×
×
  • PROTAMIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N5

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PROTAMIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N5

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Брынцалов-А, ПАО
ATX kodi:
- V03AB14
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

Menorishan siropi 100ml Isshaan Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
SUPRIMA BRONXO sirop 100ml Shreya Life Sciences PVT. LTD. Hindiston
24 300 s`om dan
BIORAN eritma 75mg/3ml N5 Rusan Pharma LTD Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PROTAMIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PROTAMIN-FEREYN®

PROTAMINUM

 

Preparatning savdo nomi: Protamin-Fereyn®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): protamin sulfati

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma.

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: protamin sulfati – 10 mg;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv 1 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish tusli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: gemostatik vosita.

ATX kodi: V03AB14.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Geparinning antagonisti. Geparin bilan elektrostatik o‘zaro ta‘siri hisobiga uni faolsizlantiradi. Protamin turli xil baliqlarning yetilgan urug‘laridan olingan sulfat va xlorid ko‘rinishidagi peptid hisoblanadi va geparinning qon ivishiga qarshi samarasini neytralizasiya qilish uchun ishlatiladi. Protaminning taxminan 67% aminokislotali tarkibini arginin tashkil qiladi, bu uni 4,5 ming Da molekulyar massali kuchli asosiy polikation modda ekanligini ko‘rsatadi. Protaminning ko‘pchilik musbat zaryadlangan zanjiri manfiy zaryadlangan DNK guruhi bilan bog‘langan.

In vitro sharoitida protaminga geparin qo‘shilganda ionlarning o‘zaro ta‘siri tufayli turg‘un presipitat hosil bo‘ladi. Protamin molekulasi ikkita faol markaz saqlaydi, ulardan biri geparinni neytralizasiya qiladi, boshqasi esa geparin bo‘lishiga qaramasdan o‘rtacha antikoagulyant faollikka ega.

Preparatning faolligi biologik usul bilan in vitro sharoitida buqa va qo‘yning qon plazmasiga geparinning qon ivishiga qarshi ta‘sirini neytrallash xususiyati bo‘yicha aniqlanadi, haddan ziyod kalsiy xlorid mavjudligida. Preparatning faolligi ta‘sirlar birligida (TB) namoyon bo‘ladi. Preparatni 1 ml eritmasida kamida 750 TB saqlanishi kerak. 1 mg (75 TB) protamin sulfati 85 TB geparin natriyni neytrallaydi.

Preparat qon ivishini geparinsimon buzilishi bilan bog‘liq gemorragiyaning ayrim turlarida samaralidir. Garchi preparat geparinni antagonisti bo‘lsa ham, katta dozalarda uning o‘zi antikoagulyant ta‘sir xususiyatini namoyon qiladi, bu ba‘zida geparinning yetarli bo‘lmagan neytralizasiyasi deb xato baholanadi.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga yuborilganida preparatning samarasi darhol boshlanadi (“ignada”) va 2 soat mobaynida davom etadi. Protamin sulfati organizmdan asosan buyrak orqali va kamroq darajada – safro bilan jigar orqali chiqariladi. Geparin bilan birga nofaol majmuasi hosil bo‘ladi, yarim parchalanish davri 24 minutni tashkil etadi. Protamin sulfati qon plazmasidagi enzimlar bilan faolsizlantiriladi, bunda protamin-geparin majmuasi, yog‘ to‘qimalarida geparin ajralib chiqishi bilan buziladi.

Qo‘llanilishi

  • Geparinning dozasini oshirib yuborilishi oqibatidagi ko‘p ketishi;
  • Geparinni davolash maqsadida qabul qilayotgan bemorlarda operasiyadan oldin;
  • Yurak va qon tomirlaridagi ekstrakorporal qon aylanishini qo‘llash bilan o‘tkazilgan operasiyadan so‘ng;
  • Gipergeparinemiyada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga, asta-sekin oqim bilan yoki tomchilab qon ivishini nazorati ostida yuboriladi. Geparinning dozasi oshirib yuborilganda protamin sulfat eritmasi 1 ml (10 mg) tezlik bilan 2 minut davomida oqim bilan yuboriladi. Zarurat hollarda in‘eksiya 15-30 minutlik interval bilan qayta yuboriladi, umumiy doza odatda 5 ml (50 mg) ni tashkil qiladi.

Maksimal doza 150 mg/soatni tashkil qiladi.

Qon ketishlarda sutkalik doza 5-8 mg/kg ni tashkil qiladi; vena ichiga tomchilab 6 soatli interval bilan 2 qabulda yuboriladi.

Preparatning dozasi geparinni yuborish usuliga bog‘liq. Preparatni hisoblangan dozasi 300-500 ml 0,9% li natriy xlorid eritmasida suyultiradi.

  1. Geparinning bolyus in‘eksiyalarida protamin sulfatining dozasi, geparin yuborilganida o‘tgan vaqtiga qarab kamayib boradi, chunki geparin organizmdan uzluksiz chiqariladi.
Geparin in‘eksiyasidan so‘ng o‘tgan vaqt Protamin sulfatini 100 XB geparinga nisbatan hisoblangan dozasi
15-30 minut 1,2-1,3 mg
30-60 minut 0,5-0,75 mg
2 soatdan ortiq 0,25-0,375 mg

  1. Agar geparin vena ichiga tomchilab yuborilgan bo‘lsa, uning infuziyasini to‘xtatish va 25-30 mg protamin sulfatni yuborish kerak.
  2. Geparinning teri ostiga in‘eksiyalarida protamin sulfatning dozasi, geparinning har 100 XB ga 1,2-1,3 mg ni tashkil qiladi.

Protamin sulfatning birinchi 25-50 mg vena ichiga tomchilab, 8-16 soat davomida yuborish kerak. Protamin sulfatni bo‘lib-bo‘lib yuborish mumkin, lekin bu faollashgan qisman tromboplastin vaqti (FQTV) ni nazorat qilishni talab qiladi. Masalan, agar teri ostiga 20000 XB geparin yuborilgan bo‘lsa, 2 soatdan so‘ng geparinning protamin bilan majmuasidan 3333 XB dan geparin rezorbsiyasi ro‘y beradi, shu sababli protamin sulfatning keyingi dozasi 33 mg ni tashkil qiladi.

  1. Jarrohlik aralashuvlarida ekstrakorporal qon aylanishini ishlatish holatlarida protamin sulfatning dozasi geparinning har 100 XB ga 1,2-1,3 mg ni tashkil qiladi. Protaminning dozasi aniqlayotganda geparinni yuborish yo‘lini hisobga olish kerak.

Maksimal davolash davomiyligi 3 kun.

Ekstrakorporal qon aylanishi bilan bog‘liq gipergeparinemiyada preparatning dozasini oshirish mumkin; bunday hollarda eritma tomchilab yuboriladi.

Protamin sulfati pastmolekulyar geparinlarni (PMG) neytralizasiya qilish uchun qo‘llaniladi, biroq protamin ularning antitrombotik faolligini to‘liq bartaraf etolmaydi: 1 mg protamin sulfati pastmolekulyar geparinlarning 100 TB anti-Pa faolligini va 60% dan ko‘p bo‘lmagan anti-Xa faolligini neytrallaydi. Protamin sulfatining dozasini tanlashda yuborilgan past molekulyar geparinlar miqdorini, uning yuborilish yo‘lini, ayniqsa yuborilayotgan preparatning farmakokinetikasini, shuningdek oxirgi past molekulyar geparinning in‘eksiyasidan keyin o‘tgan vaqtni hisobga olish kerak.

Protamin sulfati vena ichiga sekin (1 mg protamin sulfati yaqinda yuborilgan           100 anti-Xa XB pastmolekulyar geparinga muvofiq) yoki infuziya ko‘rinishida yuboriladi.

Pastmolekulyar geparinni vena ichiga tomchilab yuborishdan keyin 8 soatdan so‘ng protamin sulfatni yarim dozasini ishlatish mumkin, 12 soatdan so‘ng protamin sulfat talab etilmasligi mumkin. Teri osti to‘qimasidan tushadigan pastmolekulyar geparinni uzoq muddat saqlanishi, protamin sulfatni hisoblangan dozasi bilan o‘tkazilgan infuziyani bir necha soat davomida yoki qon ketishi saqlanganda yarim dozani qayta yuborilishi asosli ekanligini ko‘rsatadi.

Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Buyrak yetishmovchiligini yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasi bo‘lgan pasientlarda         (KK≥30 ml/min va ˂60 ml/min) preparat dozasini pasaytirish talab etilmaydi, og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (KK ˂30 ml/min) preparat dozasini 25% ga pasaytirish kerak.

Buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llansin.

Keksa yoshdagi shaxslar

Keksa yoshdagi pasientlarda preparat dozasini tuzatish talab etilmaydi (buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlardan tashqari).

Pediatriyada qo‘llanilishi

Protamin sulfatni bolalarda qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan, shuning uchun bu toifadagi bemorlarda preparat qo‘llanilmaydi.

Preparatni bolalarda qo‘llash to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi, bradikardiya, o‘pka va tizimli arterial gipertenziya, kardiogen bo‘lmagan o‘pka shishi.

Nafas tizimi tomonidan: bronxiospazm.

Qon yaratuvchi a‘zolar tomonidan: neytropeniya, trombositopeniya.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish.

Immun tizimi tomonidan: teri toshmasi, qichishish, anafilaktoid reaksiyalarni rivojlanishi, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, anafilaktik shok (shu jumladan o‘lim bilan yakunlanishi).

Suyak-mushak tizimi tomonidan: belda og‘riq.

Boshqalar: qizib ketish hissi va terini qizarishi, havo yetishmasligi hissi (haddan ziyod tez yuborishda) kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • Idiopatik yoki tug‘ma gipergeparinemiya (bunday hollarda preparat samarasiz va ko‘p qon ketishini oshirishi mumkin);
  • Yaqqol arterial gipotenziya,
  • Trombositopeniya;
  • Buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi;
  • Protamin sulfat saqlovchi insulinlar, shuningdek protamin sulfat saqlovchi boshqa dori vositalarini qabul qiluvchi bemorlar;
  • Anamnezida baliqqa nisbatan allergiya bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.

Bolalarda tibbiy qo‘llash tajribasi chegaralangan.

Ehtiyotkorlik bilan

Protamin-rux-insulin qabul qiluvchi qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda kesishgan yuqori sezgirlik namoyon bo‘lishi mumkin. Qandli diabetni davolash uchun protamin-rux-insulin qabul qiluvchi bemorlarda protamin sulfatga nisbatan anafilaktik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin.

 

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Protamin sulfat pastmolekulyar geparinlarning antagonisti hisoblanadi.  Sefalosporinlar va penisillinlar bilan farmasevtik nomutanosib. Qutbsizlanishni chaqirmaydigan miorelaksantlarning jadalliligini va davomiyligini oshirishi mumkin. Boshqa dori vositalar bilan o‘zaro ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni yuborish qon ivishining nazorati ostida o‘tkaziladi. Yuborishdan avval bemorning qon hajmini adekvatligiga ishonch hosil qilish lozim (gipovolemiya kollaps xavfini oshiradi).

Preparatga allergik reaksiyalarni yuqori xavfi bo‘lgan pasientlarda protamin sulfat qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim, chunki anafilaktik shokni paydo bo‘lish xavfi bor. Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda bunday reaksiyalarni rivojlanishi xavf omillari bo‘lib, baliqqa allergiya, vazektomiya, protamin-rux insulinni yoki geparinni faolsizlantirish uchun protaminni qo‘llanilishi bo‘lishi mumkin.

Preparatni yuborish shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zaruriy ta‘minoti bo‘lgan ixtisoslashtirilgan bo‘limlar sharoitida amalga oshirilishi kerak.

Geparinning dozasi oshirib yuborilishi bo‘lgan, lekin qon ketish belgilari bo‘lmagan pasientlarda protamin sulfatni qo‘llashdan avval foyda va xavf nisbatini baholash lozim.

Protamin sulfati takroriy buyurilgan pasientlarda qon ivishining monitoringi o‘tkazilishi kerak.

Protamin sulfati xususiy antikoagulyant faollikka ega bo‘lib, u preparatni haddan ziyod dozasi qo‘llanganda qon ketish vaqtini uzaytirishi mumkin. Bunday qon ketishini geparin natriyning trombin vaqtini normal chegaraga qaytishigacha buyurish yordamida nazorat qilish mumkin.

Geparin natriyning faolligiadekvat ingibisiya qilinishiga qaramasdan qon ketishlar rivojlanishi bilan “ulush fenomeni” paydo bo‘lishi mumkin.

Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanilishi

Preparatni homiladorlikka ta‘siri bo‘yicha nazoratli klinik va klinik oldi tadqiqotlar hanuzgacha o‘tkazilmagan. Bunday vaziyatlarda homiladorlarga preparatni, faqat ona uchun kutilayotgan ijobiy samara homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan holatlarda, buyurish mumkin.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni nojo‘ya samaralarini yuzaga kelishini inobatga olib transport vositalarini boshqarish va potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Protaminni ko‘krak sutiga o‘tishi noma‘lum. Preparatni qo‘llash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Qon ketishi bilan kechishi mumkin, chunki protamin xususiy antikoagulyasion faollikka ega. Simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Vena ichiga yuborish uchun 10 mg/ml eritma.

5 ml dan 10 ml sig‘imli shisha, rezina tiqin bilan germetik berkitilgan alyumin qalpoqchalar yoki alyuminiy va plastmassali majmuaviy qalpoqchalar bilan qisilgan flakonlarda.

2 yoki 5 ml dan neytral shisha ampulalarda.

5 flakon yoki ampulalar polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramlarga joylanadi.

5 flakon yoki ampuladan polivinilxlorid plyonka va bosma laklangan alyumin folga kontur uyali o‘ramlarga yoki alyumin folga yoki qadoqlovchi material asosidagi egiluvchan o‘ramlarga joylangan.

1, 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

5, 10 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga flakonlar uchun 1 yoki 2 qator uyalari uchun karton ustunchalari bo‘lgan o‘ramlarga joylanadi.

5, 10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga ampulalar uchun 1 yoki 2 qator uyalari uchun karton ustunchalari bo‘lgan o‘ramlarga joylanadi.

Stasionar uchun o‘ram

50, 108 flakondan teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton quitga joylanadi.

Flakonli 10 kontur uyali o‘ramdan yoki ampulali 10, 100, 200 kontur uyali o‘ramdan teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 4°S dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Muzlatishga yo‘l qo‘yilmasin.

Yaroqlilik muddati

3 yil

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PROTAMIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PROTAMIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PROTAMIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N5 dori vositasi Брынцалов-А, ПАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PROTAMIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PROTAMIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
BRAVINTON konsentrat 2ml 5mg/ml N10
NOSH BRA eritma 2ml 2% N5
NOSH BRA tabletkalari 40mg N10
BRAVINTON konsentrat 2ml 5mg/ml N5
PROTAMIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 5ml 10mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
PROTAMIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 5ml 10mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
OKSITOSIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
OKSITOSIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
OKSITOSIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
Narh: 11 200 so'mdan Batafsil
KOKARBOKSILAZA FEREYN liofilizat 0,050g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
KOKARBOKSILAZA FEREYN liofilizat 0,050g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
DOKSORUBISIN FEREYN liofilizat 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
DOKSORUBISIN FEREYN liofilizat 10mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
DOKSORUBISIN FEREYN liofilizat 10mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
GEPARIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 5ml 5000YeD N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
GEPARIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 1ml 5000YeD N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9