×
×
  • ROZDEY 10 tabletkalari 10mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ROZDEY 10 tabletkalari 10mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Sandoz Pharmaceuticals d.d, Словения произведено: Lek d.d Pharmaceuticals d.d.
ATX kodi:
- C10AA07
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
NEOTON poroshok 1g N1 Alfasigma S.p.A. Italiya
187 000 s`om dan
PRESTANS tabletkalari 10mg/10mg N30 Les Laboratoires Servier Frantsiya
138 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ROZDEY 10 tabletkalari 10mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ROZDEY 10; 20

ROZDAY 10; 20

Preparatning savdo nomi: Rozdey 10; 20

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): rozuvastatin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 mg, 20 mg dan

Tarkibi:

Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 10 mg, 20 mg rozuvastatin kalsiy;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, kalsiya gidrogen fosfati, makkajo‘xori kraxmali, krospovidon, suvsiz kremniy kolloid, butilgidroksianizol, pushti kolorezi, tozalangan suv.

Ta‘rifi: pushti rangli, dumaloq shaklli, ikki tomoni qavariq qobiq, bilan qoplangan va ikki tomoni tekis tabletka.

Farmakoterapevtik guruhi: gipolipidemik vosita – GMP-KoA reduktaza ingibitori

ATX kodi: S10AA07

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Rozuvastatin 3-gidroksi-3-metilglutaril ko-enzim A dan xolesterinning o‘tmishdoshi –  mevalonatni hosil bo‘lishini katalizasiya qiluvchi ferment – GMG-KoA reduktazaning selektiv raqobatli ingibitoridir. Rozuvastatinning ta‘sirini asosiy nishoni, xolesterin (XS) ni sintezi va past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) ning katabolizmi amalga oshiriladigan a‘zo – jigardir.

Rozuvastatin xujayralar yuzasida past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) ga reseptorlarining sonini oshirib, PZLP larning qamrab olinishi va katabolizmini kuchaytiradi.

U shuningdek juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) ning sintezini tormozlab, bu bilan PZLP va JPZLP ning umumiy miqdorini kamaytiradi.

Rozuvastatin PZLP-xolesterin (XS-PZLP), umumiy xolesterin va trigliseridlar (TG) ning oshgan darajasini pasaytiradi, YUZLP-xolesterin (XS-YUZLP) ning miqdorini oshiradi, shuningdek Apoliporpotein V (ApoV), noYUZLP-xolesterin (PZLP-xolesterin, IJPZLP-XS, JPZLP-TG miqdorini kamaytirish bilan umumiy xolesterin miqdori) va apolipoprotein A-I (ApoA-I) darajasini oshiradi.

Rozuvastatin PZLP-XS/YUZLP-XS, umumiy xolesterin/ YUZLP-XS va noYUZLP-XS/YUZLP-XS va ApoV/ApoA-I nisbatlarini xam pasaytiradi.

Terapevtik samarasiga davolash boshlanganidan keyin bir hafta davomida erishish mumkin, 2 haftadan keyin mumkin bo‘lgan maksimal samaraning 90% ga erishiladi. Maksimal terapevtik samaraga odatda 4 haftadan keyin erishiladi va u preparat keyinchalik qabul qilinganida tutib turiladi.

Klinik samaradorligi

Rozuvastatin gipertrigliseridemiya simptomlari bilan yoki ularsiz kechuvchi giperxolesterinemiyasi bo‘lgan katta pasientlarni, ularning irqiy mansubligi, jinsi yoki yoshidan qat‘iy nazar davolashda, shuningdek, qandli diabeti bo‘lgan yoki oilaviy giperxolesterinemiyaning nasliy shakli bo‘lgan alohida toifa pasientlarni davolashda samaralidir.

Rozuvastatin Frederikson bo‘yicha IIa va IIb turdagi giperxolesterinemiyasi (PZLP-XS o‘rtacha dastlabki darajasi taxminan 4,8 mmol/l) bo‘lgan pasientlarni davolash uchun samaralidir. 10 mg rozuvastatin qabul qilolgan 80% pasientlarda, aterosklerozni o‘rganish bo‘yicha Yevropa jamiyati tomonidan belgilangan PZLP-XS darajasining maqsadli ko‘rsatkichlariga (3 mmol/l dan kam) erishilgan.

Geterozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan, rozuvastatinni 20 dan 80 mg gacha dozalarda dozalarni jadallashtirilgan titrlash sxemasi bo‘yicha qabul qilgan pasientlarda, barcha qabul qilingan dozalar lipidlarning miqdorini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni o‘zgarishiga va davolashning maqsadiga erishishga jiddiy ta‘sir ko‘rsatgan. Dozalarni sutkada 40 mg gacha titrlash (12 haftalik davolash) natijasida PZLP-XS 53% ga pasaygan. 33% pasientlarda aterosklerozni o‘rganish bo‘yicha Yevropa jamiyatining qo‘llanmasini maqsadli normalariga muvofiq keluvchi (3 mmol/l dan kam) PZLP-XS ko‘rsatkichlariga erishilgan.

Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan rozuvastatinni 20 va 40 mg dozalarda qabul qilgan pasientlarda PZLP-XS miqdorini o‘rtacha kamayishi 22% ni tashkil qilgan. Additiv samara fenofibrat bilan majmuada TG ga nisbatan va nikotin kislotasi bilan (sutkada 1 g dan ortiq) majmuada PZLP-XS ning miqdoriga nisbatan qo‘llanganida aniqlanadi.

Ishemik kasallik kabi lipid buzilishlari chaqirgan asoratlarning sonini kamaytirishga rozuvastatinning ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar hali tugallanmagan.

Yurak-qon ishemik kasalligi bilan kasallanish xavfining past darajasi bo‘lgan (Framingem bo‘yicha 10 yildan ortiq davr ichida xavf sifatida aniqlanganida 10% dan kam), PZLP-XS miqdorini o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,0 mmol/l (154,5 mg/dl) bo‘lgan pasientlarda, rozuvastatin sutkada 40 mg dozada uyqu arteriyasining devorini 12 segmentlarda qalinlashishini ifodalovchi maksimal ko‘rsatkichning kattalashishini, yiliga 0,0145 mm tezlikka ega plaseboga nisbatan ahamiyatli sekinlashtirgan (95% ishonchli interval (Cl): 0,0196 dan 0,0093 gacha, r<0,0001). 40 mg dozani faqat giperxolesterinemiyaning og‘ir shakli bo‘lgan va yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishini yuqori xavf darajasi bo‘lgan pasientlarga buyurish kerak.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga ichga muvofiq doza qabul qilinganidan keyin 5 soat o‘tgach erishiladi. Mutloq biokiraolishligi taxminan 20% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi: rozuvastatin xolesterinning sintezini va PZLP-XS metabolizmining klirensini asosiy joyi bo‘lgan jigar tomonidan yutiladi. Rozuvastatinning taqsimlanish hajmi taxminan 134 l ni tashkil qiladi. Rozuvastatin 90% plazma oqsillari bilan, asosan albuminlar bilan bog‘lanadi.

Metabolizmi: cheklangan miqdori (taxminan 10%) metabolizmga uchraydi. Rozuvastatin sitoxrom R450 tizimining fermentlari tomonidan amalga oshiriladigan metabolizm uchun yetarli mos keladigan substrat emasdir. CYP2C9 metabolizmida ishtirok etuvchi asosiy izoferment hisoblanadi, ayni paytda CYP2S19, CYP3A4 va CYP2D6 izofermentlari esa metabolizmga kamroq darajada jalb etilgan. Asosiy metaboliti – N-desmetil bo‘lib, u rozuvastatinga qaraganda 50% kamroq faollikka ega. Lakton metabolitlari farmakologik jihatdan faol emasdir. Aylanib yurgan GMK-KoA-reduktazani ingibisiya qilish bo‘yicha farmakologik faollikning 90% dan ortig‘i rozuvastatin tomonidan, qolgan qismi – metabolitlari tomonidan ta‘minlanadi.

Chiqarilishi: rozuvastatinning qabul qilingan dozasini taxminan 90% organizmdan ichak orqali o‘zgarmagan holda (shu jumladan so‘rilgan va so‘rilmagan rozuvastatin) chiqariladi, qolgan qismi o‘zgarmagan holda buyrak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 19 soatni tashkil qiladi, preparatning dozasi oshirilganida o‘zgarmaydi. O‘rtacha geometrik plazma klirensi soatiga taxminan 50 litr (variasiya koeffisienti 21,7%) ni tashkil qiladi. GMG-KoA reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi, rozuvastatinni «jigar» tomonidan qamrab olinishi jarayoniga, membrana orqali xolesterinni membrana tashuvchisi – organik anionlardan tashuvchi transport proteini – TPOA-XS jalb qilingan. Ushbu tashuvchi rozuvastatinni jigar tomonidan chiqarilishida katta rol o‘ynaydi.

Proporsionalligi: rozuvastatinning tizimli ekspozisiyasi dozaga proporsional oshadi. Preparat sutkada bir necha marta qabul qilinganida farmakokinetik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari aniqlanmaydi.

Yosh va jins: jins va yosh rozuvastatinning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Etnik guruhlar: farmakokinetikaning qiyosiy tadqiqotlari, osiyolik pasientlarda (yaponlar, xitoyliklar, filippinlar, vetnamliklar va koreyslar) yevropoid irq vakillaridagi ko‘rsatkichlariga nisbatan AUC (“konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon), TCmax (qon plazmasidagi preparatning maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti) ning o‘rtacha ko‘rsatkichlarini ikki marta oshishini ko‘rsatdi. Hindlarda AUC va Cmax o‘rtacha qiymatlarini taxminan 1,3 marta oshishi aniqlangan. Bunda barcha tekshirilgan populyasiyalar uchun farmakokinetikaning ko‘rsatkichlarini tahlili yevropoid, negroid irq vakillari va lotin amerikaliklar orasida preparatning farmakokinetikasida klinik ahamiyatli farqlarni aniqlamadi.

Buyrak yetishmovchiligi: yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda rozuvastatin yoki N-desmetil metabolitining plazmadagi konsentrasiyasi ahamiyatli o‘zgarmaydi. Yaqqol buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda qon plazmasida rozuvastatinning konsentrasiyasi 3 marta yuqori, N-desmetil metabolitining konsentrasiyasi esa, sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan 9 marta yuqori. Gemodializdagi pasientlarning qon plazmasidagi rozuvastatinning konsentrasiyasi sog‘lom ko‘ngillilarnikiga qaraganda taxminan 50% ga yuqori.

Jigar yetishmovchiligi: Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7 va undan past ballik turli darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinning T1/2 oshishi aniqlanmagan. Biroq Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 8 va 9 ballik 2 pasientda T1/2 Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha pastroq ko‘rsatkichlari bo‘lgan pasientlar uchun o‘xshash ko‘rsatkichdan taxminan 2 marta uzayishi aniqlangan. Rozuvastatinni Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 dan yuqori ballik pasientlarda qo‘llash tajribasi yo‘q.

Qo‘llanilishi

  • Birlamchi giperxolesterinemiya (IIa turi, nasliy giperxolesterinemiyaning geterozigot shaklidan tashqari) yoki aralash dislipidemiya (IIv turi) perxez davolashga qo‘shimcha sifatida, parxez davolashga va boshqa medikamentoz bo‘lmagan chora-tadbirlar (masalan, jismoniy yuklama va tana vaznini kamayishi) samarasizligida.
  • Oilaviy gomozigot giperxolesterinemiyada parhez bilan davolash va lipidlarni kamaytirishga qaratilgan boshqa davolash turlari (masalan, PZLP aferezi) ga qo‘shimcha sifatida yoki bunday dovolash samarasiz bo‘lganida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Davolashni boshlashdan oldin pasient xolesterinning past miqdori bo‘lgan mahsulotlarni qo‘llash bilan bog‘liq standart parhezga amal qilishi va u butun davolash davri davomida davom ettirilishi kerak. Preparatning dozasi, o‘tkazilayotgan davolashning maqsadiga va o‘tkazilayotgan davolashga pasientning terapevtik javobiga muvofiq va lipidlarning maqsadli darajalari bo‘yicha zamonaviy umumiy qabul qilingan tavsiyalarni hisobga olib, shaxsiy tanlanadi.

Ichga, sutkaning istalgan vaqtida, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, chaynamasdan va maydalamasdan, butunligicha suv bilan birga yutiladi.

Preparatning tavsiya qilinadigan boshlang‘ich dozasi ilgari statinlarni qabul qilmagan pasientlar uchun ham, GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan davolashdan keyin ushbu preparatni qabul qilishga o‘tkazilgan pasientlar uchun ham sutkada bir marta 5 mg yoki 10 mg ni tashkil qiladi.

Preparatning boshlang‘ich dozasini tanlashda, har bir konkret pasientda xolesterin darajasini, shuningdek yurak-qon tomir asoratlarini rivojlanish xavfini va nojo‘ya ta‘sirlarni paydo bo‘lishining potensial xavfini hisobga olish kerak. Zarurati bo‘lganida 4 haftadan keyin dozani o‘zgartirishni o‘tkazish mumkin.

Pastroq dozalarga nisbatan, 40 mg doza qabul qilinganida nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanishi tufayli (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang), maksimal 40 mg li dozagacha yakuniy titrlashni, 20 mg ni qabul qilganda xolesterinning maqsadli darajasiga erishilmagan va shifokorning kuzatuvi ostida bo‘lgan, giperxolesteremiyaning og‘ir shakllari bo‘lgan va yurak-qon tomir asoratlarini paydo bo‘lishini yuqori xavfi bo‘lgan pasientlarda (ayniqsa nasliy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda) o‘tkazish kerak. 40 mg doza buyurilganida shifokorning sinchkov kuzatuvi tavsiya qilinadi. 40 mg dozani ilgari shifokorga murojaat qilmagan pasientlarga buyurish tavsiya qilinmaydi!

Keksa pasientlar

70 yoshdan oshgan pasientlar uchun preparatning tavsiya qilinadigan boshlang‘ich dozasi
5 mg ni tashkil qiladi. Yoshga qarab dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. O‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <60 ml/min) bo‘lgan pasientlar uchun tavsiya qilinadigan boshlang‘ich doza 5 mg ni tashkil qiladi. Rozuvastatinning har qanday dozalarini og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). O‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun preparatni 40 mg dozada buyurish mumkin emas.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7 va undan past ballik pasientlarda rozuvastatinning tizimli konsentrasiyasini oshishi aniqlanmagan. Biroq preparatning tizimli konsentrasiyasini oshishi Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 8 va 9 ballik pasientlarda kuzatilgan. Bunday pasientlarda davolash fonida jigar faoliyatini nazorat qilish kerak. Preparatni Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 dan yuqori ballik pasientlar tomonidan qabul qilinishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Faol fazadagi jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinni qo‘llash mumkin emas.

Etnik guruhlar

Osiyo irqiga mansub pasientlarda rozuvastatinning tizimli konsentrasiyasi oshishi mumkin. 10 va 20 mg dozalar buyurilganida osiyolik pasientlar uchun preparatning tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi 5 mg ni tashkil qiladi. Bunday pasientlarga preparatni 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Miopatiyaga moyil pasientlar

10 va 20 mg dozalar buyurilganida miopatiyaga moyil pasientlar uchun preparatning tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi 5 mg ni tashkil qiladi. Bunday pasientlarga preparatni 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan: rozuvastatin qabul qilinganida asosan naychalar geneziga ega proteinuriya aniqlangan. Siydikda oqsil miqdorini o‘zgarishlari (yo‘qligi yoki juda oz bo‘lishidan ++ yoki ortiqroq bo‘lishi) 10 va 20 mg rozuvastatin qabul qilgan 1% dan kam pasientlarda va preparatni 40 mg dozada qabul qilgan 3% pasientlarda kuzatilgan.

Siydikdagi oqsilning miqdorini yo‘qligi va izlaridan ++ gacha o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladigan o‘zgarishi, preparat 20 mg dozada qabul qilinganda kuzatilgan. Ko‘pchilik hollarda proteinuriya kamaygan yoki davolash jarayonida mustaqil o‘tib ketgan. Klinik tekshirishlarning ma‘lumotlari tahlil qilinganida, proteinuriya va buyrak kasalliklarining o‘tkir yoki avj oluvchi kechishi orasida sababli bog‘liqlik aniqlanmadi.

Rozuvastatin bilan davolash kursini o‘tgan qator pasientlarda gematuriya kuzatilgan, lekin klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari bunday holatlarning paydo bo‘lish tez-tezligi juda pastligini ko‘rsatdi.

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: mialgiya, miopatiyani (shu jumladan miozitni) chaqiruvchi skelet mushaklarga ta‘siri va kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi bilan yoki usiz rabdomioliz rozuvastatinning har qanday dozasini, ayniqsa 20 mg dan ortiq dozani qabul qilgan pasientlarda kuzatilgan. Kreatinfosfokinaza (KFK) miqdorini qabul qilayotgan dozaga qarab oshishi, rozuvastatin qabul qilgan pasientlarda aniqlangan, lekin ko‘pchilik hollarda bu ko‘rinishlar ahamiyatsiz, simptomsiz va vaqtinchalik bo‘lgan. Agar KFK miqdori normaning yuqori chegarasidan 5 marta ortiq bo‘lsa, unda davolashni to‘xtatish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: boshqa GMG-KoA reduktaza ingibitorlarida bo‘lgani kabi, “jigar” transaminazalarining faolligini qabul qilinayotgan dozaga bog‘liq oshishi, rozuvastatin qabul qilgan pasientlarning katta bo‘lmagan guruhida kuzatilgan. Bunda ko‘pchilik hollarda bu oshishi o‘rtacha ifodalangan, simptomsiz yoki o‘tkinchi bo‘lgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • rozuvastatinga yoki preparatning har qanday komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik;
  • faol bosqichdagi jigar kasalliklari, shu jumladan qon zardobida «jigar» transaminazalarning faolligini barqaror oshishi, shuningdek qon zardobida transaminazalarning faolligini normaning yuqori chegarasi (NYUCH) ga nisbatan kamida 3 marta har qanday oshishi;
  • buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari (KK minutiga 30 ml dan kam);
  • miopatiya;
  • siklosporinni bir vaqtda qabul qilish;
  • miotoksik asoratlarni rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan pasientlarda;
  • homiladorlik va laktasiya davri;
  • ishonchli kontrasepsiya usullarini qo‘llamayotgan, tug‘ruq yoshidagi ayollarda;
  • 18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);
  • Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 dan yuqori ballik jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda;
  • laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktazaning tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani malabsorbsiyasida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Miopatiya/rabdomiolizni rivojlanish xavfining mavjudligi – buyrak yetishmovchiligi, gipotireoz, nasliy mushak kasalliklarini shaxsiy va oilaviy anamnezi va GMK-KoA reduktazaning boshqa ingibitorlari yoki fibratlar ishlatilganidagi mushak toksikligining ilgarigi anamnezi; alkogolni xaddan tashqari ko‘p iste‘mol qilish; qon plazmasida rozuvastatinning konsentrasiyasini oshishi aniqlangan holatlar; 70 yoshdan oshganlar; anamnezdagi jigar kasalliklari; sepsis; arterial gipotenziya; katta jarrohlik aralashuvlari; jarohatlar; og‘ir metabolik, endokrin yoki elektrolit buzilishlari; nazorat qilib bo‘lmaydigan tutqanoq; irqiy mansublik (osiyo irqi); fibratlarni bir vaqtda qabul qilish.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Siklosporin: rozuvastatin va siklosporin bir vaqtda qabul qilinganida, rozuvastatinning AUC ko‘rsatkichi, sog‘lom ko‘ngillilardan olingan qiymatlarga nisbatan 7 marta oshgan (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). Birga qo‘llanishi qon plazmasida rozuvastatinning konsentrasiyasini 11 marta oshishiga olib keladi. Preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida qon plazmasida siklosporinning konsentrasiyasini o‘zgarishi aniqlanmagan.

K vitaminining antagonistlari: GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan bo‘lgani kabi, bir vaqtda K vitaminining antagonistlarini (masalan, varfarin yoki boshqa kumarin antikoagulyantlari) qabul qilayotgan pasientlarda rozuvastatin bilan davolashni boshlanishi yoki preparatning dozasini oshirilishi, xalqaro normallashtirilgan nisbatni (XNN) oshishiga olib kelishi mumkin. Rozuvastatinning dozasini bekor qilish yoki pasaytirish XNNni kamayishini chaqirishi mumkin. Bunday hollarda XNN ning monitoringini o‘tkazish kerak.

Ezetimib: rozuvastatin va ezetimib bir vaqtda qabul qilinganida ikkala preparatning AUC yoki Cmax ni o‘zgarishlari kuzatilmaydi. Biroq rozuvastatin va ezetimibning noxush holatlarni chaqirishi mumkin bo‘lgan farmakodinamik o‘zaro ta‘sirini inkor qilish mumkin emas.

Gemfibrozil va lipidlar darajasini kamaytiruvchi boshqa vositalar: rozuvastatin va gemfibrozilni bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning Smax va AUC 2 marta oshishiga olib keladi (“Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang).

Spesifik o‘zaro ta‘sirlarning tekshirishlarini ma‘lumotlari asosida fenofibratlar bilan tegishli farmakokinetik o‘zaro ta‘siri kutilmaydi, biroq farmakodinamik o‘zaro ta‘siri bo‘lishi mumkin. Gemfibrozil, fenofibrat, boshqa fibratlar va nikotin kislotasi lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda (sutkada 1 g yoki undan ortiq) GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, ular monoterapiya sifatida qabul qilinganida miopatiyani chaqirishi mumkinligi tufayli, miopatiyani paydo bo‘lish xavfini oshirishgan. 40 mg rozuvastatinni va fibratlarni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas (“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limlariga qarang). Preparat gemfibrozil va boshqa lipidlarni pasaytiruvchi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilinganida  Rozuvastatinning boshlang‘ich dozasi 5 mg dan oshmasligi kerak.

Proteaza ingibitorlari: garchi o‘zaro ta‘sirning aniq mexanizmi ma‘lum bo‘lmasada, rozuvastatinni proteaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning yarim chiqarilish davrini uzayishiga olib kelishi mumkin. Farmakokinetik tadqiqotda
20 mg rozuvastatin va proteazaning ikki ingibitori (400 mg lopinavir/100 mg ritonavir) saqlovchi majmuaviy preparat sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan bir vaqtda qabul qilinganida, rozuvastatinning AUC(0-24) 2 marta va Cmax 5 marta muvofiq oshishi aniqlangan. Shuning uchun OITV bo‘lgan pasientlarni davolashda rozuvastatin va proteaza ingibitorlarini bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi.

Antasidlar: rozuvastatinni alyuminiy va magniy gidroksidini saqlovchi antasid suspenziyalar bilan bir vaqtda buyurish, rozuvastatinning qon plazmasidagi konsentrasiyasini taxminan 50% ga pasayishiga olib kelishi mumkin. Bu ta‘sir, antasidlar rozuvastatinni qabul qilingandan keyin 2 soatdan so‘ng qo‘llansa kuchsizroq namoyon bo‘ladi. Ushbu o‘zaro ta‘sirning klinik ahamiyati o‘rganilmagan.

Eritromisin: rozuvastatin va eritromisinni bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning AUQ(0-t) ni 20% ga va Smax ni 30% pasayishiga olib kelishi mumkin. Bu o‘zaro bog‘liqlik eritromisinni qabul qilish bilan bog‘liq ichak motorikasini kuchayishi bilan chaqirilgan bo‘lishi mumkin.

Peroral kontraseptivlar/gormon o‘rinbosar davolash: rozuvastatin va peroral kontraseptivlarni bir vaqtda qabul qilish, etinilestradiol va norgestrelning AUC ni muvofiq 26% va 34% ga oshishiga olib kelishi mumkin. Plazmadagi konsentrasiyalarni bunday oshishini peroral kontraseptivlarning dozasini tanlashda hisobga olish kerak. Rozuvastatin va gormon o‘rinbosar davolash preparatlarini bir vaqtda qo‘llash bo‘yicha farmakokinetik ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun ushbu majmua ishlatilganida o‘xshash ta‘sirni inkor etib bo‘lmaydi. Biroq, preparatlarning bunday majmuasi ayollar tomonidan klinik tadqiqotlarni o‘tkazish vaqtida yetarli darajada keng ishlatilgan va o‘zlashtirilgan.

Boshqa dori vositalari: rozuvastatin va digoksin bir vaqtda qabul qilinganida klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri kutilmaydi.

Sitoxrom R450 izofermentlari: o‘tkazilgan in vitro va in vivo sharoitdagi tadqiqotlarning natijalari, rozuvastatin sitoxrom R450 izofermentlarining ta‘sirini ingibitori ham, induktori ham emasligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, rozuvastatin bu izofermentlar uchun ancha kuchsiz substratdir. Rozuvastatin va flukonazol (CYP2S9 va CYP3A4 ingibitori) yoki ketonazol (CYP2A6 va CYP3A4 ingibitori) orasida klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sir kuzatilmagan. Intrakonazol (CYP3A4 ingibitori) va rozuvastatinni birga qo‘llanishi, rozuvastatinning AUC ni 28% ga (klinik ahamiyatsiz) oshiradi. Shuning uchun sitoxrom R450 bilan bog‘liq metabolizmi natijasida dori vositalarning qandaydir o‘zaro ta‘siri kutilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Asosan kelib chiqishi naychalar sekresiyasi bo‘lgan proteinuriya, pasientlarda  Rozuvastatinning yuqori dozalarini, ayniqsa 40 mg  qabul qilinganida aniqlangan, lekin ko‘pchilik hollarda u vaqti-vaqti bilan yoki vaqtinchalik bo‘lgan. Bunday proteinuriya buyrakning o‘tkir kasalligini paydo bo‘lishi yoki mavjud kasalligini zo‘rayishini bildirmaydi. Buyrak faoliyatini jiddiy buzilishlarini tez-tezligi 40 mg rozuvastatin qabul qilinganida oshadi.  Rozuvastatin preparati bilan davolash vaqtida buyrak faoliyatining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Rozuvastatinni barcha dozalarda, ayniqsa preparat 20 mg dan ortiq dozada qo‘llanganida mialgiya, miopatiya va kam hollarda rabdomioliz aniqlangan. Juda kam hollarda rabdomioliz ezetimib va GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bir vaqtda qabul qilinganida yuz bergan. Bunday hollarda preparatlarning farmakologik o‘zaro ta‘sirini inkor etish mumkin emas, shuning uchun  Rozuvastatin va ezetimibni birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak («Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Rabdomioliz holatlarini tez-tezligi 40 mg rozuvastatin qabul qilinganida oshadi.

KFK faolligini aniqlashni, KFK miqdorini oshishini chaqiruvchi jadal jismoniy yuklamalardan keyin o‘tkazish mumkin emas, chunki bu natijalarni tahlil qilishni qiyinlashtirishi mumkin.

KFK ko‘rsatkichi davolash boshlangunicha normaning yuqori chegarasidan 5 martadan ortiq yuqori bo‘lsa, 5-7 kundan keyin takroriy tekshirishni o‘tkazish kerak. Agar takroriy tekshirish KFKning dastlabki ko‘rsatkichini (normaning yuqori chegarasiga nisbatan 5 marta yuqori) tasdiqlasa,  Rozuvastatin bilan davolash mumkin emas.

Rozuvastatinni GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi miopatiya/rabdomioliz xavf omillariga ega pasientlarga maxsus ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:

  • buyrak yetishmovchiligi;
  • gipotireoz (40 mg doza uchun “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);
  • mushak kasalliklarini shaxsiy yoki oilaviy anamnezi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);
  • GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari yoki fibratlarni qabul qilish fonida anamnezda miotoksiklikni borligi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);
  • alkogolni suiiste‘mol qilish (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);
  • 70 yoshdan oshgan bemorlar;
  • qon plazmasida preparatning konsentrasiyasini oshishi bilan kechuvchi holatlar (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang) (40 mg doza uchun “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang.);
  • fibratlarni bir vaqtda qabul qilish (40 mg doza uchun “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar” bo‘limiga qarang.);

Bunday pasientlarda davolashning xavfi va bo‘lishi mumkin bo‘lgan foydaning nisbatini baholash va butun davolash kursi davomida klinik kuzatishni amalga oshirish kerak.

Pasientlarni mushak og‘riqlari, mushak holsizligi yoki ayniqsa lanjlik yoki isitma bilan kechuvchi spazmlarni kutilmaganda paydo bo‘lish hollari to‘g‘risida shifokorga darhol xabar berishlari kerakligi to‘g‘risida xabardor qilish tavsiya qilinadi!

Bunday pasientlarda albatta KFK faolligining nazoratini amalga oshirish kerak. Agar KFK darajasi normaning yuqori chegarasidan 5 martadan ortiq yuqori bo‘lsa yoki agar mushak simptomlari keskin namoyon bo‘lsa va butun kun davomida har kungi diskomfort chaqirsa (hatto agar KFK faolligi normaning yuqori chegarasidan 5 marta past bo‘lsa ham) davolashni to‘xtatish kerak. Agar simptomlar yo‘qolsa va KFK faolligi normaga qaytsa,  Rozuvastatinni takror buyurish yoki pasient ustidan sinchkov kuzatuv sharoitida GMG-KoA-reduktazaning muqobil ingibitorini kichik dozalarda buyurish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish kerak. Rabdomioliz simptomlari bo‘lmaganida pasientlarda KFK faolligini muntazam nazorat qilish maqsadga muvofiq emas.

Biroq miozit va miopatiya hollarining sonini oshishi GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini fibroy kislotasining hosilalari, shu jumladan gemfibrozil, siklosporin, nikotin kislotasining lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda, zamburug‘larga qarshi preparatlar, proteaza ingibitorlari va makrolid antibiotiklar bilan birga qabul qilgan pasientlarda aniqlangan. Gemfibrozil GMG-KoA-reduktazaning ayrim ingibitorlari bilan birga buyurilganida miopatiyani paydo bo‘lish xavfini oshiradi. Shuning uchun rozuvastatin va gemfibrozilni bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Rovustatin fibratlar yoki lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda (1 g dan ortiq) nikotin kislotasi bilan birga qo‘llanganida xavf va bo‘lishi mumkin bo‘lgan foyda nisbati sinchiklab baholanishi kerak. Rozuvastatinni 40 mg dozada va fibratlarni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” va “Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limlariga qarang).

Rozuvastatinni o‘tkir, miopatiyani taxmin qilishga imkon beruvchi og‘ir kasalliklari bo‘lgan yoki ikkilamchi buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi (masalan: sepsis, arterial gipertenziya, jarrohlik aralashuvi, jarohat, metabolik sindrom, tirishishlar, endokrin buzilishlari, elektrolit buzilishlari) mumkin bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin emas (“Ehtiyotkorlik bilan” bo‘limiga qarang).

GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi,  Rozuvastatinni ham alkogolni haddan tashqari ko‘p iste‘mol qiluvchi yoki anamnezida jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarga maxsus ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini aniqlashni davolash boshlanishidan oldin va undan keyin 3 oy o‘tgach o‘tkazish tavsiya qilinadi. Agar qon zardobida “jigar” transaminazalarining faolligi normaning yuqori chegarasidan 3 marta yuqori bo‘lsa,  Rozuvastatinni qabul qilishni to‘xtatish yoki qabul qilinayotgan dozani kamaytirish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang). Jigar faoliyatini yaqqol buzilishlarini tez-tezligi (asosan “jigar” transaminazalarining faolligini oshishi bilan bog‘liq), 40 mg preparat qabul qilinganida oshadi.

Ikkilamchi giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda gipotireoz, nefrotik sindrom tufayli asosiy kasallikni davolash,  Rozuvastatin bilan davolashni boshlashdan oldin o‘tkazilishi kerak.

Farmakokinetik tadqiqotlar vaqtida yevropoid irq vakillari – pasientlari orasida olingan ma‘lumotlarga nisbatan, osiyolik pasientlar ichida rozuvastatinning tizimli konsentrasiyasini oshishi aniqlangan (“Qo‘llash usuli va dozalari” va “Farmakokinetikasi” bo‘limlariga qarang).

Rozuvastatin va proteaza ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Glyukozaning darajasi och qoringa 5,6-6,9 mmol/l ni tashkil qilgan pasientlarda, rozuvastatinni qabul qilish qandli diabetning xavfini oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang).

Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun uni galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktoza yetishmovchiligi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromi bo‘lgan pasientlar qabul qilmasliklari kerak.

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llanishi

Rozuvastatinni homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Tug‘ruq yoshidagi ayollar ishonchli va adekvat kontrasepsiya vositalarini qo‘llashlari kerak.

Xolesterin va xolesterin biosintezining boshqa mahsulotlarini homilani rivojlanishida katta ahamiyatga egaligi tufayli, GMG-KoA reduktazani ingibirlanishining potensial xavfi, uni homiladorlikda ishlatilishidan kutiladigan foydadan ustun turadi.

Homiladorlik boshlangan hollarda, preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak. Rozuvastatinni ona ko‘krak suti bilan chiqarilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Preparatni laktasiya davrida buyurishning zarurati tug‘ilganida emizishni to‘xtatish kerak.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

 Rozuvastatinni transport vositalarini haydash va mexanik vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘siriga oid tekshirishlar o‘tkazilmagan. Biroq, preparatning farmakodinamik xususiyatlari asosida, Rozuvastatinni bu qobiliyatlarga ta‘sir qilmasligini taxmin qilish mumkin. Shu bilan birga transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarishda davolash vaqtida bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida maxsus davolash yo‘q.

Doza oshirib yuborilganida simptomatik davolash va tutib turuvchi tadbirlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Jigar faoliyatini va KFK darajasini nazorat qilish kerak. bunday holda gemodializ, ehtimol, kam samarali.

Chiqarilish shakli

10 tabletka blisterda. 3 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Caqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ROZDEY 10 tabletkalari 10mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ROZDEY 10 tabletkalari 10mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ROZDEY 10 tabletkalari 10mg N30 dori vositasi Sandoz Pharmaceuticals d.d, Словения произведено: Lek d.d Pharmaceuticals d.d. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ROZDEY 10 tabletkalari 10mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ROZDEY 10 tabletkalari 10mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
AMLODIPIN tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Amlodipin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d, Словения произведено: Lek d.d Pharmaceuticals d.d.
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
FIRONEKS tabletkalari 32mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d, Словения произведено: Lek d.d Pharmaceuticals d.d.
FIRONEKS tabletkalari 16mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d, Словения произведено: Lek d.d Pharmaceuticals d.d.
ROZUVASTATIN SANDOZ tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d, Словения произведено: Lek d.d Pharmaceuticals d.d.
ROZUVASTATIN SANDOZ tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d, Словения произведено: Lek d.d Pharmaceuticals d.d.
PRILAM tabletkalari 8mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d, Словения произведено: Lek d.d Pharmaceuticals d.d.
PRILAM tabletkalari 4mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d, Словения произведено: Lek d.d Pharmaceuticals d.d.
PRILAM tabletkalari 2mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d, Словения произведено: Lek d.d Pharmaceuticals d.d.
OLPRESSOR tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d, Словения произведено: Lek d.d Pharmaceuticals d.d.
OLPRESSOR tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d, Словения произведено: Lek d.d Pharmaceuticals d.d.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9