×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SAFOSID tabletkalari N4

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Секнидазол, Флуконазол, Азитромицин
Qadoqda soni:
- 4
Ishlab chiqaruvchi:
- Нижфарм, АО, Россия произведено: Lyka Labs Limited, Индия, упаковщик: Хемофарм, Россия
ATX kodi:
- J01RA
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml Parenteral Drugs (India) Ltd Hindiston
27 700 s`om dan
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10 Борисовский Завод МП ОАО Belarusiya
5 200 s`om dan
SEFTRI tabletkalari 200mg N10 BKRS Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
50 400 s`om dan
LEVON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml Bion Healthcare, Индия произведено: Eurolife Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
52 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SAFOSID tabletkalari N4 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

SAFOSID

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Preparatning savdo nomi: Safosid

Xalqaro patentlanmagan nomi: Flukonazol + azitromisin + seknidazol

Dori shakli: tabletkalar to‘plami

Tarkibi:

Flukonazol

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: flukonazol – 150 mg; yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza – 153 mg, kalsiy gidrofosfati – 14,5 mg, natriy kroskarmelloza – 5 mg, magniy stearati – 4 mg, kolloid kremniy dioksidi – 1 mg, puns bo‘yovchisi [Ponso 4R] [Ye 124] – 2,5 mg.

Azitromisin

1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: azitromisin digidrati – 1048 mg (azitromisinga qayta hisoblanganda – 1000 mg); yordamchi moddalar: natriy laurilsulfati – 12 mg, natriy kroskarmelloza – 37,24 mg, povidon-K30 – 40 mg, magniy stearati – 16 mg, kolloid kremniy dioksidi –
2 mg; qobiq tarkibi: gipromelloza (gidroksipropilmetilsellyuloza) – 24,5 mg, dietilftalat – 3,8 mg, talk – 5,2 mg, titan dioksidi – 6 mg, makrogol-4000 – 4,2 mg, puns bo‘yovchisi [Ponso 4R] [Ye 124] – 1,06 mg.

Seknidazol

1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: seknidazol – 1000 mg; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali – 95 mg, mikrokristall sellyuloza – 130 mg, kolloid kremniy dioksidi – 6 mg, natriy karboksimetilkraxmali – 20 mg, povidon (PVPK – 30) – 2,5 mg, talk – 11,5 mg, magniy stearati – 10 mg; qobiq tarkibi: gipromelloza (gidroksipropilmetilsellyuloza) –
27,1 mg, dietilfalat – 4 mg, talk – 5,7 mg, titan dioksidi – 11,2 mg, makrogol 4000 –
4,6 mg.

Ta‘rifi:

Flukonazol

Pushti rangli yassisilindrik faskali va riskali tabletkalar. Sindirilganida tabletka pushti rangda.

Azitromisin

Pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, ikki tomonlama qavariq kapsulasimon shaklli, riskali tabletkalar. Sindirilganida tabletkaning yadrosi oq yoki deyarli oq rangli.

Seknidazol

Oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, ikki tomonlama qavariq kapsulasimon shaklli, riskali tabletkalar. Sindirilganida tabletkalar oq yoki deyarli oq rangli.

Farmakoterapevtik guruhi Majmuaviy mikroblarga qarshi vosita. ATX kodi: [J01RA]

Farmakologik  xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Flukonazol

Zamburug‘larning sitoxrom R450 ga bog‘liq bo‘lgan fermentlari faolligini ingibirlab, yuqori spesifik ta‘sirga ega bo‘lgan zambrug‘larga qarshi vositadir. Zamburug‘larning xujayralaridagi lanosterolni ergosterolga aylanishini bloklaydi; xujayra membranasini o‘tkazuvchanligini oshiradi, uni o‘sishi va replikasiyasini buzadi. Flukonazol zamburug‘larning sitoxroma R450 fermentiga yuqori tanlab ta‘sir qilib, odam organizmida bu fermentlarni deyarli susaytirmaydi (itrakonazol, klotrimazol, ekonazol va ketokonazolga nisbatan odam jigari mikrosomalaridagi sitoxrom R450 ga bog‘liq oksidlanish jarayonlarini kamroq darajada susaytiradi). Antiandrogen faollikka ega emas. Opportunistik mikozlarda samarador, shu jumladan Candida spp. chaqirgan (shu jumladan immunodepressiya fonidagi kandidozning yoyilgan shakllari), Cryptococcus neoformans va Coccidiodes immitis chaqirgan (shu jumladan miya ichidagi infeksiyalar), Microsporum spp. va Trichophyton spp.lar chaqirgan infeksiyalarda, Blastomyces dermatitidis, Histoplasma capsulatum tomonidan chaqirilgan endemik mikozlarda (shu jumladan immunoderessiyada) da samaralidir.

Azitromisin

Keng antibakterial ta‘sir doirasiga ega, azalid, bakteriostatik ta‘sir qiladi. Ribosomalarning 50S subbirligi bilan bog‘lanib, peptidtranslokazani translyasiya bosqichida susaytiradi, oqsil sintezini bostiradi, bakteriyalarni o‘sishi va ko‘payishini sekinlashtiradi, yuqori konsentrasiyalarda bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Xujayra tashqarisidagi va xujayra ichidagi qo‘zg‘atuvchilarga ta‘sir qiladi.

Azitromisinga sezgir mikroorganizmlar: aerob grammusbat mikroorganizmlar – Straphylococcus aureus (metisillinga sezgir shtammlari), Streptococcus pneumoniae (penisillinga sezgir shtammlari), Streptococcus pyogenes; aerob grammanfiy mikroorganizmlar – Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Legionella pneumophila, Moraxella catarrhalis, Pasteurella multocida, Neisseria gonorrhoeae; anaerob mikroorganizmlar – Clostridium perfringens, Fusobacterium spp., Prevotella spp., Porphyromonas spp.; boshqa mikroorganizmlar – Chlamydia trachomatis, Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Mycoplasma pneumoniae, Mycoplasma hominis, Borrelia burgdorferi.

Azitromisinga orttirilgan rezistentligi bo‘lgan mikroorganizmlar: aerob grammusbat mikroorganizmlar – Streptococcus pneumoniae (penisillinga rezistent shtammlari va penisillinga o‘rtacha sezgir shtammlari).

Tabiiy rezistentligi bo‘lgan mikroorganizmlar: aerob grammusbat mikroorganizmlar – Enterococcus faecalis, Staphylococcus aureus (metisillinga rezistent shtammlari), Staphylococcus epidermidis (metisillinga rezistent shtammlari); anaerobnыe mikroorganizmы – Bacteroides fragilis.

Streptococcus pneumoniae,  Streptococcus pyogenes (A guruhiga mansub beta-gemolitik streptokokk), Enterococcus faecalis va Staphylococcus aureus, shu jumladan Staphylococcus aureus (metisillinga rezistent shtammlari) orasida eritromisinga, azitromisinga, boshqa makrolidlar va linkozamidlarga kesishgan rezistentlik hollari ta‘riflangan.

Seknidazol

Mikroblarga qarshi bakterisid preparat – nitroimidazolning sintetik hosilasi. Obligat anaerob bakteriyalar (spora hosil qiluvchi va hosil qilmaydiganlar), ayrim protozoy infeksiyalarning qo‘zg‘atuvchilari: Trichomonas spp., Giardia lamblia, Entamoeba histolytica ga nisbatan faol. Aerob bakteriyalarga nisbatan faol emas. Mikrob xujayraning DNK bilan o‘zaro ta‘sir qiladi, spiral strukturani buzilishini, tuzilmalar orasidagi bog‘larni uzilishini, nuklein kislotalarni sintezini bostirilishini va xujayrani nobud bo‘lishini chaqiradi. Alkogolga sezuvchanlikni chaqiradi (teturamsimon ta‘sir).

Farmakokinetikasi

Flukonazol

So‘rilishi – yuqori, biokiraolishligi – 90%. Bir vaqtda ovqat qabul qilish, qabul qilingan preparatning so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Ichga, och qoringa 150 mg qabul qilinganidan keyin maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti (TCmax) 0,5-1,5 soatni tashkil qiladi, vena ichiga xuddi o‘sha dozada yuborilganda plazmadagi maksimal konsentrasiyasi (Cmax) uning plazmadagi konsentrasiyasini 90% ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 11-12% ni tashkil qiladi. Plazmadagi konsentrasiyasi dozaga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Flukonazol organizmning barcha biologik suyuqliklariga yaxshi kiradi. Faol moddaning ko‘krak suti, bo‘g‘im suyuqligi, so‘lak, balg‘am va peritoneal suyuqlikdagi konsentrasiyasi uning plazmadagi darajasiga o‘xshash. Orqa miya suyuqligiga (OMS) yaxshi kiradi, zamburug‘li meningitda orqa miya suyuqligidagi konsentrasiyasi uning plazmadagi darajasining 85% ni tashkil qiladi. Ter suyuqligida, epidermisda va shox pardada zardobdagidan yuqori bo‘lgan konsentrasiyalarga erishiladi (selektiv to‘planadi). Taqsimlanish hajmi (Vd) organizmdagi suvning umumiy mikdoriga yaqinlashadi; flyukanazolning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 30 soatni tashkil qiladi. Jigarda CYP2C9 izofermentining ingibitori hisoblanadi. Asosan buyraklar orqali (80% – o‘zgarmagan holda, 11% – metabolitlari ko‘rinishida) chiqariladi. Flukonazolning klirensi kreatinin klirensiga (KK) proporsionaldir. Flukonazolning farmakokinetikasi buyrakning funksional holatiga sezilarli bog‘liqdir, bunda T1/2  va KK orasida teskari o‘zaro bog‘liqlik mavjud. 3 soat davomidagi gemodializdan keyin flukonazolning plazmadagi konsentrasiyasi 50% ga pasayadi.

Azitromisin

Azitromisin me‘da-ichak yo‘llaridan (MIY) tez so‘riladi, bu uning kislotali muhitda chidamliligi va lipofilligi bilan bog‘liq. Bir marta qabul qilinganidan keyin biokiraolishligi 0,5-37% ni tashkil qiladi (jigar orqali “birinchi o‘tish” samarasi). 0,5 g ichga qabul qilinganidan keyin Cmax 0,4 mg/l ni, TCmax – 2,5-2,9 soatni tashkil qiladi. To‘qimalar va xujayralardagi konsentrasiyasi qon zardobidagidan 10-50 marta yuqori. Taqsimlash xajmi – 31,1 l/kg. Gistogematik to‘siqlar orqali oson o‘tadi. Nafas yo‘llariga, siydik-jinsiy a‘zolar va to‘qimalarga, prostata beziga, teriga va yumshoq to‘qimalarga yaxshi kiradi; rN past bo‘lgan muhitda, lizosomalarda to‘planadi (bu xujayra ichida joylashgan qo‘zg‘atuvchilarni eradikasiyasi uchun ayniqsa muhimdir). Shuningdek fagositlar, polimorf-yadroli leykositlar va makrofaglar tomonidan ham (ularning faoliyatiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatmay) tashiladi. Xujayra membranalari orqali o‘tadi va ularda yuqori konsentrasiyalarni hosil qiladi. Infeksiya o‘chog‘laridagi konsentrasiyasi, sog‘lom to‘qimalardagiga nisbatan ishonchli darajada (24-34% ga) yuqori bo‘lib, yallig‘lanish shishining yaqqolligiga muvofiq keladi. Oxirgi doza qabul qilinganidan keyin 5-7 kun davomida yallig‘lanish o‘chog‘ida samarali konsentrasiyalarda saqlanib qoladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 7-50% (qondagi konsentrasiyasiga teskari proporsionaldir). Jigarda demetillanishga uchraydi, hosil bo‘luvchi  metabolitlari faol emas. Plazmadagi klirensi – minutiga 630 ml ni tashkil qiladi. Azitromisinni qon plazmasidan chiqarilishi 2 bosqichda kechadi: T1/2 preparat qabul qilinganidan keyingi 8 soatdan 24 soatgacha intervalda 14-20 soatni va 24 dan 72 soatgacha intervalda – 41 soatni tashkil qiladi. Safro bilan o‘zgarmagan holda (50%) va (6%) buyraklar orqali chiqariladi. Ovqat qabul qilish farmakokinetikani o‘zgartiradi: azitromisinni tabletka dori shaklida qabul qilinganida Cmax  31% ga oshadi, bunda «konsentrasiya-vaqt» egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) o‘zgarmaydi. Keksa yoshdagi (65-85 yoshdagi) erkaklarda farmakokinetik ko‘rsatkichlar o‘zgarmaydi, ayollarda Cmax (30-50% ga) oshadi.

Seknidazol

So‘rilishi – yuqori, biokiraolishligi – 80%. 2 g ichga bir marta qabul qilgandan keyin TSmax – 4 soat. Jigarda metabolizmga uchraydi. Buyraklar orqali chiqariladi – 72 soatda (qabul qilingan dozaning 16%). Ko‘krak sutiga chiqariladi, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali kiradi.

 

Qo‘llanilishi

Gonoreya, trixomoniaz, xlamidioz, bakterial vaginoz, zamburug‘li infeksiyalar kabi jinsiy yo‘l bilan yuquvchi siydik-jinsiy yo‘llarining aralash infeksiyalari, shuningdek ularga yo‘ldosh spesifik va neospesifik sistitlar, uretritlar, vulvovaginitlar va servisitlarda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Flukonazolga (shuningdek boshqa azol birikmalarga ham), azitromisinga (shuningdek boshqa makrolidlarga ham), seknidazolga (shuningdek boshqa nitroimidazollarga ham); tabletka tarkibi to‘plamiga kiruvchi preparatlarning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Astemizol, eritromisin, pimozid, xinidin, sizaprid, ergotamin, digidroergotaminni bir vaqtda qo‘llash; yoki boshqa Q-T intervalini uzaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash.

Markaziy nerv tizimining organik kasalliklari, og‘ir darajali jigar yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, kreatinin klirensi minutiga 40 ml/min dan kam bo‘lganida, qon kasalliklari (shu jumladan anamnezdagi); homiladorlik, laktasiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Ehtiyotkorlik bilan

Rifabutin yoki sitoxrom R 450 tizimi tomonidan metabolizmiga uchraydigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak; varfarin, digoksin, terfinadin bilan bir vaqtda qo‘llash; ko‘p sonli xavf omillari bilan potensial proaritmogen holati bo‘lgan pasientlarda (yurakning organik kasalliklari, elektrolit balansni buzilishi), Q-T intervalini uzaytiruvchi dori preparatlarini bir vaqtda qabul qilish (IA va III sinfi antiaritmik preparatlar), aritmiya (qorincha aritmiyalarini rivojlanishi xavfi va Q-T intervalini uzayishi), jigar va buyraklar faoliyatini o‘rtacha buzilishlari, miasteniya.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga. Bir vaqtda bir marta blister tarkibiga kiruvchi hamma 4 tabletka, ovqat qabul qilishni hisobga olib, qabul qilinadi (chunki azitromisinni so‘rilishi ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganida o‘zgaradi, uni yaxshisi, ovqatdan bir soat oldin yoki 2 soat keyin  qabul qilish kerak).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Flukonazol

Preparatni o‘zlashtirilishi odatda juda yaxshi.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tirishishlar, uyqusizlik, uyquchanlik, tremor.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og‘riq, diareya, meteorizm, ko‘ngil aynishi, ta‘mni o‘zgarishi, dispepsiya, qusish, og‘iz shilliq qavatini qurishi, jigar faoliyatini (sariqlik, giperbilirubinemiya, ishqoriy fosfataza konsentrasiyasini oshishi, “jigar” fermentlarining faolligini oshishi, gepatit, gepatosellyulyar nekroz), shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi buzilishi.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layella sindromi), anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan angionevrotik shish, yuzning shishi, eshakemi, terini qichishi).

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: leykopeniya, trombositopeniya, neyropeniya, agranulositoz.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: Q-T intervali davomiyligini oshishi, qorinchalarni xilpillashi/miltillashi, “piruet” (torsade de pointes) turidagi taxisistolik qorincha aritmiyasi.

Boshqalar: buyraklar faoliyatini buzilishi, alopesiya, giperxolesterinemiya, gipertrigliseridemiya, gipokaliemiya, ko‘p terlash, mialgiya, asteniya, holsizlik, isitma.

Azitromisin

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: meteorizm, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorin og‘rig‘i, ishtahani pasayishi, gastrit, melena, xolestatik sariqlik, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, og‘iz shilliq qavatining kandidozi, diareya, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, tilning rangini o‘zgarishi, soxtamembranoz kolit, pankreatit, gepatit, jigar disfunksiyasi, bilirubin konsentrasiyasini oshishi, jigar yetishmovchiligi, jigar nekrozi (o‘lim bilan yakunlanishi mumkin), fulminant gepatit.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, angionevrotik shish, eshakemi, anafilaktik reaksiya, shu jumladan shish (kam hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi); ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.

Siydik jinsiy tizimi tomonidan: vaginal kandidamikoz, vaginit; interstisial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, qon plazmasida mochevina va kreatinin konsentrasiyasini oshishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini his etish, ko‘krak qafasida og‘riq, arterial bosimni pasayishi, yurak qorinchalari taxikardiyasi, Q-T intervalini oshishi, ikki yo‘nalishli qorinchalar taxikardiyasi.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, vertigo, uyquchanlik, tirishishlar, paresteziya, gipesteziya, uyqusizlik, o‘ta yuqori faollik, tajavvuzkorlik, bezovtalik, xavotirlik, asabiylik, xushdan ketish.

Qon va limfatik tizimi tomonidan: limfopeniya, leykopeniya, neytropeniya, trombositopeniya, gemolitik anemiya, neytrofiliya.

Sezgi a‘zolari tomonidan: quloqlar shang‘illashi, eshitishni qaytuvchan karlikkacha buzilishi, ta‘m va hid sezishni buzilishi.

Boshqalar: asteniya, fotosensibilizasiya, kon‘yunktivit, ko‘rishni buzilishi, eozinofiliya, miasteniya, artralgiya, pereferik shishlar, holsizlik, kaliyning konsentrasiyasini o‘zgarishi.

Seknidazol

Imidazol hosilalari qabul qilinganida kuzatilgan nojo‘ya samaralari:

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, og‘izda “metall” ta‘mi, glossit, stomatit.

Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, harakat koordinasiyasini buzilishi, ataksiya, paresteziya, polineytropatiya.

Allergik reaksiyalar: eshakemi.

Dozani oshirib yuborilishi

Safosid tabletkalari to‘plamining dozasini oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Doza oshirib yuborilganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Flukonazol

Simptomlari: gallyusinasiyalar, paranoidal xulq.

Davolash: simptomatik davolash, me‘dani yuvish (zarurati bo‘lganida), jadallashtirilgan diurez. Gemodializ 3 soat davomida qon plazmasida flukonazolning konsentrasiyasini taxminan 50% kamaytiradi.

Azitromisin

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, vaqtinchalik eshitishni yo‘qolishi, qusish, diareya.

Davolash: simptomatik davolash, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, hayot uchun zarur faoliyatlarni nazorat qilish.

Seknidazol

Dozani oshirib yuborilishiga gumon bo‘lganida tutib turuvchi va simptomatik davolashni amalga oshirish kerak; me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish kerak.

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Flukonazol

Astemizolni flukonazol bilan bir vaqtda qo‘llashda astemizolning klirensini pasayishi va plazmada uning konsentrasiyasi oshishi mumkin, bu Q-T intervalni uzayishi va “piruet” turdagi qorinchalar aritmiyasini rivojlanishini chaqirishi mumkin.

Pimozidni flukonazol bilan bir vaqtda qo‘llashda pimozidni metabolizmi ingibirlanishi mumkin. Qon plazmasida pimozidning konsentrasiyasini oshishi Q-T intervalni uzayishi va “piruet” turdagi qorinchalar aritmiyasini rivojlanishini chaqirishi mumkin.

Xinidinni flukonazol bilan bir vaqtda qo‘llashda xinidinni metabolizmi ingibirlanishi mumkin. Xinidinni qo‘llash Q-T intervalni uzayishi va “piruet” turdagi qorinchalar aritmiyasini rivojlanishi kam hollari bilan assosiasiyalanadi.

Flukonazol va eritromisinni bir vaqtda qo‘llashda kardiotoksiklikni (Q-T intervalni uzayishi va “piruet” turdagi qorinchalar aritmiyasini rivojlanishi), hatto yurakni to‘satdan to‘xtashigacha chaqirishi mumkin.

Sizaprid va flukonazolni bir vaqtda qo‘llashda yurak tomonidan jiddiy buzilishlar hollari, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasi paroksizmlari (torsade de pointes) qayd qilingan. Flukonazolni (sutkada 200 mg) va sizapridni (20 mg sutkada 4 marta) bir vaqtda qabul qilishda plazmada sizapridning konsentrasiyasini ahamiyatli darajada oshishi va Q-T intervalning davomiyligini uzayishi kuzatilgan.

Benzodiazepinlar (qisqa ta‘sirli): flukonazolni ichga qabul qilgandan keyin midozalamning konsentrasiyasini oshiradi, bu psixomotor samaralarning xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Flukonazol ichga qabul qilingan triazolamning AUC va yarim chiqarilish davrini oshiradi, buning natijasida triazolamning samarasi oshishi va ta‘sirining davomiyligi uzayishi mumkin. Qisqa ta‘sirli benzodiazepinlar va flukonazolni bir vaqtda qo‘llashda benzodiazepinlarni dozasini kamaytirish va pasientlarni holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish talab qilinishi mumkin.

Rifampisin flukonazolning metabolizmini oshiradi, buning natijasida flukonazolning yarim chiqarilish davri va plazmadagi konsentrasiyasi muvofiq ravishda 20% va 25% kamayadi. Flukonazolning dozasini oshirish talab etilishi mumkin.

CYP3A4 izofermenti tomonidan ichakda takrolimusning metabolizmini ingibirlanishi natijasida flukonazol takrolimusni ichga qabul qilgandan keyin uning qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Takrolimusni vena ichiga yuborilganidan keyin farmakokinetik ko‘rsatkichlarning ahamiyatli darajada o‘zgarishi kuzatilmagan. Takrolimusning konsentrasiyasi ortishida nefrotoksik ta‘siri xavfi ortadi. Takrolimusning konsentrasiyasini nazorat qilish va zarurati bo‘lganida dozani to‘g‘rilash kerak.

Flukonazol zidovudin klirensini taxminan 45% pasaytirishi sababli zidovudinning Cmax va AUC muvofiq ravishda 84% va 74% oshiradi. Shuning uchun zidovudinning nojo‘ya samaralari xavfi oshishi mumkin. Zidovudin bilan bog‘liq nojo‘ya reaksiyalar sababli pasientlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak.

Ba‘zi azollar terfenadin bilan birga yurak ritmini jiddiy buzilishlari, shu jumladan EKG da Q-T interval davomiyligini oshishi natijasida qorinchalar taxikardiyasi paroksizmi (torsade de pointes) bilan assosiasiyalangan. Flukonazol bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar 200 mg sutkalik dozada flukonazol Q-T interval uzaytirmasligini ko‘rsatdi. Flukonazolni 400 mg yoki 800 mg dozada qo‘llashda plazmada terfenadinning konsentrasiyasini ahamiyatli darajada oshishi kuzatilgan. Flukonazolni 400 mg va undan yuqori dozalarda terfenadin bilan birga qabul qilish mumkin emas. Terfenadin va sutkada 400 mg kamroq dozada flukonazolni bir vaqtda qabul qilishda pasientlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak.

Gidroxlortiazid plazmada flukonazolning konsentrasiyasini 40% oshiradi (klinik ahmiyatini ehtimoli kam).

Flukonazol peroral qo‘llash uchun gipoglikemik dori vositalari, sulfonilmochevina hosilalari: xlorpropamid, glibenklamid, glipizid va tolbutamidning plazmadagi konsentrasiyasi va yarim chiqarilish davrini oshiradi. Qonda glyukoza konsentrasiyasini muntazam nazorat qilish (gipoglikemiya xavfi) va zarurati bo‘lsa peroral gipoglikemik dori vositalarining dozani to‘g‘rilash kerak.

Kumarin (varfarin) hosilalari bilan davolash vaqtida flukonazolni bir vaqtda qabul qilishda protrombin vaqtini uzayishi kuzatilgan. Bilvosita antikoagulyantlar, kumarin hosilalarini bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda protrombin vaqtini sinchkovlik bilan nazorat qilish talab etiladi.

Flukonazol va rifabutinni bir vaqtda qo‘llash plazmada rifambutinning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin; bir vaqtda qo‘llashda uveit hollari ta‘riflangan.

Flukonazol teofillinning klirensini kamaytiradi va plazmada uning konsentrasiyasini oshiradi. Teofillinning yuqori dozalarini qabul qiluvchi yoki teofillin bilan intoksikasiya rivojlanishi ehtimoli yuqori bo‘lgan bemorlar teofillin bilan zaharlanish belgilarini erta aniqlash uchun kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Flukonazol plazmadagi fenitoinning konsentrasiyasini klinik ahamiyatli darajada oshiradi. Bir vaqtda qo‘llashda plazmada fenitoinning konsentrasiyani nazorat qilish va zarurati bo‘lganida dozani to‘g‘rilish kerak.

Flukonazol siklosporinning AUC oshiradi. Flukonazol (sutkada 200 mg) va siklosporinni (sutkada 2,4 mg/kg) buyrak transplantasiyasi o‘tkazilgan bemorlarda bir vaqtda qo‘llashda siklosporinning AUC 1,8 marta oshgan.

50 mg dozada flukonazol va peroral kontraseptivlarni bir vaqtda qo‘llashda etinilestradiol va levonorgestrelning plazmadagi konsentrasiyasini ahamiyatli darajada o‘zgarishi kuzatilmagan, ammo flukonazolni 200 mg dozada qo‘llashda etinilestradiolning AUC 40% ga va levonorgestrel AUC 24% ga oshishi kuzatilgan. Shuning uchun majmuaviy peroral kontraseptivlarga flukonazolning ta‘siri kutilmaydi.

Azitromisin

Antasidlar (alyuminiy va magniy saqlovchi), etanol va ovqat so‘rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi.

Varfarin va azitromisinni (odatdagi dozalarda) birga buyurishda protrombin vaqtini o‘zgarishi aniqlanmagan, ammo, makrolidlar va varfarinning o‘zaro ta‘sirida antikoagulyasion samarani kuchayishi mumkinligi sababli, pasientlarda protrombin vaqtini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.

Azitromisin bir vaqtda qo‘llanganda qondagi karbamazepin, simetidin, didanozin, efavirenz, flukonazol, indinavir, midozalam, teofillin, triazolam, trimetoprim/sulfametoksazol, setirizin, sildenafil, atorvastatin, rifabutin va metilprednizolonning konsentrasiyasiga klinik ahamiyatli darajada ta‘sir qilmaydi.

Terfenadin va azitromisinni bir vaqtda buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki terfenadin va turli antibiotiklarni birga qo‘llash aritmiya va Q-T intervalni uzayishini chaqirishi aniqlangan. Bundan kelib chiqib, terfenadin va azitromisinni birga qabul qilishda yuqorida ko‘rsatilgan asoratlarni inkor etib bo‘lmaydi.

Ergotamin va digidroergotamin: toksik ta‘siri kuchayadi (vazospazm, dizesteziya).

Makrolidlar sikloserin, bilvosita antikoagulyantlar, metilprednizolon, felodipin, shuningdek mikrosomal oksilanishga uchraydigan dori vositalari (karbamazepin, terfenadin, siklosporin, geksobarbital, qorakuya alkaloidlari, valproat kislotasi, dizopiramid, bromokriptin, fenitoin, peroral gipoglikemik vositalar) ning chiqarilishini sekinlashtiradi, plazmada konsentrasiyasi va toksikligini oshiradi, ammo azalidlarni (shu jumladan azitromisinni) qo‘llashda bunday o‘zaro ta‘sir aniqlanmagan.

Linkomisin azitromisinning samaradorligini susaytiradi, tetrasiklin va xloramfenikol esa kuchaytiradi.

Digoksin va azitromisinni birga qabul qilishda qonda digoksinning konsentrasiyasini nazorat qilish kerak, chunki ko‘pgina makrolidlar ichakda digoksinni so‘rilishini oshiradi va shu tariqa qon plazmasida uning konsentrasiyasini oshiradi.

Azitromisinni siklosporin bilan birga qo‘llash zarurati bo‘lganida “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydonni ahamiyatli oshishi sababli qonda siklosporinning miqdorini nazorat qilish kerak.

Zidovudin bilan bir vaqtda qo‘llashda azitromisin qon plazmasida zidovudinning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga yoki zidovudin va uning glyukuronlangan metabolitini buyraklar orqali chiqarilishiga ta‘sir qilmaydi. Shunga qaramasdan, monositlarda faol metaboliti – fosforlangan zidovudinning konsentrasiyasi ortadi. Ushbu holatning klinik ahamiyatni noma‘lum.

Nelfinavir bilan bir vaqtda qo‘llashda nojo‘ya reaksiyalarni ahamiyatli darajada oshishi bilan kechmaydigan va preparatning dozasini to‘g‘rilishni talab etmaydigan qon plazmasida azitromisinning konsentrasiyasi oshishi mumkin.

Seknidazol

Bilvosita antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi. Depolyarizasiyalanmaydigan miorelaksantlar (vekuroniy bromidi) bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llashda uning plazmadagi konsentrasiyasi oshadi.

Insulin va peroral qand miqdorini pasaytiruvchi vositalarning gipoglikemik samarasini kuchaytiradi.

Disulfiramga o‘xshab etanolni o‘zlashtiraolmaslikni chaqiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Bir vaqtda antasidlar qabul qilinganida, azitromisinni qabul qilishdan oldin 2 soatlik tanaffusga amal qilish kerak.

Seknidazolni alkogol bilan birga qo‘llash tufayli, disulfiramsimon reaksiya (qorinda spazmlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzga qonni oqib kelishi) rivojlanishi mumkin, davolanish davrida etanolni qabul qilishdan saqlanish kerak.

Seknidazol treponemalarning immobilizasiyasini chaqirishi mumkin, bu soxtamusbat Nelson testiga olib kelishi mumkin (och treponemalarning immobilizasiya reaksiyasi, RIBT).

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Safosid tabletkalar to‘plamini qo‘llash odatda yuqori ruhiy va jismoniy reaksiyalarni talab qiluvchi avtomobilni boshqarish va boshqa ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi, ammo uni qabul qilganda yuqorida ko‘rsatilgan qobiliyatlarga ta‘sir qiluvchi bosh aylanishi yoki boshqa nojo‘ya samaralari rivojlanishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar to‘plami. 4 tabletkadan (bir tabletka flukonazol, bir tabletka azitromisin, ikki tabletka seknidazol) polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda (blister). 1 yoki 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda, 300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach keyin ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SAFOSID tabletkalari N4 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SAFOSID tabletkalari N4 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SAFOSID tabletkalari N4 dori vositasi Нижфарм, АО, Россия произведено: Lyka Labs Limited, Индия, упаковщик: Хемофарм, Россия tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SAFOSID tabletkalari N4 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SAFOSID tabletkalari N4 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
Mizol-Kit tabletkalari N1
FASTRIM KIT tabletkalari 1g N2
FASTRIM KIT tabletkalari 1g N1
FASTRIM KIT tabletkalari 150mg N1
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9