×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

REMVEKS eritma 4,55g N10

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Парацетамол, Фенилэфрин, Аскорбиновая кислота
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

24 000 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
RINZA tabletkalari N10 Джонсон & Джонсон, OOO, Россия произведено: Unique Pharmaceutical Laboratories Hindiston
IBUFAST tabletkalari N100 Triumph Lifesciences Pvt. Ltd., Индия произведено: Artura Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
78 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
REMVEKS eritma 4,55g N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

REMVEKS®

REMVEX

 

Preparatning savdo nomi: Remveks®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Parasetamol, askorbin kislotasi, feniramin maleati.

Dori shakli: Ichga qabul uchun eritmani tayyorlash uchun kukun

Tarkibi:

1 sashe-paket quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: Parasetamol – 500 mg, askorbin kislotasi – 200 mg, feniramin maleati –  25 mg.

Yordamchi moddalar: mannitol, limon kislotasi, magniy sitrati, aspartan, polivinilpirolidon, limon hidli ozuqa xushbo‘yi.

Ta‘rifi: Oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli o‘ziga xos hidli kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: O‘tkir respirator kasalliklarni belgilarini barataf qilish uchun vosiatlar.

ATX kodi: N02BE51

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat.

Parasetamol – asosan markaziy nerv tizimida prostaglandinlarning sintezini tormozlanishi va kam darajada og‘riq impulslarini hosil bo‘lishini bloklanishi orqali og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Periferik ta‘sirlar, shuningdek prostaglandinlar sintezini tormozlanishi yoki sintezini susayishi yoki boshqa og‘riq reseptorlarini mexanik yoki kimyoviy rag‘batlantirishga sezgirligiga javobgar bo‘lgan boshqa substansiyalarning ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Askorbin kislotasi – oksidlanish – qaytarilish jarayonlarini, uglevodlar almashinuvini, qon ivishini, to‘qimalarning regenerasiyasini, steroid gormonlarning sintezini boshqarilishida ishtirok etadi, qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, V1, V2, A, Ye, vitaminlar, folat kislotasi, pantoten kislotasiga bo‘lgan extiyojini kamaytiradi. Parasetamolning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi va uning ta‘sirini uzaytiradi (yarim chiqarilish davrini uzayishi bilan bog‘liq). Organizmni qarshiligini oshiradi.

Feniramin maleati – allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Effektor hujayralarning N1-reseptorlari uchun gistamin bilan raqobat qilib, ular orqali amalga oshiriladigan gistaminning ta‘sirini (to‘qimalarning shishi va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini oshishi) bartaraf qiladi, ammo agar ular rivojlangan bo‘lsa, uning samaralarini, yo‘qota olmaydi. Burunni bitishi, tumovni va aksa urishini qo‘shimcha kamayishini ta‘minlaydi.

 

Farmakokinetikasi

Parasetamol – asosan yumshoq to‘qimalarda tez va bir tekis taqsimlanadi, yarim chiqarilish davri (T1/2) 1,25 dan 3 soatga teng. Jigarda mikrosomal ferment tizimi orqali metabolizmga uchraydi. Og‘iz orqali qabul qilingan parasetamol dozasining taxminan 85% siydik bilan (erkin va konyugiasiyalangan parasetamol ko‘rinishida) 24 soat davomida chiqariladi.

Askorbin kislotasi – me‘da-ichak yo‘llarida (ingichka ichakdan) yaxshi so‘riladi va to‘qimalarda taqsimlanadi, ayniqsa buyrak usti bezlarida. Asosan jigarda dezoksiaskorbin va keyinchalik shovulsirka va diketogulon kislotasiga aylanib metabolizmga uchraydi. O‘zgarmagan askorbat va metabolitlari siydik, axlat, ter, ko‘krak suti bilan chiqariladi.

Feniramin maleati – ichga qo‘llanilgandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan asta-sekin, lekin to‘liq so‘riladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – yuqori (72%). Biotransformasiyasi jigarda, hamda buyraklarda amalga oshadi. Yarim chiqarilish davri – 14-25 soat, organizmdan buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Gripp, «shamollash», o‘tkir respirator virusli infeksiyalar, burun yondosh bo‘shliqlarini yallig‘lanishi (peshona qismi, gaymorit) simptomlarini bartaraf etish /kasallik belgilarini kamaytirish  maqsadida:

– bosh og‘rig‘i, bo‘g‘im va mushaklarda og‘riqlar, (tana zirqirashi), tomoq og‘rig‘i;

– tana haroratini oshishi;

– burundan nafas olishni buzilishini (burun “bitishi”);

– burunni okishini;

– aksirishni, burun, ko‘z qichishishini, tomoqda «qichishish» hissini;

– ko‘zni yoshlanishini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga 1 sashe – paketchadan sutkada 2-3 marta buyuriladi.

1 sashe – paketchaning ichidagisi yetarli miqdordagi (kamida 200 ml) qaynoq suvda eritiladi. Preparatni qabullari orasidagi interval 4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Buyrak yetishmovchiligida preparatning qabullari orasidagi interval kamida 8 soatni tashkil qilishi kerak. Qabul qilish davomiyligi shifokor maslahatisiz og‘riq qoldiruvchi vositasi sifatida buyurilganda 5 kundan, isitma tushiruvchi vositasi sifatida 3 kundan oshmasligi kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish), ko‘ngil aynishi, epigastral og‘riqlar, anemiya, tromositopeniya; og‘izni qurishi, akkomodasiya falaji, siydikni tutilishi, uyquchanlik. Uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganida – gepatotoksik ta‘siri, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, pansitopeniya; me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishi, ma‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar, nefrotoksiklik (papillyar nekroz).

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Parasetamolga, askorbin kislotasiga, feniramin maleatiga yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (zo‘rayish bosqichidagi), buyrak yetishmovchiligi, portal gipertenziya, alkogolizm, glyukozo-6-fosfat degidrogenaza tanqisligi, bolalar (15 yoshgacha), homiladorlik (I va III uch oyligi) va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Etanol feniramin maleatining sedativ ta‘sirini kuchaytiradi.

Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi, antipsixotik (fenotiazin hosilalari) dori vositalari preparatning nojo‘ya samaralari rivojlanishi xavfini (siydikni tutilishi, og‘izni qurishi, qabziyatlar) oshiradi.

Glyukokortikosteroidlarni birga qabul qilish glaukoma rivojlanishi xavfini oshiradi. Mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampisin, fenilbutazon, trisiklik antidepressantlar) gidroksid guruhi qo‘shilgan faol metabolitlar hosil bo‘lishini oshiradi, bu preparatning dozasi biroz oshirib yuborilganida intoksikasiya rivojlanishi xavfini oshiradi. Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (simetidin) gepatotoksik ta‘siri xavfini pasaytiradi.

Parasetamol urikozurik dori vositalarini samaradorligini pasaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bilan davolash fonida 3 kundan ortiq davom etgan gipertermiyada va 5 kundan ortiq og‘riq sindromida shifokor maslahati talab qilinadi.

Preparatni qabul qilish glyukoza va siydik kislotasini plazmadagi miqdorini aniqlashda laboratoriya tekshirishlarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartiradi. Davolash vaqtida periferik qon manzarasini va jigarning funksional holatini nazorat qilishi kerak.

Tug‘ma giperbilirubinemiyada (Jilber, Dubina-Jonson va Rotor sindromlari), yopiq burchakli glaukomada, prostata bezini giperplaziyasida ehtiyotkorlik bilan qabul qilinadi.

Davolash davrida etanol iste‘mol qilishdan (gepatotoksik ta‘sirni rivojlanishi mumkin), avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaksiyalarini talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshib yuborilishi

Kattalarda toksik ta‘siri preparat tarkibida parasetamolni 10-15 g dan ko‘p qabul qilganda bo‘lishi mumkin: simptomlari (parasetamol bilan bog‘liq bo‘lgan): teri qoplamalarini oqarishi, ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish; gepatonekroz (intoksikasiya oqibatidagi nekrozning yaqqolligi bevosita dozani oshirib yuborish darajasiga bog‘liq), «jigar» transaminazalari faolligini oshishi, protrombin vaqtini (qabul qilishdan 12-48 soatdan keyin) uzayishi, jigarning shikastlanishini keng «klinik» manzarasi 1-6 kundan keyin namoyon bo‘ladi. Kam hollarda: jigar yetishmovchiligi yashin tezligida rivojlanadi va buyrak yetishmovchiligi bilan asoratlanishi (tubulyar nekroz) mumkin.

Dozani oshirib yuborishdan keyingi birinchi 6 soatda davolash – me‘dani yuvish, SH-guruhi donatorlarini va glutation – metionin sintezi o‘tmishdoshlarini doza oshirib yuborilganidan 8-9 soatdan va N-asetilsisteinni 12 soatdan keyin yuborish. Qo‘shimcha terapevtik tadbirlarni o‘tkazish zarurati (keyinchalik metionin, N-asetilsisteinni vena ichiga (v/i) ga yuborish) parasetamolning qondagi konsentarsiyasiga, shuningdek uni qabul qilgandan keyin o‘tgan vaqtga qarab aniqlanadi.

 

Chiqarilish shakli

Ichga qabul uchun eritmani tayyorlash uchun kukun sashe – paketchalarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

REMVEKS eritma 4,55g N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
REMVEKS eritma 4,55g N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
REMVEKS eritma 4,55g N10 dori vositasi Remedy, СП ООО Узбекско-Британское tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
REMVEKS eritma 4,55g N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
REMVEKS eritma 4,55g N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
RINIL XOTMIKS poroshok so vkusom apelsina 5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Аскорбиновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
RINIL XOTMIKS poroshok so vkusom apelsina 5g N5
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
RINIL XOTMIKS poroshok so vkusom limona 5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Аскорбиновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
RINIL XOTMIKS poroshok so vkusom limona 5g N5
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
KOLDREKS XOTREM eritma 5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Аскорбиновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Consumer Healthcare, Великобритания произведено: SmithKline Beecham SA
Ishlab chiqaruvchining dorilari
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Metronidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Metronidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 1%
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 20ml 1%
Narh: 1 500 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL sirop 40ml 2,4%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Parasetamol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL sirop 50ml 2,4%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Parasetamol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
BOROMENTOL maz 10g
OMIZOL kapsulalar 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Omeprazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
OMIZOL kapsulalar 20mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Omeprazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
BRONXOSOL sirop 40ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ambroksol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
OKSOLIN maz 10 g 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
SALISILOVO SINKOVAYA pasta 25g
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
TETRASIKLIN kapsulalar 250 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
TETRASIKLIN kapsulalar 100 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
STREPTOSIDOVAYA maz 25g 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
SOLODKOVOGO KORNYA sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
SOLODKOVOGO KORNYA sirop 90ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
SOLODKOVOGO KORNYA sirop 50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
SOLODKOVOGO KORNYA sirop 40ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
SENADEKSIN REMEDY tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
AMPISILLIN REMEDY kapsulalar 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
AMPISILLIN REMEDY kapsulalar 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
METILURASILOVAYA maz 15g 10%
AMOKSISILLIN poroshok 100 ml 125 mg/5 ml
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
OKSOLIN maz 40 g 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9