×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PSILO BALZAM gel 20g 1%

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
- Нижфарм,ОАО
ATX kodi:
- D04AA32 Дифенгидрамин
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 225 ta dorixonasida topildi

ico 52 600 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 67 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 54 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

SKIN KAP shampun 150ml Cheminova Internacional S.A. Ispaniya
250 700 s`om dan
TIROZUR gel 5 g 1 mg/g Engelhard Arzneimittel GmbH & Co. KG. Germaniya
39 600 s`om dan
NOVOSALIK maz 30g N1 Vegafarm LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje Makedoniya
77 000 s`om dan
METILURASIL maz 25g 10% Нижфарм, АО Rossiya
6 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PSILO BALZAM gel 20g 1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PSILO-BALZAM®

PSILO-BALZAM

 

Preparatning savdo nomi: Psilo-Balzam®

XPN yoki guruhlash nomi: difengidramin

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun gel

Tarkibi:

1 g gel saqlaydi:

faol modda: difengidramin gidroxloridi – 10,0 mg;

yordamchi moddalar:setilpiridiniy xloridi – 1,0 mg, makrogol gliserilkaprilokaprati – 150,0 mg, poliakril kislotasi – 12,0 mg, trometamol – 22,2 mg, suv – 1 g gacha.

Ta‘rifi: rangsiz, tiniq bir xil gel.

Farmakoterapevtik guruhi: Allergiyaga qarshi vosita – N1-gistamin reseptorlarining blokatori

ATX kodi: D04AA32.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Psilo-Balzam® ning allergiyaga qarshi ta‘siri uning tarkibida N1-gistamin reseptorlarning blokatori bo‘lgan difengidramin gidroxloridning borligi bilan bog‘liq, va buning oqibatida qichishishni tez pasaytiradi, og‘riq, giperemiyani kamaytiradi, kapillyarlarning yuqori o‘tkazuvchanligini, to‘qimalarning shishini pasaytiradi; mahalliy anesteziyani chaqiradi, shuni hisobiga Psilo-Balzam® yoqimli sovutuvchi ta‘sirga ega. Maxsus gel asosi terini himoya qiladi va ko‘rinarli iz qoldirmaydi.

 

Farmakokinetikasi

Mahalliy qo‘llanganida so‘rilishi ahamiyatsiz, teri qoplamlarining butunligini buzilishi preparatning so‘rilishini oshiradi.

Qo‘llanilishi

Quyosh nuridan kuyish va I darajali kuyishlar; hashoratlarning chaqishi; eshakemi; kelib chiqishi turlicha bo‘lgan terining qichishishi (xolestazdagi qichishishdan tashqari); qichima dermatozlar, ekzema, suvchechak, terining allergik ta‘sirlanishi, o‘simliklarga tegish oqibatidagi kontakt dermatitlar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; difengidramin saqlovchi har qanday preparatlarni bir vaqtda qo‘llash; terining katta yuzalariga qo‘llash; 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Ehtiyotkorlik bilan

Qo‘yish joyda teri qoplamalarining shikastlanishlari, shilliq qavatlarga qo‘yish.

 

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda va laktasiyada preparatni qo‘llash, ona uchun potensial foyda va bola uchun kutilgan xavfni baholashni talab qiladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga. Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga Psilo-Balzam® terining shikastlangan sohalariga (3-5 sm uzunlikdagi gel tasmasi kaft o‘lchamidagi shikastlangan maydonga) kuniga 3-4 marta qo‘yiladi va yengil uqalovchi harakatlari bilan taqsimlanadi.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Kam – terining o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (ekzema, kontakt dermatit).

Preparat sirtga qo‘llanganida tizimli xarakterga ega nojo‘ya samaralari kuzatilmagan.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: qizarish, preparat qo‘yilgan teri soxani o‘rtacha shishi.

Davolash: preparat qo‘yilgan teri sohani suv bilan yuvish.

 

Boshqa dori vositalar bilan o‘zaro ta‘siri

Difengidraminning sirtki shakllari qo‘llanganida boshqa dori vositalari bilan nomutanosibligi yoki o‘zaro ta‘sirining hollari ta‘riflanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Psilo-Balzam® qo‘yilgandan so‘ng darhol (1-2 soat davomida) fotodermatozlar rivojlanishi xavfidan saqlanish uchun quyoshda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlanish kerak. Psilo-Balzam® bilan davolash vaqtida alkogol iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun gel 1%.

20 g yoki 50 g dan alyumin tubalarda. Har bir tuba preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PSILO BALZAM gel 20g 1% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PSILO BALZAM gel 20g 1% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PSILO BALZAM gel 20g 1% dori vositasi Нижфарм,ОАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PSILO BALZAM gel 20g 1% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PSILO BALZAM gel 20g 1% dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
TETRASIKLIN maz 15g 3%
Narh: 4 900 so'mdan Batafsil
SINAFLAN maz 15g 0,025%
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
SINAFLAN maz 10g 0,025%
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 200 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
Psilo-balzam gel 20g
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9