×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SOFOPAS tabletkalari 400mg/90mg N28

Kategoriya:
- Virusga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Faol modda:
Ледипасвир, Софосбувир
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Genix Pharma Private Limited
ATX kodi:
- J05AХ65
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GIPOVIN tabletkalari 300mg N6 Livzon (Group) Pharmaceutical Factory Xitoy
69 990 s`om dan
ERGOFERON tabletkalari N20 ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ» Rossiya
52 600 s`om dan
REMANTADIN kapsulalar 100mg N10 Олайнфарм, АО Latviya
26 000 s`om dan
GEPAFLEKS tabletkalari 1mg N10 СП ООО "Remedy Group" O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SOFOPAS tabletkalari 400mg/90mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SOFOPAS

SOFOPAS

Preparatning savdo nomi: Sofopas

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): sofosbuvir, ledipasvir

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: sofosbuvir – 400 mg, ledipasvir – 90 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza (Avicel pH 102), aerosil R-200, natriy kroskarmelloza, magniy stearati, bo‘yoq Lake Sunset Yellow, gipromelloza, izopropil spirti, polietilenglikol 6000, polivinilpirrolidon K-30, talk, titan dioksidi.

Ta‘rifi: ikki tomoni qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, uzunchoq shaklli, to‘q sariq rangli, bir tomomnida «Genix» gravirovkasi va boshqa tomoni silliq tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: viruslarga qarshi vosita

ATX kodi: J05AX15

Farmakologik xususiyatlari

Ledipasvir SVG NS5A virusining ingibitori hisoblanadi,  Sofosbuvir esa SVG NS5B polimeraza ingibitori nukleotidlarini analogi hisoblanadi.

Ta‘sir mexanizmi

Sofopas S gepatiti virusiga qarshi bevosita ta‘sir ko‘rsatadigan viruslarga qarshi vositalar hisoblangan ledipasvir va sofosbuvirni ma‘lum dozalari asoslangan majmuaviy preparat hisoblanadi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Peroral qabul qilganda ledipasvirning o‘rtacha konsentrasiyasiga preparatni qabul qilgandan keyin 4-4,5 soat davomida erishilgan. Sofosbuvir tez so‘riladi va qon plazmasida maksimal o‘rtacha konsentrasiya, preparatni  qabul qilgandan keyin 0,8-1 soatdan so‘ng kuzatilgan.

Taqsimlanishi

Ledipasvir >99,8% insonning qon plazma oqsillari bilan bog‘lanadi.

90 mg [14C]-ledipasvir sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan bir marta qabul qilgandan keyin qon va plazmaning 14S –radioaktivligi ko‘rsatkichining nisbati 0,51 dan 0,66 ni tashkil qilgan.

Sofosbuvir qon plazma oqsillari bilan taxminan 61-65%  bog‘lanadi, bog‘lanishi
1 mkg/ml dan 20 mkg/ml ko‘rsatkichdagi preparatning konsentrasiyasiga bog‘liq bo‘lmagan holatda sodir bo‘ladi.

In vitro sharoitdagi metabolizmi insonning CYP1A2, CYP2C8, CYP2C9, CYP2C19, CYP2D6 va CYP3A4 lari bo‘yicha ledispavirni metabolizmidan farq qilishi kuzatilmagan.

Chiqarilishi

[14C] – ledispavirni 90 mg bir martalik peroral dozasini qabul qilganda, [14C] –radioaktivlikni siydikda va axlatda umumiy chiqarilishing o‘rtacha ko‘rsatkichsi taxminan 87%, bunda radioaktiv dozaning katta qismi axlat bilan chiqariladi (taxminan 86%).

 

Qo‘llanilishi

Kattalarda 1 genotipdagi surunkali S gepatiti (SSG) ni davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sofopasning tavsiya etilgan dozasi ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar kuniga bir marta bir tabletkani tashkil qiladi.

1-jadval: Sofopas bilan davolashning tavsiya etilgan davomiyligi va alohida kichik guruhlar uchun birga yuboriladigan ribovirinni tavsiya etilgan qo‘llanishi.

Bemorlar guruhi* Davolash Davomiyligi
1 yoki 4 genotipdagi surunkali S gepatiti bo‘lgan pasientlar
Sirrozi bo‘lmagan pasientlar Sofopas 12 hafta.

–  Davolash davomiyligi 8 hafta bo‘lgan davolash avval davolanmagan, 1 genotip bilan kasallangan bemorlarda ko‘rib chiqish mumkin.

–  24 hafta avval aniq bo‘lmagan davolash variantlarini qabul qilgan pasientlar uchun qayta ko‘rib chiqish lozim.

Kompensasiyalangan jigar sirrozi bo‘lgan  pasientlar Sofopas 24 hafta.

–  12 hafta klinik kasallikning jadallashuvini xavfi past bo‘lgan bo‘lgan pasientlar uchun va davolashning takroriy kursining keyingi variantlari bo‘lgan pasientlar uchun ko‘rib chiqish mumkin.

Dekompensasiyalangan jigar sirrozi bo‘lgan  pasientlar yoki jigarni ko‘chirib o‘tkazilishidan  oldin/keyin pasientlar Sofopas + ribavirin 24 hafta.

 

3 genotipdagi surunkali S gepatiti bo‘lgan pasientlar
Jigar sirrozi bo‘lgan  pasientlar va/yoki avval samarasiz davolash bilan davolangan pasientlar Sofopas + ribavirin 24    afta.

 

*Shu jumladan yondosh odam immun tanqisligi virusi (OIV) infeksiyasi bo‘lgan pasientlar.

Dekompensastyalangan jigar sirrozi bo‘lmagan pasientlarda ularning davolash sxemasiga ribavirinni qo‘shish zarur (1-jadvalga qarang), ribavirinni sutkalik dozasi pasientning tana vazniga bog‘liq (< 75 kg = 1000 mg va ≥75 kg =1200 mg ) va ikkiga bo‘lingan dozalarda ovqat bilan birga peroral qo‘llaniladi.

Dekompensasiyalangan jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarga ribavirrinni 600 mg boshlang‘ich dozada, sutkalik dozani bo‘lingan xolatda buyurilishi lozim. Agar boshlang‘ich doza yaxshi o‘zlashtirilsa, dozani maksimum darajada kuniga 1000-1200 mg gacha oshirish mumkin (tana vazni <75 kg bo‘lgan pasientlar uchun 1000 mg va tana vazni ≥ 75 kg bo‘lgan pasientlar uchun 1200 mg). Agar boshlang‘ich doza yomon o‘zlashtirilsa, gemoglobinni darajasiga bog‘laq xolda, klinik ko‘rsatmalarga qarab doza kamaytirilishi lozim.

Sutkada 1000-1200 mg dozani qabul qilayotgan pasientlarda ribavirinni dozasini o‘zgarishi.

Agar Sofapas ribavirin bilan majmuada qo‘lanilsa va pasient ribavirin bilan potensial bog‘liq bo‘lgan jiddiy nojo‘ya raksiyalarga ega bo‘lsa, ribavirin dozasini o‘zgartirish zarur yoki agar zarurati bo‘lsa nojo‘ya reaksiyalar kamaygungacha yoki og‘irlik darajasi bo‘yicha kamaygunga qadar qabul qilishni to‘xtatish zarur.

2-jadvalda pasientning gemoglobin konsentrasiyasiga va yurak holatiga asoslanib dozani o‘zgartirish va bekor qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

2-jadval: Sofapas bilan birga qo‘llash uchun ribavirin dozasini o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar.

Laborator ko‘rsatkichlar Ribovirin dozasini kuniga 600 mg gacha kamaytirish Ribavirinni qabul qilishni quyidagi holatlarda to‘xtatish
Yurakni xech qanday kasallik-lari bo‘lmagan pasientlarda gemoglobin < 10 g/dl (dL) < 8,5 g/dl (dL)
Yurak kasalliklari bo‘lgan pasientlarda gemoglobin Davolashni 4 haftaning hammasida davomida gemoglo-binni pasayishi ≥2 g/dl (dL) Kamaygan dozada ham 4 hafta davomida < 12 g/dl

Ribavirinni bekor qilgandan so‘ng qon tahlillari va klinik simptomlarni yaxshilanishiga asoslanib, preparatni qabul qilishni har kuni 600 mg dozadan 800 mg gacha oshirib, davolashni yangilashga xarakat qilish mumkin. Biroq, preparatni keyingi qabul qilishni birlamchi dozadan boshlash tavsiya etilmaydi (1000 mg va 1200 mg har kuni).

Preparatni qabul qilgandan keyin 5 soat davomida qusish yuzaga kelsa, qo‘shimcha tarzda tabletkani qabul qilish lozim. 5 soatdan keyingi qusish yuz berganda, qo‘shimcha tarzda tabletkani qabul qilishning zaruriyati yo‘q.

Agar preparatni qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, kech qolish 18 soatdan kam bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan tabletkani qabul qilish zarur. Keyingi tabletka odatdagi vaqtda qabul qilinadi. 18 soatdan kech qolinganda, navbatdagi tabletkani odatdagi vaqtda qo‘laniladi. Pasientlar dozani ikki marta qabul qilishlari mumkin emas.

Keksa yoshdagi shaxslar.

Keksa yoshdagi pasientlar uchun dozaga asoslangan tuzatish kiritishning zaruriyati yo‘q.

Buyrak yetishmovchiligi.

Yengil yoki o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun Sofapas dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan (kalavalar filtrasiyasi tezligi [KFT] <30 ml/min/1,73 m2) yoki gemodializni talab etuvchi buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichidagi (ESRD) pasientlarda ledipasvir/sofosbuvirning xavfsizligi baholanmagan.

Jigar yetishmovchiligi

Yengil, o‘rtacha yoki og‘ir jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A, V yoki S sinfi) bo‘lgan pasientlar uchun Sofapas dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Dekompensasiyalangan jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda ledipasvir/sofosbuvirning xavfsizligi va samaradorligi aniqlangan.

Bolalar

Bolalarda va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘simirlarda Sofopasning xafsizligi va samaradorligi hozirgi vaqtgacha aniqlanmagan.

Qo‘llash usuli

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Tabletkani butunligicha ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qo‘llash zarur. Tabletkani achchiq ta‘mi tufayli, uni chaynamasdan va qismlarga bo‘lmasdan yutish lozim.

Alohida guruh pasientlarda preparatni qabul qilishni o‘ziga xosligi

Homiladorlik: Agar potensial foyda homila uchun potensial xavfdan oshsagina, homiladorlik vaqtida qo‘llanilishi mumkin.

Laktasiya: rivojlanish va sog‘liq uchun emizishning foydasi va onani Sofopas bilan davolashning ehtiyojini ko‘rib chiqish lozim.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

8,12 yoki 24 hafta davomida Sofopas preparatini qabul qilganda ko‘proq keng tarqalgan nojo‘ya reaksiyalardan (10% ga teng yoki undan ortiq) charchoqlik va bosh og‘rig‘i hisoblanadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Faol komponentlarga yoki yordamchi moddalarning birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Rozuvastatin yoki dalachoy (teshik dalachoy) bilan birga qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

  • Amiodaron bilan birgalikda yuborish jiddiy simptomatik bradikardiyaga olib kelishi mumkin. Sofopasni amiodaron bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
  • R-glikoprotein induktorlari (masalan rifampisin, dalachoy): Ledipasvir yoki sofosbuvirni konsentrasiyasini o‘zgartirishi mumkin. Sofopasni R-glikoprotein induktorlari bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
  • Potensial dorilarning o‘zaro ta‘siri tufayli ishlatishdan avval to‘liq yozilgan ma‘lumotlar bilan tanishib chiqing.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Amiodaronni birgalikda yuborishdagi bradikardiya: amiodaronni, asosan beta-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan yoki yurakni asosiy yondosh kasalliklari va/yoki jigarni avj olib boruvchi kasalliklari bo‘lgan pasientlarda jiddiy simptomatik bradikardiya kuzatilishi mumkin.

Amiodaronni Sofopas bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Davolashni hayot uchun muhim bo‘lgan muqobil variantlari bo‘lmagan pasientlarda, yurakni monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi.

Sofopasni sofosbuvir saqlovchi boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Avval S gepatiti virusiga bevosita ta‘sirga ega viruslarga qarshi preparat bilan davolangan pasientlarni davolash.

Ledipasvir/sofosbuvir bilan natijasiz davolangan pasientlarda, ko‘pgina hollarda NS5A ga chidamlilikni mutasiyasi tanlovi kuzatiladi, bunda ledipasvirga sezgirlik ahamiyatli darajada kamayadi. Bunday NS5A mutasiyalar keyingi kuzatuvlardagi cheklangan ma‘lumotlar uzoq vaqt davomida qaytmasligini ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda ledipasvir/sofasbuvir, keyinchalik NS5A ingibitorini saqlovchi davolashni qoniqarsiz natijalari bo‘lgan pasientlarda davolashni yangilashni samarasini isbotlovchi ma‘lumotlar yo‘q. Shuningdek NS3/4A proteaza ingibitorini saqlovchi qoniqarsiz davolangan pasientlarda NS3/4A proteaza ingibitorining samarasini tasdiqlovchi ma‘lumotlar yo‘q. Shuning uchun bunday pasientlar HCV infeksiyasini davolash uchun dori vositalarining boshqa sinfini qo‘llashlari mumkin. Aniq bo‘lmagan takroriy davolash variantlari bo‘lgan pasientlarni uzoq muddat davolash haqidagi savolni qayta ko‘rib chiqish lozim.

Buyrak yetishmovchiligi.

Yengil yoki o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun Sofopasni dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Dekompensansiyalangan jigar sirrozi bo‘lgan va/yoki jigarni ko‘chirib o‘tkazishni kutayotgan yoki transplantasiyasi o‘tkazilgan pasientlar.

12 va 24 haftalik davolashda nisbiy samara aniqlanmagan. Shuning uchun 24 haftalik davolash tavsiya etiladi. Sofopas yordamida davolanganda xar bir konkret pasient uchun potensial foyda va xavfni baholashga asoslanish lozim.

Kuchli R-gp induktorlari bilan davolash.

Kuchli ta‘sir etuvchi R-glikoprotein (R-gp) induktorlari hisoblangan dori preparatlari (masalan rifampisin, karbamazepin va fenitoin) qon plazmasida ledipasvir va sofosbuvirning konsentrasiyasini ahamiyatli pasaytirishi mumkin. Bu Sofopasni terapevtik samarasining kamayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu dori vositalarini Sofopas preparati bilan qo‘llash mumkin emas.

Ma‘lum OITV antiretrovirus davolash bilan birga qo‘lanilishi.

Sofopas tenofovirning, asosan dizoproksilfumarat tenofovir va farmakokinetik  genni kuchaytiruvchi (ritonavir yoki kobisistat) saqlovchi OITV sxemali davolashni qo‘langanda, ularning ta‘sirini oshirishi aniqlangan. Sofopasni elvitegravir/kobisistat/emtrisitabin/tenofovir dizoproksilfumarati yoki tenofovir dizoproksilfumarati saqlovchi fiksasiyalangan dozasi bilan majmuaviy tabletkani ushbu OITV proteaza kuchli ingibitorlari (masalan atazanavir yoki darunavir) bilan birga qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan potensial foyda va xavf asosan buyrakning disfunksiyasini rivojlanishining yuqori xavfi bo‘lgan pasientlarda xisobga olinishi lozim. Sofopasni elvitegravir/kobisistat/emtrisitabin/tenofovir dizoproksilfu-marati yoki dizoproksilfumarat tenofoviri yoki OITV ning proteazaning kuchli ingibitori bilan bir vaqtda qabul qiluvchi pasientlar tenofovir assosiasiyalangan nojo‘ya reaksiyalarni aniqlash uchun nazorat qilinishlari lozim.

GMG-KoA reduktaza ingibitorlari bilan birga qo‘lanilishi

Sofopasni va GMG-KoA reduktaza ingibitorlari (statinlar) bilan birga qo‘llash, statin konsentrasiyasini yaqqol oshirishi mumkin, bu miopatiya va rabdomioliz xavfini oshiradi.

HCV/HBV (V gepatiti virusi) ning birgalikdagi infeksiyasi

HCV/HBV infeksiyasi bo‘lgan pasientlarda Sofapasni qo‘llash xaqidagi ma‘lumotlar yo‘q.

Bolalar

Sofapasni bolalarda va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu guruhlarda xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Qayd etilgan eng yuqori doza 59 nafar sog‘lom ko‘ngillilarga yuborilgan sofosbuvirning supraterapevtik dozasi 1200 mg bo‘lgan. Ushbu tadqiqotda dozaning bunday darajasida kuzatiladigan hech qanday noxush samaralar aniqlanmagan, nojo‘ya reaksiyalar esa plasebo guruhi va 400 mg sofosbuvir bilan davolanganlar guruhida tez-tezligi va og‘irlik darajasi bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan.

Sofasning dozasini oshirib yuborilishining oldini olish uchun maxsus antidoti yo‘q. Doza oshirib yuborilgan holatda pasient toksiklik belgilari yuzasidan tekshirilishi kerak. Sofarning dozasini oshirib yuborilishini davolash umumiy yordamchi choralar, shu jumladan hayotiy muhim faoliyatlar monitoringi, shuningdek pasientning klinik holatini kuzatishdan iborat. Gemodializ asosiy aylanib yuruvchi metaboliti GS-331007 samarali (chiqarish koeffisenti 53%) chiqarishi mumkin. 4-soatlik gemodializ seansi yuborilgan dozaning 18% chiqaradi.

 

Chiqarilish shakli

28 tabletka yuqori zichlikdagi polietilen flakonlarda.

1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

30ºSdan past haroratda saqlansin. Issiqlikdan, yorug‘likdan va namlikdan himoyalangan joyda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SOFOPAS tabletkalari 400mg/90mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SOFOPAS tabletkalari 400mg/90mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SOFOPAS tabletkalari 400mg/90mg N28 dori vositasi Genix Pharma Private Limited tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SOFOPAS tabletkalari 400mg/90mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SOFOPAS tabletkalari 400mg/90mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SOFOLED tabletkalari 400mg/90mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bangladesh
  • Faol modda: Ледипасвир, Софосбувир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Incepta Pharmaceuticals Ltd
  • Distribyutor: Neo Farm MChJ
VIRPAS tabletkalari 90mg+400mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ледипасвир, Софосбувир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Strides Arcolab Limited
SOFOLED tabletkalari 400mg/90mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bangladesh
  • Faol modda: Ледипасвир, Софосбувир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Incepta Pharmaceuticals Ltd
  • Distribyutor: Neo Farm MChJ
LISOF tabletkalari 90mg/400mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ледипасвир, Софосбувир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hetero Labs Limited
Ishlab chiqaruvchining dorilari
GVIA-M tabletkalari 50 mg/1000 mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Genix Pharma Private Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9