×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PRORENAL tabletkalari N100

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Indoneziya
Faol modda:
Кето-аналог DL-изолейцина, Кето-аналог валина, Кето-аналог фенилаланина
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- Novell Pharmaceutical Laboratories
ATX kodi:
- V06DD
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 195 ta dorixonasida topildi

ico 460 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 624 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KINDINORM granuli 10g Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG Germaniya
70 000 s`om dan
TONZUREKS tomchilar dlya priema vnutr 100ml Aseptica, ООО O'zbekiston
VODA DLYA IN‘EKSIY eritma 5ml N10 MEDIOFARM, ООО O'zbekiston
3 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PRORENAL tabletkalari N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PRORENAL

PRORENAL

 

Preparatning savdo nomi: Prorenal

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidarilarni saqlaydi:

faol moddalar:

DL-3-metil-2-okso-valerian kislotasi

(DL-izoleysinni α-keto-analogi), kalsiyli tuzi

67 mg
4-metil-2-okso-valerian kislotasi

(leysinni α-keto-analogi), kalsiyli tuzi

101 mg
2-okso-3-fenil-propion kislotasi

(fenilalaninni α-keto-analogi), kalsiyli tuzi

68 mg
3-metil-2-okso-moy kislotasi

(valinni α-keto-analogi), kalsiyli tuzi

86 mg
DL-2-gidroksi-4-metiltio-moy kislotasi

(metioninni α-gidroksi-analog), kalsiyli tuzi

59 mg
L-lizin monoasetati 105 mg
L-treonin 53 mg
L-triptofan 23 mg
L-gistidin 38 mg
L-tirozin 30 mg

yordamchi moddalar: izopropil spirti, polividon, mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy kroskarmelloza, talk, magniy stearati;

qobig‘ini tarkibi: titan ikki oksidi, dixlormetan, etanol, FDC sariq 5 Al-Lake, makrogollar, gipromelloza, vanilin.

Tarkibi: bir tomoni tekis va boshqa tomonidan bo‘lish uchun chizig‘i bo‘lgan, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: buyrak yetishmovchiligini davolash uchun qo‘llanadigan vosita.

ATX kodi: V06DD

Farmakologik hususiyatlari

Prorenal (XPN – aminokislotalarni ketoanalogi) buyrak faoliyatini buzilishi fonida organizmga almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni yetarli darajada tushmasligi tufayli buzilgan moddalar almashinuvini tiklanishiga olib keladi. Buyrak faoliyatini surunkali buzilishi bo‘lgan bemorlarning organizmida oqsil sinteziga olib keladi, oqsil almashinuvi mahsulotlarini organizmga toksik ta‘sir qilish darajasini pasaytiradi, umumiy holatini yaxshilaydi.

Prorenal – tarkibiga almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar kiruvchi dori preparatdir, bu aminokislotalarsiz organizm to‘g‘ri faoliyat ko‘rsata olmaydi. U buyrak to‘qimasini shikastlanishi va qonda moddalar almashinuvi, eng avvalo, oqsil almashinuvi oqibatida hosil bo‘lgan zaharli moddalarning miqdorini asta-sekin ko‘payib borishi fonida buyrak faoliyati buzilganida buyuriladi. Bemorning qonida organizmga toksik ta‘sir ko‘rsatuvchi qoldiq azot va uning komponentlarini katta miqdori aniqlanadi. Qoldiq azot – mochevina, aminokislotalar azoti, siydik kislotasi, kreatin va kreatinindan tarkib topgan oqsil bo‘lmagan azot (plazmada oqsillar almashinuvi mahsulotlari) yig‘indisidir.

Oqsil almashinuvini buzilishi, organizm hayot uchun zarur bo‘lgan aminokislotalarni olmaydi, ayni vaqtda qonda oqsillar almashinuvining zaharli mahsulotlari katta miqdorda to‘planishiga olib keladi. Organizmga toksik ta‘sirini kamaytirish uchun bemorga oqsillar miqdori cheklangan parhez buyuriladi, bu oqsil yetishmasligiga olib keladi.

Prorenal organizmga almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni olib keladi (ulardan odam organizmi oqsillari quriladi), ammo bunda organizmga tushayotgan azotning miqdori cheklangan bo‘ladi. Bu holat ketosterilning tarkibiga organizm tomonidan tez o‘zlashtiriladigan va oqsillar almashinuvining toksik mahsulotlarini utilizasiyasiga olib keladigan aminokislotalarning keton analoglari kirganligi tufayli shunday amalga oshadi.

Bunday ta‘sir mexanizmi oqsillar va minerallar almashinuvini yaxshilanishiga, va demak bemorning umumiy holatini yaxshilanishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Preparatning farmakokinetikasi o‘rganilmagan, chunki uning barcha komponentlari moddalar almashinuvida qatnashadigan tabiiy moddalar hisoblanadi va organizmda ularning harakatini kuzatish imkoni yo‘q.

Qo‘llanilishi

Kompensasiyalangan va kompensasiyalanmaran siydik tutilishida surunkali buyrak yetishmovchiligini davolash (kam oqsilli,  yuqori kaloriyali parhez bilan bir vaktda) uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Surunkali buyrak yetishmovchiligi:

Ko‘pchilik xollarda, kuniga 3 marta qabul qilinadi. Ovqatlanish vaktida 4-8 tabletkadan butun holida yutiladi.

Kompensasiyalangan siydik tutilishi:

Odatda 4-6 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi, tarkibida kuniga tana vazniga 0,5-0,6 oqsil/kg saqlovchi, oqsil kam, yuqori kaloriyali ovqat bilan birga qabul qilinadi, bu taxminan 35-45 g ni va kuniga tana vazniga 150-170 kDj (35-40 kkal)/kg ni tashkil etadi.

Kompensasiyalanmagan siydik tutilishi

Odatda 4-6 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi, tarkibida kuniga tana vazniga 0,3-0,4 oqsil/kg saqlovchi, oqsil kam, yuqori kaloriyali ovqat bilan birga qabul qilinadi, bu taxminan 20-30 g ni va kuniga tana vazniga 150-170 kDj (35-40 kkal)/kg ni tashkil etadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan dozalash tartibi tana vazni taxminan 70 kg bo‘lgan kattalar uchun yaroqlidir.

Ketokislota buyrak yetishmovchiligining darajasiga bog‘liq ravishda uzoq muddat davolash uchun qo‘llanadi. Ketokislotalarni ayollarga homiladorlik vaqtida va bolalarga qo‘llash bo‘yicha natijalar olinmagan.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Giperkalsiemiya rivojlanishi mumkin. Zardobda kalsiyning miqdorini muntazam ravishda tahlil qilish kerak. Yetarli kaloriyali ovqat iste‘mol qiling.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– Giperkalsiemiya;

– Aminokislotalar metabolizmini buzilishida qo‘llash mumkin emas;

Xomilador ayollar va bolalar uchun preparatning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan .

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

So‘rilishiga xalaqit bermasligi uchun, kalsiy bilan qiyin eruvchan birikmalarni hosil qiladigan preparatlar (masalan, tetrasiklin) Ketokislota tabletkalari bilan bir vaqtda qabul qilinmasligi kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Kaloriyaning zahirasi yetarli ekanligiga ishonch hosil qiling. Ketokislotalar anabolik yo‘l bilan o‘zlashtirilishiga kafolat bo‘lishi uchun pasient kuniga tana vazniga 150-170 kDj (35-40 kkal)/kg qabul qilishi kerak. Ketokislota uremiya simptomlarini yaxshilanganligi sababli, alyuminiy gidroksidini qabul qilish, imkon boricha, kamaytirilishi kerak.

Kalsiy: bir tabletka tarkibida 50 mg kalsiy saqlaydi. Ketokislota giperkalsiemiyani chaqirishi mumkin. Kuniga 25 dan ortiq Ketokislota tabletkalari qabul qilinganida yoki tarkibida kalsiy saqlovchi boshqa preparatlar (masalan, giperkalsiemiyani davolashda ionitlar) yoki antasidlar bir vaqtda qabul qilinganida, ayniqsa giperkalsiemiyadan saqlanish kerak. Shuning uchun zardobda kalsiyning miqdorini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Prorenal preparatining dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ma‘lumotlar keltirilmagan.

Preparatning nojo‘ya ta‘sirlari kuchayishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Qutida plyonka qobiq bilan qoplangan 10 tabletkadan 10 strip va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma saqlanadi.

Saqlash sharoiti

Xona xaroratida (15-30oS) saqlansin. Yorug‘likdan himoyalansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PRORENAL tabletkalari N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PRORENAL tabletkalari N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PRORENAL tabletkalari N100 dori vositasi Novell Pharmaceutical Laboratories tomonidan Indoneziya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PRORENAL tabletkalari N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PRORENAL tabletkalari N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KETOBEST tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Кето-аналог DL-изолейцина, Кето-аналог валина, Кето-аналог фенилаланина ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nanjing Baijingyu Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 447 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ZIFORT inyeksiya uchun eritma 3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Indoneziya
  • Ishlab chiqaruvchi: Novell Pharmaceutical Laboratories
Narh: 56 000 so'mdan Batafsil
SETROVEL inyeksiya uchun eritma 5ml 5mg/5ml N10
ALOVELL tabletkalari 70mg N4
ZIFORT inyeksiya uchun eritma 3ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Indoneziya
  • Ishlab chiqaruvchi: Novell Pharmaceutical Laboratories
TREMIN eritma 5 ml 500 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Indoneziya
  • Ishlab chiqaruvchi: Novell Pharmaceutical Laboratories
Narh: 121 000 so'mdan Batafsil
NOPRENIYA tabletkalari 2mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Indoneziya
  • Ishlab chiqaruvchi: Novell Pharmaceutical Laboratories
SAYFOL emulsiya 20 ml 10 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Indoneziya
  • Ishlab chiqaruvchi: NOVELL PHARMACEUTICAL LABORATORIES
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9