×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SILARSIL kapsulalar 70mg N30

Kategoriya:
- Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Misr
Faol modda:
Силимарин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Ltd, Великобритания произведено: Unipharma
ATX kodi:
- A05BA03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ESSENSIALE FORTE N kapsulalar 300mg N30 А.Наттерманн энд Сие ГмбХ Germaniya
54 000 s`om dan
URSOMAK kapsulalar 300mg N20 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
65 000 s`om dan
TIOGAMMA infuziya uchun eritma 50ml 12mg/ml N1 Солюфарм Фармацойтише Эрцойгниссе ГмбХ Germaniya
51 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SILARSIL kapsulalar 70mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SILARSIL

SILARSIL

 

Preparatning savdo nomi: Silarsil

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): silimarin

Dori shakli: qattiq jelatin kapsulalar.

Tarkibi:

Silarsil 70 mg

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: silimarin 70 mg,

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniy stearati,

qobig‘ini tarkibi: titan dioksidi, sariq sanset, xinolin, jelatin.

Silarsil 140 mg

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: silimarin 140 mg,

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniy stearati,

qobig‘ini tarkibi: titan dioksidi, sariq sanset, brilliant ko‘ki, karmoizin, ponso, jelatin.

Ta‘rifi:

Silarsil 70 mg: qopqoqchasi va korpusi xira to‘q-sariq rangli, tarkibida och jigarrang rangli kukun saqlovchi qattiq jelatin kapsula.

Silarsil 140 mg: qopqoqchasi xira zarg‘aldoq rangdan qizil ranggacha bo‘lgan, korpusi xira zangori rangli, tarkibida och jigarrang rangli kukun saqlovchi qattiq jelatin kapsula.

Farmakoterapevtik guruhi: gepatoprotektor.

ATX kodi: A05VA03.

Farmakologik xususiyatlari

Silarsil – o‘simliklardan olingan gepatoprotektor bo‘lib, uning xususiyati dog‘li rastoropsha mevalaridan ajratib olingan ekstrakti moddalarning aralashmasidan, xususan: silibinin, silidianin, silikristin va flavonolning boshqa hosilalaridan iborat bo‘lgan silimarin bilan bog‘liq.

Silarsil jigarda erkin radikallar bilan o‘zaro ta‘sirlashadi va lipidlarning perekisli oksidlanish jarayonini to‘xtatib, ularni kamroq zaharli birikmalarga aylantiradi, xujayra tuzilmalarini keyingi buzilishlarini oldini oladi, toksinlarni jigar xujayralariga kirishiga to‘sqinlik qiladi.

Preparatni ta‘siri ostida shikastlangan gepasitlarda struktur va funksional oqsillar va fosfolipidlar sintezini rag‘batlanishi (A RNK-polimerazaning spesifik rag‘batlanishi hisobiga), xujayra membranasini barqarorlashishi, xujayralardagi ferment komponentlarini (transaminazalar) yo‘qotilishini oldini olinishi yuz beradi, jigar xujayrasini regenerasiyasi tezlashadi.

 

Qo‘llanilishi

  • alkogolizmda jigarni shikastlanishi;
  • galogenlangan uglevodorodlar, og‘ir metall birikmalari bilan jigarni surunkali intoksikasiyalari (shu jumladan, professional) va ularni oldini olish;
  • jigarni dorilar (xususan, ayrim psixotrop vositalar, tuberkulostatiklar, peroral kontraseptivlar, parasetamol, ayrim antibiotiklar va immunodepressantlar, narkoz uchun vositalar) bilan shikastlanishi va ularni oldini olish;
  • virusli bo‘lmagan etiologiyali surunkali gepatit;
  • jigar sirrozi (majmuaviy davolash tarkibida);
  • jigarni surunkali yallig‘lanish kasalliklarida va sirrozida tutib turuvchi davolash;
  • infeksion va toksik gepatitlardan keyingi holat;
  • jigar distrofiyasi va yog‘li infiltrasiyasi;
  • buzilgan lipid almashinuvini to‘g‘rilash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga, chaynamasdan ovqatdan keyin ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan birga qabul qilinadi.

Kasallikni og‘irligiga, kasallikni turi va bosqichiga qarab, kattalar uchun sutkalik doza 70-140 mg ni tashkil etadi, 3 marta qabul qilishga bo‘linadi. Sutkalik dozasi sutkada 420 mg gacha oshirilishi mumkin. Samarasini bir maromda saqlab turuvchi davolash uchun 70-140 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi.

12 yoshdan boshlab bolalarga sutkalik dozasi tana vazniga 5 mg/kg ni tashkil etadi, 2-3 marta qabul qilishga bo‘linadi.

Davolash kursi kamida 3 oyni tashkil etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – dispepsiya, diareya.

Dermatologik reaksiyalar: ayrim hollarda – allergik reaksiyalarni teridagi ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi.

Boshqalar: ayrim hollarda – mavjud bo‘lgan vestibulyar buzilishlarni zo‘rayishi bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni faqat qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha va foyda/xavf nisbati sinchiklab baholangandan keyin buyuriladi.

Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni, reaksiyalar tezligiga salbiy ta‘siri yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: dozani oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan. Nojo‘ya samaralarning yaqqolligi kuchayishi mumkin.

Davolash: preparat katta miqdorda qabul qilinganida qusishni suniy ravishda chaqirish, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir buyurish, simptomatik davolash o‘tkazish kerak.

Chiqarilish shakli

Qattiq jelatin kapsulalar 70 mg

10 kapsula blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Qattiq jelatin kapsulalar 140 mg

10 kapsula blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SILARSIL kapsulalar 70mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SILARSIL kapsulalar 70mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SILARSIL kapsulalar 70mg N30 dori vositasi World Medicine Ltd, Великобритания произведено: Unipharma tomonidan Misr mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SILARSIL kapsulalar 70mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SILARSIL kapsulalar 70mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SILARSIL kapsulalar 140mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Силимарин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ltd, Великобритания произведено: Unipharma
Narh: 57 900 so'mdan Batafsil
LEGALON 140 kapsulalar 140mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Силимарин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDA Pharma GmbH & Co.KG, Германия произведено: Madaus GmbH
LEGALON 140 kapsulalar 140mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Силимарин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDA Pharma GmbH & Co.KG, Германия произведено: Madaus GmbH
DARSIL tabletkalari 22,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Силимарин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
Narh: 20 200 so'mdan Batafsil
KARSIL FORTE kapsulalar 90mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Силимарин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sopharma PLC
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
KARSIL tabletkalari 22,5mg N80
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Силимарин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sopharma AD
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SILARSIL kapsulalar 140mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Силимарин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ltd, Великобритания произведено: Unipharma
Narh: 57 900 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9