×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ROAKKUTAN kapsulalar 20mg N30

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
изотретиноин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- F.Hoffmann-La Roche Ltd, Швейцария произведено: Catalent Germany Eberbach GmbH
ATX kodi:
- D10BA01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 17 ta dorixonasida topildi

ico 260 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

GENTRIDERM krem 15g Seoul Pharma Co., Ltd Koreya
BINAFIN tabletkalari 250mg N14 Shreya Life Sciences PVT. LTD. Hindiston
65 000 s`om dan
GERPES STOP krem 10g 1% Livzon (Group) Pharmaceutical Factory Xitoy
49 300 s`om dan
NISTATIN maz 10g 100000 YeD/1 g Dentafill Plyus, ООО O'zbekiston
6 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ROAKKUTAN kapsulalar 20mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

Roakkutan® (Roaccutane®)

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Savdo nomi

Roakkutan® (Roaccutane®)

Xalqaro patentlanmagan nomi

Izotretinoin (Isotretinoin)

Kimyoviy nomi

(2Z,4E,6E,8E)-3,7-dimetil-9-(2,6,6-trimetil-1-siklogeksen-1-il)-2,4,6,8-nonatetraenat kislotasi

Dori shakli

Kapsulalar

Tarkibi

10 mg li bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

ta‘sir etuvchi modda: izotretinoin – 10 mg;

yordamchi moddalar: soya dukkaklari moyi – 107,92 mg, sariq ari mumi – 7,68 mg, gidrogenizasiya qilingan soya dukkaklari moyi – 7,68 mg, qisman gidrogenizasiya qilingan soya dukkaklari moyi – 30,72 mg;

kapsula qobig‘i: 85% li gliserol – 31,275 mg, jelatin – 75,64 mg; Karion 83 (gidrolizlangan kartoshka kraxmali, mannitol, sorbitol) – 8,065 mg, temir (III) oksidi bo‘yovchisi (Ye172) – 0,185 mg, titan dioksidi (Ye171) – 1,185 mg;

kapsuladagi yozuvni yozish uchun siyoh: shellak, temir (II) (III)-oksidi bo‘yovchisi (Ye172); Opacode Black S-1-17823 tayyor siyohini ishlatish mumkin.

20 mg li bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

ta‘sir etuvchi modda: izotretinoin – 20 mg;

yordamchi moddalar: soya dukkaklari moyi – 215,84 mg, sariq ari mumi – 15,36 mg, gidrogenizasiya qilingan soya dukkaklari moyi – 15,36 mg, qisman gidrogenizasiya qilingan soya dukkaklari moyi – 61,44 mg;

kapsula qobig‘i: 85% li gliserol – 49,835 mg, jelatin – 120,66 mg; Karion 83 (gidrolizlangan kartoshka kraxmali, mannitol, sorbitol) – 12,86 mg, temir (III) oksidi bo‘yovchisi (Ye172) – 0,145 mg, titan dioksidi (Ye171) – 1,97 mg;

kapsuladagi yozuvni yozish uchun siyoh: shellak, temir (II,III) oksidi bo‘yovchisi (Ye172); Opacode Black S-1-17823 tayyor siyohini ishlatish mumkin.

Ta‘rifi

10 mg li kapsulalar: oval shaklli, jigarrang-qizil rangli, tiniq bo‘lmagan kapsulalar; kapsulaning yuzasida qora siyoh bilan yozilgan “ROA 10” yozuvi bor; kapsulaning ichidagisi – sariq rangdan to‘q sariq rangligacha bo‘lgan bir xil suspenziya.

20 mg li kapsulalar: oval shaklli, bir tomoni jigarrang-qizil rangli, tiniq bo‘lmagan, boshqa tomoni oq rangi, tiniq bo‘lmagan kapsulalar; kapsulaning yuzasida qora siyoh bilan yozilgan “ROA 20” yozuvi bor; kapsulaning ichidagisi – sariq rangdan to‘q sariq rangligacha bo‘lgan bir xil suspenziya.

Farmakoterapevtik guruhi

Husnbuzar toshmasini davolash uchun qo‘llanadigan vosita

ATX kodi [D10BA01]

 

Farmakologik ta‘siri

Husnbuzar kasalligini tizimli davolash uchun retinoid

Izotretinoin – to‘liq trans-retinat kislotasi (tretinoin) ning stereoizomeridir.

Roakkutan® preparatining aniq ta‘sir mexanizmi hali aniqlanmagan, biroq aknening og‘ir shakllarini klinik manzarasini yaxshilanishi yog‘ bezlarining faolligini susayishi va uning o‘lchamlarini gistologik jihatdan tasdiqlangan kichrayishi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Bundan tashqari, izotretinoinni teriga yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatishi isbotlangan.

Soch piyozchasi va yog‘ bezining epiteliy hujayralarini giperkeratozi yog‘ bezining yo‘liga korneositlarni ko‘chib tushishiga va yo‘lini keratin bilan tiqilishiga va yog‘ sekretini to‘planishiga olib keladi. Shundan so‘ng komedon hosil bo‘ladi va qator hollarda yallig‘lanish jarayoni qo‘shiladi. Roakkutan® sebositlar proliferasiyasini susaytirib, hamda aknega ta‘sir etib, hujayralarning normal differensiasiya jarayonini tiklaydi. Teridagi yog‘ Propionibacterium acnes ni o‘sishi uchun asosiy substrat hisoblanadi, shuning uchun terida yog‘ hosil bo‘lishini kamayishi yog‘ bezi yo‘lida bakteriyalarning koloniyasini hosil bo‘lishini susaytiradi.

Farmakokinetikasi

Izotretinoin va uning metabolitlarining kinetikasi to‘g‘ri proporsional xarakterga egaligi tufayli, davolanish vaqtida uning plazmadagi konsentrasiyasini, preparat bir marta qabul qilingandan keyin olingan ma‘lumotlar asosida oldindan aytish mumkin. Preparatning bu hususiyati, shuningdek u dori vositalarning metabolizmida ishtirok etuvchi jigar fermentlarining faolligiga ta‘sir qilmasligidan dalolat beradi.

So‘rilishi

Izotretinoinni me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi o‘zgarib turadi. Izotretinoinning mutloq biokiraolishligi aniqlanmagan, chunki odamda preparatning vena ichiga yuborish uchun dori shakli yo‘q. Biroq, itlarda o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan ma‘lumotlarni ekstrapolyasiya qilish, tizimli biokiraolishligi yetarlicha past va o‘zgaruvchan deb taxmin qilish imkonini beradi. Akne bo‘lgan bemorlarda 80 mg izotretinoin ich qoringa qabul qilinganidan so‘ng muvozanat holatida plazmadagi maksimal konsentrasiyasi 310 ng/ml (188-473 ng/ml diapazoni) ni tashkil etgan va unga 2-4 soatdan keyin erishilgan. Izotretinoinning plazmadagi konsentrasiyasi, uni eritrositlarga kirishi yomon bo‘lganligi sababli, qondagi konsentrasiyasiga nisbatan 1,7 marta yuqori. Izotretinoinni ovqat bilan birga qabul qilish, preparatning biokiraolishligini och qoringa qabul qilingandagiga nisbatan 2 marta oshiradi.

Taqsimlanishi

Izotretinoin plazma oqsillari bilan, asosan albuminlar bilan yuqori darajada (99,9%) bog‘lanadi, bu terapevtik konsentrasiyasining keng doirasida preparatning erkin fraksiyasi (farmakologik jihatdan faol fraksiyasi) ning miqdori uning umumiy miqdorini 0,1% dan kamroq foizni tashkil etadi. Odamda izotretinoinning taqsimlanish hajmi aniqlanmaydi, chunki vena ichiga yuboriladigan dori shakli mavjud emas.

Preparatni 40 mg dan sutkada 2 marta qabul qilgan, og‘ir darajadagi akne bilan xastalangan bemorlar qonidagi izotretinoinning muvozanatli konsentrasiyasi 120 dan 200 ng/ml gacha bo‘lgan konsentrasiyalarda o‘zgarib turgan.

Ushbu bemorlarda 4-okso-izotretinoinning konsentrasiyasi izotretinoinning konsentrasiyasidan 2,5 marta yuqori bo‘lgan. Izotretinoinni odam to‘qimalariga kirishi yuzasidan ma‘lumotlar yetarli emas. Izotretinoinning epidermisdagi konsentrasiyasi zardobdagiga nisbatan ikki marta kam.

Metabolizmi

Ichga qabul qilinganidan so‘ng plazmada uchta asosiy metaboliti: 4-okso-izotretinoin, tretinoin (to‘liq trans-retinat kislotasi) va 4-okso-retinoinlar aniqlanadi. Asosiy metaboliti bo‘lib, 4-okso-izotretinoin hisoblanadi, uning plazmadagi konsentrasiyasi muvozanat holatida dastlabki preparatning konsentrasiyasiga nisbatan 2,5 marta yuqori. Shuningdek glyukuronidlardan tarkib topgan, ahamiyati kamroq bo‘lgan metabolitlari ham aniqlangan, biroq barcha metabolitlarining strukturasi aniqlanmagan.

Izotretinoinning metabolitlari bir qancha laborator sinamalarida tasdiqlangan biologik faollikka ega. Shunday qilib, bemorlarda preparatning klinik samaralari izotretinoin va uning metabolitlarining farmakologik faolligi natijasi bo‘lishi mumkin.

Garchi in vivo sharoitlarida izotretinoin va tretinoin (to‘liq trans-retinat kislotasi) bir biriga qaytar ravishda aylanib tursa-da, tretinoinning metabolizmi izotretinoinning metabolizmi bilan bog‘liqdir. Izotretinoinning dozasini 20-30% izomerizasiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi.

Odamda izotretinoinning farmakokinetikasida enterogepatik sirkulyasiya muhim rol o‘ynashi mumkin.

In vitro sharoitlarida preparatning metabolizmini o‘rganish, izotretinoinni 4-okso-izotretinoin va tretinoinga aylanishida sitoxrom R450 (CYP) fermentlar tizimining bir qancha fermentlari ishtirok etishini ko‘rsatdi. Ehtimol, bunda hech bir izoformalari dominant rolini o‘ynamaydi. Roakkutan® va uning metabolitlari CYP) fermentlar tizimining faolligiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Chiqarilishi

Ichga qabul qilingandan so‘ng radioaktiv nishonlangan izotretinoinning siydik va axlatdagi miqdori taxminan bir xil bo‘ladi. Akne bo‘lgan bemorlarda o‘zgarmagan preparatning yarim chiqarilish davrini terminal bosqichi o‘rtacha 19 soatni tashkil etadi. 4-okso-izotretinoinning yarim chiqarilish davrini terminal bosqichi, ehtimol yuqori va o‘rtacha 29 soatga teng. Izotretinoin tabiiy (fiziologik) retinoidlarga kiradi. Retinoidlarning endogen konsentrasiyasi Roakkutan® preparatini qabul qilish tugaganidan so‘ng taxminan 2 haftadan keyin tiklanadi.

Ayrim klinik holatlarda preparatning farmakokinetikasi

Garchi jigar funksiyasini buzilishlarida izotretinoinni qo‘llash mumkin bo‘lmasa-da, ushbu bemorlar guruhida preparatning farmakokinetikasi yuzasidan ma‘lumotlar chelangan.

Buyrak yetishmovchiligi izotretinoinning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi.

Qo‘llanilishi

Aknening og‘ir shakllari (tugunli-kistoz, konglobat akne yoki chandiqlarni hosil bo‘lish havfi bo‘lgan akne).

Boshqa davolash turlari bilan davolab bo‘lmaydigan akneda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Homiladorlik, emizish davri (“Homiladorlik va emizish davri” bo‘limiga qarang), jigar yetishmovchiligi, A gipervitaminozi, yaqqol giperlipidemiya, tetrasiklinlar bilan yondosh davolashda qo‘llash mumkin emas.

Preparatga yoki uning komponentlariga (shu jumladan soyaga) yuqori sezuvchanlikda;

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Anamnezida depressiya, qandli diabet, semirish, lipidlar almashinuvini buzilishi, alkogolizmda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

 

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik – Roakkutan® preparati bilan davolashga mutloq qarshi ko‘rsatma hisoblanadi.

Agar ehtiyotkorlik choralariga qaramay, homiladorlik yuz bersa, davolanish vaqtida yoki davolash tugaganidan so‘ng bir oy davomida bolani og‘ir darajadagi rivojlanish nuqsonlari bilan tug‘ilishining juda katta havfi mavjud.

Izotretinoin – kuchli teratogen ta‘sirga ega bo‘lgan preparat. Agar homiladorlik, ayol izotretinoin preparatini (istalgan dozada va hatto uzoq bo‘lmagan vaqtda) peroral qabul qilayotgan davrda yuz bersa, bolani rivojlanish nuqsonlari bilan tug‘ilishining juda katta havfi mavjud.

Agar ayolning holati quyida keltirilgan barcha mezonlarga to‘g‘ri kelmasa, Roakkutan® preparatini tug‘ruq yoshidagi ayollarda qo‘llash mumkin emas:

  • ayolda oddatdagi davolash usullariga chidamli bo‘lgan aknening og‘ir shakli bo‘lsa;
  • u shifokorning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri tushunishi va bajarishi kerak;
  • u Roakkutan® preparati bilan davolanish vaqtida, davolangandan so‘ng bir oy davomida homiladorlikni yuz berishi xavfi to‘g‘ri shifokor tomonidan xabardor qilingan bo‘lishi va homiladorlik yuz berganligiga shubha tug‘ilganida zudlik bilan maslahat berilishi kerak;
  • u kontraseptiv vositalar samarasiz bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishi kerak;
  • u ehtiyotkorlik choralarining mohiyatini tushunganligini tasdiqlashi kerak;
  • u Roakkutan® preparati bilan davolanishdan avval bir oy davomida, davolanish vaqtida va davolash tugaganidan so‘ng bir oy davomida kontrasepsiyaning samarali usullaridan foydalanish zarurligi va uzluksiz foydalanish kerakligini tushunishi kerak (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang); bir vaqtning o‘zida 2 ta xar xil kontrasepsiya usuli, shu jumladan to‘siqli kontrasepsiya usulidan foydalanishi afzal;
  • preparatni qabul qilish boshlanishidan oldin taxminan 11 kun davomida unda homiladorlikni ishonchli aniqlash sinamasida manfiy natijasi olingan bo‘lishi kerak; homiladorlikni aniqlash sinamasini davolanish vaqtida har oy va davolash tugaganidan so‘ng 5 haftadan keyin o‘tkazish qat‘iy tavsiya etiladi;
  • u Roakkutan® preparati bilan davolanishni navbatdagi normal hayz ko‘rish siklining 2-3 kunidagina boshlashi kerak;
  • u har oy shifokor ko‘rigidan o‘tishi kerakligini tushunishi kerak;
  • kasallikni qaytalanishi yuzasidan davolanganda, u Roakkutan® preparati bilan davolash boshlanishidan avval bir oy davomida, davolanish vaqtida va tugaganidan so‘ng bir oy davomida samarali kontrasepsiya usullaridan doimo foydalanishi, shuningdek homiladorlikni aniqlash uchun aynan o‘sha ishonchli sinamadan o‘tishi kerak;
  • u ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishi kerakligini va unga shifokor tushuntirgan ishonchli kontrasepsiya usullaridan foydalanishga istagi borligini va tushunishini tasdiqlashi kerak.

Izotretinoin bilan davolanish vaqtida yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha homilaga qarshi vositalarni ishlatishni hatto bepushtlik (gisterektomiyani o‘tkazgan pasientlardan tashqari), amenoreya tufayli odatda kontrasepsiyaning usullaridan foydalanmaydigan yoki jinsiy hayot kechirmayigan ayollarga ham tavsiya etish kerak.

Shifokor quyidagilarga ishonch hosil qilgan bo‘lishi kerak:

  • pasientda aknening og‘ir shakli (tugunli-kistoz, konglobat akne yoki chandiqlarni hosil bo‘lish havfi bo‘lgan akne); boshqa davolash turlarida tuzalmaydigan akne;
  • preparat bilan davolash boshlanishidan oldin, davolanish vaqtida va davolash tugaganidan so‘ng 5 hafta o‘tgach, homiladorlikni ishonchli aniqlash sinamasida manfiy natija olingan bo‘lishi; homiladorlikni aniqlash sinamasini o‘tkazish natijalari hujjatlashtirilishi kerak;
  • pasient Roakkutan® preparati bilan davolash boshlanishidan avval bir oy davomida, davolanish vaqtida va tugaganidan so‘ng bir oy davomida kamida 1 ishonchli kontrasepsiya usulidan foydalanishi, 2 samarali kontrasepsiya usuli, jumladan to‘siqli usulidan foydalangani afzal;
  • pasient homiladorlikdan himoyalanishning yuqorida sanab o‘tilgan barcha talablarini tushunishi va bajara olishi lozim;
  • pasient yuqorida sanab o‘tilgan barcha shartlarga to‘g‘ri kelishi kerak.

Homiladorlikni aniqlash sinamasi

Mavjud bo‘lgan amaliyotga muvofiq, minimal sezuvchanligi 25 mXB/ml bo‘lgan homiladorlikni aniqlash sinamasini hayz ko‘rish siklining birinchi 3 kunida o‘tkazishi kerak:

 

Davolash boshlanishidan oldin:

  • Kontrasepsiyadan foydalanishni boshlashdan avval yuz berishi mumkin bo‘lgan homiladorlikni istisno qilish uchun homiladorlikni aniqlash uchun dastlabki test sinamasining sanasi va natijasi shifokor tomonidan qayd etilishi kerak. Hayz ko‘rishi muntazam bo‘lmagan pasientlarda homiladorlikni aniqlash sinamasini o‘tkazish vaqti jinsiy faollikka bog‘liq, uni himoyalanmagan jinsiy aloqadan so‘ng 3 haftadan keyin o‘tkazish kerak. Shifokor kontrasepsiya usullari xaqida pasientni xabardor qilishi kerak.
  • Homiladorlikni aniqlash test sinamasi Roakkutan® preparati buyurilgan kunda yoki pasientni shifokor qabuliga tashrifdan 3 kun oldin o‘tkaziladi. Mutaxassis sinama natijalarini qayd etishi lozim. Preparat, Roakkutan® preparati bilan davolash boshlanishidan avval kamida 1 oy davomida samarali kontrasepsiyani qo‘llagan pasientlargagina buyurilishi mumkin.

Davolanish vaqtida:

  • Pasient har 28 kunida shifokor qabuliga kelishi kerak. Homiladorlikni aniqlash sinamasini har oy o‘tkazish zaruriyati mahalliy amaliyotga muvofiq va hayz ko‘rish siklini buzilishiga olib kelgan jinsiy faollikni hisobga olgan holda belgilanadi. Ko‘rsatmalar bo‘lganida homiladorlikni aniqlash sinamasi shifokor huzuriga tashrif kuni yoki tashrif uch kun avval o‘tkaziladi, sinama natijalari qayd etilishi kerak.

Davolashni tugatilishi:

  • davolash tugaganidan so‘ng 5 haftadan keyin homiladorlikni istisno qilish uchun sinama o‘tkaziladi.

Tug‘ruq yoshidagi ayolga, Roakkutan® preparatiga resept davolashning 30 kunidagina buyurilishi mumkin, davolashni davom ettirish shifokor tomonidan preparatni yana buyurishni talab etadi. Homiladorlikni aniqlash sinamasi, resept yozish va preparatni olishni bir kunda o‘tkazish tavsiya etiladi.

Aptekadan Roakkutan® preparatini resept yozib berilgan vaqtdan boshlab 7 kun davomida olish kerak.

Roakkutan® preparatini homilaga ta‘sir etish havfidan saqlanish maqsadida shifokor, farmasevt va bemorlarga yordam berish uchun, ishlab chiqaruvchi kompaniya preparatning teratogen ta‘sirini oldini olishga va tug‘ruq yoshidagi ayollarni ishonchli kontrasepsiya usullaridan foydalanish mutloq majburiyligini ta‘kidlashga qaratilgan “Homiladorlikdan himoyalanish dasturi” ni ishlab chiqqan. Dastur quyidagi materiallarni saqlaydi:

shifokorlar uchun:

  • ayollarga Roakkutan® preparatini buyurish bo‘yicha shifokorlar uchun qo‘llanma;
  • pasient uchun yozma roziligi shakli;
  • ayolarga buyurilgan preparatni hisobga olish shakli;

pasient uchun:

  • pasient uchun ma‘lumot broshyurasi;
  • kontrasepsiya xaqida nimalarni bilish kerak

farmasevt uchun:

  • Roakkutan® preparatini dorixonalardan berish bo‘yicha farmasevt uchun qo‘llanma.

Preparatning teratogen havfi va homiladorlikni oldini olish bo‘yicha choralarga qat‘iy rioya qilish yuzasidan to‘liq ma‘lumotni ham erkaklarga, ham ayollarga taqdim etish kerak.

Erkak pasientlarga

Mavjud ma‘lumotlar, ayollarda Roakkutan® preparatini qabul qilayotgan erkaklarning urug‘i va urug‘ suyuqligi bilan tushgan preparatning ekspozisiyasi Roakkutan® preparatining teratogen samaralarini namoyon bo‘lishi uchun yetarli emasligidan dalolat beradi.

Erkaklar, boshqa shaxslar, ayniqsa ayollar tomonidan preparatni qabul qilinishi mumkinligini istisno qilishlari kerak.

Agar, ko‘rilgan ehtiyotkorlik choralariga qaramay, Roakkutan® preparati bilan davolanish vaqtida yoki davolash tugaganidan so‘ng bir oy davomida homiladorlik yuz bergan bo‘lsa, homilada juda og‘ir rivojlanish nuqsonlari (xususan, markaziy nerv tizimi, yurak va yirik qon tomirlar tomonidan nuqsonlar)ning yuqori havfi bor. Bundan tashqari, homilani o‘z-o‘zidan tushish havfi oshadi.

Homiladorlik yuz berganida Roakkutan® preparati bilan davolash to‘xtatiladi. Homiladorlikni saqlab qolish maqsadga muvofiqligini teratologiya ixtisosligi bo‘yicha shifokor bilan muhokama qilish kerak.

Odam homilasida, Roakkutan® preparatini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, og‘ir darajadagi rivojlanish nuqsonlari, shu jumladan gidrosefaliya, mikrosefaliya, miyachani rivojlanish nuqsonlari, tashqi quloq anomaliyalari (mikrotiya, tashqi eshituv yo‘lini torayishi yoki yo‘qligi), mikroftalmiya, yurak-qon tomir anomaliyalari (Fallo tetradasi, magistral qon tomirlar ekspozisiyasi, bo‘lmachalar hamda qorinchalararo to‘siq nuqsonlari), yuzni rivojlanish nuqsonlari (bo‘ri tanglay), ayrisimon bez nuqsonlari, qalqonsimon bez oldi bezlari patologiyasi hujjatlar bilan tasdiqlangan.

Izotretinoin yuqori lipofillikka ega ekanligi tufayli, uni ko‘krak sutiga tushishi ehtimoli bor. Nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishi mumkinligi tufayli, Roakkutan® preparatini emizikli ayollarga buyurish mumkin emas.

Qo‘llash usuli va dozalari

Standart dozalash tartibi

Ichga, ovqat vaqtida kuniga bir yoki ikki marta qabul qilinadi.

Roakkutan® preparatining terapevtik samaradorligi va uning nojo‘ya ta‘sirlari dozasiga bog‘liq va turli bemorlarda o‘zgarib turadi. Bu davolanish vaqtida dozani individual tanlash zaruriyatini taqazo etadi.

Roakkutan® preparati bilan davolashni sutkada tana vazniga 0,5 mg/kg doza bilan boshlash kerak. Ko‘pchilik bemorlar uchun preparatning dozasi sutkada tana vazniga 0,5 dan
1,0 mg/kg gacha chegaralarda tebranadi. Kasallikning juda og‘ir shakllari yoki tana aknesi bo‘lgan bemorlarga tana vazniga 2,0 mg/kg gacha bo‘lgan yanada yuqoriroq sutkalik dozalari talab etilishi mumkin. Remissiya tezligi va qaytalanishlarni oldini olish tana vazniga 120-150 mg/kg kurslik dozasi (davolash kursiga) ishlatilganida optimal bo‘lishi isbotlangan, shuning uchun ma‘lum bemorlarda davolash davomiyligi sutkalik dozaga qarab o‘zgaradi. Aknening to‘liq remissiyasiga ko‘proq davolashning 16-24 haftalariga kelib erishiladi. Tavsiya etilgan dozani juda yomon o‘zlashtira oladigan bemorlarda davolashni kichikroq dozada davom ettirish mumkin, biroq uzoqroq davom ettiriladi.

Ko‘pchilik bemorlarda akne bir martalik davolash kursidan so‘ng butunlay yo‘qoladi. Kasallik yaqqol qaytalanganida Roakkutan® preparatini birinchi marta qo‘llangan, sutkalik va kurslik dozasi bilan takroriy davolash kursini o‘tkazish ko‘rsatilgan. Garchi yaxshilanish preparat bekor qilingandan so‘ng 8 haftaga qadar davomida davom etishi mumkin bo‘lsa-da, takroriy davolash kursini ushbu muddat tugamasdan oldin buyurish mumkin emas.

Ayrim holatlarda davolash

Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda davolashni kichikroq dozasi (masalan, sutkada 10 mg) bilan boshlash va keyinchalik sutkada 1 mg/kg gacha yoki maksimal o‘zlashtira olinadigan dozagacha oshirish mumkin (ammo 1 mg/kg maksimal sutkalik dozadan oshirish mumkin emas). Sutkalik dozani kichik tomonga butun kapsulani eng yaqin kichik miqdorigacha yaxlitlash kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Roakkutan® preparatining ko‘pchilik nojo‘ya ta‘sirlari dozasiga bog‘liq. Odatda, preparat tavsiya etilgan dozalarda buyurilganida foyda va havf nisbati, kasallikning og‘irligini hisobga olish bemor uchun ma‘quldir. Odatda nojo‘ya ta‘sirlari preparatning dozasiga tuzatish kiritilgandan yoki bekor qilingandan so‘ng qaytuvchan xususiyatga ega, ammo ayrimlari davolash to‘xtatilganidan keyin ham saqlanib turishi mumkin.

A Gipervitaminozi bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlar: teri va shilliq qavatlarni, shu bilan birga lab (xeylit), burun bo‘shlig‘i (qon ketishi), halqum-xiqildoq (ovozini bo‘g‘ilishi), ko‘zning shilliq qavatlarini qurishi (kon‘yunktivit, shox pardani qaytuvchan xiralashishi va kontakt linzalarni o‘zlashtirolmaslik) bo‘lishi mumkin.

Teri va uning hosilalari: toshma, qichishish, yuz eritemasi/dermatit, kuchli terlash, piogen granulema, paronixiyalar, onixodistrofiya, granulyasion to‘qimani kuchli o‘sishi, sochlarni yupqalashishi, sochlarni qaytuvchan to‘kilishi, aknening fulminant shakllari, girsutizm, giperpigmentasiya, fotosensibilizasiya, fotoallergiya, terini salga jarohatlanishi, qo‘l va oyoq kafti terisini qipiqlanishi. Davolashni boshlanishida akneni, bir necha hafta saqlanib turuvchi, zo‘rayishi bo‘lishi mumkin.

Suyak-mushak tizimi: zardobda kreatinfosfokinaza (KFK) ning faolligini oshishi bilan yoki usiz kechuvchi mushaklarda og‘riq, bo‘g‘imlarda og‘riq, giperostoz, artrit, bog‘lamlar va paylarda kalsiyni to‘planishi, suyak to‘qimasi zichligini kamayishi, suyakning epifizar o‘sish sohasini muddatidan oldin yopilishi, suyaklarni boshqa o‘zgarishlari, tendinitlar.

Markaziy nerv tizimi va ruhiyat tomonidan: hulq-atvorni buzilishi, depressiya, suiqasdlik harakatlari, o‘z joniga qasd qilish, psixoz, haddan tashqari toliqish, bosh og‘rig‘i, bosh miya ichki bosimini oshishi (“bosh miyani soxta o‘smasi”: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, ko‘rishni buzilishi, ko‘ruv nervini shishi), tirishishlar.

Sezgi a‘zolari: ko‘rish o‘tkirligini buzilishi, yorug‘likdan qo‘rqish, qorong‘ilikka moslashishni buzilishi (g‘ira-shira paytida ko‘rish o‘tkirligini pasayishi), rang ajratish qobiliyatini buzilishi (preparat bekor qilinganidan so‘ng o‘tib ketuvchi), lentikulyar katarakta, keratit, blefarit, kon‘yunktivit, ko‘zlarni ta‘sirlanishi, kseroftalmiya, ma‘lum bir tovush chastotalariga nisbatan eshitishni buzilishi.

Me‘da-ichak yo‘llari: ko‘ngil aynishi, diareya, ichakning yallig‘lanish kasalliklari (kolit, ileit), qon ketishlari, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, milklarni qonashi, milklarni yallig‘lanishi; pankreatit (ayniqsa 800 mg/dl dan yuqori bo‘lgan yondosh gipertrigliseridemiyada), shu jumladan o‘limga olib keluvchi pankreatit. Jigar transaminazalari faolligini tranzitor va qaytuvchan oshishi, gepatit. Ko‘pgina bunday holatlarda o‘zgarishlar normaning chegarasidan chiqmagan va davolanish jarayonida dastlabki ko‘rsatkichlarga qaytgan, biroq ayrim holatlarda Roakkutan® preparatining dozasini kamaytirish yoki bekor qilish zaruriyati tug‘ilgan.

Nafas a‘zolari: bronxospazm (ko‘proq anamnezida bronxial astma bilan xastalangan bemorlarda).

Qon tizimi: anemiya, gematokritni pasayishi, leykopeniya, neytropeniya, trombositlar sonini oshishi yoki kamayishi, eritrositlar cho‘kish tezligi (ECHT) ni oshishi.

Laborator ko‘rsatkichlar: gipertrigliseridemiya, giperxolesterinemiya, giperurikemiya, yuqori zichlikdagi lipoproteinlarning konsentrasiyasini pasayishi, giperglikemiya. Roakkutan® preparatini qabul qilish vaqtida birinchi marta aniqlangan qandli diabet holatlari qayd etilgan. Ayrim bemorlarda, ayniqsa jadal jismoniy harakatlar bilan shug‘ullanadigan bemorlarda zardobda KFK ning faolligini oshishini ayrim holatlari ta‘riflangan.

Immun tizimi: grammusbat qo‘zg‘atuvchilar (Staphylococcus aureus) tomonidan chaqirilgan mahalliy yoki tizimli infeksiyalar.

Boshqalar: limfadenopatiya, gematuriya, proteinuriya, vaskulit (Vegener granulematozi, allergik vaskulit), tizimli o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, glomerulonefrit, belda og‘riq bo‘lishi mumkin.

Postmarketing kuzatishlar

Roakkutan® preparati qo‘llanganida postmarketing kuzatishlar vaqtida ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz kabi og‘ir darajadagi teri reaksiyalarini rivojlanish holatlari ta‘riflangan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Roakkutan® preparati qo‘llanganida, ayniqsa jadal jismoniy yuklamalarni bajargan pasientlarda ko‘proq gospitalizasiyaga va ayrim holatlarda – o‘limga olib keluvchi rabdomiolizning jiddiy holatlari xaqida xabar berilgan.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozasi oshirib yuborilganida A gipervitaminozi belgilari paydo bo‘lishi mumkin. Dozasi oshirib yuborilganidan so‘ng dastlabki bir necha soat davomida me‘dani yuvish talab etilishi mumkin.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

A gipervitaminozining simptomlari kuchayishi mumkinligi tufayli, Roakkutan® preparati va A vitamini (retinol) ni, shuningdek boshqa peroral retinoidlarni bir vaqtda buyurishdan saqlanish kerak.

Tetrasiklinlar ham bosh miya ichki bosimini oshirishi mumkinligi tufayli, ularni Roakkutan® preparati bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Izotretinoin progesteron preparatlarining samaradorligini susaytirishi mumkin, shuning uchun tarkibida progesteronning kichik dozalarini saqlovchi kontraseptiv vositalarni qo‘llash mumkin emas.

Mahalliy ta‘sirlanish kuchayishi mumkinligi tufayli, akneni davolash uchun eksfoliativ preparatlar yoki mahalliy keratolitiklar bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Roakkutan® preparatini faqat shifokorlar buyurishi kerak, yaxshisi tizimli retinoidlarni qo‘llash tajribasiga ega bo‘lgan va preparatning teratogen havfini biladigan dermatologlar buyurgani afzal. Ham ayol, ham erkak pasientlarga pasient uchun ma‘lumot broshyurasining kopiyasini berish kerak. Boshqa odamlarning organizmiga preparatning kutilmagan ta‘siridan saqlanish maqsadida, Roakkutan® preparatini qabul qilayotgan yoki yaqin vaqtda (1 oy) qabul qilgan bemorlardan donor qonini olish mumkin emas.

Preparat bilan davolanishdan oldin, davolash boshlanganidan so‘ng 1 oydan keyin, so‘ngra har 3 oyda yoki ko‘rsatmalarga qarab, jigar faoliyati va jigar fermentlarining konsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Jigar transaminazalarini o‘tkinchi va qaytuvchan oshishi, ko‘pchilik hollarda normal qiymat chegaralarigacha oshishi kuzatilgan. Agar jigar transaminazalarining faolligi normadan oshsa, preparatning dozasini kamaytirish yoki uni bekor qilish kerak.

Shuningdek preparat bilan davolanishdan oldin, davolash boshlanganidan so‘ng 1 oydan keyin, so‘ngra har 3 oyda yoki ko‘rsatmalarga qarab, zardobdagi lipidlarning konsentrasiyasini aniqlash kerak. Odatda lipidlarning konsentrasiyasi preparatning dozasi kamaytirilgandan yoki bekor qilingandan so‘ng, shuningdek parhezga rioya qilinganida normallashadi. Trigliseridlarning konsentrasiyasini klinik jihatdan ahamiyatli oshishini nazorat qilish kerak, chunki ularni 800 mg/dl yoki 9 mmol/l dan oshishi extimol, o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir pankreatitni rivojlanishi bilan kechishi mumkin. Turg‘un gipertrigliseridemiyada yoki pankreatit simptomlari kuzatilganida Roakkutan® preparatini bekor qilish kerak.

Kam hollarda Roakkutan® preparatini qabul qilgan bemorlarda depressiya, psixotik simptomlari ta‘riflangan, va juda kam hollarda – suiqasdlik harakatlari va o‘z joniga qasd qilish holatlari ta‘riflangan. Garchi ularni rivojlanish sababi preparatni qo‘llash bilan bog‘liqligi aniqlanmagan bo‘lsa-da, anamnezida depressiyasi bo‘lgan bemorlarda ayniqsa ehtiyotkorlikka rioya qilish va preparat bilan davolanish vaqtida depressiyani rivojlanishini aniqlash maqsadida barcha pasientlarni kuzatish, zarurat bo‘lganida tegishli mutaxassisga jo‘natish kerak. Biroq Roakkutan® preparatini bekor qilish simptomlarni yo‘qolishiga olib kelmasligi mumkin va keyinchalik kuzatish va mutaxassisda davolanish talab etilishi mumkin.

Kam hollarda davolashning boshida akneni zo‘rayishi kuzatiladi, bu preparatning dozasiga tuzatish kiritmasdan, 7-10 kun davomida o‘tib ketadi.

Diskeratozlarni davolash uchun Roakkutan® preparatini, akneni davolash uchun tavsiya etilgan davolash davomiyligi va umumiy dozalash kursida qo‘llanganidan so‘ng bir necha yildan keyin suyaklarda o‘zgarishlar, shu jumladan epifizar o‘sish zonasini muddatidan oldin yopilishi, giperostoz, bo‘g‘imlar va paylarni kalsifikasiyasi rivojlangan. Shuning uchun preparat istalgan bemorga buyurilganida, kuzatilishi mumkin bo‘lgan foyda va havf nisbatini oldindan sinchiklab baholash kerak.

Roakkutan® preparatini qabul qilayotgan pasientlarga, davolashni boshlanishida teri va shilliq qavatlarning qurushini kamaytirish uchun lablar uchun balzam, tana uchun namlovchi surtma va kremlarni ishlatish tavsiya etiladi.

Roakkutan® preparati qo‘llanganida postmarketing kuzatishlar jarayonida ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz kabi og‘ir darajadagi teri reaksiyalarini rivojlanish hollari ta‘riflangan. Ushbu ko‘rinishlar jiddiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin va ish qobiliyatini yo‘qolishi, hayot uchun havf tug‘diruvchi holatlar, gospitalizasiya yoki o‘limga olib kelishi mumkin. Roakkutan® preparatini qabul qilayotgan pasientlar, ularda og‘ir darajadagi teri reaksiyalarini aniqlash maqsadida, sinchkov kuzatuvga muhtojdirlar va zarurat bo‘lganida preparatni bekor qilish masalasini hal qilish kerak.

Roakkutan® preparatini qabul qilish fonida mushaklar va bo‘g‘imlarda og‘riq, qon zardobida KFK faolligi oshishi mumkin, ular jadal jismoniy yuklamalarni o‘zlashtirilishini pasayishi bilan kechishi mumkin.

Roakkutan® preparatini qabul qilayotgan bemorlarda, shuningdek davolash tugaganidan so‘ng 5-6 oy davomida, terining atipik sohalarida chandiqlanishni kuchayishi va (kam hollarda) giper- va gipopigmentasiya rivojlanishi mumkinligi tufayli, chuqur kimyoviy dermoabraziya va lazer bilan davolashni o‘tkazishdan saqlanish kerak. Roakkutan® preparati bilan davolanish vaqtida va tugaganidan so‘ng 6 oy davomida, epidermisni ko‘chishi, chandiqlar va dermatitni rivojlanish havfi borligi sababli, mumli applikasiya yordamida epilyasiya o‘tkazish mumkin emas.

Ayrim bemorlarda g‘ira-shirada ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ba‘zida davolash tugaganidan keyin ham saqlanib turishi mumkinligi tufayli, bemorlarga ushbu holat rivojlanishi mumkinligi yuzasidan ma‘lumot berish, tungi vaqtda avtomobilni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilishni tavsiya etish kerak. Ko‘rish o‘tkirligi holatini sinchiklab nazorat qilish kerak.

Kon‘yunktivani qurishi, shox pardani xiralashishi, g‘ira-shirada ko‘rish qobiliyatini yomonlashishi va keratit, odatda preparat bekor qilinganidan so‘ng o‘tib ketadi. Ko‘z shilliq qavati quriganida namlovchi ko‘z surtmasining applikasiyasi yoki sun‘iy ko‘z yoshi preparatini ishlatish mumkin. Keratit rivojlanishi mumkinligi tufayli, kon‘yunktivaga moyilligi bo‘lgan bemorlarni kuzatish kerak.

Ko‘rish faoliyatiga shikoyat qiluvchi bemorlarni oftalmologga jo‘natish va Roakkutan® preparatini bekor qilish maqsadga muvofiqligi xaqidagi masalani ko‘rib chiqish kerak. Davolanish vaqtida kontakt linzalarga ta‘sirchanlik bo‘lganida ko‘zoynaklardan foydalanish kerak.

Quyosh va ultrabinafsha nurlarining ta‘sirini cheklash kerak. Zarurat bo‘lganida himoya qilish omilining qiymati yuqori, kamida 15 SPF (sun protection factor) bo‘lgan quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalanish kerak. Havfsiz bosh miya ichki gipertenziyasini (“bosh miya soxta o‘smasi”) rivojlanishini kam holatlari ta‘riflangan, shu jumladan tetrasiklinlar bilan birga qo‘llanganda ta‘riflangan. Bunday pasientlarda Roakkutan® preparatini zudlik bilan bekor qilish kerak.

Roakkutan® preparati bilan davolashda ichakning yallig‘lanish kasalliklari rivojlanishi mumkin. Yaqqol ifodalangan gemorragik diareya bo‘lgan bemorlarda Roakkutan® preparatini zudlik bilan bekor qilish kerak.

Anafilaktik reaksiyalarning juda kam holatlari ta‘riflangan, ular retinoidlarni oldindan sirtga qo‘llashdan keyingina rivojlangan. Og‘ir darajadagi allergik reaksiyalar preparatni bekor qilish va bemorlarni sinchiklab kuzatish zaruriyatini talab etadi.

Roakkutan® preparati bilan davolanishda yuqori havf guruhidagi (qandli diabet, semizlik, surunkali alkogolizm yoki yog‘ almashinuvini buzilishlari bo‘lgan) bemorlarda glyukoza va lipidlarning konsentrasiyasini yanada tez-tez nazorat qilish talab etilishi mumkin.

Qandli diabetda yoki unga shubha qilinganida glikemiyani tez-tez aniqlash tavsiya etiladi.

Dori preparatlarini atrof muhitga tushishi minimal darajaga yetkazilishi kerak. Roakkutan® preparatini oqar suvlarga yoki maishiy chiqindilarga tashlash bilan utilizasiya qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Iloji boricha dori preparatlarini utilizasiya qilish uchun maxsus usullaridan foydalanish kerak.

Transport vositalarini boshqarish va mashinalar va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Davolanish vaqtida transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial havfli faoliyat turlarini bajarishda qat‘iy ehtiyotkrlikka rioya qilish kerak.

Ayrim bemorlarda g‘ira-shira vaqtida ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ba‘zida davolash tugaganidan so‘ng ham saqlanib turishi mumkinligi tufayli, bemorlariga, shunday holat rivojlanishi mumkinligi, to‘g‘risida ma‘lumot berib tungi vaqtda avtomobilni boshqarishda va mashinalar hamda mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilishni tavsiya qilish kerak.

Chiqarilish shakli va o‘rami

10 mg va 20 mg li kapsulalar

10 kapsuladan PVX/PE/PVDX/A1 yoki PVX/PVDX/A1 yoki PVX/A1 blisterda. 3 yoki 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Yaroqlilik muddati

3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng preparatni ishlatish mumkin emas.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ROAKKUTAN kapsulalar 20mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ROAKKUTAN kapsulalar 20mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ROAKKUTAN kapsulalar 20mg N30 dori vositasi F.Hoffmann-La Roche Ltd, Швейцария произведено: Catalent Germany Eberbach GmbH tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ROAKKUTAN kapsulalar 20mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ROAKKUTAN kapsulalar 20mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ROAKKUTAN kapsulalar 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: изотретиноин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffmann-La Roche Ltd, Швейцария произведено: Catalent Germany Eberbach GmbH
Narh: 367 299 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ROAKKUTAN kapsulalar 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: изотретиноин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffmann-La Roche Ltd, Швейцария произведено: Catalent Germany Eberbach GmbH
Narh: 367 299 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9