×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SKIN KAP shampun 150ml

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ispaniya
Faol modda:
пиритион цинка
Ishlab chiqaruvchi:
- Cheminova Internacional S.A.
ATX kodi:
- D01AX12
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 89 ta dorixonasida topildi

ico 250 700 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 345 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 300 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KLOTRIMAZOL eritma 15ml 1% Medana Pharma S.A. Polsha
22 000 s`om dan
ADVANTAN maz 15g 0,1% LEO Pharma A/S, Дания произведено: LEO Pharma Manufacturing S.r.L. Italiya
76 000 s`om dan
DIPROSALIK maz 30g Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V. Belgiya
78 000 s`om dan
BEPANTEN maz 30g 5% Bayer Consumer Care AG Germaniya
77 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SKIN KAP shampun 150ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SKIN-KAP

SKIN-KAP

 

Preparatning savdo nomi: Skin-Kap

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): faollashtirilgan rux piritioni

Dori shakli: davolovchi shampun

Tarkibi:

100 g preparat kuyidagilarni saklaydi:

faol modda: 1 g faollashtirilgan rux piritioni;

yordamchi moddalar: Tego Perli S-96, Tego sulfonat 2427 Bondesurf NL 228Ye, etanol 70%, Abil B 88183, dinatriy edetati, natriy xloridi, levomentol, etanol, Antil 141-Likvid, aromatizator (Binea 10680), suv 100 ml gacha.

Ta‘rifi: o‘ziga hos hidli, oq rangli suspenziya

Farmakoterapevtik guruxi: dermaprotektor vosita

ATX kodi: D11AX12.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Faollashtirilgan rux piritioni yallig‘lanishga qarshi, antibakterial va zamburug‘larga qarshi faollikka ega. Zamburug‘larga qarshi faolligi ayniqsa kazgok, seboreya, psoriaz va terining boshqa kasalliklarida yallig‘lanish va ortiqcha kepaklanishni tutib turuvchi Pityrosporum ovale va Pityrosporum orbiculare ga nisbatan yakqol. Rux piritionining antibakterial faolligi bir qator patogen mikroorganizmlarga (streptokokk, stafilokokk, ko‘kyiring va ichak tayoqchasi, protey va boshqalar) nisbatan namoyon bo‘ladi. Rux piritioni xujayra ichidagi ATF darajasini kamaytiradi, xujayralar membranalarini depolyarizasiyasi va zamburug‘lar va bakteriyalarni nobud bo‘lishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Faollashtirilgan rux piritioni sirtga qo‘llanilganida epidermis va dermaning yuza qavatlarida to‘planadi. Tizimli so‘rilishi sekin amalga oshadi. Preparat qonda juda kam miqdorda aniqlanadi.

 

Qo‘llanilishi

Psoriaz; boshning sochli kismining atopik dermatiti; seboreyali dermatit; kichishish; qazgoq; yog‘li seboreya; quruq seboreyada qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga qo‘llanadi. Qo‘llashdan oldin flakon jadal silkitiladi. Skin-kap shampunining oz miqdori nam sochlarga surtiladi va bosh terisi massaj qilinadi. Bosh yuviladi va shampun takroran surtiladi. 5 minut davomida shampun sochlarda qoldiriladi va ko‘p miqdordagi suv bilan yuviladi. Birinchi ikki hafta davomida haftada 2-3 marta qo‘llanadi. Davolash kursi psoriazda – 5 hafta, seboreyali dermatitda – 2 haftani tashkil qiladi. Remissiya davrida shampun qaytalanishlarni oldini olish vositasi sifatida haftada 1-2 marta qo‘llanishi mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar. Davolashning birinchi kunlarida preparatni surtilgan joyida odatda preparatni bekor qilmaydigan qisqa vaqtli achishish xissi bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Skin-kap preparatini boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Skin-kap shampuni sochlarning tabiiy rangi va xolatiga ta‘sir kilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik va laktasiya davrida agar ona uchun davolashdan kutiladigan foyda, homila yoki emizikli bola uchun potensial xavfdan oshsagina buyurish mumkin.

Pirition sink preparatlarini homilador va emizayotgan ayollarda qo‘llanganda har qanday salbiy oqibatlarni rivojlanishi xaqida ma‘lumotlar bo‘lmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

150 ml dan plastik flakonda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

+4°S dan +30°S gacha bo‘lgan xaroratda saklansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SKIN KAP shampun 150ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SKIN KAP shampun 150ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SKIN KAP shampun 150ml dori vositasi Cheminova Internacional S.A. tomonidan Ispaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SKIN KAP shampun 150ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SKIN KAP shampun 150ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
EPIGEN INTIM sprey 60ml 0,1%
Narh: 169 900 so'mdan Batafsil
SKIN KAP krem 50g
Narh: 244 000 so'mdan Batafsil
SKIN KAP aerozol 100ml 2mg/1ml
Narh: 232 800 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
SKIN KAP aerozol 100ml 2mg/1ml
SKIN KAP 35,0 aerozol 0,2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: пиритион цинка ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ресифарм Паретс С.Л.
SKIN KAP 70,0 aerozol 0,2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: пиритион цинка ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ресифарм Паретс С.Л.
SKIN KAP krem 50g
SKIN KAP 15,0 krem 0,2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: пиритион цинка ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Б.Браун Медикал С.А.
SKIN KAP 50,0 krem 0,2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: пиритион цинка ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Б.Браун Медикал С.А.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9