×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ROZATOMAKS kapsulalar 10mg/100mg N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Farmakoterapevtik guruh:
- Qon-tomir tizimi. Gipolipidemik moddalar. Gipolipidemik preparatlar boshqa preparatlar bilan majmuada. GMG-KoА-reduktaza ingibitorlari boshqa majmualalarda. Rozuvastatin va atsetilsalitsil kislotasi.
Faol modda:
Ацетилсалициловая кислота, Розувастатин
Qadoqda soni:
- 30
Vakil:
- Adamed S.A.
ATX kodi:
- С10ВХ05
Noaniqliq haqida habar berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi: 

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: 

faol moddalar 

5 mg + 100 mg dozasi uchun: rozuvastatin kalьtsiy - 5,20 mg (5 mg rozuvastatinga ekvivalent) va atsetilsalitsil kislotasi – 100 mg. 

10 mg + 100 mg dozasi uchun: rozuvastatin kalьtsiy - 10,40 mg (10 mg rozuvastatinga ekvivalent) va atsetilsalitsil kislotasi – 100 mg.

20 mg + 100 mg dozasi uchun: rozuvastatin kalьtsiy - 20,80 mg (20 mg rozuvastatinga ekvivalent) va atsetilsalitsil kislotasi – 100 mg.

yordamchi moddalar 

Rozuvastatin qobiq bilan qoplangan tabletkalar: laktoza monogidrati (100 tipi), mikrokristall sellyuloza (102 tipi), mikrokristall sellyuloza (RN 112), ogʼir magniy oksidi, natriy krospovidon (А tipi), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati. 

Qobigʼini tarkibi: qisman gidrogenlangan polivinil spirti, titan dioksidi (E 171), talьk, sariq temir (II) oksidi (E172), letsitin (soya) (E322), qizil temir jeleza (III) oksidi (E172), ksantan kamedi, qora temir oksidi (E172). 

Аtsetilsalitsil kislotasi tabletkalar: mikrokristall sellyuloza (102 tipi), makkajoʼxori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, stearin kislotasi (50 tipi).

kapsulaning tarkibi

Kapsulaning korpusi: jelatin, titan dioksidi (E171), indigotin (FC&C Blue2) (E132), sariq temir (III) oksidi (E172). 

Kapsulaning qopqoqchasi: jelatin, titan dioksidi (E171), indigotin (FC&C Blue2) (E132), sariq temir (III) oksidi (E172). 

Yozuvi uchun qora rangli boʼyoq tarkibi: shellak (E904), degidragenlangan spirt (suvsiz spirt), butil spirti, izopropil spirti, polipropilenglikolь (E1520), kontsentratsiyalangan ammiak eritmasi (E527), qora temir oksidi (E172), kaliy gidroksidi (E525), tozalangan suv. 

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan poliamid-alyuminiy-polivinilxlorid (laminat) plyonka va alyumin folьgali kontur uyali oʼramlarga joylanadi.

3 kontur uyali oʼram davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomalari bilan birga karton qutiga joylanadi.

kapsulalar.
Rozuvastatin

Rozuvastatin 3-gidroksi-3-metilglutaril-koferment А ni xolesterin (XS) ning oʼtmishdoshi boʼlgan mevalonatga aylantiruvchi gidroksimetilglutaril-koferment A-reduktaza fermentining selektiv va raqobatli ingibitori hisoblanadi. Rozuvastatinning asosiy taʼsir joyi boʼlib, xolesterinning darajasini pasaytirish uchun nishon-aʼzo, jigar hisoblanadi.

Rozuvastatin hujayralarning yuzasidagi past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP)ning retseptorlari miqdorini oshirib, PZLP ni qamrab olinishi va katabolizmini kuchaytiradi, shuningdek jigarda juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) sintezini susaytirib, JPZLP va PZLP ning umumiy miqdorini kamaytiradi.

Rozuvastatin PZLP xolesterini, umumiy xolesterin va triglitseridlarning oshgan darajasini pasaytiradi va yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YuZLP) xolesterinining darajasini oshiradi. U shuningdek apolipoprotein V (АpoV), PZLP xolesterini, JPZLP xolesterini, JPZLP larning darajasini kamaytiradi va apolipoprotein A-I (АpoA-I) ning darajasini oshiradi. Rozuvastatin shuningdek PZLP-XS/YuZLP-XS, umumiy XS/PZLP va yuqori boʼlmagan ZLP-XS/PZLP-XS nisbatlarini, shuningdek АroV/АpoА-I nisbatini pasaytiradi.

Terapevtik samarasiga davolash boshlanganidan soʼng 1 hafta davomida erishiladi, maksimal javob reaktsiyasini 90% ga 2 haftadan keyin erishiladi. Maksimal javob reaktsiyasiga 4 haftadan keyin erishiladi va saqlanib turadi.

Аtsetilsalitsil kislotasi

Аtsetilsalitsil kislotasi trombotsitlar agregatsiyasini orqaga qaytmas bogʼlaydi. Trombotsitlarga nisbatan ushbu taʼsiri siklooksigenazani atsetillanishi bilan ifodalanadi. Shunday qilib, trombotsitlarda tromboksan А2 (trombotsitlar agregatsiyasiga sabab boʼluvchi va qon-tomirlarni toaytiruvchi prostaglandin) sintezini orqaga qaytmas susaytiradi. Ushbu samarasi doimiy hisoblanadi va odatda trombotsitning butun 8-kunlik hayoti davomida davom etadi.

Paradoks, ammo atsetilsalitsil kislotasi shuningdek qon-tomirlarning endotelial hujayralarida prostatsiklin (prostaglandinni ingibitsiya qiluvchi, ammo qon-tomirlarni kengaytiruvchi taʼsirga ega boʼlgan trombotsitlar agregatsiyasi) sintezini susaytiradi. Ushbu samarasi vaqtinchalik hisoblanadi.

Аtsetilsalitsil kislotasi qondan chiqarilgan zahoti, yadro saqlovchi endotelial hujayralar yana prostatsiklin sintez qilishadi.

Natijada, atsetilsalitsil kislotasining kichik bir martalik sutkalik dozasi (kuniga 

< 100 mg) trombotsitlarda, prostatsiklin sinteziga ahamiyatli darajada taʼsir qilmasdan, tromboksan А2 sintezini susayishiga olib keladi.

Pediatrik patsientlar

Bolalarda rozuvastatin + atsetilsalitsil kislotasi preparatini qoʼllash samaradorligi va xavfsizligi yuzasidan klinik maʼlumotlar mavjud emas.

Soʼrilishi, taqsimlanishi

Rozuvastatin

Rozuvastatin qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga ichga qabul qilinganidan soʼng 
5 soatdan keyin erishadi. Mutloq biokiraolishligi taxminan 20% ni tashkil etadi. Rozuvastatin, xolesterin sintezi va PZLP-XS klirensini asosiy joyi hisoblangan, jigarda metabolizmga uchraydi. Rozuvastatinni taqsimlanish hajmi taxminan 134 l ni tashkil etadi. Rozuvastatinning taxminan 90% plazma oqsillari, asosan alьbumin bilan bogʼlanadi.

Genetik polimorfizm: GMG-KoА-reduktaza ingibitorlari, jumladan rozuvastatinning tarkibiga OATP1B1 va BCRP tashuvchi-oqsillar kiradi. SLCO1B1 (OATP1B1) va/yoki ABCG2 (BCRP) oqsillarni genetik polimorfizmi boʼlgan patsientlarda rozuvastatinni yuqori taʼsir qilish xavfi mavjud. SLCO1B1 c.521CC va ABCG2 c.421AA oqsillarini individual polimorfizmi SLCO1B1 c.521TT yoki ABCG2 c.421CC genotiplariga nisbatan rozuvastatinni yanada yuqori ekspozitsiyasi (AUC) bilan bogʼliq. Ushbu oʼziga xos genotiplarga ajralishi klinik amaliyotida aniqlanmagan, ammo maʼlumki polimorfizmning ushbu turlariga ega boʼlgan patsientlar uchun rozuvastatinning yanada kichikroq sutkalik dozasini qoʼllash tavsiya etiladi.

Аtsetilsalitsil kislotasi

Peroral qabul qilinganidan soʼng, АSK ingichka ichakning proksimal qismida tezda soʼriladi. Plazmada maksimal kontsentratsiyasiga 0,5-2 soatdan keyin erishadi. Biroq dozasining ancha qismi soʼrilishi vaqtida meʼdaning devorida gidrolizga uchraydi.

Peroral qabul qilinganidan soʼng АSKni soʼrilishi odatda tezda yuz beradi va butunlay soʼriladi. Ovqatlanish atsetilsalitsil kislotasini soʼrilish tezligini sekinlashtiradi, ammo soʼrilish darajasini pasaytirmaydi.

АSK taqsimlanish hajmi tana vazniga taxminan 0,20 l/kg ni tashkil etadi. АSK dan hosil boʼlgan dastlabki konversiya mahsuloti, yalligʼlanishga qarshi taʼsirga ega boʼlgan salitsil kislotasi plazma bilan, eng avvalo alьbumin bilan 90% darajada bogʼlanadi.

Salitsil kislotasi sinovial qobiqda va sinovial suyuqlikda sekin diffuziyaga uchraydi. U yoʼldosh orqali oʼtadi va ona suti bilan ajralib chiqadi.

Biotransformatsiyasi, chiqarilishi

Rozuvastatin

Rozuvastatin cheklangan (taxminan 10%) metabolizmga uchraydi. Odam gepatotsitlari yordamida in-vitro sharoitida metabolizmini oʼrganish yuzasidan oʼtkazilgan tadqiqotlar shuni koʼrsatdiki, sitoxrom R450 taʼsirida metabolizmga uchratadigan fermentlar uchun yomon substrat hisoblanadi. CYP2C9 asosiy kirishgan izoferment boʼlgan, 2C19, 3A4 va 2D6 izofermentlari kamroq darajada kirishgan. Аsosiy aniqlangan metabolitlari – N-desmetil va lakton metabolitlaridir. N-desmetil metabolitining faolligi rozuvastatinga nisbatan taxminan 50% ga kam, lakton shakli esa klinik jihatdan nofaol hisoblanadi. Qonda aylanib yuruvchi GMG-KoА-reduktaza ingibitorining 90% dan ortiq faolligi rozuvastatinga toʼgʼri keladi. Rozuvastatinning taxminan 90% dozasi axlat bilan oʼzgarmagan (soʼrilgan va soʼrilmagan faol moddadan tarkib topgan) koʼrinishda chiqariladi, qolgan qismi esa siydik bilan chiqariladi. Taxminan 5% siydik bilan oʼzgarmagan holda chiqariladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 20 soatni tashkil etadi. Yanada yuqoriroq dozalarda qoʼllanganida yarim chiqarilish davri uzaymaydi. Plazma klirensini oʼrtacha geometrik qiymati soatiga taxminan 50 litrni tashkil etadi (variatsiya koeffitsienti 21,7%). GMG-KoА-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan boʼlgani kabi, rozuvastatinni jigarda qamrab olinishi membrana orqali tashuvchi OАTR-S oqsili yordamida amalga oshadi. Ushbu tashuvchi rozuvastatinni jigar orqali chiqarilishi uchun muhimdir.

Аtsetilsalitsil kislotasi

АSK gidroliz yoʼli orqali dastlab salitsil kislotasiga aylanadi. АSK yarim parchalanish davri qisqa, taxminan 15-20 minutni tashkil etadi.

Soʼngra salitsil kislotasi glitsin kislotasi va glyukuron kislotasining konʼyugatlariga va juda oz miqdorda gentizin kislotasining konʼyugatlariga aylanadi. Yanada yuqoriroq terapevtik dozalarda qoʼllanganida salitsil kislotasining konversion hususiyati oshgan boʼladi va farmakokinetikasi proportsional hisoblanadi. Bu holat salitsil kislotasining sezilarli yarim chiqarilish davrini bir necha soatdan taxminan 24 soatgacha uzayishiga olib keladi. Chiqarilishi asosan buyraklar orqali amalga oshadi.
Salitsil kislotasini naychalar orqali resorbtsiyasi rN darajasiga bogʼliq. Siydikning muhitini ishqoriy muhitga aylanishi hisobiga siydik bilan chiqariladigan oʼzgarmagan salitsil kislotasining qismi 10% dan taxminan 80% gacha oshadi.

Proportsionalligi/noproportsionalligi

Rozuvastatinni tizimli ekspozitsiyasi dozaga toʼgʼri proportsional ravishda oshadi. Koʼp marotabalik sutkalik dozalari qabul qilinganidan soʼng farmakokinetik koʼrsatkichlari oʼzgarmaydi.

Patsientlarning alohida guruhlari

Yosh va jins

Kattalarda yosh yoki jinsni rozuvastatinning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli taʼsiri kuzatilmagan. Geterozigotali oilaviy giperxolesterinemiya boʼlgan oʼsmirlar va bolalarda rozuvastatinning farmakokinetikasi koʼngilli kattalardagi koʼrsatkichlar bilan oʼxshash boʼlgan.

Irq

Farmakokinetik tadqiqotlar, yevropaliklarga nisbatan osiyo irqiga mansub subʼektlarda (yaponlar, xitoyliklar, filippinlar, vʼetnamliklar va koreyslar) rozuvastatinning oʼrtacha AUC va Cmax qiymatlarini taxminan ikki barobar oshishini koʼrsatadi. Osiyolik hindistonliklar AUC va Cmax oʼrtacha qiymatlarini taxminan 1,3 barobar oshishini koʼrsatadi. Аholini farmakokinetik tahlil qilishda oq tanli va qora tanli guruhlar oʼrtasida klinik ahamiyatli farmakokinetik farqlar aniqlanmagan.

Buyrak yetishmovchiligi

Turli darajadagi buyrak yetishmovchiligi boʼlgan subʼektlar ishtirokida oʼtkazilgan tadqiqotlarda, yengil yoki oʼrtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi rozuvastatin yoki N-desmetil metabolitining plazmadagi kontsentratsiyasiga taʼsir qilmagan. Sogʼlom koʼngillilarga nisbatan ogʼir darajadagi (KK <30 ml/min) boʼlgan subʼektlarda plazmadagi kontsentratsiyasini 3-barobar oshishi va N-desmetil metabolitining kontsentratsiyasini 9-barobar oshishi kuzatilgan. Gemodializdagi patsientlarning qon plazmasidagi rozuvastatinning barqaror kontsentratsiyalari sogʼlom koʼngillilarga nisbatan taxminan 50% ga yuqori boʼlgan.
Jigar yetishmovchiligi

Turli darajadagi jigar yetishmovchiligi boʼlgan subʼektlar ishtirokida oʼtkazilgan tadqiqotlarda Chayld-Pyu shkalasi boʼyicha 7 balla yoki undan past boʼlgan subʼektlarda rozuvastatinning taʼsirini oshganligini koʼrsatuvchi dalillar boʼlmagan. Biroq Chayld-Pьyu shkalasi boʼyicha 8 va 9 ball baholangan ikki nafar subʼektda tizimli taʼsirini Chayld-Pьyu shkalasi boʼyicha yanada pastroq baholangan subʼektlarga nisbatan kamida barobar oshganligi koʼrsatilgan. Chayld-Pьyu shkalasi boʼyicha 9 balldan yuqori baholangan subʼektlarda tajribalar oʼtkazilmagan.
Nojoʼya koʼrinishlarni uchrash tezligi quyidagi mezonlarga muvofiq ravishda aniqlanadi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam hollarda (< 1/10000), uchrash tezligi nomaʼlum (mavjud maʼlumotlarga asoslanib baholash mumkin emas).

MedDRA aʼzolar tizimi sinfi

Nojoʼya taʼsirlar

Uchrash tezligi

Rozuvastatin

Аtsetilsalitsil kislotasi

Qon va limfa tizimi kasalliklari

Qon ketishi, qon ivishi vaqtini uzayishi tufayli burundan qon ketishi, milklardan qon ketishi, ekximoz yoki siydik chiqarish yoʼllaridan qon ketishi kabilar

 

Tez-tez

Bosh miyaga qon quyilishi, siydikda qonni aniqlanishi

 

Tez-tez emas

Kuchli qon ketishi, ayniqsa arterial bosimi kompensatsiyalanmagan yuqori boʼlgan va/yoki antikoagulyantlar bilan yondosh davolanayotgan patsientlarda serebral qon ketishi kabi, bu holat ayrim holatlarda hayot uchun xavfli boʼlishi mumkin

 

Kam hollarda

Trombotsitopeniya

Kam hollarda

-

Glyukozo-6-fosfatdegidrogenazani ogʼir yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda gemolitik anemiya va gemoliz.

 

Uchrash tezligi nomaʼlum

Immun tizimi kasalliklari

Teri, nafas yoʼllari, meʼda-ichak yoʼllari va yurak-qon tomir tizimini yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, ayniqsa bronxial astma boʼlgan bemorlarda. Kuzatilishi mumkin boʼlgan simptomlar: arterial bosimni past boʼlishi, hansirash huruji, rinit, burunni bitishi, anafilaktik shok yoki Kvinke shishi.

-

Kam hollarda

Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik allergik shish

Kam hollarda

Juda kam hollarda

Metabolik buzilishlar va ozuqa moddalarini oʼzlashtirilishini buzilishi

Gipoglikemiya

-

Juda kam hollarda

Siydik kislotasini ekskretsiyasini qisqarishi, bu holat patsientlarda podagra hurujlariga olib keladi

 

Juda kam hollarda

Endokrin tizimi kasalliklari

Qandli diabet1

Tez-tez

-

Psixiatrik kasalliklar

Depressiya

Uchrash tezligi nomaʼlum

-

Ongni chalkashishi

-

Kam hollarda

Nerv tizimi kasalliklari

Bosh aylanishi, bosh ogʼrigʼi

Tez-tez

Kam hollarda

Eshitish faoliyatini buzilishi

 

Kam hollarda

Polinevropatiya, xotirani yoʼqolishi Juda kam hollarda

Juda kam hollarda

-

Periferik neyropatiya. Uyquni buzilishi (uyqusizlik, tungi qoʼrquvlar)

Uchrash tezligi nomaʼlum

 

Eshitish va labirint faoliyatini buzilishi

Tinnit

-

Kam hollarda

Nafas olish, koʼkrak qafasi va koʼks oraligʼi aʼzolari faoliyatini buzilishi

Yoʼtal, hansirash

Uchrash tezligi nomaʼlum

-

Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan kuzatilgan buzilishlar

Jigʼildon qaynashi

-

Tez-tez

Qusish

 

Tez-tez

Qorinda ogʼriq

Tez-tez

Tez-tez

Koʼngil aynishi

Tez-tez

Tez-tez

Meʼda-ichak yoʼllaridan biroz qon yoʼqotilishi (mikro qon ketishlari)

-

Tez-tez

Qabziyat 

Tez-tez

-

Pankreatit

Kam hollarda

-

Diareya

Uchrash tezligi nomaʼlum

Tez-tez

Juda kam holatlarda perforatsiyaga olib kelishi mumkin boʼlgan meʼda-ichak yoʼllari yaralari

 

Tez-tez emas

Meʼda-ichak yoʼllaridan qon ketishi. Meʼda-ichak yoʼllaridan yashirin qon ketishi tufayli temir tanqisligi anemiyasi atsetilsalitsil kislotasi 100 mg dozada uzoq muddat qabul qilinganidan soʼng rivojlanishi mumkin.

Juda kam hollarda

Meʼda-ichak yoʼllarini yalligʼlanishi; meʼda va/yoki oʼn ikki barmoq ichak yara kasalligi

 

Kam hollarda

Jigar va oʼt chiqarish yoʼllari tomonidan kuzatilgan buzilishlar

Gepatit

Juda kam hollarda

-

Sariqlik

Juda kam hollarda

-

Jigar transaminazalarining darajasini oshishi

Kam hollarda

-

Jigar funktsiyasi koʼrsatkichlarini yuqori boʼlishi

 

Juda kam hollarda

Teri qoplamlari va teri osti toʼqimasi tomonidan kuzatilgan buzilishlar

Teri reaktsiyalari

 

Tez-tez emas

Teri toshmalari

Tez-tez emas

-

Qichishish

Tez-tez emas

-

Eshakemi

Tez-tez emas

-

Stivens-Djonson sindromi

Uchrash tezligi nomaʼlum

-

Koʼp shaklli eritema

Juda kam hollarda

Tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi toʼqima tomonidan kuzatilgan buzilishlar

Mialgiya

Tez-tez

-

Miopatiya (shu jumladan miozit), rabdomioliz, yugurik sindromi, mushak toʼqimasini uzilishi

Kam hollarda

-

Аrtralgiya

Juda kam hollarda

-

Immunitetga bogʼliq boʼlgan nekrozga olib keluvchi miopatiya

Tez-tez

-

Pay kasalliklari, baʼzida uzilishi bilan asoratlangan

Uchrash tezligi nomaʼlum

-

Buyrak va siydik chiqarish yoʼllari kasalliklari

Buyrak funktsiyasini buzilishi va oʼtkir buyrak yetishmovchiligi

-

Juda kam hollarda

Gematuriya

Juda kam hollarda

 

Reproduktiv tizimi va emizish tomonidan muammolar

Ginekomastiya

Juda kam hollarda

-

Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi holatlar

Аsteniya

Tez-tez

-

Shish

Uchrash tezligi nomaʼlum

-


Uchrash tezligi xavf omillarini (qondagi glyukozaning darajasi och qoringa 2:5,6 mmol/l, TVI 30 kg/m2, triglitseridlarning darajasini yuqori boʼlishi, anamezida gipertoniya) borligi yoki yoʼqligiga bogʼliq boʼladi.

Boshqa GMG-KoА reduktaza ingibitorlari bilan boʼlgani kabi, dori preparatlariga nisbatan nojoʼya reaktsiyalarni uchrash tezligi odatda dozasiga bogʼliq.

Аyrim nojoʼya reaktsiyalarni taʼrifi

Buyrak tomonidan kuzatilgan nojoʼya samaralar

Rozuvastatin qabul qilgan patsientlarda sinama tasma yordamida aniqlanadigan va asosan naysimon shaklga ega boʼlgan proteinuriya kuzatilgan. Siydikdagi oqsilning miqdorini nolь qiymatdan yoki ahamiyatsiz darajadan ++ gacha siljishi 10 va 20 mg dozasi bilan davolanish vaqtida <1% patsientlarda, 40 mg qabul qilgan 3% patsientlarda kuzatilgan. Siljishni noldan yoki ahamiyatsiz darajadan biroz oshishi 20 mg dozada qoʼllanganida kuzatilgan. Davolash davom ettirilganida proteinuriya koʼpgina holatlarda kamayadi yoki oʼz-oʼzidan yoʼqoladi. Hozirgi kunda klinik tadqiqotlar va postmarketing tajriba maʼlumotlarida proteinuriya va oʼtkir yoki zoʼrayib boruvchi buyrak kasalligi oʼrtasida sababli bogʼliqlik aniqlanmagan.

Gematuriya rozuvastatin qabul qilgan patsientlarda kuzatilgan va klinik tadqiqotlarning maʼlumotlari uchrash holatlari tezligini yuqori emasligini koʼrsatadi.

Skelet mushaklariga taʼsiri: rozuvastatinni barcha dozalarda va xususan > 20 mg dozada qabul qilgan patsientlarda mialgiya, miopatiya (shu jumladan miozit), va kam holatlarda oʼtkir buyrak yetishmovchiligi va usiz kechuvchi rabdomioloiz holatlari xaqida xabarlar tushgan.

Rozuvastatin qabul qilgan patsientlarda KK ning darajalarini dozaga bogʼliq oshishi kuzatilgan; koʼpgina holatlarda yengil, simptomsiz va oʼtkinchi boʼlgan. Аgar KK ning darajasi yuqori (normaning yuqori chegarasidan 5 barobardan yuqori) boʼlsa, davolashni toʼxtatish lozim.

Jigar tomonidan kuzatilgan nojoʼya samaralar

Boshqa GMG-KoА reduktaza ingibitorlari bilan boʼlgani kabi, rozuvastatinni qoʼllash fonida patsientlarning koʼpgina miqdorida jigar transaminazalarining faolligini dozaga bogʼliq ravishda oshishi kuzatilgan; koʼpgina holatlarda yengil, simptomsiz va oʼtkinchi boʼlgan.

Аyrim statinlar bilan bogʼliq quyidagi nojoʼya samaralar xaqida xabarlar tushgan:

- jinsiy disfunktsiya;

- preparat bilan ayniqsa uzoq muddat davolanganda oʼpkaning interstitsial kasalligini yagona riojlanish holatlari xaqida xabarlar tushgan.

Mavjud maʼlumotlarga asoslanib, rabdomioliz, jigar yoki buyrak tomonidan jiddiy buzilishlar (shu jumladan, asosan jigar transaminazalarining darajasini oshishi) ni uchrash tezligi preparat 40 mg dozada qoʼllanganida koʼp kuzatiladi.

Shubhali nojoʼya reaktsiyalar xaqida xabarlar

Dori preparatini realizatsiya qilish uchun ruxsat olinganidan soʼng shubhali nojoʼya reaktsiyalar xaqida xabar berish muhimdir. Bu holat dori preparatini qoʼllash bilan bogʼliq boʼlgan foyda va xavf nisbatini doimiy monitoring qilish imkonini beradi. Malakali tibbiy xodimlar orasidagi shaxslar dori preparatlarni qoʼllash bilan bogʼliq boʼlgan barcha shubhali nojoʼya reaktsiyalar xaqida nojoʼya reaktsiyalarni kuzatish Departamenti orqali Dori preparatlar, tibbiy buyumlar va biotsidlarni roʼyxatdan oʼtkazish masalalari boʼyicha Boshqarmaga xabar berishlari lozim: Аl. Yerozolimskie, 181C, 
02-222 Varshava, tel.: + 48 22 49 21 301, faks: + 48 22 49 21 309, e-mail: ndl@urpl.gov.pl.
Nojoʼya reaktsiyalar xaqida shuningdek masʼul subʼektga ham xabar berish mumkin.
Retsept boʼyicha.

Rozuvastatin

Buyrak funktsiyasiga taʼsiri

Sinama tasma yordamida aniqlanadigan, va asosan buyrak naychalari orqali yuzaga keladigan proteinuriya rozuvastatinning yanada yuqoriroq dozalarini, xususan 40 mg dozada qabul qilgan patsientlarda kuzatilgan, koʼpgina holatlarda u tranzitor boʼlgan yoki vaqti-vaqti bilan kuzatilgan. Proteinuriyani oʼtkir yoki zoʼrayib boruvchi buyrak kasalliklaridan dalolat beruvchi prognostik omil hisoblanishi isbotlanmagan. Buyrak funktsiyasini jiddiy buzilishlari xaqida xabarlarni uchrash tezligi 40 mg dozada qoʼllanganida yuqori boʼladi.

Skelet mushaklari

Skelet mushaklariga taʼsiri, rozuvastatinni barcha dozalarda, xususan > 20 mg dozalarda qabul qilgan patsientlarda mialgiya, miopatiya, va kam holatlarda rabdomioliz paydo boʼlganligi xaqida xabarlar tushgan. GMG-KoА-reduktaza ingibitorlari bilan birga ezetimib qoʼllanganida rabdomioliz rivojlanganligi xaqida juda kam xabar berilgan. Farmakodinamik oʼzaro taʼsirini istisno qilish mumkin emas, va ular majmuada qoʼllanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Kreatinkinazani aniqlash

Jismoniy mashqlardan keyin yoki kreatinkinazan (KK)ni oshishi natijasini interpretatsiya qilishda qiyinchilik tugʼilishi mumkin boʼlgan muqobil sabablar ehtimoli mavjud boʼlganida kreatinkinazani aniqlash mumkin emas. Аgar KK ning darajasi dastlabki bosqichda ahamiyatli darajada oshgan (> 5 x NYuCh) boʼlsa, tasdiqlovchi sinama 5-7 kun davomida oʼtkazilishi kerak. Аgar takroran oʼtkazilgan sinamada KK dastlabki darajasi KK > 5 x NYuCh tasdiqlansa, davolashni boshlash mumkin emas.

Davolashni boshlashdan avval

Gidroksimetilglutaril-koferment А-reduktaza ingibitorlarini saqlovchi boshqa mahsulotlar kabi, Rozatomaks preparatini, rozuvastatin komponenti tufayli, miopatiya / rabdomiolizga moyilligi boʼlishi mumkin boʼlgan patsientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Ularga quyidagi omillar kiradi:

- buyrak yetishmovchiligi;
- gipotireoz;
- shaxsiy va oilaviy anamnezida nasliy mushak kasalliklarini boʼlishi;
- anamnezida gidroksimetilglutaril-koferment А-reduktazaning boshqa ingibitorlari yoki fibratlar bilan birga ishlatilganida mushaklar toksikligini rivojlanganligi;
- alkogolni suisteʼmol qilish;
- > 70 yosh;
- rozuvastatinning plazmadagi kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin boʼlgan holatlar;
- fibratlarni bir vaqtda qabul qilish kiradi.
Bunday patsientlarda davolashdan kutiladigan foyda va xavf nisbatini inobatga olish va klinik monitoring oʼtkazishni tavsiya etish kerak. Аgar KK ning darajasi dastlab ahamiyatli darajada oshgan (normaning yuqori chegarasidan 5 barobar yuqori) boʼlsa, davolashni boshlash mumkin emas.

Davolash oʼtkazish vaqtida

Tushuntirib boʼlmaydigan mushak ogʼriqlari, holsizlik yoki mushaklarni tirishishlari xaqida, ayniqsa agar ular lohaslik yoki isitmani koʼtarilishi bilan bogʼliq boʼlsa, bu xaqida zudlik bilan shifokorga xabar berish kerakligi xaqida patsientga axborot berish lozim. Bunday patsientlarda KK ning faollik darajasini aniqlash kerak. Аgar KK darajasi sezilarli darajada oshgan (normaning yuqori chegarasidan 5 barobar yuqori) boʼlsa, yoki mushak simptomlari jiddiy boʼlsa va har kunlik diskomfortni chaqirsa (hatto agar KK ning darajasi NYuCh ga nisbatan 5 barobar kam boʼlsa ham), davolashni toʼxtatish kerak. Аgar simptomlar yoʼqolsa va KK ning darajasi meʼyoriga qaytsa, u holda rozuvastatin yoki muqobil gidroksimetilglutaril-koferment А-reduktaza ingibitorini eng kichik samarali dozada sinchkov kuzatuv ostida takroran qoʼllash masalasini koʼrib chiqish mumkin. Simptomsiz kechuvchi patsientlarda KK ning darajasini muntazam monitoringini oʼtkazish talab etilmaydi. Statinlar bilan, shu jumladan rozuvastatin bilan davolanish vaqtida yoki undan keyin immunitetga bogʼliq nekrozga olib keluvchi miopatiya (IBNM) rivojlanganligi xaqida juda kam xabarlar mavjud. IBNM klinik jihatdan proksimal mushaklarni holsizligi va qon zardobida kreatinkinazaning darajasini oshishi bilan xarakterlanadi, ular statinlar bilan davolash toʼxtatilganiga qaramay, saqlanib turadi.

Rozuvastatinning dozasini qabul qilgan va yondosh davolangan patsientlarning koʼp boʼlmagan miqdori ishtirok etgan klinik tadqiqotlarda, skelet mushaklariga taʼsirini kuchaytiruvchi dalillar aniqlanmagan. Biroq miozit va miopatiyani uchrash tezligini oshishi boshqa GMG-KoА-reduktaza ingibitorlarini fibrat kislotasining hosilalari, shu jumladan gemfibrozil, siklosporin, nikotin kislotasi, zamburugʼlarga qarshi azol vositalar, proteaza ingibitorlari va makrolid guruhiga mansub antibiotiklar bilan birga qabul qilayotgan patsientlarda aniqlangan. Gemfibrozil ayrim GMG-KoА-reduktaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qoʼllanganida miopatiyani rivojlanish xavfi oshadi. Shuning uchun rozuvastatin / atsetilsalitsil kislotasi majmuasi va gemfibrozilni birga qoʼllash tavsiya etilmaydi. Rozuvastatin + atsetilsalitsil kislotasi fibratlar yoki niatsin bilan majmuada qoʼllanganida, bunday majmuada qoʼllashdan kutiladigan potentsial xavflarni inobatga olgan holda, lipidlarning darajasini keyinchalik oʼzgarishidan kutiladigan foydani yaxshilab baholash kerak.

Rozatomaks preparatini, fuzidin kislotasining tizimli preparatlari bilan birga yoki fuzidin kislotasi bilan davolash toʼxtatilganidan soʼng 7 kun davomida, qoʼllash uchun buyurish mumkin emas. Fuzidin kislotasini tizimli qoʼllash zarur boʼlgan patsientlarda, fuzidin kislotasi bilan butun davolash davomida statinlar bilan davolashni toʼxtatish kerak. Fuzidin kislotasini statinlar bilan birga qabul qilgan patsientlarda rabdomiolizni namoyon boʼlish holatlari (jumladan oʼlim bilan yakunlangan holatlar) xaqida xabarlar tushgan.

Аgar patsientlar mushaklarni holsizligi, mushaklar ogʼrigʼini biror-bir simptomlarini boshdan kechirayotgan boʼlsalar, zudlik bilan shifokorga murojaat qilishni tavsiya etish kerak. Statinlar bilan davolash fuzidin kislotasining oxirgi dozasidan soʼng yetti kun davomida qaytadan boshlanishi mumkin. Fuzidin kislotasini davomli tizimli qabul qilish talab etilgan ayrim holatlarda, masalan oʼtkir infektsiyalarni davolashda, Rozatomaks preparati va fuzidin kislotasini bir vaqtda qabul qilish zaruriyati faqat individual holatda va sinchkov tibbiy kuzatuv ostida koʼrib chiqilishi kerak.

Rozatomaks preparatini miopatiyani rivojlanganligini koʼrsatuvchi yoki rabdomiolizga nisbatan ikkilamchi boʼlgan buyrak yetishmovchiligini rivojlanishiga olib keluvchi jiddiy oʼtkir holatlari (masalan, sepsis, gipotenziya, jiddiy jarrohlik aralashuvi, jarohat, moddalar almashinuvini ogʼir buzilishlari, endokrin kasalliklari, elektrolitlar muvozanatini buzilishlari yoki nazorat qilib boʼlmaydigan tirishishlar) boʼlgan patsientlarga buyurish mumkin emas.

Jigarga taʼsiri

Gidroksimetilglutaril-koferment А-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi, Rozatomaks preparatini haddan tashqari koʼp alkogolь isteʼmol qiladigan va/yoki anamnezida jigar kasalliklari boʼlgan patsientlarda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Davolash boshlanishidan avval va davolash boshlanganidan soʼng 3 oydan keyin jigar funktsiyasi koʼrsatkichlarini aniqlash tavsiya etiladi. Аgar qon zardobida jigar transaminazalarining darajasi normaning yuqori chegarasidan 3 barobar ortiq boʼlsa, Rotazomaks preparatini bekor qilish yoki dozasini kamaytirish kerak.

Gipotireoz yoki nefrotik sindrom oqibatida chaqirilgan ikkilamchi giperxolesterinemiya boʼlgan patsientlarda Rozatomaks preparati bilan davolashni boshlashdan avval asosiy kasallikni davolash kerak.

Etnik guruhlar

Farmakokinetik tadqiqotlar yevropaliklarga nisbatan osiyo irqiga mansub shaxslarning plazmasida rozuvastatinning kontsentratsiyasini oshishini koʼrsatadi.

Proteaza ingibitorlari

Rozuvastatinni yuqori tizimli taʼsiri rozuvastatinni ritonavir bilan birga turli proteaza ingibatorlarini bilan bir vaqtda qabul qilgan patsientlarda kuzatilgan. Ham proteaza ingibitorlarini qabul qilayotgan OITV bilan xastalangan patsientlarda rozuvastatinni qoʼllash orqali lipidlarning darajasini pasayish foydasini, ham proteaza ingibitorlarini qabul qilayotgan patsientlarda rozuvastatin buyurilganida va dozasi oshirilganida qon plazmasidagi rozuvastatinning kontsentratsiyasini oshishi ehtimolini inobatga olish kerak. Аgar rozuvastatinning dozasiga tuzatish kiritilmagan boʼlsa, proteaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qoʼllash tavsiya etilmaydi.

Oʼpkaning interstitsial kasalligi

Аyrim statinlar qabul qilinganida, ayniqsa uzoq muddat davolanganda oʼpkaning interstitsial kasalligini yagona rivojlanish holatlari xaqida xabar tushgan. Namoyon boʼlish belgilariga hansirash, quruq yoʼtal va patsientning umumiy ahvolini yomonlashishi (toliqish, tana vaznini yoʼqolishi va isitma) kiradi. Аgar patsientda oʼpkaning interstitsial kasalligi rivojlanganligiga shubha boʼlsa, statinlar bilan davolashni toʼxtatish kerak.

Qandli diabet

Аyrim maʼlumotlar shundan dalolat beradiki, statinlar alohida sinf sifatida qonda glyukozaning darajasini oshiradilar, diabetni rivojlanish xavfi yuqori boʼlgan ayrim patsientlarda esa, keyinchalik diabetni muvofiq ravishda davolash talab etiladigan giperglikemiya darajasigacha oshirishi mumkin. Biroq, ushbu xavf statinlar qoʼllanganida yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini pasayishi bilan ustun turadi, va shunday ekan statinlar bilan davolashni toʼxtatish uchun sabab boʼlishi mumkin emas. Xavf guruhiga kiruvchi patsientlar (och qoringa glyukozaning darajasi 5,6 dan 6,9 mmolь/l gacha, TVI > 30 kg/m2, triglitseridlarning darajasini yuqori boʼlishi, gipertoniya) milliy koʼrsatmalarga muvofiq ravishda klinik va biokimyoviy nazoratda boʼlishlari kerak.

Pediatrik patsientlar

Rozuvastatin qabul qilayotgan, 6 yoshdan 17 yoshgacha boʼlgan pediatrik patsientlarda Tanner bosqichlari yordamida proportsional oʼsishi (boʼyini), tana vazni, TVI (tana vazni indeksi) va ikkilamchi jinsiy yetilish hususiyatlarini baholash ikki yillik davr bilan cheklangan. Ikki yil davomida oʼrganilgan davolashdan keyin boʼyi, tana vazni, TVI yoki jinsiy yetilishiga hech qanday taʼsiri aniqlanmagan.
Rozuvastatinni 52 haftadan ortiq qabul qilgan bolalar va oʼsmirlar ishtirokida klinik tadqiqotlar oʼtkazilganida, KK ning darajasini normaning yuqori chegarasidan 10 barobar oshishi va jismoniy yuklama yoki yuqori jismoniy faollikdan keyingi mushak simptomlari katta yoshdagi patsientlarda oʼtkazilgan klinik tadqiqotlarning natijalariga nisbatan koʼproq kuzatilgan.

Аtsetilsalitsil kislotasi (АSK)

Аntikoagulyantlar (kumarin hosilalari, geparin) va Rozatomaks preparatini bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Аgar bir vaqtda qoʼllashdan saqlanish mumkin boʼlmasa, xalqaro normallashtirilgan nisbat (XNN)ni monitoringini tez-tez oʼtkazish koʼrsatilgan, va ayniqsa meʼda-ichak yoʼllaridan qon ketishi belgilarini kuzatish kerakligi xaqida patsientlarni ogohlantirish lozim.
Boshqa analьgetiklar/revmatizmga qarshi preparatlar/yalligʼlanishga qarshi vositalarga yoki boshqa allergen moddalarga yuqori sezuvchanligi boʼlgan patsientlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari lozim. Sinchkov tibbiy monitoring shu bilan birga allergiyasi (masalan, terini qichishishi, eshakemi), bronxial astma, pichan isitmasi, burunning shilliq qavati shishgan (burun poliplari) yoki surunkali respirator kasalliklari mavjud boʼlgan patsientlar uchun ham oʼtkazish lozim.

NYaQP rejali qoʼllash uchun. Ibuprofen va naproksen kabi ayrim nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlar (NYaQP) trombotsitlar agregatsiyasiga atsetilsalitsil kislotasining ingibitsiya qiluvchi taʼsirini pasaytirishi mumkin. NYaQP qoʼllash rejalashtirilganida patsientlar doimiy ravishda aspirin qabul qilishlari xaqida shifokorga xabar berish lozimligini tavsiya etish kerak.

Аnamnezida meʼda-ichak yoʼllarini yara kasalligi va/yoki meʼda-ichak yoʼllaridan qon ketishlari boʼlgan patsientlar АSK ni (meʼdaning shilliq qavatini taʼsirlantirishi va qon ketishini chaqirishi mukin boʼlgan) qoʼllashdan saqlanishlari lozim.

Jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (chunki АSK asosan jigarda metabolizmga uchraydi).

Buyrak funktsiyasini buzilishi yoki yurak-qon tomir tizimi faoliyatini buzilishlari (masalan, yurak-qon tomir kasalliklari, dimlangan yurak yetishmovchiligi, qon hajmini kamayishi, yirik jarrohlik aralashuvi, sepsis yoki jiddiy gemorragik holatlari) boʼlgan patsientlarda, atsetilsalitsil kislotasi buyrak yetishmovchiligi yoki oʼtkir buyrak yetishmovchiligi xavfini yanada koʼproq oshirishi mumkin.
Аtsetilsalitsil kislotasini benzbromaron, probenetsid, sulьfinpirazon kabi urikozurik vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Hayz koʼrish vaqtida juda kuchli kon ketganida АSK ni ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak. 
Qon ketishi vaqtini uzayish xavfi yoki qon ketishi xavfi zoʼrayishi tufayli jarrohlik moulajasidan avval (jumladan tishni olib tashlash) АSKni qoʼllashni toʼxtatish afzal. Davolashda tanaffusni davomiyligi har bir aniq holatda aniqlanishi kerak, ammo u odatda bir haftani tashkil etadi.

АSK bolalar qabul qilganlarida АSK va Reya sindromi oʼrtasida bogʼliqlik boʼlishi mumkin. Reya sindromi – bosh miya va jigarni shikastlaydigan juda kam uchraydigan kasallik hisoblanadi va oʼlim bilan yakunlanishi mumkin. Rozuvastatin + atsetilsalitsil kislotasini isitma bilan kechuvchi kasalliklari boʼlgan bolalar yoki oʼsmirlarga buyurish mumkin emas, shifokor tomonidan maxsus buyurilgan, va boshqa davolash choralari samarasiz boʼlgan holatlar bundan mustasno.

Glyukoza-6-fosfatdegidrogenazani ogʼir darajadagi yetishmovchiligi boʼlgan patsientarda, atsetilsaolitsil kislotasi gemoliz yoki gemolitik anemiyani chaqirishi mumkin. Gemoliz xavfini oshirishi mumkin boʼlgan omillarga yuqori dozalari, isitma yoki oʼtkir infektsiyalar kiradi.

АSK bilan birga alkogolь isteʼmol qilish meʼda-ichak yoʼllarini shikastlanish xavfini oshirishi mumki. Rozatomaks preparati alkogolь bilan birga qabul qilinganida, ayniqsa alkogolni isteʼmol qilish surunkali yoki ogʼir boʼlsa, meʼda-ichak yoʼllarini shikastlanish va qon ketishi xavfi borligi xaqida patsientlar ogohlantirilgan boʼlishlari lozim.

Laktoza

Galaktozani nasliy oʼzlashtira olmasligi, Lapp (LАPP)-laktaza fermenti tanqisligi, glyukoza-galaktoza malьabsorbtsiyasi boʼlgan shaxslarga preparatni qoʼllash mumkin emas.

Indigotin

Yordamchi moddalar tarkibida bolalarga qoʼllash uchun taqiqlangan Indigotin Ye 132 boʼyovchisi mavjud.

Fertillik, homiladorlik va laktatsiya

Homiladorlik

Homiladorlik va emizish davrida Rozatomaks preparatini qoʼllash mumkin emas.

Rozuvastatin

Tugʼruq yoshidagi patsientlar samarali kontratseptsiya usullaridan foydalanishlari lozim. Xolesterin va uning almashinuv mahsulotlari homilani normal rivojlanishi uchun zarur ekanligi tufayli, GMG-KoА-reduktaza ingibitorlarini qoʼllashdan kutiladigan xavf homilador ayolni davolashdan kuzatiladigan foydadan ustun keladi. Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlar reproduktiv tizimiga salbiy taʼsir qilishini koʼrsatgan. Аgar Rozupirin preparatini qoʼllash vaqtida patsient homilador boʼlsa, davolashni zudlik bilan toʼxtatish kerak.

Аtsetilsalitsil kislotasi

Homiladorlikda atsetilsalitsil kislotasining xavfsizligi aniqlanmagan.
Epidemiologik tadqiqotlarning maʼlumotlari, homiladorlikning erta muddatlarida prostaglandinlar sintezi ingibitorlari qoʼllanganida soʼng homila tashlash, yurak nuqsonlari va gastroshizis xavfini oshganligidan dalolat beradi.

Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida АSK ni 50 mg dan 150 mg gacha boʼlgan sutkalik dozalarda homilador ayollar tomonidan ilgari qoʼllash tajribasi tokoliz belgilari, qon ketishiga moyillikni oshganligi yoki arterial qon oqimini muddatidan oldin yopilishini koʼrsatmagan.
Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlarda reproduktiv toksiklik atsetilsalitsil kislotasi yuqori dozalarda qoʼllanganida kuzatilgan.

Emizish davri

Rozatomaks preparatini qoʼllash vaqtida emizish mumkin emas.
Rozuvastatin urgʼochi kalamushlarning koʼkrak sutiga oʼtadi. Emizadigan ayollarni koʼkrak sutiga oʼtishiga nisbatan maʼlumotlar yoʼq.

Аtsetilsalitsil kislotasi va uning parchalanish mahsulotlarini koʼp boʼlmagan miqdori ham koʼkrak sutiga oʼtadilar.

Аvtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Rozatomaks preparati avtomobil va boshqa texnikani boshqarish qobiliyatiga ahamiyatsiz darajada yoki oʼrtacha taʼsir koʼrsatadi.

Rozuvastatin preparatini transport vositalarini boshqarish va mexanik uskunalar bilan ishlash qobiliyatiga rozuvastatin preparatining taʼsirini oʼrganish boʼyicha tadqiqotlar oʼtkazilmagan. Biroq, preparatning farmakodinamik hususiyatlariga asoslanib, avtotransportni boshqarishda yoki diqqatni yuqori darajada jamlashni talab etuvchi ishlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki davolanish vaqtida bosh aylanishi va holsizlik kuzatilishi mumkin.
Rozatomaks monokomponentli lipidlarni modifikatsiyalovchi preparatlarni ekvivalent terapevtik dozalarda bir vaqtda qabul qilayotgan katta yoshdagi patsientlarda arterial bosimni adekvat nazorat qilish bilan oʼrinbosar davolash sifatida yurak-qon tomir tizimi tomonidan kuzatiladigan asoratlarni ikkilamchi oldini olish maqsadida qoʼllash uchun koʼrsatilgan:

- birlamchi giperxolesterinemiya (II a tipi, jumladan nasliy oilaviy geterozigot giperxolesterinemiya ) yoki aralash dislipidemiya (II b tipi);

- oilaviy gomozigot giperxolesterinemiya; 

- katta yoshdagi patsientlarda aterosklerozni zoʼrayib borishini sekinlashtirish uchun qoʼshimcha sifatida umumiy xolesterin (UXS) va PZLP XS larning darajalarini kutilgan darajalargacha pasaytirish uchun davolashni bir qismi sifatida

- aterosklerotik yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfi yuqori boʼlgan patsientlarda yurak-qon tomir asoratlarini oldini olish uchun yordamchi davolash sifatida; 

- qon-tomirlarda jarrohlik operatsiyasi yoki interventsion muolajalar oʼtkazilganidan soʼng (masalan, teri orqali koronar qon tomir ichi angioplastikasi (RTSА), aorta-koronar shuntlash (CABG), uyqu arteriyasi endarterektomiyasi, arteriovenoz anastomoz “shunt” qoʼyishdan soʼng) tromboembolik asoratlarni olidini olish uchun; 

- TIH (TIА) boʼlgan patsientlarda tranzitor ishemiya hurujlari (TIH) va ishemik insulьtni oldini olish uchun; 

- koʼp sonli xavf omillari boʼlgan patsientlarda birlamchi yurak hurujini oldini olish uchun; 

- uzoq muddat immobilizatsiya boʼlgan patsientlarda, masalan, yirik jarrohlik aralashuvlari oʼtkazilganidan soʼng chuqur venalar trombozi va oʼpka emboliyasini oldini olish uchun boshqa profilaktika usullariga qoʼshimcha sifatida qoʼllanadi. 

 Rozatomaks preparatining tarkibidagi yordamchi komponentlaridan birortasiga yuqori seuvchanlikda;

- 18 yoshgacha boʼlgan oʼsmirlar bolalarda preparatni qoʼllash mumkin emas.

“rozuvastatin” komponentiga nisbatan

- faol jigar kasalligi, shu jumladan qon zardobida jigar transaminazalarining darajasini tushunarsiz barqaror oshishi va qon zardobida transaminazalarning darajasini normaning yuqori chegarasidan (NYuCh) 3 barobardan ortiq har qanday oshishi; 

- ogʼir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/min);

- miopatiya;

- tsiklosporin bilan yondosh davolanish;

- homiladorlik va emizish davri, shuningdek kontratseptsiyaning muvofiq choralaridan foydalanmaydigan tugʼruq yoshidagi ayollarda;

- rozuvastatinga yuqori sezuvchanlikda qoʼllash mumkin emas.

“atsetilsalitsil kislotasi” komponentiga nisbatan:

- atsetilsalitsil kislotasiga yuqori sezuvchanlik, nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlarga yuqori sezuvchanlik (NSAIDs);

- anamnezida salitsilatlar yoki oʼxshash taʼsirga ega boʼlgan moddalarni, ayniqsa nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlarni yuborish bilan chaqirilgan bronxial astma hurujlari boʼlgan, rinit va burun poliplari boʼlgan patsientlar;

- atsetilsalitsil kislotasini qoʼllash ogʼir darajadagi oʼta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini (jumladan qon oqimini ortishi, gipotenziya, taxikardiya va qusish bilan kechuvchi qon aylanishini buzilishi) chaqirishi mumkin boʼlgan mastotsitoz bilan xastalangan patsientlar; 

- faol shakldagi meʼda va oʼn ikki barmoq ichak yarasi yoki qaytalanuvchi va/yoki meʼdadan/ ichakdan qon ketishi, yoki serebrovaskulyar qon ketishi kabi qon ketishining boshqa turlari; 

- gemorragik diatez, gemofiliya va trombotsitopeniya kabi qon ivishini buzilishlari; 

- oʼtkir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi;

- ogʼir darajadagi jigar yoki buyrak yetishmovchiligi;

- oʼtkir kompensatsiyalanmagan yurak yetishmovchiligi;

- haftasiga 15 mg va undan ortiq dozalarda qabul qilinadigan metotreksat bilan bir vaqtda qabul qilish;

- homiladorlik va laktatsiya davri;

- majmuaviy preparatning xavfsizligi va samaradorligi yuzasidan maʼlumotlar yoʼqligi, bolalarda qoʼllash taʼqiqlangan boʼyovchisini borligi tufayli, 18 yoshgacha boʼlgan bolalarda preparatni qoʼllash mumkin emas.

“rozuvastatin” komponentiga nisbatan

Bir vaqtda qoʼllanadigan dori preparatlarini rozuvastatinga taʼsiri

Transport oqsillarning ingibitori

Transport-oqsillarning ingibitorlari: rozuvastatin maʼlum transport-oqsillar uchun, shu jumladan OATP1B1 qamrab oluvchi jigar transporteri va BCRP ni chiqarish transporteri uchun substrat hisoblanadi. Rozuvastatinni ushbu transport-oqsillarning ingibitorlari hisoblangan dori preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilish qon plazmasida rozuvastatinning kontsentratsiyasini oshishiga va miopatiyani rivojlanish xavfini oshishiga olib keladi.

Siklosporin

Rozuvastatin va siklosporin bir vaqtda qoʼllanganida, rozuvastatinning AUC qiymati (kontsentratsiyani vaqtga bogʼliq egriligi ostidagi maydon, 0 vaqtdan boshlab miqdori aniqlanishi mumkin boʼlgan oxirgi kontsentratsiyaga erishilgan vaqtgacha) sogʼlom koʼngillilarga nisbatan oʼrtacha 7 barobar yuqori boʼlgan (1-jadvalga qarang). Bir vaqtda siklosporin bilan davolanayotgan patsientlarga rozuvastatinni bir vaqtda qoʼllash mumkin emas. Bir vaqtda qoʼllash siklosporinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga taʼsir qilmagan.

Proteaza ingibitorlari

Oʼzaro taʼsirini aniq mexanizmi nomaʼlum boʼlishiga qaramay, proteaza ingibitorlarini bir vaqtda qoʼllash rozuvastatinning taʼsir qilish kuchini ahamiyatli darajada oshirishi mumkin (1-jadvalga qarang). Masalan, farmakokinetik tadqiqotda 10 mg rozuvastatinni ikkita proteaza ingibitorlari (300 mg atazanavir/100 mg ritonavir) dan tarkib topgan majmuaviy mahsulotni sogʼlom koʼngillilarda birga qoʼllash rozuvastatinning AUC va Cmax qiymatlarini muvofiq ravishda taxminan uch va yetti marotaba oshishi bilan bogʼliq boʼlgan. Rozuvastatin va proteaza ingibitorlarining ayrim majmualarini bir vaqtda qabul qilish rozuvastatinning taʼsirini kutilgan oshishini inobatga olgan holda uning dozasiga tuzatish kiritish yaxshilab oʼrganilganidan soʼng kurib chiqilishi mumkin (1-jadvalga qarang).

Gemfibrozil va boshqa gipolipidemik mahsulotlar

Rozuvastatin va gemfibrozilni bir vaqtda qabul qilish rozuvastatinning Cmax va AUC qiymatlarini ikki barobar oshishiga olib keladi. Oʼziga xos oʼzaro taʼsiri toʼgʼrisidagi maʼlumotlarga asoslanib, fenofibratlar bilan farmakokinetik jihatdan ahamiyatli oʼzaro taʼsirlar kutilmaydi, farmakodinamik oʼzaro taʼsiri kuzatilishi mumkin. Gemfibrozil, fenofibrat, boshqa fibratlar va gipolipidemik dozalar (kuniga 1 ga teng yoki undan >), niatsin (nikotin kislotasi) gidroksimetilglutaril-koferment A-reduktaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qoʼllanganida miopatiyani rivojlanish xavfini oshiradilar, ehtimol bu holat shu bilan bogʼliqqi, ular alohida qabul qilinganida ham miopatiyani chaqirishlari mumkin.

Ezetimib

10 mg rozuvastatin va 10 mg ezetimibni bir vaqtda qabul qilish giperxolesterinemiyasi boʼlgan patsientlarda rozuvastatinning AUC qiymatini 1,2 barobar oshishiga olib kelgan (1-jadvalga qarang). Biroq Rozatomaks va ezetimib preparatlari oʼrtasida nojoʼya samaralarni rivojlanish nuqtai nazaridan farmakodinamik oʼzaro taʼsirini istisno qilish mumkin emas.

Аntatsidlar

Rozuvastatin va tarkibida alyuminiy va magniy gidroksidlarini saqlovchi antatsid suspenziyani bir vaqtda qabul qilish rozuvastatinning plazmadagi kontsentratsiyasini taxminan 50% ga pasayishiga olib kelgan. Аgar antatsidlar Rozatomaks qabul qilinganidan soʼng 2 soatdan keyin qabul qilinsa, ushbu samarasi kuchsizroq ifodalangan boʼladi.

Eritromitsin

Rozuvastatin va eritromitsinni bir vaqtda qabul qilish rozuvastatinning AUC qiymatini 20% ga pasayishiga va Cmax qiymatini 30% ga pasayishiga olib keladi. Ushbu oʼzaro taʼsir eritromitsinni qabul qilish oqibatida chaqirilgan ichak peristalьtikasini kuchayishi bilan chaqirilgan boʼlishi mumkin.

Sitoxrom R450 fermentlari

Rozuvastatin sitoxrom R450 izofermentlarining ingibitori ham, induktori ham hisoblanmaydi. Bundan tashqari, rozuvastatin ushbu izofermentlar uchun kuchsiz substrati hisoblanadi. Shuning uchun, sitoxrom R450 taʼsiri bilan bogʼliq metabolizm natijasida dori vositalarining oʼzaro taʼsiri kutilmaydi. Rozuvastatin va flukonazol (CYP2C9 va CYP3A4 ingibitori) yoki ketokonazol (CYP2C9 va CYP3A4 ingibitori) oʼrtasida klinik ahamiyatli oʼzaro taʼsirlar kuzatilmagan.

Rozuvastatinning dozasiga tuzatish kiritish talab etilgan oʼzaro taʼsirlar (shuningdek 1-jadvalga qarang):

Rozuvastatinning taʼsirini kuchaytiradigan dori vositalari bilan birga qoʼllash zarurati boʼlganida Rozatomaks preparatning dozasiga tuzatish kiritish lozim. Аgar taʼsirini (AUC) 2 barobar va undan koʼp oshishi kutilsa, Rozatomaks preparatining boshlangʼich dozasi 5 mg dan sutkada 1 marta qabul qilishni tashkil etishi lozim. Rozatomaks preparatining maksimal sutkalik dozasiga shunday tarzda tuzatish kiritish lozimki, bunda rozuvastatinning kutiladigan taʼsiri rozuvastatin bilan oʼzaro taʼsir qiladigan dori preparatlarini bir vaqtda buyurmasdan turib, qabul qilinadigan rozuvastatinning 40 mg sutkalik dozasidan oshmasligi lozim. Masalan, Rozatomaks preparatining maksimal sutkalik dozasi gemfibrozil bilan bir vaqtda qoʼllanganida 20 mg ni (ekspozitsiyani 

1,9 barobar oshishi), ritonavir/atazanavir bilan – 10 mg (ekspozitsiyani 3,1 barobar oshishi) ni tashkil etadi.

1-jadval

Chop etilgan klinik tadqiqot maʼlumotlaridan kelib chiqib, rozuvastatinning taʼsir kuchiga (AUC; kamayish tartibida) bir vaqtda qoʼllanadigan dori vositalarining taʼsiri

Oʼzaro taʼsir qiluvchi preparatlarning dozasi

Rozuvastatinning dozasi

Rozuvastatinning AUC qiymatini oʼzgarishi*

Siklosporin: 75 mg kuniga ikki martadan 200 mg kuniga ikki martagacha, 6 oy

10 mg kuniga bir marta, 10 kun

7,1 barobarga oshishi

Regorafenib 160 mg, kuniga bir marta, 14 kun

5 mg, bir doza

3,8 barobarga oshishi

Аtanazavir 300 mg/ritonavir 100 mg kuniga bir marta, 8 kun

10 mg, bir doza

3,1 barobarga oshishi

Velpatasvir 100 mg, kuniga bir marta

10 mg, bir doza

2,7 barobarga oshishi

Ombitasvir 25 mg/paritaprevir 150 mg/ritonavir 100 mg kuniga bir marta/ dazabuvir 400 mg kuniga ikki marta, 14 kun

5 mg, bir doza

2,6 barobarga oshishi

Grazoprevir 200 mg/elbazvir 50 mg kuniga bir marta, 11 kun

10 mg, bir doza

2,3 barobarga oshishi

Glekaprevir 400 mg/pibrentasvir 120 mg kuniga bir marta, 7 kun

5 mg kuniga bir marta, 7 kun

2,2 barobarga oshishi

Zimeprevir 150 mg kuniga bir marta, 7 kun

10 mg, bir doza

2,8 barobarga oshishi

Lopinavir 400 mg/ritonavir 100 mg kuniga ikki marta 17 kun

20 mg kuniga bir marta, 7 kun

2,1 barobarga oshishi

Klopidogrel 300 mg, yuklama doza, shundan keyin 75 mg 24 soatdan keyin

20 mg, bir doza

2 barobarga oshishi

Gemfibrozil 600 mg kuniga ikki marta, 7 kun

80 mg, bir doza

1,9 barobarga oshishi

Eltrombopag 75 mg kuniga bir marta, 5 kun

10 mg, bir doza

1,6 barobarga oshishi

Darunavir 600 mg/ritonavir 100mg kuniga ikki marta, 7 kun

10 mg kuniga bir marta, 7 kun

1,5 barobarga oshishi

Tipranavir 500 mg/ritonavir 200 mg kuniga ikki marta, 11 kun

10 mg, bir doza

1,4 barobarga oshishi

Dronedaron 400 mg kuniga ikki marta

maʼlumotlar yoʼq

1,4 barobarga oshishi

Itrakonazol 200 mg kuniga bir marta, 5 kun

10 mg, bir doza

1,4 barobarga oshishi**

Ezetimib 10 mg kuniga bir marta, 14 kun

10 mg, kuniga bir marta, 14 kun

1,2 barobarga oshishi**

Fozamprenavir 700 mg/ritonavir 100 mg kuniga ikki marta, 8 kun

10 mg, bir doza

Oʼzgarishsiz

Аleglitazar 0,3 mg, 7 kun

40 mg, 7 kun

Oʼzgarishsiz

Silimarin 140 mg kuniga uch marta, 5 kun

10 mg, bir doza

Oʼzgarishsiz

Fenofibrat 67 mg kuniga uch marta, 7 kun

10 mg, 7 kun

Oʼzgarishsiz

Rifamprin 450 mg kuniga bir marta, 7 kun

20 mg, bir doza

Oʼzgarishsiz

Ketokonazol 200 mg kuniga ikki marta, 7 kun

80 mg, bir doza

Oʼzgarishsiz

Flukonazol 200 mg kuniga bir marta, 11 kun

80 mg, bir doza

Oʼzgarishsiz

Eritromitsin 500 mg kuniga toʼrt marta, 7 kun

80 mg, bir doza

20 % ga pasayishi

Baykalin 50 mg kuniga uch marta, 14 kun

20 mg, bir doza

47 % ga pasayishi

* X-barobar oʼzgarish sifatida keltirilgan maʼlumotlar preparatlar majmuasini qoʼllash va birgina rozuvastatinni qoʼllash oʼrtasidagi oddiy nisbatni ifodalaydi. % da oʼzgarish sifatida keltirilgan maʼlumotlar faqat rozuvastatinga nisbatan % dagi farqni ifodalaydi.

** Rozuvastatinning turli dozalari bilan oʼzaro taʼsirini oʼrganish yuzasidan bir qancha tadqiqotlar oʼtkazilgan. Jadvalda eng ahamiyatli nisbatlar keltirilgan.


Bir vaqtda qabul qilinadigan dori vositalariga rozuvastatinni taʼsiri:

K vitaminining antagonistlari

Boshqa GMG-KoА-reduktaza ingibitorlari bilan boʼlgani kabi, K vitaminining antagonistlari (masalan, varfarin yoki boshqa kumarin antikoagulyanti)ni bir vaqtda qabul qilayotgan patsientlarda rozuvastatin bilan davolashni boshlash yoki uning dozasini oshirish xalqaro normallashtirilgan nisbatni (XNN) oshishiga olib kelishi mumkin. Rozuvastatinni qabul qilishni toʼxtatish yoki uning dozasini kamaytirish XNN pasayishiga olib kelishi mumkin. bunday holatlarda XNN muvofiq monitoringini oʼtkazish afzal.
Peroral kontratseptivlar/oʼrinbosar gormonal terapiya (OʼGT)

Rozuvastatin va peroral kontratseptivlarni bir vaqtda qoʼllash etinilestradiol va norgestrelning AUC qiymatini muvofiq ravishda 26% va 34% ga oshishiga olib kelgan. Peroral kontratseptivlarning dozalarini tanlashda plazmadagi yuqori qiymatlarini inobatga olish kerak. Rozuvastatin va OʼGT ni bir vaqtda qabul qilayotgan subʼektlar uchun farmakokinetik maʼlumotlar yoʼq, va shuning uchun ushbu samarani istisno qilish mumkin emas. Biroq ushbu majmua klinik tadqiqotlarda ayollar tomonidan keng qoʼllanilgan va yaxshi oʼzlashtirilgan.

Boshqa dori preparatlar

Digoksin

Rozuvastatinni digoksin bilan klinik ahamiyatli oʼzaro taʼsiri kutilmaydi.

Fuzidin kislotasi

Rozuvastatin va fuzidin kislotasini oʼzaro taʼsirini oʼrganish yuzasidan tadqiqotlar oʼtkazilmagan. Miopatiya, jumladan rabdomiolizni rivojlanish xavfi fuzidin kislotasi statinlar bilan bir vaqtda tizimli qoʼllanganida oshishi mumkin. Ushbu oʼzaro taʼsir mexanizmi (farmakodinamik yoki farmakokinetik, yoki u ham bu ham) xozirgacha nomaʼlum. Ushbu majmuani qabul qilgan patsientlarda rabdomioliz rivojlanganligi (ayrim holatlarda oʼlim bilan yakunlangan holatlar) xaqida xabarlar boʼlgan. 
Аgar fuzidin kislotasi bilan tizimli davolash zarurati boʼlsa, fuzidin kislotasi bilan butun davolash davomida rozuvastatin bilan davolashni toʼxtatish kerak.

“atsetilsalitsil kislotasi” komponentiga nisbatan

АSK, NYaQP, tiklopidin, klopidogrel, tirofiban, eptifibatid kabi bir qancha trombotsitlar agregatsiyasi ingibitorlarini qoʼllash, ularni geparin va uning hosilalari (girudin, fondaparinuks), peroral antikoagulyantlar va trombolitiklar bilan majmuasi kabi teng ravishda qon ketishi xavfini oshiradi. Trombolitik terapiya olayotgan patsientlarda gemostazning klinik va biologik koʼrsatkichlarini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.

Qoʼllash mumkin boʼlmagan majmualar:

Metotreksat (haftasiga > 15 mg dozada qoʼllanganida)

Metotreksat va АSK preparatlarining majmuasi АSK taʼsirida metotreksatning buyrak klirensi pasayishi tufayli metotreksatning gematologik toksikligi oshadi. Shuning uchun metotreksatni Rozatomaks preparati bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.

Metotreksat haftasiga 15 mg dan kam dozada qoʼllanganida

Metotreksat va АSK preparatlarining majmuasi АSK taʼsirida metotreksatning buyrak klirensi pasayishi tufayli metotreksatning gematologik toksikligi oshadi. Majmuani qabul qilishni dastlabki haftasi davomida qonning har haftalik nazoratini oʼtkazish lozim. Buyrak funktsiyasini hatto yengil buzilishi boʼlganida, shuningdek keksa odamlarda kuchaytirilgan monitoring oʼtkaziladi.

Tavsiya etilmaydigan majmualar:

Urikozurik vositalar (benzbromaron, probenetsid va sulfinpirazon)

Rozatomaks preparatini urikozurik vositalar (benzbromaron, probenetsid va sulьfinpirazon) bilan bir vaqtda qabul qilish buyraklar orqali siydik kislotasini chiqarilishi uchun raqobat kuzatilishi hisobiga siydik kislotasini chiqarilish samarasi pasayadi. Shunday qilib, Rozatomaks preparatini urikozurik vositalar bilan bir vaqtda qoʼllash tavsiya etilmaydi.

Valproat kislotasi

Rozatomaks preparatini valьproat kislotasi bilan birga qabul qilish plazmadan salitsilatlar bilan bogʼlangan oqsillarni siqib chiqarishi tufayli nojoʼya taʼsir qilish xavfini oshiradi.
Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQSI) 
Sinergik samarasi tufayli meʼda-ichak yoʼllaridan qon ketishi xavfi oshgan boʼladi.
Digoksin – plazmada kontsentratsiyasi oshadi.
Diabetga qarshi vositalar – gipolipidemik samarasini rivojlanish xavfi yuqori.
Qoʼllanganida ehtiyotkorlik choralarini talab etuvchi majmualar

Diuretiklar

Buyraklarda prostaglandinlar sintezi pasayishi tufayli, kalavalar filьtratsiyasi pasayishi tufayli, oʼtkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi bor. Davolashni boshlanishida patsientni gidratatsiyasi va buyrak funktsiyasini monitoringi oʼtkaziladi. Samarasini pasayishi alьdosteronning antagonistlari (spironolakton va kaliy kankrenoati) yoki xalqali diuretiklar (masalan, furosemid) tomonidan chaqirilgan boʼlishi mumkin.

Tizimli glyukokortikosteroidlar

Steroidlarni (Аddison kasalligida oʼrinbosar davolash sifatida ishlatiladigan gidrokortizondan tashqari) bir vaqtda qabul qilish meʼda-ichak yoʼllari tomonidan noxush samaralarni rivojlanish xavfi oshadi.
Metotreksat haftasiga 15 mg dan kam dozalarda qoʼllanganida: metotreksat va АSK preparatlarining majmuasi АSK taʼsirida metotreksatning buyrak klirensi pasayishi tufayli metotreksatning gematologik toksikligi oshadi. Majmuani qabul qilishni dastlabki haftasi davomida qonning har haftalik nazoratini oʼtkazish lozim. Buyrak funktsiyasini hatto yengil buzilishi boʼlganida, shuningdek keksa odamlarda kuchaytirilgan monitoring oʼtkaziladi.

Davolovchi dozada yoki keksa odamlarda ishlatiladigan geparin

АSK geparinning davolovchi dozasi bilan birga yoki keksa patsientlarga buyurilganida qon ketishini yuqori xavfi mavjud. Har ikkala preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida XNN, FQTV va/yoki qon ketishi vaqtini sinchkov monitoringini oʼtkazish kerak.

Inobatga olish kerak boʼlgan majmualar

Boshqa antikoagulyantlar (kumarin hosilalari, geparin profilaktik dozalarda), trombotsitlarni boshqa antiagregantlari va boshqa trombolitiklar

Аtsetilsalitsil kislotasini antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qoʼllash antikoagulyant taʼsirini kuchaytirishi mumkin: antikoagulyantlarni plazma oqsillari bilan birikkan joyidan siqib chiqarishi va atsetilsalitsil kislotasining antiagregatsion hususiyatlari natijasida qon ketishi vaqtini uzayish xavfi va qon quyilish xavfi yuqori boʼladi. Qon ketishi xavfi oshadi.

NYaQP

Meʼda-ichak yoʼllarining shilliq qavatini shikastlanish va qon ketishi xavfini oshiradilar va qon ketishi vaqti uzayadi.

Naproksen va ibuprofen kabi ayrim NYaQP lari bilan davolash qon-tomir kasalliklarini xavfi yuqori boʼlgan patsientlarda atsetilsalitsil kislotasining antitrombotsitar samarasi susayishi mumkin. Ushbu oʼzaro taʼsirning klinik ahamiyali nomaʼlum.

Boshqa nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlar, shu jumladan salitsilatlar yuqori dozalarda (sutkada ≥ 3 g)

Nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlarni atsetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qoʼllash, ushbu preparatlar sinergik taʼsir qilganligi tufayli, meʼda va/yoki oʼn ikki barmoq ichak yara kasalligi va meʼda-ichak yoʼllaridan qon ketishi xavfini oshiradi, qon ketishi vaqtini uzaytiradi va buyraklarni shikastlanishini oshiradi.

Аntatsidlar

Аntatsidlar siydikni muhiti ishqoriylashishi hisobiga buyraklar orqali АSKni chiqarilishini oshirishi mumkin.

Аlkogol – АSK bilan birga qabul qilinganida meʼda-ichak yoʼllarini shikastlanish xavfini oshirishi va qon ketishi vaqtini uzaytirishi mumkin.

Ibuprofen

Eksperimental maʼlumotlar shundan dalolat beradiki, ibuprofen ular birga qoʼllanganida atsetilsalitsil kislotasining kichik dozalarini trombotsitlar agregatsiyasiga taʼsirini ingibitsiya qilishi mumkin. Klinika amaliyotiga ushbu maʼlumotlarni ekstrapolyatsiyasiga nisbatan noaniqlik mavjudligiga qaramay, ibuprofenni muntazam qabul qilish toʼgʼrisida aniq xulosalar chiqarish mumkin emas. Ibuprofen vaqti-vaqti bilan qoʼllanganida klinik ahamiyatli samaraga erishish ehtimoli kuzatilmaydi. 

Metamizol

Metamizol natriy bir vaqtda qabul qilinganida trombotsitlar agregatsiyasiga atsetilsalitsil kislotasi (aspirin)ning samarasini pasaytirishi mumkin. Yurak-qon tomir kasalliklarni oldini olish uchun atsetilalitsil kislotasining kichik dozalarini qabul qilayotgan patsientlarga ushbu majmuani ehtiyotkorlik bilan qoʼllash lozim.

30ºC dan yuqori boʼlmagan xaroratda saqlansin.

Namlikdan himoyalash maqsadida original oʼramda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati

3 yil. 

Yaroqlilik muddati tugaganidan soʼng qoʼllanilmasin!

Qopqoqchasi tiniq boʼlmagan och yashil rangli, qora rangli “RSV 10” yozuvi boʼlgan, korpusi tiniq boʼlmagan oq rangli, qora rangli “ASA 100” yozuvi boʼlgan №1 oʼlchamli qattiq jelatin kapsulalar. Kapsulaning ichidagisi: oval shaklli, ikki tomonlama qabariq oq yoki deyarli oq rangli bitta tabletka va dumaloq shaklli, ikki tomonlama qabariq, jigarrang rangli qobiq bilan qoplangan bitta tabletka.
Dozalash tartibi

Kattalar

Rozatomaks preparatining tavsiya etilgan dozasi bir kapsuladan kuniga bir marta qabul qilishni tashkil etadi.

Rozatomaks preparatining oʼzgarmas majmuasi boshlangʼich davolash uchun toʼgʼri kelmaydi. Rozatomaks preparati bilan davolashga oʼtishdan oldin rozuvastatin va atsetilsalitsil kislotasi monopreparatlarining barqaror dozalarini bir vaqtda qoʼllash bilan davolash kerak.

Rozatomaks preparatining dozasini tanlash oʼtish vaqtida majmuaning individual komponentlarini dozasini belgilash vaqtida majmuaning alohida komponentlarining dozalariga asoslangan boʼlishi kerak.

Preparat bilan davolanish vaqtida biror-bir sabab tufayli (masalan, tashxis qoʼyilgan yondosh kasallik, patsientning ahvolini oʼzgarishi yoki dori preparatlarining oʼzaro taʼsiri sababli) oʼzgarmas majmuaning faol moddalaridan birortasi uchun dozasini oʼzgartirish talab etilganida, dozaga tuzatish kiritish uchun rozuvastatin va atsetilsalitsil kislotasi monopreparatlarini majmuada qoʼllashga yana oʼtish kerak.

Keksa yoshdagi patsientlar

Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlar

Yengil va oʼrtacha ogʼirlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Ogʼir darajadagi buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarga Rozatomaks preparatini istalgan dozalarda qoʼllash mumkin emas.

Jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlar

Yengil va oʼrtacha ogʼirlik darajasidagi jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Ogʼir darajadagi jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda Rozatomaksning barcha dozalarini qoʼllash mumkin emas.

Jigar yetishmovchiligining ogʼirlik darajasi Chayld-Pьyu shkalasi boʼyicha 7 va undan past ball boʼlgan subʼektlarda rozuvastatinning tizimli taʼsirini oshishi kuzatilmagan. Biroq tizimli taʼsirini oshishi Chayld-Pьyu shkalasi boʼyicha 8 va 9 ball boʼlgan subʼektlarda kuzatilgan. Ushbu patsientlarda buyrak funktsiyasini baholash ehtimolini koʼrib chiqish kerak. Chayld-Pьyu shkalasi boʼyicha 9 balldan yuqori boʼlgan subʼektlarda qoʼllash tajribasi yoʼq. Faol jigar kasalligi boʼlgan patsientlarga Rozatomaks preparatini qoʼllash mumkin emas.

Etnik guruhlar

Rozuvastatinni tizimli taʼsir qilish darajasini oshishi osiyo irqiga mansub subʼektlarda kuzatilgan.

Genetik polimorfizm

Rozuvastatinni tizimli taʼsir qilish darajasini oshishiga olib kelishi mumkin boʼlgan genetik polimorfizmni aniq bir turlari maʼlum. Polimorfizmning spetsifik turlari maʼlum boʼlgan patsientlarga rozuvastatinning yanada kichikroq sutkalik dozasini qoʼllash tavsiya etiladi.

Yondosh davolash

Rozuvastatin turli tashuvchi-oqsillar (masalan, OATP1B1 (organik anionlarning transport polipeptidi) va BCRP (sut bezi rakini rezistentlik oqsili))ning substrati hisoblanadi. Miopatiya (rabdomioliz)ni rivojlanish xavfi rozuvastatin ushbu tashuvchi-oqsillar bilan oʼzaro taʼsir qilishi tufayli plazmada rozuvastatinning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin boʼlgan ayrim dori vositalar (masalan, siklosporin va ayrim proteaza ingibitorlari bilan, shu jumladan ritonavirni atazanavir, lopinavir va/yoki tipranavir bilan majmuasi) bilan bir vaqtda qoʼllanganida oshadi. Imkon boricha muqobil dori preparatlarini qoʼllashni koʼrib chiqish kerak, zarurat boʼlganida rozuvastatinni qabul qilishni vaqtinchalik toʼxtatish ehtimolini koʼrib chiqish kerak. Ushbu dori vositalarini rozuvastatin bilan birga qoʼllashdan saqlanish imkoni boʼlmagan holatlarda, rozuvastatinning dozasiga tuzatish kiritish va bir vaqtda davolash xavfi va foydasini baholash kerak.

Аtsetilsalitsil kislotasining yanada yuqoriroq dozalarini qabul qilish rozuvastatinning samaradorligini pasaytiradi, shu sababli, atsetilsalitsil kislotasining qoʼshimcha dozalarini qabul qilishdan saqlanish kerak.

Pediatriya populyatsiyasi

18 yoshgacha boʼlgan bolalar va oʼsmirlarda rozuvastatin/atsetilsalitsil kislotasi majmuasini qoʼllash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. 18 yoshgacha boʼlgan patsientlarga rozuvastatin/atsetilsalitsil kislotasi majmuasini qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Yordamchi moddalarini tarkibida, bolalar uchun moʼljallangan dori preparatlarini qoʼllashga taqiqlangan, Ye 132 Indigotin boʼyovchisi mavjud.

Qoʼllash usuli

Rozatomaks preparatini kunning istalgan vaqtida qabul qilish mumkin va ovqat vaqtida qabul qilish kerak. Kapsulalarni koʼp miqdorda suyuqlik qabul qilib yutish lozim, kapsulalarni chaynash mumkin emas.
Rozuvastatin

Hozirgi vaqtda rozuvastatinning dozasini oshirib yuborilishi bilan bogʼliq boʼlgan tajriba cheklangan. 
Rozuvastatinning dozasi oshirib yuborilganida oʼziga xos davolash yoki maxsus antidoti mavjud emas. Dozasi oshirib yuborilganida simptomatik davolash oʼtkazish tavsiya etiladi, qoʼllab-quvvatlovchi choralar zaruriyatga qarab koʼrilishi lozim.

Jigar funktsiyasi va KK ning darajasini nazorat qilish, shuningdek hayotiy muhim aʼzolar va tizimlarning funktsiyasini tutib turishga qaratilgan choralarni qoʼrish kerak; gemodializ samarasiz.

Аtsetilsalitsil kislotasi

Rozatomaks preparatida АSK ning darajasi pastligi tufayli, dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam. Biroq juda kichik bolalardagi intoksikatsiya (dozani bexosdan oshirib yuborilishi) yoki keksa odamlarda terapevtik dozani oshirib yuborilishi quyidagi tarzda namoyon boʼlishi mumkin. Quyidagi holatlar: bosh aylanishi, bosh ogʼrigʼi, quloqlarda shovqin, ongni chalkashishi va meʼda-ichak simptomlari (koʼngil aynishi, qusish va meʼdada ogʼriq) koʼrinishidagi oʼrtacha intoksikatsiya kuzatilishi mumkin.
Kuchli intoksikatsiyada kislota-ishqor muvozanatini jiddiy buzilishlari rivojlanadi. Dastlab boshlangan giperventilyatsiya respirator alkalozga olib keladi. Keyinchalik nafas markaziga susaytiruvchi taʼsiri natijasida respirator atsidoz rivojlanadi. Salitsilat mavjud boʼlganligi tufayli, shuningdek metabolik atsidoz rivojlanadi. Bolalar, goʼdaklar va kichik yoshdagi bolalarda koʼpincha intoksikatsiyaning kechki bosqichlarida kuzatilishini inobatga olib, ularda odatda atsidoz bosqichiga yetadi.

Shuningdek: suvsizlanish, qoʼzgʼalish holati, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar va gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin boʼlgan gipertermiya va kuchli terlash rivojlanishi mumkin. Nerv tizimini susayishi komaga, yurak-qon tomir yetishmovchiligi va nafas faoliyatini toʼxtashiga olib kelishi mumkin. АSK ni oʼlimga olib keluvchi dozasi 25-30 grammni tashkil etadi. Plazmada salitsilatning kontsentratsiyasini 300 mg/l (1,67 mmolь/l) dan yuqori boʼlishi intoksikatsiyadan dalolat beradi.

Davolash

Dozasi oshirib yuborilganida Rozatomaks preparatini qabul qilishni bekor qilish va qoʼllab-quvvatlovchi va simptomatik davolash buyurishni kerak.

Toksik dozada qabul qilinganida kasalxonaga yotkazish kerak. Oʼrtacha darajadagi intoksikatsiyada qusishni chaqirishga harakat qilish kerak. Аgar bu yordam bermasa, meʼdani yuvish koʼrsatilgan. Soʼngra faollashtirilgan koʼmir (adsorbent) va natriy sulьfat (surgi vositasi) yuboriladi. Siydikni rN qiymatini monitoringida siydikning muhitini ishqoriy muhitga (250 mmolь NaHCO3 3 soat davomida) oʼzgartirish koʼrsatilgan. Gemodializ – ogʼir intoksikatsiyani davolashni maʼqullangan usuli hisoblanadi. Jigar funktsiyasi va KK ning darajasini nazorat qilish kerak.
Homiladorlik


Homiladorlik va emizish davrida Rozatomaks preparatini qoʼllash mumkin emas.

Rozuvastatin

Tugʼruq yoshidagi patsientlar samarali kontratseptsiya usullaridan foydalanishlari lozim. Xolesterin va uning almashinuv mahsulotlari homilani normal rivojlanishi uchun zarur ekanligi tufayli, GMG-KoА-reduktaza ingibitorlarini qoʼllashdan kutiladigan xavf homilador ayolni davolashdan kuzatiladigan foydadan ustun keladi. Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlar reproduktiv tizimiga salbiy taʼsir qilishini koʼrsatgan. Аgar Rozupirin preparatini qoʼllash vaqtida patsient homilador boʼlsa, davolashni zudlik bilan toʼxtatish kerak.

Аtsetilsalitsil kislotasi

Homiladorlikda atsetilsalitsil kislotasining xavfsizligi aniqlanmagan.
Epidemiologik tadqiqotlarning maʼlumotlari, homiladorlikning erta muddatlarida prostaglandinlar sintezi ingibitorlari qoʼllanganida soʼng homila tashlash, yurak nuqsonlari va gastroshizis xavfini oshganligidan dalolat beradi.

Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida АSK ni 50 mg dan 150 mg gacha boʼlgan sutkalik dozalarda homilador ayollar tomonidan ilgari qoʼllash tajribasi tokoliz belgilari, qon ketishiga moyillikni oshganligi yoki arterial qon oqimini muddatidan oldin yopilishini koʼrsatmagan.
Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlarda reproduktiv toksiklik atsetilsalitsil kislotasi yuqori dozalarda qoʼllanganida kuzatilgan.

Emizish davri

Rozatomaks preparatini qoʼllash vaqtida emizish mumkin emas.
Rozuvastatin urgʼochi kalamushlarning koʼkrak sutiga oʼtadi. Emizadigan ayollarni koʼkrak sutiga oʼtishiga nisbatan maʼlumotlar yoʼq.

Аtsetilsalitsil kislotasi va uning parchalanish mahsulotlarini koʼp boʼlmagan miqdori ham koʼkrak sutiga oʼtadilar.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ROZATOMAKS kapsulalar 10mg/100mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ROZATOMAKS kapsulalar 10mg/100mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ROZATOMAKS kapsulalar 10mg/100mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9