×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RINIKOLD XOTMIKS poroshok so vkusom apelsina 5g N50

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Парацетамол, Фенилэфрин, Фенирамин, Кофеин
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Shreya Life Sciences PVT. LTD.
ATX kodi:
- R05CB10
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
PULMOKSOL sirop 150ml 15mg/5ml Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S. Turkiya
28 000 s`om dan
INSTI granuli 5,6g N5 Herbion Pakistan (Pvt) Ltd Pokiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RINIKOLD XOTMIKS poroshok so vkusom apelsina 5g N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RINIKOLD

RINICOLD

Preparatning savdo nomi: Rinikold

Dori shakli: tabletkalar.

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 500 mg parasetamol, 30 mg kofein, 10 mg fenilefrin gidroxloridi, 2 mg xlorfeniramin maleati;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, kraxmal, magniy stearati, talk, natriy kraxmal glikolati, jelatin, polivinilpirrolidon, metilparaben, propilparaben.

Ta‘rifi: oq rangli, kapsula shaklidagi, qobiq bilan qoplanmagan, bir tomonida bo‘luvchi o‘yiqchasi bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: O‘RK simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.

ATS kodi: N02BE51

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat. Parasetamol isitmani tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Fenilefrin qon tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatib burun bitishini va burundan suyuqlik oqishini kamaytiradi. Xlorfeniramin allergiyaga va shishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, burun shilliq qavatini shishini va giperemiyasini bartaraf qiladi allergik rinit simptomlarini bostiradi, nafas olishni osonlashtiradi. Kofein markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, bu charchoqni va uyquchanlikni kamaytiradi, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshiradi.

Farmakokinetikasi

Parasetamol: Parasetamol me‘da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq so‘riladi. U organizmning ko‘pchilik to‘qimalariga tarqaladi. Terapevtik konsentrasiyalarda plazma oqsillari bilan bog‘lanishi minimal, lekin doza oshgan sari ortib boradi. U jigarda metabolizmga uchraydi va asosan faol bo‘lmagan glyukuronid va sulfat kon‘yugatlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. 5% dan kamrog‘i o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1 soatdan 3 soatgacha o‘zgaradi.

Kofein: Kofein preparat qabul qilingandan keyin 45 minut davomida me‘da va ingichka ichakda to‘liq so‘riladi. U organizmning barcha to‘qimalariga tarqaladi va birinchi qator kinetikasi orqali chiqariladi. U MNT va so‘lakka oson o‘tadi; shuningdek ko‘krak sutiga past konsentrasiyalarda aniqlanadi. Kofein jigarda sitoxrom R450 oksidazalar tizimi yordamida uchta metabolik dimetilksantinlargacha metabolizmga uchraydi. Bu metabolitlarning har biri keyinchalik metabolizmga uchraydi va so‘ngra siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 3 soatdan 7 soatgachani tashkil qiladi.

Fenilefrin gidroxloridi: Fenilefrin me‘da-ichak yo‘llaridan notekis so‘riladi. U birinchi o‘tishda ichakda va jigarda oksidazalarning monoaminlari metabolizmi orqali o‘tadi. Shunday qilib, biokiraolishligi pasayadi. Metabolizmining asosiy yo‘llari sulfat kon‘yugatlari (asosan ichak devorida) va oksidlanishli dezaminizasiyani (monoaminoksidaza ta‘siri ostida) o‘z ichiga oladi; shuningdek glyukuronizasiya ham kam darajada amalga oshadi. Fenilefrin periferik to‘qimalarda tez taqsimlanishga uchraydi. U yerda ehtimol, bosh miyaga kirishi minimal, yo‘ldosh orqali kirmaydi va ko‘proq darajada ko‘krak sutiga kiradi. Fenilefrin va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Peroral yuborilgandan keyin dozaning taxminan 80% 48 soat davomida siydik bilan, asosan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Peroral dozaning taxminan 2,5% o‘zgarmagan preparat ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri peroral qo‘llanilgandan keyin o‘rtacha 2-3 soatni tashkil qiladi.

Xlorfeniramin maleati: Xlorfeniramin me‘da-ichak yo‘llaridan nisbatan sekin so‘riladi, plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyalariga peroral yuborilgandan keyin taxminan 2,5 soatdan 6 soatgacha vaqtda erishilgan. Kattalarga nisbatan bolalarda tezroq va kengroq so‘rilishi, klirensini tezligi va yarim parchalanish davrini qisqaroqligi qayd etilgan. Xlorfeniramin organizmda keng taqsimlanadi va markaziy nerv tizimiga kiradi. Biokiraolishligi past, 25% dan 50% gacha ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Qonda aylanib yurganda xlorfeniraminning taxminan 70% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Xlorferinaminning farmakokinetikasida keng individual farqlar mavjud; 2 soatdan 43 soatgacha diapazonda yarim parchalanish davri ko‘rsatkichlari qayd etilgan. Xlorfeniramin maleati faol metabolizmga uchraydi. Metabolitlari dismetil va didismetilxlorfeniraminni o‘z ichiga oladi. Preparat o‘zgarmagan va uning metabolitlari ko‘rinishida organizmdan asosan siydik orqali chiqariladi; chiqarilishi siydikning rN va tezligiga bog‘liq. Faqat juda kam miqdorlari axlatda aniqlangan.

Qo‘llanilishi

Tumov, burun bitishi hissi, bosh og‘rig‘i, isitma, qaltirash, bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq bilan kechuvchi shamollash kasalliklarida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga 1-2 tabletkadan har 4-6 soat ichga tavsiya qilinadi. Maksimal sutkalik doza 8 tabletkani tashkil qiladi.

6 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletkadan har 4-6 soatda buyuriladi, ammo 5 kun davomida kuniga 4 martadan oshmasligi kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatni tavsiya etilgan dozalarda qo‘llaganda nojo‘ya samaralar kam hollarda namoyon bo‘ladi.

Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgan hollarda, ular allergik reaksiyalar, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, og‘izni qurishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, Rinikold tarkibiga kiruvchi moddalarni saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish, trisiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish, beta-adrenoblokatorlar, homiladorlik, laktasiya davri, bolalarda (6 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas. Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; qon kasalligi, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, yopiq burchakli glaukoma, prostata bezi adenomasi; Jilber sindromi, arterial gipertenziyada, qalqonsimon bezi kasalligida, qandli diabetda, bronxial astmada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat MAO ingibitorlari, sedativ preparat, etanolning samaralarini kuchaytiradi.

Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi preparatlar, antipsixotik vositalari, fenotiazin xosilalari siydik tutilish, og‘iz qurishi, qabziyat rivojlanish xavfini oshiradi. Glyukokortikosteroidlar glaukoma rivojlanish xavfini oshiradi. Parasetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi. Xlorfeniramin MAO ingibitorlari, furozolidon bilan birgada qo‘llanilganida gipertonik kriz, qo‘zg‘alish, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin. Trisiklik antidepressantlar simpatomimetik ta‘sirlarni, galotan esa qorinchalar artmiyasini rivojlanish xavfini oshiradi. Preparat guanetidinni gipotenziv ta‘sirini kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida fenilefrinni alfa-adrenostimulyasiya qiluvchi faolligini kuchaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolanish davrida alkogolni iste‘mol qilishdan saqlanish kerak. Diqqatni yuqori jamlash, harakat va ruhiy reaksiyalarning tezligini talab etuvchi ishlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Rinikold 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, homilador va emizikli ayollarga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Rinikoldni parasetamol saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat faqat tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinishi kerak.

Dozani oshirib yuborilishi, odatda parasetamol bilan bog‘liq. Bunda teri rangini oqarib ketishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish; gepatonekroz; jigar transaminazalarni faolligini oshishi, protrombin vaqtini oshishi kuzatilishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishi ko‘rinishlarida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Davolash: me‘dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

4, 10 tabletkadan PVX – alyumin folgali blisterda yoki alyumin folgali stripda.

1 blisterdan yoki  stripdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramga joylanadi.

25 o‘ramdan (№4 tabletka uchun) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RINIKOLD XOTMIKS poroshok so vkusom apelsina 5g N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RINIKOLD XOTMIKS poroshok so vkusom apelsina 5g N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RINIKOLD XOTMIKS poroshok so vkusom apelsina 5g N50 dori vositasi Shreya Life Sciences PVT. LTD. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RINIKOLD XOTMIKS poroshok so vkusom apelsina 5g N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RINIKOLD XOTMIKS poroshok so vkusom apelsina 5g N50 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
RINIKOLD tabletkalari N10
Ishlab chiqaruvchining dorilari
BINAFIN tabletkalari 250mg N14
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
KLARIDOL tabletkalari 10mg N7
DIMAKS tabletkalari 50mg/500mg N100
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 300 so'mdan Batafsil
BINAFIN krem 10g 1%
Narh: 32 800 so'mdan Batafsil
LEFOKSIN tabletkalari 0,5mg N5
DIMAKS KID suspenziya so vkusom ananasa 60ml 80 mg+50 mg/5 ml
SUPRIMA PLYUS maz 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Shreya Life Sciences PVT. LTD.
  • Vakil: Shreya Life Sciences
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
TORPEDO 50 DX tabletkalari 50mg 50mg/30mg N4
SVIFTOLAK eritma dlya priema vnutr 150ml
EKSTUM poroshok 1,5g
SUPRIMA LOR tabletkalari so vkusom apelsina N16
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
SUPRIMA LOR tabletkalari so vkusom limona N16
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
RINIKOLD tabletkalari N100
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
OMITOKS kapsulalar 20mg N30
RINIKOLD BRONXO sirop 100ml
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
AZITRAL kapsulalar 250mg N6
Narh: 19 900 so'mdan Batafsil
KLOTRIMAZOL krem 20g 1%
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
SUPRIMA LOR tabletkalari so vkusom malini N16
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
KLARIDOL sirop 100ml 1mg/ml
SUPRIMA KOF tabletkalari 30mg N20
EKSTUM poroshok 0,75g
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
RINIKOLD tabletkalari N10
REVALGIN tabletkalari N100
Другие формы препарата
RINIKOLD BRONXO sirop 100ml
RINIKOLD tabletkalari N100
RINIKOLD tabletkalari N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9