteriopatiyasini qo‘shimcha davolash (yurish vaqtida og‘riqli tirishishlari chaqiruvchi, oyoq arteriyalarining kasalligi),

-qon aylanishini buzilishlari oqibatidagi, ko‘rishni buzilishlarida,

-Parkinson kasalligining ayrim shakllarida qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkani ovqatdan keyin qabul qilgan afzaldir.

Agar sizda shubha tug‘ilsa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Ichga qabul qilinadi.

Ushbu preparatni dozalash qat‘iy ravishda shaxsiy bo‘lib, davolovchi shifokoringiz tomonidan buyurilishi lozim.

Tabletkani, chaynamasdan, ovqat qabul qilishni oxirida yarim stakan suv bilan ichiladi.

Barcha hollarda shifokor ko‘rsatmalariga qat‘iy rioya qiling.

Ushbu preparat konkret holatlarda faqat Sizga berilgan yoki buyurilgan:

U BOSHQA HOLATLAR UCHUN MOS KELMASLIGI MUMKIN.

-UNI BOSHQA SHAXSLARGA TAVSIYA QILMANG.

Shifokor ko‘rsatmasisiz davolashni to‘xtatmang.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Har bir boshqa ta‘sir etuvchi modda kabi, ushbu preparat ham, ayrim shaxslarda, turli og‘irlik darajasidagi nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin:

-doza kamaytirilgandan keyin yo‘qolib ketadigan ovqat hazm qilish tizimining ahamiyatsiz buzilishi (ko‘ngil aynishi, qusish, metsorizm);

-preparat bekor qilinganidan keyin o‘tib ketadigan, kam hollarda jizzakilik, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik yoki gallyusinasiyalar;

-uyquchanlik, to‘satdan uxlab qolish;

-alohida hollarda ortostatik gipotenziya (engil bosh aylanishi bilan kechadigan, turgan holatdagi arterial bosimni tez pasayishi).

Pronoranni qabul qilish fonida qimor o‘yinlarga patologik qaramlik (qimor o‘yinlarga kompulsiv intilish), jinsiy faollikni va jinsiy moyillikni oshishi haqida ma‘lumotlar bor.

Agar Siz ushbu sanab o‘tilmagan har qanday nojo‘ya yoki nohush holatlarni o‘zingizda sezsangiz, shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ushbu preparatlarni quyidagi holatlarda qo‘llanmasin.

-anamnezda piribedilga allergiya,

-miokard infarkti yoki boshqa har qanday jiddiy yurak qon-tomir kasalligi,

-neyroleptiklar bilan majmuada (klozapindan tashqari) qo‘llash mumkin emas.

Agar Sizda shubha tug‘ilsa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ushbu preparatni boshqa ayrim preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qaralsin).

Turli dori preparatlari, asosan neyroleptiklar (klozapin bundan istisno) va ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar o‘rtasida nojo‘ya o‘zaro ta‘sirdan saqlanish maqsadida, Siz doimo boshqa dori preparatlarni qo‘llayotganingiz haqida shifokoringiz yoki farmasevtni xabardor qilishingiz lozim.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ayrim pasientlar tomonidan xavfsiz qabul qilish uchun bilishlari zarur bo‘lgan yordamchi moddalar ro‘yhati.

Saxaroza va qizil koshenil (Ye124).

Agar Pronoran bilan davolash vaqtida o‘zingizda yuqori uyquchanlikni yoki to‘satdan uxlab qolish holatlarini sezsangiz, Siz shifokorga murojaat qilishingiz lozim.

Pronoran preparatini qabul qilayotgan Parkinson kasalligi bilan xastalangan pasientlarga ta‘sir qilgan kompulsiv  xatti xarakatlar (qimor o‘yinlariga kompulsiv qaramlik yoki jinsiy moyillikni oshishi) holatlari yoki biron-bir narsaga xumor tutish (intilish) ga qarshi turish imkonini yo‘qligi xolatlari yuzasidan ma‘lumotlar mavjud.

Asosan, bu holatlar preparatning yuqori dozasini qabul qilgan pasientlarda uchraydi, odatda bu samara dozani kamaytirganda yoki davolashni to‘xtatilganda qaytuvchan bo‘lgan.

Ushbu preparat saxaroza saqlaydi, shuning uchun fruktozani o‘zlashtiraolmaslikda glyukozo – galaktoza malabsorbsiya sindromida, shuningdek saxaroza-izomaltoza tanqisligida (kam uchraydigan metabolik kasallik) buyurilmasligi lozim.

Preparat qizil koshenil saqlaydi, shuning uchun allergik reaksiyalar xavfi mavjud.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Umumiy qoidalar: Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizayotgan bo‘lsangiz, biron-bir dori preparatini qabul qilishni boshlashdan avval doimo shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Pronoran uyquchanlikni va to‘satdan uxlab qolishni chaqirishi mumkin. Bunday hollarda ushbu samaralari to‘liq yo‘qolmaguniga qadar, diqqatni jamlashni pasayishi Siz va boshqa shaxslar uchun jiddiy avariya yoki o‘lim xavflarini yuz berishiga olib kelishi mumkin. (masalan, mashinali asbob-uskunalar va mexanizmlarni boshqarish) bo‘lgan. Avtomobilni xaydash yoki boshqa har qanday faoliyatdan saqlanishingiz lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning xaddan ziyod dozasini qabul qilgan hollarda, darhol o‘z davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Chiqarilish shakli

15 tabletkadan blisterda 2 blister karton qutida yoki 30 tabletkadan blisterda 1 blister karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PRONORAN tabletkalari 50mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PRONORAN tabletkalari 50mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PRONORAN tabletkalari 50mg N30 dori vositasi Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PRONORAN tabletkalari 50mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PRONORAN tabletkalari 50mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
DIABETON MR tabletkalari 60mg N30
Narh: 67 200 so'mdan Batafsil
DETRALEKS tabletkalari 1000mg N30
Narh: 135 700 so'mdan Batafsil
DETRALEKS tabletkalari 500mg N60
Narh: 255 000 so'mdan Batafsil
DETRALEKS tabletkalari 500mg N30
Narh: 110 000 so'mdan Batafsil
DIABETON MR tabletkalari 60mg N60
PRESTILOL tabletkalari 10mg/5mg N30
VALDOKSAN tabletkalari 25mg N56
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Agomelatin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie
VALDOKSAN tabletkalari 25mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Agomelatin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie
ARIFAM tabletkalari 1,5mg/10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Amlodipin, Indapamid ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie
ARIFAM tabletkalari 1,5mg/5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Amlodipin, Indapamid ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie
VALDOKSAN tabletkalari 25mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Agomelatin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie
LONSURF tabletkalari 20mg/8,19mg N60
Narh: 28 000 000 so'mdan Batafsil
LIPERTANS tabletkalari 20mg/5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie
LIPERTANS tabletkalari 20mg/10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie
LIPERTANS tabletkalari 10mg/5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9