×
×
  • SEPTI tabletkalari 10mg N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SEPTI tabletkalari 10mg N10

Kategoriya:
- Suyak mushak tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Sain Medicaments Pvt. Ltd., Индия произведено: Maxtar Bio-Genics
ATX kodi:
- M09AB
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
362 900 s`om dan
MUFLEKSIN kapsulalar 4mg N20 Bilim Ilac Sanayii ve Ticaret A.S. Turkiya
65 000 s`om dan
TRAUMEL S maz 50g Biologische Heilmittel Heel GmbH Germaniya
89 000 s`om dan
TIZALUD tabletkalari 4mg N30 Киевский витаминный завод, ПАО Ukraina
70 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SEPTI tabletkalari 10mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SEPTI

SEPTI

 

Preparatning savdo nomi: Septi

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): serratiopeptidaza

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 mg

Tarkibi:

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka saqlaydi:

faol modda:

serratiopeptidazaning ichakda eruvchan granulalari

(serrotiopeptidazaga ekvivalent)                                   10,0 mg

yordamchi moddalar:

laktoza                                                                                 225,0 mg

magniy stearati                                                                  2,50 mg

talk                                                                                     3,00 mg

natriy kroskarmelloza                                                      5,00 mg

kolloid kremniy dioksidi                                              2,50 mg

qobig‘ining tarkibi:

titan dioksidi                                                                   1,90 mg

polietilenglikol-6000                                                   0,50 mg

gidroksipropilmetilsellyuloza Ye-15 cps                      4,00 mg

talk                                                                                     1,50 mg

polivinilpirrolidon K-30                                              0,500 mg

izopropil spirti                                                               0,06 ml

metilenxlorid                                                                   0,09 ml

Ta‘rifi: dumaloq, ikki yoqlama qabariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: ferment

ATX kodi: M09AV

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Serratiopeptidaza patogen bo‘lmagan Serratia E15 ichak bakteriyasidan ajratib olingan proteolitik ferment hisoblanadi. Unga fibrinolitik, yallig‘lanishga qarshi va shishga qarshi faolliklar xos.

Yallig‘lanish jarayonini yaqqolligini kamaytirishdan tashqari serratiopeptidaza yallig‘langan to‘qimalardan og‘riq aminlarini ajralib chiqishini bloklashi oqibatida og‘riqni yaqqolligini kamaytiradi.

Serratiopeptidaza qonning alfa-2 makroglobulini bilan 1:1 nisbatda bog‘lanadi, va uning antigenligini niqoblaydi, ammo fermentativ faolligini saqlaydi. U keyin asta-sekin yallig‘lanish joyidagi ekssudatga o‘tadi va muvofiq ravishda uning qondagi darajasi kamayadi.

Serratiopeptidaza bevosita kapillyarlarni dilatasiyasini (kengayishini) kamaytiradi, bradikinin, gistamin va serotoninni gidrolizga uchrashi tufayli ularni o‘tkazuvchanligini nazorat qiladi. Shuningdek serratiopeptidaza plazmin ingibitorini bloklaydi, shu orqali plazminni fibrinolitik faolligiga yordam beradi. Balg‘am tarkibidagi oqsillarni parchalanishi tufayli, balg‘amni reologik xususiyatlarini yaxshilaydi va uni ko‘chishiga yordam beradi.

Preparatni fermentativ faolligi α-ximotripsinga qaraganda 10 marta yuqori.

Surunkali yallig‘langan o‘chog‘da serratiopeptidaza polipeptid tabiatli yallig‘lanish mediatorlari (bradikinin, fibrin) darajasini kamayishiga olib keladi, ammo tirik organizmning albumin α- va γ-globulin kabi oqsillariga esa sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Preparat yallig‘langan joyga yaxshi o‘tadi, nekrozga uchragan to‘qimalarni va ularni parchalanish mahsulotlarini eritib yuboradi, giperemiyani kamaytiradi va antibiotiklarni kirishini va faolligini tezlashtiradi. Preparat so‘lak va burun ajralmalarini qovushqoqligini kamaytiradi, shu orqali ularni chiqarilishini yengillashtiradi.

Farmakokinetikasi

Preparat me‘da orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi va ichakda so‘riladi. Preparat me‘da shirasida faolsizlanmaydi. Qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga 1 soatdan keyin erishadi. Serratiopeptidaza faol shaklda qon oqimiga yetadi, shuningdek safro bilan ham faol shaklda chiqariladi va oz miqdorda siydikda aniqlanadi.

 

Qo‘llanilishi

  • jarrohlik kasalliklari: paylarni cho‘zilishi va uzilishi, sinishlar va chiqishlar;
  • plastik jarrohlik: operasiyadan keyingi shishlarni kamaytiradi va transplantatlarni ko‘chish (bitmagan) joyda mikrosirkulyasiyani tiklaydi;
  • LOR a‘zolarining kasalliklari: yopishqoq sekretni hosil bo‘lishi bilan kechadigan;
  • teri kasalliklari: o‘tkir yallig‘langan dermatozlar;
  • ayollar jinsiy a‘zolarining va sut bezlarining kasalliklari: gematomalar, sut bezlarida dimlanish;
  • mushak va bo‘g‘im og‘riqlari;
  • yuzaki tromboflebitda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Serratiopeptidaza tabletkalarda odatda kuniga 3 marta yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilinadi. Tabletkalarni ovqatlanish vaqtida ko‘p miqdordagi suv bilan qabul qilish lozim. Davolash kursining davomiyligi va preparatning dozasi kasallikning xarakteriga va dinamikasiga, shuningdek pasientni individual xususiyatlari bog‘liq.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Serratoipeptidaza tabletkalarini, odatda qisqa muddat qabul qilganda nojo‘ya samaralarisiz yaxshi o‘zlashtiriladi. Agar Sizda qon ivishini buzilishi yoki ikki hafta davomidagi belgilangan rejali operasiyalar bo‘lsa preparatni ishlatish tavsiya qilinmaydi.

Preparat ayrim nojo‘ya samaralarga ega bo‘lib, ular odamlarga turlicha ta‘sir qilishi mumkin. Quyida ko‘pincha preparatni qabul qilish bilan bog‘liq nojo‘ya samaralarning ayrimlari keltirilgan:

  • anoreksiya
  • me‘dada diskomfort
  • ko‘ngil aynishi

Teri toshmalari kabi yuqori sezuvchanlik belgilari paydo bo‘lganida qabul qilishni to‘xtating. Preparatni homilador va emizikli ayollarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Serratoipeptidazaga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Qon ivishini buzilishi va/yoki qon ketishlarga moyillik.

Jigar va/yoki buyrak kasalliklari bilan xastalangan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparatni bolalarda qo‘llash tajribasini yo‘qligi tufayli, uni faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha va davolovchi shifokorning qa‘tiy nazorati ostida buyurish mumkin.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat bir vaqtda qo‘llanganda bevosita va bilvosita ta‘sirga ega antikoagulyantlar ta‘sirini kuchaytiradi. Bu preparatlarni majmuaviy qo‘llash zarur bo‘lganida ularni qa‘tiy shifokor nazorati ostida qo‘llanadi va zarur holatlarda antikoagulyantlarni dozalariga tuzatish kiritiladi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Koagulopatiyalar (qon ivishini buzilishi): Serratiopeptidaza qonni ivishiga xalaqit qilishi mumkin, shuning uchun ayrim tadqiqotchilar, bu koagulopatiyalarni yomonlashishiga olib kelishidan xovotirlanadi. Agar Sizda koagulopatiya bo‘lsa, Septi preparatini ishlatishdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.

Operasiya: Serratiopeptidaza qon ivishiga xalaqit qilishi mumkin. Bu esa operasiya vaqtida va operasiyadan keyin qon ketishini kuchaytirishi mumkinligi to‘g‘risida xavotirlik mavjud. Septi preparatini qo‘llashni rejalashtirilgan operasiyadan kamida 2 hafta oldin to‘xtatish kerak.

Homiladorlik va laktasiya

Serratiopeptidazani homiladorlik va emizish vaqtida ishlatilishi yetarli darajada ma‘lum emas. Xavfsizlik maqsadida qabul qilishdan saqlaning.

Preparat homilaga teratogen, mutagen va embriotoksik ta‘sir ko‘rsatmaydi, ammo Septi preparatini homiladorlik davrida qo‘llash tajribasi cheklangan. Preparatni homiladorlik davrida faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha va davolovchi shifokorning qat‘iy nazorati ostida buyurish mumkin.

Preparatni laktasiya davrida qo‘llash tajribasi yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatni yuqori dozalarda qabul qilinganda, pasientlarda preparatning nojo‘ya samarlarni kuchayishi aniqlangan. Preparat dozasini ahamiyati darajada oshirilganda pasientlarda ichki qon ketishi rivojlangan.

Maxsus antidioti yo‘q. Preparat qabulini to‘xtatish va simptomatik davolashni o‘tkazish  ko‘rsatilgan.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan alyumin folgali blisterda. 1 yoki 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutili penalda.

Saqlash sharoiti

Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SEPTI tabletkalari 10mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SEPTI tabletkalari 10mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SEPTI tabletkalari 10mg N10 dori vositasi Sain Medicaments Pvt. Ltd., Индия произведено: Maxtar Bio-Genics tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SEPTI tabletkalari 10mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SEPTI tabletkalari 10mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SEPTI tabletkalari 10mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Sain Medicaments Pvt. Ltd., Индия произведено: Maxtar Bio-Genics
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9