×
×
  • SAKLECh tabletkalari 500mg 2 mg+500 mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SAKLECh tabletkalari 500mg 2 mg+500 mg N30

Kategoriya:
- Qandli diabetga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Unicure (India) Pvt. Ltd.
ATX kodi:
- A10BD02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DIABETON MR tabletkalari 60mg N30 Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie Frantsiya
67 200 s`om dan
SITA MET tabletkalari 50mg/500mg N28 CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd Pokiston
100 000 s`om dan
INSUFOR tabletkalari 500mg N30 Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
32 500 s`om dan
ASFORMIN tabletkalari 850mg N100 Ali Raif Ilac San. A.S. Turkiya
45 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SAKLECh tabletkalari 500mg 2 mg+500 mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SAKLECh

SAKHLECH

 

Preparatning savdo nomi: Saklech

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): metformin, glimepirid

Dori shakli: tabletkalar 1 mg + 500 mg,  2 mg + 500 mg

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: glimepirid – 1 mg (2 mg), metformin gidroxloridi – 500 mg;

yordamchi moddalar: kraxmal, mikrokristall sellyuloza, jelatin, polivinilpirolidon
K-30, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, talk, natriy laurilsulfati.

Ta‘rifi: dumaloq shaklli, oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: gipoglikemik sintetik va boshqa vositalar majmuada.

ATX kodi: A10BD02

Farmakologik xususiyatlari

Glimepiridning asosiy ta‘sir mexanizmi qonda glyukozaning darajasini pasaytirish, me‘da osti bezining beta hujayralaridan insulinni ajralib chiqishini nazorat qilish bilan namoyon bo‘ladi, bundan tashqari glimepirid sulfonilmochevinaning hosilasi hisoblanadi.

Metformin qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan bemorlarda glyukozaga bo‘lgan tolerantlikni oshiradi, bazal va postprandial qismida glyukozaning darajasini pasaytiradi. Metformin jigarda glyukozani ishlab chiqarilishini pasaytiradi, ichakda glyukozani so‘rilishini kamaytiradi, insulinga sezuvchanlikni yaxshilab, glyukozani periferik so‘rilishini va uning utilizasiyasini oshiradi. Glimepirid va metforminni birga qo‘llash bir-birining ta‘sirini to‘ldiradi va qandli diabetning 2-tipini boshqarishda ijobiy glikemik nazoratini ta‘minlaydi va ehtimol, makrovaskulyar va mikrotomirlar komplekslarni bog‘lanishini oldini oladi.

Farmakokinetikasi

Glimepirid me‘da-ichak yo‘llaridan 1 soat davomida to‘liq so‘riladi, qon plazmasida moddani cho‘qqi konsentrasiyasiga (Cmax) 2- yoki 3-soatlarda kuzatiladi. Taqsimlanish hajmi (Vd) 8,8 l (113 ml/kg) ni tashkil etadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi 99,5% ni tashkil etadi. Glimepirid oksidlanish yo‘li bilan to‘liq metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolitlari – siklogeksil gidroksimetil hosilasi va karboksil hosilasi hisoblanadi. 14S-glimepirid peroral yuborilganida, umumiy reaktivlikning taxminan 60% 7 kun davomida siydikda aniqlangan.

500 mg metforminning mutloq biokiraolishligi taxminan 50-60% ni tashkil etadi. Ajralib chiqishi uzaytirilgan metforminning bir martalik dozasi qabul qilingandan so‘ng Cmax ga 4-8 soatdan keyin erishiladi. Metformin plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Metformin siydik bilan o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi va jigarda metabolizmga uchramaydi yoki safro bilan chiqarilmaydi. Metforminning buyrak klirensi kreatininga nisbatan taxminan 3,5 marta katta, bu buyrak naychalari sekresiyasi metforminning asosiy chiqarilish yo‘li ekanligini ko‘rsatadi.

 

 

 

Qo‘llanilishi

Insulinga qaram bo‘lmagan qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan pasientlar uchun parhezga qo‘shimcha sifatida:

  • agar sulfonilmochevina preparatlari yoki metformin bilan monoterapiya glikemik nazoratni yetarli darajada ta‘minlanmasa;
  • sulfonilmochevina preparatlari va metformin bilan majmuaviy davolash o‘zgartirilganida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatning dozasi va davolash davomiyligi samaradorligi va tolerantligiga qarab individual ravishda bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich tavsiya etilgan dozasi bir tabletkani tashkil etadi, kuniga bir marta nonushta vaqtida yoki asosiy ovqatni birinchi marta qabul qilingan vaqtda yoki shifokorning ko‘rsatmasiga muvofiq qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Eshakemi, leykopeniya, qichishish, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, trombositopeniya. Nojo‘ya samaralarning simptomlari preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng kamayib boradi. Agar kasallikning simptomlari saqlanib tursa, shifokor bilan maslahatlashing.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Buyrak yetishmovchiligi yoki buyrak funksiyasini buzilishi, jigar yetishmovchiligi, o‘tkir yoki surunkali asidoz. Glimepiridga va metforminga yoki preparatning biron-bir ingredientiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Furosemid qon plazmasida metforminning darajasini oshiradi, (Smax) 22% ga va AUC ni 15% ga oshiradi, bunda buyrak klirensida biron-bir ahamiyatli o‘zgarishlar aniqlanmaydi. Metformin kalsiyni bloklab, raqobatbardosh tipi bo‘yicha V12 vitaminini norasional peroral so‘rilishiga olib kelishi mumkin, bu V12 vitaminining ichki omilini reseptor bilan bog‘lanishiga bog‘liq. Nifedipin metforminning so‘rilishini oshiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Og‘iz orqali qabul qilinadigan qondagi qandning miqdorini pasaytiruvchi preparatlar (Tolbutamid) qo‘llash yurak-qon tomir muammolari fonida o‘limni oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sulfonilmochevinaning barcha preparatlari gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin. Spirt laktatning metabolizmiga metforminning ta‘sirini kuchaytiradi. Metforminni qabul qilish vaqtida pasientlar alkogolni haddan tashqari ko‘p iste‘mol qilishdan ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.

Ushbu preparatni qo‘llashdan oldin homilador va emizikli ayollar shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.

Preparatning tavsiya etilgan dozasi oshirilmasin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozasi oshirib yuborilganida davolash simptomatik va tutib turuvchi bo‘lishi kerak.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 3 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati 

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SAKLECh tabletkalari 500mg 2 mg+500 mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SAKLECh tabletkalari 500mg 2 mg+500 mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SAKLECh tabletkalari 500mg 2 mg+500 mg N30 dori vositasi Unicure (India) Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SAKLECh tabletkalari 500mg 2 mg+500 mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SAKLECh tabletkalari 500mg 2 mg+500 mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KALKOR tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
YUNIGRIPP tabletkalari N100
PROLARJ granuli so vkusom limona 5g N10
NORMODOKS tabletkalari N30
Narh: 93 000 so'mdan Batafsil
YUNIGRIPP tabletkalari N4
KALKOR tabletkalari N150
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
NORMODOKS tabletkalari N100
YUNIMEF T tabletkalari N100
YUNIVIT M tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
SAKLECh tabletkalari 500mg 1 mg+500 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
RANIKUR 150 tabletkalari 150mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
RAMEGRA 100 tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
DABLECh tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
AMLOMAKS tabletkalari 5mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9