×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SPAZMALGON tabletkalari N50

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Bolgariya
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Balkanpharma-Dupnitsa AD
ATX kodi:
- A03DA02
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 150 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

PROBIOKSIN kapsulalar N30 «PRIMEA LIMITED» Buyuk Britaniya
181 500 s`om dan
TUGEVIYA sirop 150ml Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi Turkiya
UGOL AKTIVIROVANNIY tabletkalari 250mg N10 ИРБИТСКИЙ ХИМФАРМЗАВОД, ОАО Rossiya
1 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SPAZMALGON tabletkalari N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

Dori preparatini qo‘llashdan avval shifokor bilan albatta maslahatlashish va yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqish kerak!

 

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SPAZMALGON

SPASMALGON

Preparatning savdo nomi: Spazmalgon®/Spasmalgon®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): metamizol natriy; pitofenon gidroxloridi; fenpiveriniy bromidi

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

Har bir 2 ml in‘eksiya uchun eritmali ampula quyidagilarni saqlaydi

faol moddalar: 1000 mg metamizol natriy (metamizole sodium), 4 mg pitofenon gidroxloridi (pitofenone hydrochloride), 0,04 mg fenpiveriniy bromidi (fenpiverinium bromide).

Har bir 5 ml in‘eksiya uchun eritmali ampula quyidagilarni saqlaydi

faol moddalar: 2500 mg metamizol natriy (metamizole sodium), 10 mg pitofenon gidroxloridi (pitofenone hydrochloride), 0,1 mg fenpiveriniy bromidi (fenpiverinium bromide).

Yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, deyarli zarrachalar saqlamaydigan och-sariq rangli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita, spazmolitik vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamik xususiyatlari

Spazmalgon – yaqqol spazmolitik va analgetik faollikka ega bo‘lgan majmuaviy dori preparatidir.

Metamizol kuchsiz yallig‘lanishga qarshi va spazmolitik faollik bilan birga yaqqol analgetik va antipiretik ta‘sirga ega.

Fenpiverin me‘da, ichak, o‘t va siydik chiqarish yo‘llarining silliq mushaklari tonusi va motorikasini susaytiradi.

Pitofenon gidroxloridi silliq mushaklarga yaqqol spazmolitik ta‘sirli papaverinsimon ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetik xususiyatlari

So‘rilishi: Mushak ichiga yuborilganida tez so‘riladi. Metamizol taxminan 85% tizimli biokiraolishlikka ega.

Taqsimlanishi: Metamizol plazma proteinlari bilan 50-60% bog‘lanadi. Gemato-ensefalik va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Taqsimlanish xajmi – taxminan 0,7 l/kg ni tashkil qiladi.

Metabolizmi: Jigarda jadal biotransformasiyaga uchraydi. Uning asosiy metaboliti 4-metil-amino-antipirin ikkita metaboliti, shu jumladan farmakologik faol bo‘lgan 4-amino-antipirin (AA) hosil bo‘lishi bilan jigarda metabolizmga uchraydi.

Plazmadagi maksimal konsentrasiyalari (hamma metabolitlariga nisbatan) taxminan 30-90 minutdan keyin aniqlanadi.

Chiqarilishi: Metabolitlari shaklida buyrak orqali chiqariladi, bunda metamizolning chiqarilgan miqdorining 3% o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 10 soatni tashkil qiladi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar: MAA faol metabolitining yarim chiqarilish davri jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda taxminan 3 marta uzayadi. Bunday pasientlarga metamizolning pastroq dozalari bilan davolanish tavsiya qilinadi.

Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar: Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda ayrim metabolitlarining chiqarilish darajasini pasayishi kuzatiladi. Bunday pasientlarga metamizolning pastroq dozalari bilan davolanish tavsiya qilinadi.

Qo‘llanilishi

Spazmalgon me‘da-ichak yo‘llari, o‘t yo‘llari, buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining silliq mushaklarini spazmlarida, buyrak-tosh kasalligi, og‘riqli hayz ko‘rishda (dismenoreya) o‘tkir, o‘rtachadan kuchligacha bo‘lgan og‘riqlarni qisqa muddatli bartaraf qilish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Spazmalgonni doimo ushbu qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ko‘rsatmalarga aniq rioya qilgan holda qo‘llang. Agar Siz biron bir narsaga ishonch hosil qilmasangiz, shifokoringiz yoki farmasevtdan so‘rang.

Spazmalgon in‘eksiya uchun eritmasi mushak ichiga yuboriladi.

Faqat qisqa muddatli davolash uchun ishlating!

Shifokor nazorati ostida va o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda anafilaktik shok paydo bo‘lishi xavfi tufayli, shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun tayyorgarlik bo‘lganida yuboriladi.

Kattalar va 15 yoshdan oshgan o‘smirlar: Kattalar va 15 yoshdan oshgan o‘smirlar (>53 kg) uchun odatdagi doza bir marta mushak ichiga 2-5 ml ni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida doza har 6-8 soatda takrorlanadi. Maksimal sutkalik doza 6 ml in‘eksiya uchun eritmadan (3 g metamizol natriyga ekvivalent) oshmasligi kerak.

65 yoshdan oshgan pasientlar: Odatda dozani kamaytirish talab qilinmaydi. Yoshga bog‘liq bo‘lgan jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda preparatning dozasini kamaytirish kerak. Dozani davolovchi shifokor belgilaydi.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar: Kattalar uchun tayinlagan dozaning ½ qismi qo‘llanadi, chunki moddaning chiqarilish tezligi buyrak faoliyatini buzilishlarida sekinlashadi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar: Yuqori dozalarni qo‘llashdan saqlanish kerak. Qisqa muddatli qo‘llashda dozani pasaytirishning zarurati yo‘q.

Davolash davomiyligi 2-3 kun.

Davolash samarasiga erishilganidan so‘ng, peroral og‘riqni qoldiruvchi va spazmolitik vositalar bilan davolashga o‘tish mumkin.

Agar Sizda ushbu preparatni qabul qilish bo‘yicha har qanday qo‘shimcha savollar bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Barcha dori vositalari kabi, har bir pasientda paydo bo‘lavermasligiga qaramasdan, Spazmalgon nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari tez-tezligi bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100), kam (≥1/10000 va <1/1000), juda kam (<1/10000), tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlardan baho berish mumkin emas).

Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalari dori preparati tarkibiga kiruvchi metamizol tomonidan chaqiriladi.

Tez-tez emas (100 odamdan 1 kamrog‘ida namoyon bo‘ladi)

Teri toshmalari (ekzantema) – oval, plastinkalar shaklidagi, binafshadan to‘q-qizil rangli pufakchalar. Yuborish vaqtida yoki yuborishdan so‘ng – o‘ta yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilari bilan birga kechmaydigan qon bosimini pasayishi, pulsni tezlashishi.

Kam (1000 odamdan 1 kamrog‘ida namoyon bo‘ladi)

Leykopeniya (oq qon xujayralarining sonini kamayishi, bu infeksiyalarni rivojlanish ehtimolini oshiradi), makulopapulyoz toshmalar (teri plastinkalari va tugunlarini hosil bo‘lishi), anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar, ayniqsa parenteral qo‘llashdan keyin. Bunday reaksiyalar preparatni yuborish vaqtida yoki bevosita yuborilganidan keyin, ammo yuborilganidan so‘ng bir necha soatdan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin. Ular ko‘proq in‘eksiyadan keyin birinchi soat davomida paydo bo‘ladi. Yengilroq reaksiyalar teri va shilliq qavatlar tomonidan tipik reaksiyalar ko‘rinishida (masalan, qichishish, achishish, qizarish, toshmalar, eshakemi, shishlar), dispepsiya va ayrim hollarda me‘da-ichak shikoyatlari namoyon bo‘ladi. Ushbu yengil reaksiyalar tarqalgan eshakemi, og‘ir angioedema (shu jumladan, laringeal), og‘ir bronxospazm, yurak ritmini buzilishi, qon bosimini pasayishi (ba‘zida avval qon bosimini oshishi bilan) va siydik miqdorini oshishi yoki kamayishi, buyrakni yallig‘lanishi bilan kechuvchi buyrak faoliyatini buzilishi bilan ifodalanuvchi og‘ir shakllariga o‘tishi mumkin.

Spazmalgon preparati bilan davolanish vaqtida siydik qizil rangga bo‘yalishi mumkin. davolash to‘xtatilganidan keyin rangi normallashadi.

Juda kam (10000 odamdan 1 kamrog‘ida namoyon bo‘ladi)

Agranulositoz (oq qon xujayralarining sonini keskin kamayishi, bu infeksiyalar rivojlanishi ehtimolini oshiradi). Agranulositoz nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lmaganligi bilan avval metamizol bilan davolangan pasientlarda ham paydo bo‘lishi mumkin. Agranulositozni paydo bo‘lishi xavfi metamizolni uzoq muddatli (1 haftadan ortiq) qo‘llashda oshadi. Agranulositozning xarakterli belgilari teri va og‘iz, tomoq, jinsiy a‘zolar shilliq qavatlarni yallig‘lanishi, tomoqda og‘riq va tana haroratini oshishini o‘z ichiga oladi. Umumiy holatni birdan yomonlashishi, tana haroratini pasaymasligi yoki uni qayta ko‘tarilishi, shilliq qavat va teri tomonidan og‘riqli o‘zgarishlar paydo bo‘lganida, Spazmalgon preparati bilan davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Juda kam hollarda trombositopeniya (trombositlar sonini kamayishi, bu qon ketishlar yoki ko‘karishlarni paydo bo‘lishi xavfini oshiradi), gemolitik kamqonlik (qizil qon xujayralarini kamayishi, bu rangparlik yoki terini sarg‘ayishi, holsizlik yoki hansirashga olib keladi), aplastik anemiya (qon xujayralarining sonini keskin kamayishi, bu holsizlik, ko‘karishlarni paydo bo‘lishi yoki infeksiyalar rivojlanishi ehtimolini oshishiga olib keladi) ham kuzatilishi mumkin.

Analgetik astmasi bo‘lgan pasientlarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari astmatik huruj; Stivens-Djonson (xavfli ekssudativ eritema) yoki Layell (toksik epidermal nekroliz) sindromi; sirkulyator shok ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Tez-tezligi noma‘lum bo‘lgan:

Og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq va diskomfort hissi, gastrit va me‘da yara kasalligini zo‘rayishi, ayrim hollarda ulserasiyalar va qon ketishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi, akkomodasiyani buzilishi, siyishni qiyinlashishi.

Parenteral qo‘llanganda yuborish joyida og‘riq va mahalliy reaksiyalar, juda kam hatto flebitlar paydo bo‘lishi mumkin.

O‘ta yuqori sezuvchanlik paydo bo‘lganida, buyrak yoki qon yaratish faoliyatini buzilishlari bo‘lganida, Spazmalgon preparatini qo‘llash to‘xtatiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Spazmalgon preparatining faol moddalari yoki pirazolon hosilalari yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalariga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik);
  • og‘ir jigar va/yoki buyrak kasalligi bo‘lsa;
  • ichak tutilishi va megakolon (yo‘g‘on ichakni kengayishi) hollarida;
  • eritrositlar faoliyatini buzilishi bilan bog‘liq jigar porfiriyasi yoki glyukozo-6-fosfat-degidrogenaza fermentining yetishmovchiligining nasliy kasalligi bo‘lsa;
  • agar suyak ko‘migining faoliyatini buzilishi (sitostatiklar bilan davolanishdan keyin) yoki aplastik anemiya (qon xujayralarining sonini kamayishi, bu holsizlik, ko‘karishlarni paydo bo‘lishi yoki infeksiyalar rivojlanishi ehtimolini oshishiga olib keladi), agranulositoz (oq qon xujayralarining sonini keskin kamayishi, bu infeksiyalar rivojlanishi ehtimolini oshiradi) yoki leykopeniya (oq qon xujayralarining umumiy sonini kamayishi) kabi qon kasalliklari bo‘lsa;
  • prostata bezining adenomasi;
  • o‘t pufagi va qovuq atoniyasi;
  • gipotoniya (past qon bosimi) yoki turg‘un bo‘lmagan qon aylanishi;
  • homiladorlik va emizishda qo‘llash mumkin emas.

Ushbu dori preparatini 15 yoshdan kichik bolalarga buyurish mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga Siz hozir qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan boshqa dori preparatlari, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori preparatlari haqida xabar berishingizni so‘raymiz.

Markaziy nerv tizimini bostiruvchi, og‘riqni qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi dori preparatlari, homiladorlikka qarshi dori preparatlari, kumarin antikoagulyantlari (qon ivishini pasaytiradi), xlorpromazin (ruhiy kasalliklarni davolash uchun), xloramfenikol (antibiotik), siklosporin (o‘sma kasalliklarida qo‘llaniladi), uxlatuvchi dori preparatlarini bir vaqtda qo‘llash davolashga ta‘sir qilishi mumkin.

Spazmalgonni ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan birga qo‘llash

Spazmalgon bilan davolash vaqtida alkogolni iste‘mol qilish tavsiya qilinmaydi, chunki dori preparatining nojo‘ya ta‘sirlari kuchayishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Spazmalgon preparati bilan davolashni boshlashdan oldin, agar Sizda buyrak yoki jigar kasalliklari; ichak tutilishi yoki me‘da-ichak yo‘llaridan ichidagisini qiyinchilik bilan o‘tishi (axalaziya, privratnik va o‘n ikki barmoq ichak yarasidagi stenoz); gastroezofageal reflyuks kasalligi, ichak atoniyasi, paralitik ileus; glaukoma (ko‘z ichki bosimini oshishi); miasteniya gravis (mushak kuchsizligi), yurak kasalliklari (aritmiyalar, yurak ishemik kasalligi, dimlangan yurak yetishmovchiligi) bo‘lsa, shifokorga xabar bering.

Spazmalgon preparati bilan davolanish vaqtida og‘ir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan anafilaktik reaksiyalarni rivojlanish xavfi mavjud. O‘ta yuqori sezuvchanlikning birinchi simptomlari paydo bo‘lganida preparatni yuborish darhol to‘xtatilsin va ushbu holatni bartaraf qilish uchun shoshilinch choralar (adrenalin, glyukokortikoidlar, antigistamin vositalari) ko‘rilsin.

Metamizolga bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaksiyalari yuzaga kelishi xavfi quyidagi hollarda oshadi: analgetik astmasi; bronxial astma, ayniqsa, agar rinosinusit (burun va burun bo‘shliqlarini yallig‘lanishi) yoki burunda poliplari; surunkali eshakemi bo‘lgan pasientlarda; bo‘yovchilar (masalan, tartrazin) yoki konservantlarga (benzoatlarga) o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda; alkogolni o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan pasientlarda. Bunday pasientlar hattoki alkogolning ko‘p bo‘lmagan miqdoriga aksirish, ko‘z yoshini oqishi va yuzni kuchli qizarishi paydo bo‘lishi bilan reaksiya beradilar. Bunday alkogolni o‘zlashtiraolmaslik tashhislanmagan analgetik astmaning belgisi bo‘lishi mumkin.

Metamizol saqlovchi dori vositalari bilan davolashda shok (sirkulyator kollaps) va agranulositoz (oq qon xujayralarining sonini keskin kamayishi, bu infeksiyalar rivojlanishi ehtimolini oshiradi) paydo bo‘lishini xavfi mavjud. Ular dozaga bog‘liq emas va ularni oldindan bilish mumkin emas.

Qon kasalliklari bo‘lgan yoki anamnezida shunday kasalliklari bo‘lgan pasientlarda Spazmalgon preparati qo‘llanganda, davolash vaqtida qon manzarasini nazorat qilish kerak.

Spazmalgon in‘eksiya uchun eritmasi qon bosimini pasayishini chaqirishi mumkin. Bunday reaksiyani, ayniqsa qon bosimi past yoki suyuqlik yo‘qotgan, qon aylanishini buzilishi yoki boshlang‘ich sirkulyator kollaps (masalan, infarkt yoki og‘ir jarohatlari bo‘lgan pasientlar), tana harorati yuqori bo‘lgan pasientlarda paydo bo‘lishini xavfi oshadi. Bunday pasientlarga Spazmalgon preparatini mushak ichiga yuborishni gorizontal (yotgan) holatda va qon bosimi, yurak qisqarishlari va nafas tez-tezligini doimiy nazorati ostida amalga oshirish kerak.

Homiladorlik va emizish

Har qanday dori preparatini qabul qilishdan avval davolovchi shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik vaqtida Spazmalgonni qo‘llash mumkin emas.

Agar emizikli onalarni preparat bilan davolashning zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.

Transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasining ta‘sirining o‘ziga xosligi

Spazmalgon dori preparati bosh aylanishi, ko‘rishni buzilishi, hamda diqqatga noxush ta‘sir qilishi va kutilmagan vaziyatlarda reaksiyani buzilishini chaqirishi mumkin. Shuning uchun ushbu preparat bilan davolanishda transport vositalarini boshqarish va mashinalar bilan ishlashdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, menersimon ko‘rinishlar, quloqlarni shang‘illashi, shok, o‘tkir buyrak va jigar yetishmovchiligi, tirishishlar.

Davolash: simptomatik davolash tibbiy muassasada o‘tkaziladi.

Sovuq ter, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, terining rangini o‘zgarishi va bo‘g‘ilish kabi belgilar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak.

Chiqarilish shakli

Tiniq, deyarli zarrachalar saqlamaydigan och-sariq rangli suyuqlik, ochish uchun belgisi – rangli nuqtasi bo‘lgan jigarrang shisha ampulalarda.

2 ml in‘eksiya uchun eritma ampulalar

5 yoki 10 ampuladan PVX plyonkali blisterda, 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

5 ml in‘eksiya uchun eritma ampulalar

5 yoki 10 ampuladan PVX plyonkali blisterda, 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Muzlatilmasin!

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Karton qutida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin Spazmalgonni ishlatmang. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SPAZMALGON tabletkalari N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SPAZMALGON tabletkalari N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SPAZMALGON tabletkalari N50 dori vositasi Balkanpharma-Dupnitsa AD tomonidan Bolgariya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SPAZMALGON tabletkalari N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SPAZMALGON tabletkalari N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SPAZMALGON tabletkalari N20
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
FEZAM kapsulalar 400/25 mg N60
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
SPAZMALGON tabletkalari N10
VESTIBO tabletkalari 16mg N30
SEDALGIN PLYUS tabletkalari N50
SEDALGIN PLYUS tabletkalari N10
SEDALGIN PLYUS tabletkalari N20
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9