×
×
  • RIDKOLD tabletkalari N200

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RIDKOLD tabletkalari N200

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 200
Ishlab chiqaruvchi:
- TRIUMPH RESOURCES LTD, Англия произведено: Coral Laboratories Ltd
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
24 000 s`om dan
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N10 Узхимфарм, АО O'zbekiston
10 000 s`om dan
ANTIGRIPPIN DLYA DETEY tabletkalari N10 Валеант,ООО, Россия произведено: Натур Продукт Фарма Сп. З о.о. Polsha
50 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RIDKOLD tabletkalari N200 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RIDKOLD

RIDCOLD

 

Preparatning savdo nomi: RidKold

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol, fenilefrin gidroxlorid, xlorfeniramin maleati va kofein.

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol ingredientlar:

Parasetamol                                    – 500 mg

Fenilefrin gidroxloridi                       – 5 mg

Xlorfeniramin maleati                – 2 mg

Kofein                                             – 30 mg

Yordamchi moddalar:

Mikrokristall sellyuloza            – 58,225 mg

Natriy metilparaben                     – 1,025 mg

Natriy propilparaben                  – 0,25 mg

Povidon K-90                                  – 10,0 mg

Tozalangan suv                                 – q.s.

Natriy kraxmal glikolyati            – 16,0 mg

Magniy stearati                             – 2,27 mg

Tozalangan talk                             – 6,0 mg

Suvsiz kolloid kremniy dioksidi -4,0 mg

Natriy laurilsulfati                 – 5,0 mg

Ta‘rifi: oq rangli, dumaloq, bir tomoni riska va faskali va boshqa tomoni yassi qobiqsiz tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: O‘RK simptomlarini bartaraf etish uchun vosita

ATX kodi: N02BE51.

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat.

Parasetamol og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Shamollash kasalliklarida kuzatiladigan og‘riq sindromini – tomoqda og‘riq, bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘im og‘rig‘ini kamaytiradi, yuqori haroratni tushiradi.

Fenilefrin – alfa1-adrenomimetik. Qon tomir toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, yuqori nafas yo‘llarini va burunni qo‘shimcha bo‘shliqlarini shilliq qavatini shishini va qizarishini kamaytiradi.

Xlorfeniramin maleati – gistamin N1-reseptorlarini blokatori, allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, burun bo‘shlig‘i, burun-halqum va burunning qo‘shimcha bo‘shliqlarini shishini va qizarishini kamaytiradi, ko‘z va burunda qichishishni bartaraf qiladi, ekssudativ belgilarni kamaytiradi.

Kofein markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, bu toliqish va uyquchanlikni kamayishiga, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshishiga olib keladi.

Qo‘llanilishi

Klinik manzarasida isitma yoki etni uvishishi, gipertermiya, bosh og‘rig‘i, burun bitishi, tumov, mushaklarda og‘riq ustun bo‘lgan shamollash (O‘RVI, gripp) simptomlarini qisqa muddatli yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 1-2 tabletkadan har 6-8 soatda. Maksimal sutkalik doza 8 tabletka.

12 yoshdan kichik bolalarga qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Parasetamol pankreatit, toshma ko‘rinishidagi allergik reaksiyalarni yoki qon kasalliklarini (shu jumladan neytropeniyani, pansitopeniyani, leykopeniyani, agranulositozni va trombositopeniyani) chaqirishi mumkin. Simptomlar preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin yo‘qoladi. Toshma odatda qizil dog‘lar yoki allergik qavarchiqlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi va haroratni oshishi va shilliq qavatini shikastlanishi bilan kechishi mumkin.

Yengil uyquchanlikdan chuqur uyqugacha o‘zgaradigan sedativ samara, shu jumladan toliqish, bosh aylanishi va koordinasiyani yo‘qotilishi xlorfenaminning eng ko‘p tarqalagan nojo‘ya ta‘sirlari bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa bolalarda asabiylashish, ta‘sirchanlik, eyforiyani his qilish,tremor va kamroq tungi tungi dahshatlar, gallyusinasiyalar va tirishishlar bilan kechadigan markaziy nerv tizimining paradoksal rag‘batlantiruvchi yuz berishi mumkin. Keksa yoshdagi pasientlar preparatni ta‘siriga, qon bosimini pasayishiga va markaziy nerv tizimini faoliyatini pasayishiga, xatto davolash uchun samarali bo‘lgan dozalarda ham sezuvchan.

Feniefrin gidroxloridi bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, terlash, yurak urishini tezlashishi yoki nomuntazam bo‘lishi (taxikardiya, qorinchalar aritmiyasi), qon bosimini oshishi, siyishni qiyinlashishi, mushak zaifligi, tremor, xavotirlik, bezovtalik va uyqusizlik, qo‘rquv, ongni chalkashishi, ishtahani pasayishi, hansirash, terlash, ko‘p so‘lak ajrashi, moddalar almashinuvini buzilishini chaqirishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatni jigarni og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
  • koronar arteriyalarining yaqqol aterosklerozi;
  • qandli diabet;
  • trisiklik antidepressantlarni,betta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qabul qilish;
  • preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarni saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish;
  • homiladorlik;
  • laktasiya davri;
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat MAO ingibitorlarini, sedativ preparatlarni, etanolning samaralarini kuchaytiradi.

Preparatni antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalari, fenotiazin hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda siyishni tutilishini, og‘izni qurishi, qabziyatlarni rivojlanish xavfi oshadi.

Parasetamol diuretik preparatlarni samaradorligini kamaytiradi.

Etanol antigistamin dori vositalarning sedativ ta‘sirini kuchaytiradi.

Xlorfenaminni MAO ingibitorlari, furazolidon bilan bir vaqtda qo‘llash gipertonik xuruj qo‘zg‘alishga, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin.

Trisiklik antidepresantlar fenilefrinning adrenomimetik ta‘sirini kuchaytiradi, galotanni bir vaqtda buyurish qorinchalar aritmiyasini rivojlanish xavfini oshiradi.

Fenilefrin guanetidinni gipotenziv ta‘sirini pasaytiradi, u o‘z navbatida fenilefrinni alfa- adrenostimulyasiyalovchi faolligini kuchaytiradi.

Preparatni barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampisin va jigarning mikrosomal fermentalarini boshqa induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda parasetamolni gepatotoksik ta‘sirini rivojlanish xavfi oshadi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Shifokorni ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llansin.

Preparatni qo‘llash davrida alkogolni, uxlatuvchi va anksiolitik preparatlarni (trankvilizatorlar) istemol qilishdan saqlanish lozim.

Parasetamol saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanmasin.

Homiladorlik va laktasiya

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida buyurish mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolanish davrida avtotransportni boshqarishdan va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Odatda parasetamol bilan bog‘liq dozani oshirib yuborilishi parasetamolni 10-15 g dan yuqori dozalarda qabul qilingandan keyin namoyon bo‘ladi.

Simptomlari: teri qoplamalarini oqarishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, gepato nekroz, jigar transaminazalari faolligini oshishi, protrombin vaqtini oshishi.

Davolash: me‘dani yuvish, keyinchalik faollashtirilgan ko‘mirni buyurish,simptomtatik davolash, dozani oshirib yuborilgandan 8-9 soatdan keyin metioninni va 12 soatdan keyin – asetilsisteinni yuborish.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar alyumin folgali kontur uyasiz o‘ramda, №4.

Saqlash sharoiti

Quruq va qorong‘u joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RIDKOLD tabletkalari N200 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RIDKOLD tabletkalari N200 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RIDKOLD tabletkalari N200 dori vositasi TRIUMPH RESOURCES LTD, Англия произведено: Coral Laboratories Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RIDKOLD tabletkalari N200 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RIDKOLD tabletkalari N200 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
METROKOR DENTA gel 30g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Metronidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: TRIUMPH RESOURCES LTD, Англия произведено: Coral Laboratories Ltd
METROKOR DENTA gel 20g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Metronidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: TRIUMPH RESOURCES LTD, Англия произведено: Coral Laboratories Ltd
RIDKOLD tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: TRIUMPH RESOURCES LTD, Англия произведено: Coral Laboratories Ltd
RIDFLYU XOT poroshok so vkusom apelsina 10g N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9