×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RAMKASIN inyektsiyasi uchun eritmasi 2ml 100mg/2ml N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Амикацин сульфат
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd, Индия произведено: Nitin Lifeciences Ltd
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- J01GB06
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

RODINIR poroshok 60ml 250mg/5ml Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S. Turkiya
74 500 s`om dan
LEVODEKS 250 tabletkalari 250mg N6 Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. Hindiston
SEFIKAD poroshok 2000mg N1 Cadila Pharmaceuticals Limited Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Flakonlar 2 ml dan. 10 ta flakonlar tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan birga kartonli qutida.
  • Xar bir 2 ml saqlaydi:
  • faol moda:
  • Amikasin sulfat 116 mg eki 580 mg;
  • amikasina ekvivalent 100 mg yoki 500 mg.
  • yordamchi moddalar:
  • metilparaben 1,6 mg yoki 0,8 mg;
  • propilparaben 0,4 mg yoki 0,2 mg;
  • trinatriy tsitrat 10 mg yoki 50 mg;
  • sernaya kislota 0,4 mg;
  • voda dlya in'ektsiy q.s. 2 ml gacha.
  • Aminoglikozidlar guruhiga mansub antibiotik. Keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan yarim sintetik antibiotik,
    bakterisid ta'sir ko'rsatadi. Ribosiomalarning 30S-subbirligi bilan bog'langan holda, transport va matrisa
    RNK komplekslari hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi, oqsil sintezini bloklaydi, shuningdek bakteriyalarning
    tsitoplazmatik membranalarini buzadi. Aerob grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan yuqori faollikka ega:
    Pseudomonas aeruginosa, Escherichia coli, Klebsiella spp., Serratia spp., Providencia spp., Enterobacter spp., Salmonella
    spp., Shigella spp., va bazi grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan: Staphylococcus spp. (shu jumladan
    penisillinga chidamlilari va ba'zi tsefalosporinlar).
    Preparat Streptococcus spp. ga nisbatan o'rtacha faol.
    Benzilpenisillin bilan birga buyurilganda Enterococcus faecalis shtammlariga nisbatan sinergizm namoyon
    qiladi.
    Amikasin boshqa aminoglikozidlarni faolsizlantiruvchi fermentlar ta'sirida o'z faolligini yo'qotmaydi
    hamda tobramisin, gentamisin va netilmisinga nisbatan chidamli bo'lgan Pseudomonas aeruginosa shtammlariga
    nisbatan faolligicha qolishi mumkin.
    Amikasin anaerob mikroorganizmlarga nisbatan faol emas
    M/o (mushak orasiga) yuborilganidan keyin tez va butunlay so'riladi. Qonplazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi
    (Cmax) m/o 7,5 mg/kg dozada yuborilganda – 21 mkg/ml, v/i (vena ichiga) 7,5 mg/kg dozada yuborilganda 30 daqiqa davomida
    – 38 mkg/ml. Cmax ga erishish vaqti m/o yuborilganda – 1,5 soat atrofida.
    Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, teri giperemiyasi, isitmali qaltiroq, anafilaktik reaktsiyalar,
    angionevrotik shish (Kvinke shishi).
    Asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, uyquchanlik, neyrotoksik ta'sirlar (mushaklar tortishishi, uvushish hissi,
    sanchish, epileptik tutqanoqlar), nerv-mushak o'tkazuvchanligining buzilishi (nafasning to'xtashi).
    Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: EKG da T tishchasining yassilanishi.
    Nafas olish tizimi tomonidan: burun bitishi.
    Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, jigar faoliyatining buzilishi (jigar
    transaminazalari faolligining oshishi, giperbilirubinemiya)
    Siydik-jinsiy a'zolari tomonidan: nefrotoksiklik – buyraklar faoliyatining buzilishi (oliguriya, proteinuriya,
    mikrogematuriya).
    Sezgi a'zolari tomonidan: ototoksiklik – eshitishning pasayishi, vestibulyar va labirint buzilishlar, qaytmas
    karlik, harakat diskoordinasiyasi, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, qusish.
    Qon yaratuv a'zolari tomonidan: anemiya, leykopeniya, granulositopeniya, trombositopeniya.
    Mahalliy reaktsiyalar: in'ektsiya yuborilgan joyda og'riq, dermatit, flebit va periflebit (v/i yuborilganda).
    Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, teri giperemiyasi, isitmali qaltiroq, anafilaktik reaktsiyalar,
    angionevrotik shish (Kvinke shishi).
    Asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, uyquchanlik, neyrotoksik ta'sirlar (mushaklar tortishishi, uvushish hissi,
    sanchish, epileptik tutqanoqlar), nerv-mushak o'tkazuvchanligining buzilishi (nafasning to'xtashi).
    Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: EKG da T tishchasining yassilanishi.
    Nafas olish tizimi tomonidan: burun bitishi.
    Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, jigar faoliyatining buzilishi (jigar
    transaminazalari faolligining oshishi, giperbilirubinemiya)
    Siydik-jinsiy a'zolari tomonidan: nefrotoksiklik – buyraklar faoliyatining buzilishi (oliguriya, proteinuriya,
    mikrogematuriya).
    Sezgi a'zolari tomonidan: ototoksiklik – eshitishning pasayishi, vestibulyar va labirint buzilishlar, qaytmas
    karlik, harakat diskoordinasiyasi, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, qusish.
    Qon yaratuv a'zolari tomonidan: anemiya, leykopeniya, granulositopeniya, trombositopeniya.
    Mahalliy reaktsiyalar: in'ektsiya yuborilgan joyda og'riq, dermatit, flebit va periflebit (v/i yuborilganda).
    Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqiradigan yuqumli-yallig'lanish kasalliklari:
    · nafas yullari va LOR a'zolari infektsiyalari: otit, bronxit, pnevmoniya, plevra empiemasi, o'pkalar
    abssessi;
    · sepsis (shu jumladan yangi tug'ilgan chaqaloqlar sepsisi);
    · endokardit;
    · Mat (Markaziy asab tizimi) infektsiyalari (shu jumladan meningit);
    · qorin bo'shlig'i infektsiyalari (shu jumladan peritonit);
    · siydik chiqaruv yo'llari infektsiyalarida: (pielonefrit, tsistit, uretrit);
    · teri va yumshoq to'qimalarning yiringli infektsiyalari (shu jumladan infisirlangan kuyishlar,
    infisirlangan yazvalar va turli genezli yotoq yaralari);
    · suyak va bo'g'im infektsiyalari (shu jumladan osteomielit)
    · operasiyadan keyingi infektsiyalarda qo'llaniladi
    Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    ·preparat va uning komponentlariga nisbatan o'ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa aminoglikozidlarga
    ham);
    · eshitish nervi nevriti;
    · og'ir buyrak etishmovchiligi, azotemiya va uremiya bilan;
    · og'ir jigar etishmovchiligi;
    · qon kasalligida qo'llash mumkin emas.
    Ehtiyotkorlik bilan
    · buyrak/jigar etishmovchiligi;
    · miasteniya;
    · parkinsonizm;
    · botulizm (aminoglikozidlar nerv-mushak o'tkazuvchanligining buzilishini chaqirishi mumkin, bu esa keyingi
    skelet mushaklarining bo'shashishiga olib keladi);
    · degidratasiya;
    · yangi tug'ilgan chaqaloqlarda (ayniqsa chala tug'ilgan bolalarda);
    · keksa yoshlilarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi
    Penisillinlar, geparin, tsefalosporinlar, kapreomisin, amfoterisin V, gidroxlorotiazid, eritromisin,
    nitrofurantoin, V va S vitaminlari guruhi, kaliy xlorid bilan farmasevtik nomutanosib.
    Amikasin karbenisillin, benzilpenisillin, tsefalosporinlar bilan o'zaro ta'sirlashganda sinergizm namoyon
    qiladi (og'ir buyrak etishmovchiligi mavjud bemorlarda beta-laktamli antibiotiklar bilan birga qo'llanilganida
    aminoglikozidlarning samaradorligi kamayishi mumkin).
    Nalidik kislotasi, polimiksin V, tsisplatin va vankomisin oto - va nefrotoksiklik havfini oshiradi.
    Diuretiklar (ayniqsa furosemid), tsefalosporinlar, penisillinlar, sulfanilamidlar va NYAQV (nospesefik
    yallig'lanishga qarshi vositalar), nefron kanalchalarida faol sekresiya uchun raqobatlashib aminoglikozidlar
    chiqarilishini to'sadi, ularning qondagi kontsentrasiyasini oshiradi, bu esa Nefro - va neyrotoksiklikni
    kuchayishiga olib keladi.
    Kuraresimon preparatlar miorelaksiyalovchi ta'sirini kuchaytiradi.
    Metoksifluran, parenteral yuboriluvchi polimiksinlar, kapreomisin va boshqa nerv-mushak o'tkazuvchanligini
    bloklaydigan dori vositalari (ingalyasion anesteziya preparatlari sifatida galogenlangan uglevodorodlar,
    opioid analgetiklar), tsitrat konservantlari mavjud bo'lgan katta hajmda qon quyilishi – nafas to'xtashi havfini
    oshiradi (ayniqsa amikasinni qorin pardasi orqali yuborganda).
    Indometasin parenteral yuborilganda aminoglikozidlarning toksik ta'siri havfini oshiradi (T½ ning
    oshirilishi, va klirensni kamayishi).
    Amikasin miasteniyani davolovchi dori vositalari samaradorligini kamaytiradi
    Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan
    joyda saqlansin.
    Yaroqlilik muddati
    2 yil.
    Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
    2 ml rangsiz shisha flakonga USP I-turi, rangsizdan och sarik rangacha bulgan tinik suyuklik bilan
    tuldirilgan.
    Doza kasallik og'irligi, infektsiya turi, organizm holati, bemorning yoshi, vazni va buyraklar faoliyatiga qarab
    aniqlanadi.
    M/o, v/i yuboriladi (oqim bilan 2 daqiqa davomida yoki tomchilatib), kattalar va 6 yoshdan yuqori bo'lgan bolalarga
    5 mg/kg dan har 8 soatda yoki 7,5 mg/kg dan har 12 soatda.
    Siydik yo'llarining bakterial infektsiyalarida (asoratsiz) – 250 mg dan har 12 soatda.
    Kattalar uchun maksimal dozasi – sutkasiga 15 mg/kg, sutkasiga 1,5 g dan yuqori emas, 10 kun davomida.
    Muolaja davomiyligi v/i yuborilganda – 3-7 kun, m/o yuborilganda – 7-10 kun.
    Chala tug'ilgan chaqaloqlarga boshlang'ich dozasi – 10 mg/kg, keyin 7,5 mg/kg har 18-24 soatda.
    Yangi tug'ilgan chaqaloqlarga boshlang'ich dozasi – 10 mg/kg, keyin 7,5 mg/kg har 12 soatda 7-10 kun davomida.
    Kuygan bemorlarga ushbu bemorlarning T½ qisqa bo'lganligi uchun (1-1,5 soat) 5-7,5 mg/kg dozasi talab qilinishi
    mumkin, har 4-6 soatda.
    V/i amikasin tomchilatib yuboriladi, 30-60 daqiqa davomida, zarur holatlarda – oqim bilan. V/i yuborilganda m/o
    yuborilgandagi eritmalar ishlatiladi, faqat ular dekstrozaning 200 ml 5% li yoki natriy xloridning 0,9% li
    eritmasiga qo'shiladi. Amikasinning kontsentrasiyasi v/i yuboriladigan eritmada 5 mg/ml dan oshmasligi kerak.
    O'ziga hos klinik holatlarda qo'llanilishi
    Buyrak etishmovchiligi mavjud bo'lgan bemorlarda dozalash rejimini tuzatish talab qilinadi.
    Buyraklarning ajratish faoliyati buzilganda dozani kamaytirish yoki yuborishlar orasidagi intervalni
    uzaytirish lozim. Yuborishlar orasidagi interval uzaytirilganda (agar kk (kreatinin klirensi) noma'lum,
    bemorning holati esa turg'un bo'lsa) preparatni yuborish intervali quydagi formula orqali o'rnatiladi:
    Interval (soat) = zardob kreatinin kontsentrasiyasi × 9.
    Agar zardob kreatinin kontsentrasiyasi 2 mg/ml ni tashkil qilsa, tavsiya qilingan bir martalik dozasini (7,5 mg/kg)
    har 18 soatda yuborish kerak. Interval uzaytirilganda bir martalik doza o'zgartirilmaydi.
    O'zgarishsiz dozalash rejimida bir martalik doza kamaytirilganda buyrak etishmovchiligi mavjud bo'lgan
    bemorlarda birinchi doza 7,5 mg/kg ni tashkil qiladi. Keyingi dozalarni hisoblash quydagi formula orqali amalga
    oshiriladi:
    Keyingi doza (mg), har 12 soatda yuboriladigan = bemorning kk (ml/daqiqa) ni × boshlang'ich dozasi (mg)/kk normada
    (ml/daqiqa).
    Gemodializ seansidan so'ng qo'shimcha doza buyurilishi mumkin – 3-5 mg/kg
    Belgilari: toksik reaktsiyalar (eshitish qobiliyatining yo'qolishi, ataksiya, bosh aylanishi, siyishni bzilishi,
    chanqoq, ishtahaning pasayishi, ko'ngil aynishi, qusish, quloqning shang'illashi yoki bitishi, nafasning buzilishi).
    Davolash: simtomatik. Nerv-mushak o'tkazuvchanligi blokadasi va uning asoratini bartaraf qilish uchun –
    gemodializ yoki peritoneal dializ; antixolinesteraz vositalar, kaltsiy tuzlari, o'pkaning sun'iy ventilyasiyasi,
    boshqa simptomatik va tutib turuvchi terapiya.
    Qo'llash mumkin emas (Ramkasin yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi va homilaga nisbatan ototoksik ta'sir ko'rsatishi mumkin). Homilaga ta'sir qilish kategoriyasi FDA bo'yicha "D". Ramkasin oz miqdorda ko'krak suti bilan ajraladi. Preparatni laktasiya davrida qo'llanganida, muolaja vaqtida va undan keyin (bir necha kun davomida) ko'krak bilan emizishni to'xtatib turish lozim.

    Fikr qoldirish
    Baho:
                  
    Matnni kiriting

    Ismingiz
    Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

    Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

    Savol qoldirish

    Mulohazalar

    RAMKASIN inyektsiyasi uchun eritmasi 2ml 100mg/2ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
    Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
    RAMKASIN inyektsiyasi uchun eritmasi 2ml 100mg/2ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
    RAMKASIN inyektsiyasi uchun eritmasi 2ml 100mg/2ml N10 dori vositasi Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd, Индия произведено: Nitin Lifeciences Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
    RAMKASIN inyektsiyasi uchun eritmasi 2ml 100mg/2ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
    RAMKASIN inyektsiyasi uchun eritmasi 2ml 100mg/2ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

    Analoglar
    AMIKOR eritma 2ml 500mg/2ml N1
    Narh: 43 300 so'mdan Batafsil
    AMIKOR eritma 2ml 100mg/2ml N1
    Narh: 26 800 so'mdan Batafsil
    Ishlab chiqaruvchining dorilari
    RAMKASIN inyeksiya uchun eritma 2ml 500mg/2ml N10
    • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
    • Ishlab chiqaruvchi: Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd, Индия произведено: Nitin Lifeciences Ltd
    Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
    • A
    • B
    • D
    • E
    • F
    • G
    • H
    • I
    • J
    • K
    • L
    • M
    • N
    • O
    • P
    • Q
    • R
    • S
    • T
    • U
    • V
    • X
    • Y
    • Z
    • Ch
    • Sh
    • 0-9