×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PULMOKSOL sirop 150ml 30mg/5ml

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
Амброксол
Ishlab chiqaruvchi:
- Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S.
Vakil:
- Asfarma Savdo MChJ
ATX kodi:
- R05CB06
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 131 ta dorixonasida topildi

ico 31 900 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 39 200 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 31 900 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PULMOKSOL sirop 150ml 30mg/5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PULMOKSOLTM

PULMOXOLTM

Preparatning savdo nomi: PulmoksolTM

Ta‘sir etuvchi modda (XPN: ambroksol (ambroxol)

Dori shakli: sirop

Tarkibi:

Siropning har 5 ml quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 15 mg ambroksol gidroxloridi;

yordamchi moddalari: benzoy kislotasi, sorbit (70%), qulupnayli essensiya, ionsizlangan suv.

Ta‘rifi: rangsiz, tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: mukolitik vosita.

ATX kodi: R05CB06

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ambroksol gidroxloridi mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Ambroksol bromgeksinning metaboliti bo‘lib, kuchli balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega. Ambroksol gidroxloridi surfaktant hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, kipriksimon epiteliyning faolligini oshiradi. Ambroksol gidroxloridi balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sir ko‘rsatib, nafas yo‘llarida to‘planib qolgan balg‘amni, uni suyulishi va adgezivligini (yopishqoqligini) kamaytirishi hisobiga, yo‘tal vaqtida chiqarilishini yengillashtiradi. Bronxial sekresiyani oshiradi va uning qovushqoqligini kamaytiradi. Mukolitik ta‘siri natijasida shilliqning adgezivligini buzadi, balg‘amni sezilarli darajada yumshatadi, shunday qilib, uning chiqarilishini yengillashtiradi.

Farmakokinetikasi

Ambroksol gidroxloridi og‘iz orqali qo‘llanganida tez va to‘liq so‘riladi. Biokiraolishligi taxminan 70% ni tashkil etadi. 1/3 qismi jigar orqali «birinchi» o‘tishda eliminasiyaga uchraydi. Och qoringa qabul qilinganida plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga 2,5 soatdan keyin erishiladi. Yarim chiqarilish davri 9-10 soatni tashkil etadi. Plazmadagi terapevtik konsentrasiyasi 30 ng/ml ni tashkil etadi. Bunday konsentrasiyaga  preparat 30 mg dan kuniga 2 marta qabul qilib erishish mumkin. Qayta qabul qilinganida plazmada to‘planmaydi. Preparatning 90% oqsillar bilan bog‘lanadi. Peroral qabul qilinganidan keyin preparatning 85% metabolitlari ko‘rinishida va 10% o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

PulmoksolTM o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida, bronxial astmada, bronxoektaziyalarda, o‘tkir va surunkali bronxitlarda, laringitlarda, sinusitlarda, rinitlarda, o‘tkazilgan bronx-o‘pka operasiyalaridan keyingi asoratlarni davolash va oldini olishda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Agar shifokorning boshqa tavsiyalari bo‘lmasa, PulmoksolTM quyidagicha buyuriladi:

Bolalar:

2 yoshgacha: 2,5 ml kuniga 2 marta;

2-5 yosh: 2,5 ml kuniga 3 marta;

5-12 yosh: 5 ml kuniga 2-3 marta buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Juda kam hollarda ko‘ngil aynashi, qusish, diareya, holsizlik, bosh og‘rig‘i, teri toshmalari kuzatilishi mumkin.

Noxush samaralar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qiling.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Bromgeksinga, ambroksolga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kodein va atropinsimon komponentlarni saqlovchi, sekresiyani kamaytiruvchi yo‘talga qarshi vositalar bilan birga ishlatilmasin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Kodein va yo‘talga qarshi boshqa vositalar bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bunda balg‘am va shilliqni ajralishi qiyinlashadi. Jigar, buyrak funksiyasi buzilishlarida, shuningdek peptik yaralarda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Homiladorlik vaqtida va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik (V toifasi)

Klinik tadqiqotlarning yetarli emasligini inobatga olib, homiladorlikning I uch oyligida preparatni faqat juda zarur xollarda foyda xavfi nisbati baxolangandan so‘ng buyurish mumkin.

Laktasiya

Preparat ko‘krak sutiga ajralib chiqadi, biroq terapevtik dozalarda qabul qilingan preparat bolaga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirilib yuborilishi hollari kuzatilmagan. Maxsus antidoti yo‘q. Dozani oshirib yuborilishi simptomlari paydo bo‘lganida bemorlarda sun‘iy tarzda qusishni chaqirish, me‘dani yuvish, simptomatik va samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni buyurish kerak.

Chiqarilish shakli

150 ml pediatrik sirop to‘q shisha flakonda.

1 ta flakon o‘lchov qopqoqchasi (15 ml 2,5 ml va 5 ml belgili) va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga komplektda karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PULMOKSOL sirop 150ml 30mg/5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PULMOKSOL sirop 150ml 30mg/5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PULMOKSOL sirop 150ml 30mg/5ml dori vositasi Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PULMOKSOL sirop 150ml 30mg/5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PULMOKSOL sirop 150ml 30mg/5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
PULMOKSOL sirop 150ml 15mg/5ml
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
LAZOLVAN tabletkalari 30mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Boehringer International GmbH, Германия произведено: Boehringer Ingelheim Ellas AE
  • Vakil: Sanofi
Narh: 53 000 so'mdan Batafsil
LAZOLVAN sirop 100ml 30mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi-Aventis Deutschland GmbH, Германия произведено: Boehringer Ingelheim Espana S.A.
  • Vakil: Sanofi
Narh: 41 000 so'mdan Batafsil
LAZOLVAN sirop 100ml 15mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Берингер Ингельхайм Эспана С.А.
  • Vakil: Sanofi
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
LAZOLVAN eritma dlya ingalyasiy 100ml 7,5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Boehringer Ingelheim International GmbH, Германия произведено: Istituto de Angeli S.R.L.Loc.
  • Vakil: Sanofi
BROKS inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N10
BROKS inyeksiya uchun eritma 10ml N10
BROKS inyeksiya uchun eritma 5ml N10
SUPRIMA KOF tabletkalari 30mg N20
SEKRAZOL PEDIATRICHESKIY/SEKRAZOL sirop 150ml 30mg/5ml
BRONOLAK sirop 200ml 30mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri San. Ve Tic. A.S.
BRONOLAK sirop 100ml 30mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri San. Ve Tic. A.S.
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ГНЦЛС ОЗ,ООО произведено Здоровье, ФК, ООО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL 30 sirop 100ml 30mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 25 120 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL 15 sirop 100ml 15mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
SEKRAZOL tabletkalari 30mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
SEKRAZOL tabletkalari 30mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
NOVEKS AMBROKSOL sirop 120ml 15mg/5ml
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL SOFARMA sirop 100ml 15mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Софарма, АО
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
LAZOLVAN tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Boehringer International GmbH, Германия произведено: Boehringer Ingelheim Ellas AE
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков AO
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
BRONOLAK tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm, Великобритания произведено: SEDICO Pharmaceutical Co.
BRONOLAK sirop 100ml 15mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri San. Ve Tic. A.S.
BRONXOSOL sirop 40ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
AMBROTARD kapsulalar 75mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
SEKRAZOL PEDIATRICHESKIY/SEKRAZOL sirop 100ml 15mg/5ml
SEKRAZOL sirop 150ml 30mg/5ml
Narh: 30 900 so'mdan Batafsil
MUKOSOL eritma 7,5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков AO
Ishlab chiqaruvchining dorilari
PULMOKSOL sirop 150ml 15mg/5ml
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
MONEKS sprey 50mkg N140
FLUTINEKS sprey 14,5 g 50 mkg 120 doz
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
LOROBEN sprey 30ml
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
LOROBEN eritma 200ml
Narh: 43 600 so'mdan Batafsil
GRIPXOT granuli N12
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
MEFLOSID 750mg N7
Narh: 67 800 so'mdan Batafsil
ZERALGO 100mg N15
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
MEFLOSID 500mg N7
Narh: 55 400 so'mdan Batafsil
FAKSIMIN tabletkalari 200mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S.
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9