×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RESTATOR tabletkalari 40mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Makedoniya
Faol modda:
Аторвастатин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Vegafarm LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje
ATX kodi:
- C10AA05
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50 Radiks, ЧНПП O'zbekiston
5 600 s`om dan
GEPARINOVAYA maz 25g Зеленая Дубрава, ЗАО Rossiya
11 200 s`om dan
ATORVAKOR tabletkalari 20mg N30 Фармак, ПАО Ukraina
30 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RESTATOR tabletkalari 40mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RESTATOR

RESTATOR

 

Preparatning savdo nomi: Restator

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): atorvastatin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka.

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 10 mg, 20 mg, 40 mg atorvastatinga ekvivalent bщlgan atorvastatin kalsiy trigidrati;

yordamchi moddalar: kalsiy karbonati kukuni, laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, povidon, polisorbat 60, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, talk, magniy stearati.

qobig‘i: opadri oq 03F28342.

Ta‘rifi: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq yuzali, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: gipolipedemik vosita – GMG-KoA-reduktaza ingibitori.

ATX kodi: S10AA05

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Atorvastatin GMG-KoA-reduktaza – 3-gidroksi-3-metil-glyutaril-koenzim A ni sterollarning o‘tmishdoshi mevalonat, shu jumladan xolesteringa aylanishi uchun javobgar xolesterin biosintezining chegaraviy tezligini belgilovchi fermentning selektiv raqobatli ingibitori bo‘lib hisoblanadi. Jigarda trigliseridlar va xolesterin juda yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (JYUZLP) tarkibiga kiradi, qon plazmasiga tushadi va periferik to‘qimalarga tashiladi. JYUZLP dan past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) hosil bo‘ladi, ular asosan PZLP yuqori affin reseptorlar bilan o‘zaro ta‘siri orqali katabolizmga uchraydi.

Atorvastatin GMG-KoA-reduktazani va jigarda xolesterin sintezini ingibisiya qilish hisobiga, shuningdek PZLP ni tutib olinishi va katabolizmini oshiruvchi xujayra yuzasidagi “jigar” PZLP reseptorlarining sonini oshirish hisobiga qon plazmasida xolesterin va lipoproteinlar darajasini pasaytiradi.

Atorvastatin PZLP ishlab chiqarilishini va PZLP zarrachalari miqdorini kamaytiradi. Atorvastatin aylanib yuruvchi PZLP zarrachalarining ijobiy o‘zgarishlari bilan birga PZLP reseptorlarining faolligini yaqqol va barqaror oshishini chaqiradi.

Boshqa gipolipidemik vositalar bilan davolashga rezistent gomozigot nasliy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan bemorlarda PZLP darajasini kamaytiradi.

Doza/samara nisbati bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar atorvastatin u yoki bu darajada YUZLP xolesterin va apolipoprotein A darajalarini bir vaqtda oshishini chaqirib, umumiy xolesterin (30-46% ga), PZLP xolesterin (41-61% ga), apolipoprotein V (34-50% ga) va trigliseridlar (14-33% ga) darajasini pasaytirishini namoyish etgan. Bu natijalar geterozigot oilaviy giperxolesterinemiya, giperxolesterinemiyaning oilaviy bo‘lmagan shakllari va aralash giperlipedemiya, shu jumladan insulinga qaram bo‘lmagan qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda bir xil bo‘lgan.

Umumiy xolesterin, PZLP xolesterin va apolipoprotein V ning darajasini pasayishi tufayli, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi va muvofiq ravishda o‘lim xavfi kamayadi. Atorvastatinni yurak-qon tomir kasallanishiga va o‘limga ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar hozircha yakunlanmagan.

Preparatni keksa pasientlarda qo‘llaganda umumiy populyasiyagan qaraganda xavfsizlik, samaradorlik yoki gipolipidemik davolashning maqsadlariga erishishdagi farqlar kuzatilmagan.

Farmakokinetikasi

Atorvastatin ichga qabul qilingandan keyin qonga tez so‘rilgan. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 1-2 soat davomida erishiladi, ayollarda Smax 20% ga yuqori, “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) – 10% ga past; jigarning alkogolli sirrozi bo‘lgan bemorlarda Smax 16 marta, AUC – 11 marta oshadi. Ovqat qabul qilish preparatning so‘rilish tezligi va davomiyligini biroz (muvofiq ravishda 25% va 9%) pasaytiradi, lekin xolesterin darajasini pasaytirish atorvastatinni ovqatsiz qabul qilgandagiga o‘xshash. Atorvastatinning mutloq biokiraolishligi taxminan 12% ni, GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibisiya qiluvchi faolligini belgilovchi tizimli bikiraolishligi – 30% ni tashkil qiladi. Tizimli bikiraolishligini pastligi me‘da-ichak yo‘llarining shilliq qavatida va jigar orqali “birinchi o‘tishdagi” tizim oldi metabolizmi bilan bog‘liq.

Atorvastatinning o‘rtacha taqsimlanish xajmi taxminan 381 l ga teng. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 98%.

Atorvastatin jigarda farmakologik faol metabolitlarini (orto- va paragidroksilizasiya qilingan hosilalari, beta-oksidlanish mahsulotlari) hosil qilib, sitoxrom R450 ning CYP3A4, CYP3A5 va CYP3A7 izofermentlari ishtirokida metabolizmga uchraydi. In vitro sharoitda orto- va paragidroksilizasiya qilingan metabolitlari atorvastatinga o‘xshash GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibisiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatning GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibisiya qiluvchi faolligining taxminan 70% aylanib yuruvchi metabolitlarining faolligiga to‘g‘ri keladi.

Atorvastatin jigar va/yoki jigardan tashqari metabolizmidan (yaqqol ichak-jigar resirkulyasiyasiga uchramaydi) keyin asosan safro bilan chiqariladi.

Yarim chaqarilish davri – 14 soat. GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibisiya qiluvchi faolligi faol metabolitlarining mavjudligi hisobiga taxminan 20-30 soat saqlanadi. Preparatning qabul qilingan dozasining 2% dan kamrog‘i siydikda aniqlanadi. Gemodializda chiqarilmaydi.

Atorvastatin – GMG-KoA-reduktaza fermentini ingibisiya qilish orqali ta‘sir ko‘rsatuvchi gipolipemik preparatdir. Bu fermentni ingibisiya qilish jigarda mevalon kislotasi va xolesterin sintezini izdan chiqaradi. Bu orqali atorvastatin qonda lipidlar darajasini boshqarishda ishtirok etadi.

Qo‘llanilishi

  • umumiy xolesterin, PZLP xolesterin, apolipoprotein V va trigliseridlarning oshgan darajasini pasaytirish va YUZLP xolesterin darajasini oshirish uchun parhez bilan birga giperxolesterinemiya, geterozigot oilaviy va oilaviy bo‘lmagan giperxolesterinemiya va majmuaviy (aralash) giperlipidemiyasi (Fredrikson bo‘yicha IIa va IIb tiplari) bo‘lgan pasientlarda;
  • parhez bilan davolash adekvat samara bermagan zardobda trigliseridlar darajasi yuqori (Fredrikson bo‘yicha IV tipi) bo‘lgan bemorlar va disbetalipoproteinemiyasi (Fredrikson bo‘yicha III tipi) bo‘lgan bemorlarda;
  • parhez bilan davolash va davolashning farmakologik bo‘lmagan usullari yetarli samarador bo‘lmaganida umumiy xolesterin va PZLP xolesterin darajasini pasaytirish uchun gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni kunning istalgan vaqtida sutkada bir marta ovqatlanishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin. Dozani PZLP xolesterinning dastlabki darajasi, davolashning maqsadi va pasientning davolashga reaksiyasiga qarab individual ravishda tanlash kerak. Davolashni boshida va/yoki Restator dozasini oshirish vaqtida har 2-4 xaftada qon plazmasida lipidlar darajasini nazorat qilish va tegishli ravishda dozaga tuzatish kiritish kerak. Dozaga tuzatish kiritishni kamida 4 xaftalik interval bilan amalga oshirish kerak. Maksimal sutkalik dozasi 80 mg ni tashkil qiladi.

Yurak ishemik kasalligi (YUIK) aniqlangan pasientlar uchun va yurak-qon tomir asoratlarining yuqori xavfiga ega boshqa pasientlarda lipidlarning darajasini muvofiqlashtirishning quyidagi maqsadlariga erishish tavsiya etiladi: PZLP xolesterin 3,0 mmol/l (yoki 115 mg/dl dan kam) va umumiy xolesterin 5,0 mmol/l (yoki 190 mg/dl dan kam).

Geterozishot oilaviy giperxolesterinemiya. Har 4 xaftada dozaga individual ravishda tuzatish kiritiladi, ungi kuniga 40 mg gacha yetkazish kerak. Shundan so‘ng dozangi kuniga 80 mg ga teng maksimal darajagacha oshirish yoki 40 mg Restator va o‘t kislotasining sekvestrantini majmuaviy buyurish kerak.

Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiya. 80 mg dozada sutkada 1 marta buyuriladi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda. Buyrak kasalligi qon plazmasida atorvastatinning konsentrasiyasiga yoki uni qo‘llaganda lipidlarni kamayish darajasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi; shuning uchun buyrak kasalligi bo‘lgan pasientlarda dozaga biron-bir tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Jigar yetishmovchiligi pasientlarda. Jigar yetishmovchiligida dozani pasaytirish yoki preparatni bekor qilish talab etilishi mumkin.

Pediatriyada qo‘llanishi. Preparatni bolalarda qo‘llash tajribasi cheklangan va yetarli emas.

O‘tkazib yuborilgan doza. Dori vositasining o‘tkazib yuborilgan dozasini o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilish mumkin emas. Bunday hollarda dori vositasini xuddi shu dozasini davom ettirish va keyingi dozani buyurilgan vaqtda qabul qilish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

MNT va periferik nerv tizimi tomonidan: ≥1% – uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, astenik sindrom; 1% dan kamroq – lohaslik, bosh aylanishi, amneziya, paresteziya, periferik nevropatiya, gipesteziya.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ≥1% – ko‘ngil aynishi, diareya, abdominal og‘riq, dispepsiya, meteorizm, qabziyat (odatda ushbu ko‘rinishlar davolash davom ettirilgan sari susayib boradi): <1% – qusish, anoreksiya, gepatit, pankreatit, xolestatik sariqlik.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: ≥1% va undan ko‘p – mialgiya; <1% – belda og‘riq, mushak tirishishlari, miozit, miopatiya, artralgiya, rabdomioliz.

Allergik reaksiyalar: <1% – eshakemi, teri qichishishi, toshma, anafilaksiya, bullyoz toshma, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), Layell sindromi, angionevrotik shish.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: <1% – trombositopeniya.

Moddalar almashinuvi tomonidan: <1% – gipo- yoki giperglikemiya, zardobda KFK faolligini oshishi, periferik shishlar, tana vaznini oshishi.

Boshqalar: impotensiya, ko‘krakda og‘riq, ikkilamchi buyrak yetishmovchiligi, alopesiya, quloqlarda shovqin, toliqish.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • jigarning faol kasalliklari yoki noma‘lum genezli jigar fermentlari faolligini oshishi (NYUCH dan 3 martadan yuqoriroq);
  • jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha A va V sinflari);
  • homiladorlik;
  • laktasiya davri;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).

Ehtiyotkorlik bilan: preparat alkogolni suiiste‘mol qiluvchi pasientlarda, anamnezida jigar kasalliklarida, elektrolit muvozanatini og‘ir buzilishlari, endokrin va metabolik buzilishlar, arterial gipotenziya, og‘ir o‘tkir infeksiya (sepsis), nazoratlanmagan tutqanoq, katta jarroxlik aralashuvlari, jarohatlar, skelet mushaklari kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan davolaganda miopatiya xavfi ularni siklosporin, fibratlar, makrolid antibiotiklar (shu jumladan eritromisin), azol zamburug‘larga qarshi vositalar yoki nikotin kislotasi bilan birga qo‘llaganda oshadi.

Ayrim hollarda bunday birga qo‘llash mioglobinuriya sababli buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi rabdomioliz chaqiradi. Shuning uchun majmuaviy davolashning xavfi va foydasi nisbatini sinchkovlik bilan baholash kerak.

Sitoxrom R450 CYP3A4 izeofermenti ingibitorlari

Atorvastatin metabolizmi sitoxrom R450 CYP3A4 izeofermenti ishtirokida amalga oshiriladi. Atorvastatinni sitoxrom R450 CYP3A4 izeofermenti ingibitorlari (masalan siklosporin, makrolid antibiotiklari, masalan eritromisin va klaritromisin, nefazodon, azol zamburug‘larga qarshi preparatlar, masalan itrakonazol va OITV-proteaza ingibitorlari) bilan birga qo‘llanilganda dorilarning o‘zaro ta‘siri kuzatilishi mumkin. Preparatlarni majmuaviy qo‘llaganda plazmada atorvastatinning konsentrasiyasini oshishi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun atorvastatinni yuqorida ko‘rsatilgan preparatlar bilan birga qo‘llaganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Endogen steroid gormonlar konsentrasiyasini pasaytiruvchi dori vositalari (shu jumladan simetidin, ketokonazol, spironolakton) bilan bir vaqtda qo‘llaganda endogen steroid gormonlar darajasini pasayishi xavf oshadi (ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak).

R-glikoprotein ingibitorlari

Atorvastatin va uning metabolitlari R-glikoproteinning substrati bo‘lib hisoblanadi. R-glikoprotein ingibitorlari (masalan siklosporin) atorvastatinning biokiraolishligini oshirishi mumkin.

Eritromisin, klaritromisin

Atorvastatin va sitoxrom R450 3A4 ni ingibisiya qiluvchi eritromisinni (500 mg sutkada 4 marta) yoki klaritromisinni (500 mg sutkada 2 marta) bir vaqtda qo‘llaganda qon plazmasida atorvastatinning konsentrasiyasini oshishi kuzatilgan.

Atorvastatin (10 mg sutkada bir marta) va azitromisinni (500 mg sutkada bir marta) bir vaqtda qo‘llaganda qon plazmasidagi atorvastatinning konsentrasiyasi o‘zgarmagan.

Itrakonazol

Atorvastatinni 40 mg dozada va intrakonazolni kuniga bir marta 200 mg dozada majmuaviy qo‘llaganda AUC darajasini normadan uch marta yuqori darajagacha oshishi aniqlangan.

Proteaza ingibitorlari

Atorvastatinni sitoxrom R450 3A4 ingibitorlari sifatida ma‘lum proteaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida atorvastatinning konsentrasiyasini oshishi bilan kechgan.

Greypfrut sharbati

Greypfrut sharbati CYP3A4 ingibitori hisoblangan kamida bitta inredient saqlaydi va CYP3A4 tomonidan metabolizmga uchrovchi preparatlarning plazmadagi konsentrasiyasini oshishini chaqirishi mumkin. Sutkada 240 ml greypfrut sharbatini iste‘mol qilish atorvastatinning AUC 37% ga oshirgan va faol ortogidroksi-metabolitining AUC 20,4% ga kamaytirgan. Greypfrut sharbatini ko‘p miqdorda (5 kun davomida kuniga 1,2 l dan ko‘p) iste‘mol qilish atorvastatinning AUC 2,5 martaga, GMG-KoA-reduktazaning faol ingibitorlarining (atorvastatin + uning metabolitlari) AUC esa – 1,3 marta oshirgan. Shuning uchun atorvastatin bilan davolash davrida greypfrut sharbatini ko‘p miqdorda iste‘mol qilish tavsiya etilmaydi.

Sitoxrom R450 induktorlari

Sitoxrom R450 CYP3A4 izofermentini induksiya qiluvchi dori vositalari (masalan rifampisin va fenazon) ning atorvastatinga ta‘siri noma‘lum. Atorvastatin va bu izofermentning boshqa substratlarining o‘zaro ta‘siri noma‘lum; lekin past terapevtik indeksga ega preparatlar – xususan III sinf antiaritmik vositalar, masalan amiodaron bilan qo‘llaganda bunday o‘zaro ta‘sir ehtimolini e‘tiborga olish kerak.

Gemfibrozil/Fibratlar

Fibratlar bilan yondosh qo‘llaganda atorvastatin chaqiradigan miopatiya xavfi oshadi. In vitro sharoitdagi tadqiqotlar gemfibrozil ham atorvastatinni glyukuronizasiyasini ingibisiya qilish orqali u bilan o‘zaro ta‘sirlashishi mumkinlini namoyish qilgan, bu plazmada atorvastatinning konsentrasiyasini oshishini chaqirishi mumkin.

Digoksin

Digoksin va 10 mg dozada atorvastatinni takroran qabul qilinganda qon plazmasidagi digoksinning muvozanat konsentrasiyalari o‘zgargan. Lekin digoksinni sutkada 80 mg dozada atorvastatin bilan majmuada qo‘llaganda digoksinning konsentrasiyasi taxminan 20% ga oshgan. Digoksinni atorvastatin bilan birga qabul qilayotgan bemorlarni kuzatish kerak.

Peroral kontraseptivlar

Atorvastatinni noretisteron va etinilestradiol saqlovchi peroral kontraseptivlar bilan birga qabul qilish plazmada noretisteron va etinilestradiolning konsentrasiyasini oshishini chaqirgan. Konsentrasiyalarni bunday oshishini peroral kontraseptivlarni tanlaganda e‘tiborga olish kerak. Atorvastatin va noretisteron va etinilestradiol saqlovchi ichga qabul qilish uchun kontraseptivni bir vaqtda qabul qilganda noretisteron va etinilestradiolning AUC ni muvofiq ravishda 30% va 20% ga ahamiyatli darajada oshishi kuzatilgan. Atorvastatin qabul qilayotgan ayolga peroral kontraseptiv tanlaganda bu samarani e‘tiborga olish kerak.

Kolestipol

Kolestipolni atorvastatin bilan birga yuborganda qon plazmasida atorvastatinning konsentrasiyasini taxminan 25% ga kamayishi aniqlangan. Lekin atorvastatin va kolestipolni majmuaviy qo‘llaganda lipidlarga ta‘siri bu preparatlarning har birini alohida qo‘llaganga nisbatan yaqqolroq bo‘lgan.

Antasidlar

Atorvastatin va magniy va alyuminiy gidrosidi saqlovchi suspenziyani bir vaqtda qabul qilganda plazmadagi atorvastatinning konsentrasiyasi taxminan 35% ga pasaygan; lekin bunda PZLP daradasini pasayishi o‘zgarmagan.

Varfarin

Atorvastatinni varfarin bilan birga qabul qilganda atorvastatinni qabul qilishning birinchi kunlari protrombin vaqtini biroz pasayishi kuzatilgan; lekin yaqin 15 kunda protrombin vaqti normaga qaytgan. Shunga qaramasdan, atorvastatin va varfarinni bir vaqtda qo‘llangan hollarda pasientlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak.

Fenazon

Bir vaqtda qo‘llaganda atorvastatin fenazonning farmakokinetikasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun sitoxromning xuddi shu izofermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan boshqa vositalar bilan o‘zaro ta‘siri kutilmaydi.

Simetidin

Simetidin va atorvastatinni majmuaviy yuborish ushbu preparatlar o‘rtasida ahamiyatli o‘zaro ta‘sirni aniqlamagan.

Amlodipin

80 mg atorvastatin va 10 mg amlodipinni birga qabul qilganda muvozanat holatidagi atorvastatinning farmakokinetik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishlari aniqlanmagan.

 

Boshqalar

Atorvastatin va antigipertenziv vositalarning klinik ahamiyatli noxush o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Barcha spesifik preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Atorvastatin asosan sitoxrom R450 3A4 tomonidan metabolizmga uchrovchi terfenadinning qon plazmasidagi konsentrasiyasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmagan; shuning uchun atorvastatin sitoxrom R450 3A4 ning boshqa substratlarining farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatishini ehtimoli kam.

Maxsus ko‘rsatmalar

Restator preparati bilan davolashni boshlashdan oldin pasientga standart gipoxolesterin parhezni buyurish kerak, u davolashning barcha davrida unga rioya qilishi kerak.

Qonda lipidlar darajasini pasaytirish uchun GMG-KoA-reduktaza ingibitorlarini qo‘llash jigar funksiyasini aks ettiruvchi biokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Jigar funksiyasini davolashdan oldin, atorvastatin qabul qilish boshlanganidan 6 xaftadan keyin, 12 xaftadan keyin va dozani har bir oshirgandan keyin, shuningdek har 6 oyda muntazam nazorat qilish kerak. Qon zardobida jigar fermentlarining faolligini oshishi atorvastatin bilan davolash davrida kuzatilishi mumkin. Fermentlar darajasini oshishi kuzatilgan pasientlar fermentlar darajasi normaga qaytguncha nazorat ostida bo‘lishlari kerak. ALT yoki AST ko‘rsatkichlarini NYUCH dan 3 martadan yuqoriga barqaror oshgan hollarda Restator dozasini kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish tavsiya etiladi.

Alkogolni suiiste‘mol qiluvchi va/yoki jigar kasalligi bo‘lgan bemorlarda Restatorni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Jigarning faol kasalligi yoki noma‘lum genezli aminotransferazalar faolligini barqaror oshishi Restator preparatini qo‘llashga qarshi ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi.

GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi atorvastatin bilan davolash miopatiya chaqirishi mumkin. Tarqalgan mialgiya yoki mushaklar kuchsizligi va/yoki KFK faolligini yaqqol oshishi bo‘lgan pasientlarda miopatiya diagnozini (KFK darajasini NYUCH dan 10 martadan ortiqroqqa oshishi bilan kechuvchi mushaklarda og‘riq va kuchsizlik) taxmin qilish kerak. Agar lohaslik yoki isitma bilan kechuvchi mushaklarda tushuntirib bo‘lmaydigan og‘riq yoki kuchsizlik paydo bo‘lganligi haqida shifokorga darhol xabar berish kerakligi haqida pasientlarni ogohlantirish kerak. KFK faolligi yaqqol oshganida yoki miopatiya tasdiqlanganda yoki taxmin qilinganda atorvastatin bilan davolashni to‘xtatish kerak. Bu sinfga mansub boshqa preparatlar bilan davolaganda siklosporin, fibratlar, eritromisin, nikotin kislotasi yoki azol zamburug‘larga qarshi vositalarni bir vaqtda qo‘llaganda miopatiya xavfi oshgan. Bu preparatlarning ko‘pchiligi CYP3A4 izofermentiga bog‘liq metabolizmni va/yoki dori vositalarini tashilishini ingibisiya qiladi. Atorvastatin CYP3A4 ta‘siri ostida biotransformasiyaga uchraydi.

Atorvastatinni fibratlar, eritromisin, immunosupressiv vositalar, azol zamburug‘larga qarshi vositalar yoki gipolipidemik dozalarda nikotin kislotasi bilan majmuada buyurganda davolashning xavfi va kutilayotgan foydasini sinchkovlik bilan baholash va mushakda og‘riq va kuchsizlikni aniqlash uchun, ayniqsa davolashning birinchi oylarida va har qanday preparatning dozasini oshirish davrlarida bemorlarni muntazam kuzatish kerak. Bunday hollarda KFK faolligin muntazam aniqlashni tavsiya etish mumkin, garchi bunday nazorat og‘ir miopatiya rivojlanishini oldini olishni nazorat qilish imkonini bermaydi.

Bu sinfga mansub boqa vositalar kabi atorvastatinni qo‘llaganda mioglobinuriya bilan bog‘liq o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi rabdomioliz holatlari ta‘riflangan.

Miopatiya belgilari paydo bo‘lganda yoki rabdomioliz fonida o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi xavfi bo‘lganida (masalan og‘ir o‘tkir infeksiya, arterial gipotenziya, jiddiy operasiya, jarohat, og‘ir almashinuv, endokrin va elektrolit buzilishlar va nazoratlanmagan tirishish) atorvastatin bilan davolashni vaqtincha to‘xtatish yoki to‘liq bekor qilish kerak.

Restator preparati bilan davolashni boshlashdan oldin adekvat parhez bilan davolash, jismoniy faollikni oshirish, semizligi bo‘lgan bemorlarda tana vaznini kamaytirish va boshqa holatlarni davolash yo‘li orqali giperxolesterinemiyani nazorat  qilishga erishishga urinish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davri:

Homiladorlik va emizish davrida Restatorni qo‘llash mumkin emas.

Restator ko‘krak suti bilan ajralishi noma‘lum. Emizikli bolalarda noxush ko‘rinishlar ehtimolini e‘tiborga olib, preparatni laktasiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqish kerak.

Reproduktiv yoshdagi ayollar davolash vaqtida kontrasepsiyaning adekvat usullaridan foydalanishlari kerak. Restatorni reproduktiv yoshdagi ayollarga faqat, agar ularda homiladorlik ehtimoli past va pasient davolashning homila uchun xavfidan xabardor bo‘lganidagina buyurish mumkin.

Avtotrasportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga atorvastatinning noxush ta‘siri haqida xabar berilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Spesifik antidoti yo‘q. Dozani oshirib yuborgan hollarda zarur simptomatik va tutib turuvchi davolash amalga oshirilishi kerak. Jigar funksiyasi va qon zardobida KFK darajasini nazorat qilish kerak. Gemodializ samarasiz.

Chiqarilish shakli

Restator 10, 20, 40 yoki 80 mg; har bir blisterda plyonka qobiq bilan qoplangan 10 tabletka. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RESTATOR tabletkalari 40mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RESTATOR tabletkalari 40mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RESTATOR tabletkalari 40mg N30 dori vositasi Vegafarm LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje tomonidan Makedoniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RESTATOR tabletkalari 40mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RESTATOR tabletkalari 40mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KOLTROL tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
Narh: 14 500 so'mdan Batafsil
LIPRIMAR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: AQSh
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «Пфайзер Фармасьютикалс ЭлЭлСи», Пуэрто-Рико, США
KOLTROL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
TORVATOR tabletkalari 20mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
  • Vakil: GMP
Narh: 53 200 so'mdan Batafsil
TORVATOR tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
  • Vakil: GMP
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
TULIP tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
TULIP tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
VAZATOR tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
Narh: 76 100 so'mdan Batafsil
AMVASTAN tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi
  • Vakil: Rotapharm
AMVASTAN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
RESTATOR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegafarm LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje
  • Vakil: VEGAPHARM
RESTATOR tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegafarm LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 60mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 135 000 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 22 800 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 69 000 so'mdan Batafsil
ATORVAKOR tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 58 700 so'mdan Batafsil
ATORVAKOR tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
ATORVAKOR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 14 000 so'mdan Batafsil
ATORVASTATIN tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
ATORIS 0,02 tabletkalari N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
LIPRIMAR 0,08 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Puerto-Riko / Germaniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пфайзер Фармасьютикалз ЭлЭлСи/Пфайзер Мэнюфэкчурин
LIPRIMAR 0,02 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Puerto-Riko / Germaniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пфайзер Фармасьютикалз ЭлЭлСи/Пфайзер Мэнюфэкчурин
LIPRIMAR 0,04 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Puerto-Riko / Germaniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пфайзер Фармасьютикалз ЭлЭлСи/Пфайзер Мэнюфэкчурин
ATORIS 0,01 tabletkalari N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
ATORIS 0,03 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
ATORIS 0,01 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
ATORIS 0,02 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
RESTATOR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegafarm LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje
  • Vakil: VEGAPHARM
RESTATOR tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegafarm LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
NOVOSALIK maz 30g N1
Narh: 77 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9