×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Repo in'ektsiya eritmasi 0,4 ml N1

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Китай
Faol modda:
рекомбинантный эритропоэтин человека
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Beijing Four Rings Bio-pharmaceutical Co., Ltd.
Vakil:
- Asia Pharm Consulting
ATX kodi:
- V03XA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

117 000 s`om dan
BETADERM maz 15g Валеант, OOO, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A. Polsha
33 000 s`om dan
LAKTOSPEY DRINK eritma 10ml O.F.I. Officina Farmaceutica Italiana S.p.A Buyuk Britaniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
2000 XB/0,4 ml /to'ldirilgan shpris alohida qutida;

4000 XB/0,8 ml /to'ldirilgan shpris alohida qutida;

6000 XB/0,6 ml /to'ldirilgan shpris alohida qutida.

Tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga.

O'sishning gematopoetik omili bo'lgan rekombinant odam eritropoetini (tozalangan glikoproteid).

Gen injeneriya usuli bilan olingan. Eritrositlar, retikulesitlar sonini oshiradi, xujayralarda gemoglabin sintezini rag'batlantiradi. Leykopoezga ta'sir ko'rsatmaydi. Eritropoetin xujayralar yuzasidagi spesifik eritropoetin reseptorlari bilan o'zaro ta'sir qiladi deb taxmin qilinadi.

1 to'ldirilgan shpris quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Rhuero (rekombinant odam eritropoetini);

yordamchi moddalar: limon kislotasi, natriy tsitrati, natriy xloridi, odam zardobi albumini, in'ektsiya uchun suv

Yaxshi perfuziyalanadigan a'zolarga kiradi. Buyraklar va jigarda metabolizmga uchraydi. Buyraklar orqali va o't-safro bilan chiqariladi (shu jumladan, 0.1% o'zgarmagan xolda). Teri ostiga yuborilgandan keyin yarim chiqarilish davri 3-5 soatni tashkil qiladi.

Yurak- qon tomir tizimi tomonidan: AB ni oshishi, arterial gipertenziyani kechishini yomonlashishi, gipertonik kriz.

MNT tomonidan: ko'proq gipertonik krizlarda rivojlanadigan entsefalopatiya (bosh og'rig'i, shu jumladan migrensimon; ongni chalkashishi: sezgi va xarakat buzilishlari; nutq va yurishni buzilishi, toniko-klonik tirishishlar).

Qon yaratish tizimi tomonidan: buyrak etishmovchiligi va kamqonligi bo'lgan bemorlarda dozaga    bog'liq             trombositlar    sonini oshishi            mumkin          (me'yorning    chegaralaridan chiqmaydigan), ayniqsa preparat vena ichiga yuborilganida; kam xolatlarda- trombositoz.

Ko'pchilik hollarda (ayniqsa chala tugilgan bolalarda) gematokrit oshishi bilan bir vaqtda, zardobda ferritinning miqdori pasayadi.

Allergik reaktsiyalar: kam xollarda -toshma, qichishish, eshakemi, in'ektsiya joyida allergik reaktsiyalar. Anafilaktoid reaktsiyalarning alohida xollari ta'riflangan.

1.Ortiqcha eritrositdan saqlanish uchun vaqti-vaqti bilan (qo'llashni boshida haftada bir marta, tutib turuvchi fazada ikki xaftada bir marta) gematokritni o'lchash kerak. Ortiqcha eritropoez paydo bo'lganida, davolanishni qisqa muddatli to'xtatilish kabi, muvofiq chora ko'rish kerak.
2.              Bu maxsulotni qo'llash giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin. Bunday xolda muvofiq parxezni va davolashni, kaliyning darajasi me'yoriga kelguncha qo'llash kerak.
3.              Miokard infarkti, o'pka emboliyasi va yurak-qon tomir buzilishlari bo'lgan pasientlar, hamda kasallik tarkibida preparatga o'ta yuqori sezuvchanlik yoki o'ta yuqori sezuvchanlikka moyilligi bo'lgan pasientlar, preparatni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.
4.              Davolash vaqtida gemopoezni temirga talabni oshishiga olib keladi. Odatda zardobli temirning darajasini pasayishi kuzatiladi. Agarda zardobda temirning daarajasi 100 mkg/l dan pasaysa yoki transferrin bilan to'yinish chegarasi 20 % past bo'lsa, har kuni qo'shimcha temir iste'mol qilish kerak.
5.              Bolalar uchun xavfsizligi etarlicha yaxshi o'rganilmagan.
6.              Folat kislotasini va tsianokobalamin (vitamin V12) tanqisligi, shuningdek alyuminiy intoksikasiyasi terapevtik ta'sir ko'rsatadi.
7.              Suyak ko'migining o'smasi bo'lgan pasientlar preparatni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.
  Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi
Homiladorlik va laktasiya davrida epoetin alfa bilan davolashni ona uchun kutilgan foydasi, onaga ham, xomila yoki bolaga xam nojo'ya samaralar rivojlanishi potentsial xavfidan yuqori bo'lgan xolda qo'llanadi.  

Geriatriyada ishlatilishi

REPO® qabul qilayotgan keksa pasientlarda qon bosimi va gematokritni sinchiklab kuzatib borish kerak, dozalar va qAbul qilish vaqtini oshirishni to'g'rilash kerak.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Shifokor tavsiyasi bo'yicha.

- surunkali buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (shu jumladan dializda bo'lgan pasientlarda) buyrak genezli kamqonlikni davolash;

-  endogen eritropoetinning nisbiy etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda, mieloma kasalligi va noxodjkin limfoma xavfli darajasi past yoki oraliq bo'lgan buyrak genezli kamqonlikni davolash;

- Latina preparatlari bilan ximioterapiya olayotgan yirik o'smali bemorlardagi kamqonligini oldini olish va davolash;

-  xomiladorlikni 34-chi haftasigacha 750-1500 g tana vazni bilan tug'ilgan, chala erta tug'ilgan chaqaloqlardagi kamqonlikni oldini olish;

-  gemotransfuziyadan saqlanish maqsadida keyingi autotransfuziyalar uchun mo'ljallangan donor qoni xajmini oshirishda qo'llaniladi.

- epoetin Alfaga yuqori sezuvchanlik;

- nazorat qilib, bo'lmaydigan arterial gipertenziya;

- keyingi autotransfuziya uchun donor qoni xajmini oshirish maqsadida buyurilganda;

- Dastlabki oylar davomida o'tkazilgan miokard infarkti va bosh miya insulti;

- barqaror bo'lmagan stenokardiya;

- anamnEZdagi tromboemboliyada qo'llash mumkin emas.

Qon yaratilishiga ta'sir qiladigan (masalan, temir preparatlari) preparatlarni bir vaqtda

qo'llash, reponi eritropoezga rag'batlantiruvchi ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Farmasevtik o'zaro ta'siri
Nomutanosiblikdan yoki preparatning faolligini pasayishidan saqlanish uchun quyidagi tartibga rioya qilish kerak. Preparatni boshqa dorilar yoki in'ektsiyali eritmalar bilan aralashtirmaslik kerak.

+2.....+80 С haroratda saqlansin. Yorug'likdan himoya qilinsin. Muzlatilmasin, silkitilmasin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

Chiqarilgan sanasidan boshlab 2 yil. Yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

tiniq, rangsiz eritma.
REPO® malakali shifokorlarning kuzatuvi ostida, xaftada 2-3 marta teri ostiga yoki vena ichiga yuborilishi kerak. Dozalar kamqonlikning og'irligi, yosh va boshqa shu bilan bog'liq omillar kabi pasientning holatiga muvofiq to'g'rilangan bo'lishi kerak. Quyidagi tartibda tanlang:

1.              Terapevtik faza: Dializdagi pasientlar uchun tavsiya qilingan boshlang'ich doza tana vazniga 100-150 XB/kg ni tashkil qiladi, dializda bo'lmagan pasientlar uchun -50-100 XB/kg. Agarda gematokritning oshishi xafta davomida 0,5 xajm% dan kamroqqa etsa 4 xafta o'tgach doza 15-30 XB/kg ga oshirilishi mumkin. Ammo 30-33 hajm % (lekin 36 hajm% dan ko'p emas) qiymatli gematokritning maqsadli darajada tutib turish uchun dozani maksimal oshirish 30 XB/kg dan oshmasligi kerak.

2.              Tutib turuvchi doza: gematokrit maqsadda taklif qilingan diapazoniga (30-33 xajm %) etgach yoki gemoglabin 100-110 g/l etgan zaxoti, bunday daraja REPO®ni tutib turuvchi terapiyani o'tkazish bilan tutib turilishi mumkin. Dozani terapevtik fazaning 2/3 gacha to'g'rilash tavsiya qilinadi. Yuqorida ko'rsatilgan daraJani tutib turish uchun xar 2-4 xaftada gematokrit nazorat qilinadi.

3.              Gemodializdagi pasientlar preparatni vena ichiga qabul qilganlari yaxshiroq, Peritoneal dializdagi pasientlar preparatni teri ostiga qabul qilganlari yaxshiroq. Dializ qilinmaydigan pasientlarga xolatga qarab teri ostiga yoki vena ichiga in'ektsiya ko'rsatilgan.

REPO® polisitemiyaga olib kelishi mumkin, u yurak - qon tomir tizimida letal asoratlar chaqirishi mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Repo in'ektsiya eritmasi 0,4 ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Repo in'ektsiya eritmasi 0,4 ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Repo in'ektsiya eritmasi 0,4 ml N1 dori vositasi Beijing Four Rings Bio-pharmaceutical Co., Ltd. tomonidan Китай mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Repo in'ektsiya eritmasi 0,4 ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Repo in'ektsiya eritmasi 0,4 ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
REPOGEM eritma 1 ml 2000 ME N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: рекомбинантный эритропоэтин человека ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC Genetech Biotechnology Co.Ltd
  • Vakil: Pharmline Plus MChJ
Narh: 152 300 so'mdan Batafsil
ERIPRO SEYF 10000 inyeksiya uchun eritma 1ml 10000ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: рекомбинантный эритропоэтин человека ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Biocon Limited
ERIPRO SEYF 4000 inyeksiya uchun eritma 1ml 4000ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: рекомбинантный эритропоэтин человека ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Biocon Limited