×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

REEPITOL maz 30g N1

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Греция
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- HELP S.A.,
Vakil:
- VEGAPHARM
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ATROVENT eritma dlya ingalyasiy 20ml 0,25mg/ml Boehringer Ingelheim International GmbH, Германия произведено: Istituto de Angeli S.R.L.Loc. Italiya
58 000 s`om dan
DENTOKIND tabletkalari N150 Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG Germaniya
85 000 s`om dan
ShREYTON kapsulalar N30 Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd. Hindiston
VODA DLYA IN‘EKSIY eritma 2ml N5 Jurabek Laboratories СП ООО O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
30 g balzam buraladigan qopqoq bilan alyumin yoki PE/al/PE tubalarda.

1 tubadan davlat va rus tilidagi qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birgalikda karton qutiga joylashtiriladi.

Balzamning asosiy ta'sir mexanizmi - yaraning ustida bevosita himoya qatlamini hosil qilish. Balzam mikroblarga qarshi ta'sirga egadir va antimikrob to'siqni hosil qiladi. Ushbu mexanik to'siq yarani mikrobiologik ifloslanishdan himoya qiladi, infektsiyani oldini oladi (patogen mikroorganizmlar yarani davolashni susaytiradi), terining qayta epitelizasiyasiga va yaralarni tabiiy davolashga yordam beradi. Oddiy qoraqarag'ayning elimi dori emasligi sababli uning farmakologik faolligi o'rganilmagan.
faol modda: tozalangan qoraqarag'ayning elimi (taxminan 65% etanoldagi eritmasi) – 176,4 mg; 

yordamchi moddalar: vazelin, mikrokristalli mum, suyuq parafin, Montane 481 VG (sorbitan oleat, asalari mumi, gidrogenizirlangan kanakunjut moyi, stearin kislotasi aralashmasi).

Reepitol qo'llanilganida elim tarkibidagi moddalarga allergik reaktsiya bo'lishi mumkin. Qo'llanilgan yuzada allergik reaktsiya mahalliy terining tirnash xususiyati bilan namoyon bo'ladi (allergik kontakt dermatit). Aholining taxminan 1-3% elimga allergiyasi bor. Elim asosidagi balzamning qo'llanilishini allergiyaning biron bir simptomlari aniqlanganida bekor qilinishi zarur.

Agar elimlarga sezuvchanlik noma'lum bo'lsa, Reepitolni terining katta bo'lmagan yuzasida sinovdan o'tkazish kerak. Agar allergik alomatlar 3 kun ichida paydo bo'lsa (qichishish, qizarish, shishish, po'rsildoqlar va hokazolar), Reepitol balzamidan foydalanish mumkin emas. Agar davolanish davrida allergiya alomatlari keyinroq paydo bo'lsa, Reepitol balzamidan foydalanishni darhol to'xtatish kerak. Shoshilinch holatlarda siz shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi

Homiladorlik va emizishda nojo'ya samaralar ehtimoli haqidagi ma'lumot yo'q. Amaliyot tajribasi kamligi sababli, Reepitol homiladorlik va emizish vaqtida qo'llanmasligi kerak.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Avtotransport vositalarini boshqarish va potentsial xavfli harakatlanadigan mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Reepitol yuqtirilgan va yuqtirilmagan, o'tkir va surunkali terining shikastlanishini davolash uchun ishlatiladi: shilinish, yoriqlar, kuyish yaralari, trofik yoki diabetik yaralar, murakkab xirurgik yaralar va ochiq po'rsildoqlar.  

Balzamning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Klinik jixatdan muhim o'zaro tasirlar qayt etilmagan.

25ºС dan yuqori bo'lmagan haroratda, quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!


Yaroqlilik muddati

5 yil. 

Birinchi ochilgandan keyin, hona xaroratida 1 yildan ortiq saqlanmasin.

Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Kattalarga va bolalarga: shilinishlar, terining shikastlanishlarini suv bilan yuvish va quritish kerak. Yaralarning yuzasi va ochilgan pufakchalar shifokor yoki hamshiraning tavsiyalariga binoan tozalanadi. Reepitol balzamini bevosita shikastlangan teri yuzasiga kuniga 1-2 marta surtish kerak. Zarurat tug'ilganida, shikastlangan teri yuzasiga havo o'tkazuvchi doka yoki bint bilan himoyalash kerak. 

Reepitol yaraning sirtida antimikrob plyonka hosil qiladi, u yarani ifloslanishlardan himoyalaydi va samarali bitishiga yordam beradi. Balzamning ko'zlarga yoki og'izga tushib qolishidan saqlaning.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

REEPITOL maz 30g N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
REEPITOL maz 30g N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
REEPITOL maz 30g N1 dori vositasi HELP S.A., tomonidan Греция mamlakatida ishlab chiqarilgan.
REEPITOL maz 30g N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
REEPITOL maz 30g N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9