×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SPAZMOMEN tabletkalari 40mg N30

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Отилония бромид
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- A.Menarini Industrie Farmaceutiche Riunite S.r.l., Италия произведено: Berlin-Chemie AG
ATX kodi:
- A03AВ06
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 107 ta dorixonasida topildi

ico 62 900 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 75 700 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 63 800 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

DYUFALAK sirop 500ml 0,667/ml Эбботт Биолоджикалз Б.В./Верофарм АО Gollandiya / Rossiya
100 000 s`om dan
LOPERAMID kapsulalar 2mg N10 Gufik Avitsenna, СП (упак.) Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО, Беларусь (произ.) O'zbekiston
2 200 s`om dan
KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N30 ОАО «Фармстандарт-УфаВИТА» Rossiya
29 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SPAZMOMEN tabletkalari 40mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

Ilova-VARAQA: PASIENT UCHUN ma‘lumot

Spazmomen 40 mg, qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Otiloniy bromidi

Mazkur dori preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin ilova-varaqani hammasini o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim bo‘lgan ma‘lumot saqlanadi.

–        Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Siz uni yana o‘qib chiqishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.

–        Agar Sizda keyinchalik savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

–        Mazkur dori preparati faqat Siz uchun buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yubormang. Bu, hatto ularning kasallik simptomlari Siznikiga o‘xshasa ham, ularga zarar keltirishi mumkin.

–        Biror-bir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan mazkur ilova-varaqada bayon qilinmagan nojo‘ya ta‘sirlarga ham taalluqlidir. 4-bo‘limga qarang.

 

Mazkur ilova-varaqaning mazmuni:

  1. SPAZMOMEN preparati o‘zi nima va u nima uchun ishlatiladi
  2. SPAZMOMEN preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. SPAZMOMEN ni qanday qabul qilish kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
  5. SPAZMOMENni qanday saqlash kerak
  6. O‘ramining tarkibi va boshqa ma‘lumotlar

 

  1. SPAZMOMEN preparati o‘zi nima va u nima uchun ishlatiladi

SPAZMOMEN tabletkalarida otiloniy bromidi nomli dori moddasi saqlanadi. U spazmolitiklar deb nomlanadigan dori vositalari guruhiga kiradi.

SPAZMOMEN yo‘g‘on ichak mushaklariga ta‘sir qilib, uning haddan ziyod qisqaruvchanlik faolligini va bu qisqarishlar sonini kamaytiradi. Shu tariqa preparat ichak spazmlarini kamaytiradi va uning haddan ziyod harakat faolligini yo‘lga soladi.

SPAZMOMEN 18 yoshdan oshgan pasientlarni davolash uchun og‘riqli spazmlar va ichakning harakat faolligini buzilishlari va qorinni dam bo‘lishi bilan xarakterlanuvchi, ta‘sirlangan ichak sindromida qo‘llaniladi.

  1. SPAZMOMEN preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak

Quyidagi holatlarda SPAZMOMEN ni qo‘llash mumkin emas:

  • Otiloniy bromidi yoki ushbu preparatning har qanday boshqa komponentiga (6-bo‘limda ko‘rsatil) allergiyada.

 

Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

SPAZMOMEN preparatini qabul qilishdan oldin:

  • Agar Sizda ko‘z ichki bosimi oshgan (glaukoma) bo‘lsa
  • prostata bezi kattalashishida (shuningdek prostata bezi gipertrofiyasi deb nomlanuvchi kasallikda),
  • me‘dadan ichakka o‘tish joyi torayganda (pilorostenoz). shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling

 

Boshqa dori vositalari va SPAZMOMENni qabul qilish

Agar Siz har qanday boshqa dori preparatlarini, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori vositalarini hozir qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo‘lsa, bu haqida davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering.

SPAZMOMEN ni boshqa dori preparatlarning faolligiga ta‘siri aniqlanmagan.

 

SPAZMOMEN preparatini ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish

SPAZMOMEN ni  ovqatdan 20 minut oldin qabul qilgan afzal.

 

Homiladorlik, emizish va tug‘ruq faoliyati

Homiladorlikda yoki emizishda, shu jumladan taxmin qilingan yoki kutilayotgan homiladorlikda har qanday preparatni qabul qilishdan oldin maslahat olish uchun shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

SPAZMOMENni homiladorlik davrida va emizish vaqtida, faqat shifokor ushbu preparatni qabul qilish zarur deb hisoblagan va ayni paytda siz uning kuzatuvi ostida bo‘lgan holatlardan tashqari hollarda qo‘llash mumkin emas.

 

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

SPAZMOMENni avtomobilni boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siridan xavfsiramasa ham bo‘ladi.

SPAZMOMEN preparatida qand laktoza (sut qandi) saqlaydi. Agar davolovchi shifokor Sizga Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik haqida xabar bergan bo‘lsa, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin u bilan maslahatlashing.

 

  1. SPAZMOMENni qanday qabul qilish kerak

Mazkur preparatni doimo davolovchi shifokor tavsiyalariga muvofiq ravishda qabul qiling. Agar Sizda shubha tug‘ilsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

 

Kattalar va keksa yoshli pasientlar

1 tabletkadan sutkada 2-3 marta shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi. Tabletkalarni butunligicha, suv bilan, ovqatdan 20 minut oldin yutgan afzal. Tabletkalarni sindirish, chaynash va maydalash mumkin emas.

 

Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi

Ushbu tabletkalar bolalarda va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.

 

Agar Siz SPAZMOMENning tavsiya etilgan dozasini oshirib yuborgan bo‘lsangiz

SPAZMOMENning dozasi oshirib yuborilganda nojo‘ya samaralar kutilmaydi. Ammo, agar Siz tavsiya etilgan dozani oshirgan bo‘lsangiz va o‘zingizni yomon his qilsangiz bu haqida shifokorga yoki tibbiy tez yordam bo‘limiga murojaat qiling, o‘zingiz bilan ushbu ilova varaqani va/yoki dori o‘ramini olib oling.

Agar Siz SPAZMOMENni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Agar Siz SPAZMOMENni o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborgan dozani esingizga tushgan zahoti, darhol qabul qiling. Har qanday vaziyatda ham o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini qoplash uchun dozani ikki barobar oshirib qabul qilmang.

Agar Sizda mahsulotni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, uni shifokorga yoki dorixona xodimiga bering.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari

Barcha dori vositalari kabi ushbu preparat ham, garchi ular hammada ham yuz bermasada, nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkin

Agar Sizda quyida keltirilgan allergik reaksiya belgilaridan birontasi paydo bo‘lsa, dori preparatini qabul qilishni to‘xtating va darhol tibbiy yordamga murojaat qiling:

  • nafas olishni yoki yutishni qiyinlashishi, yuz, lab, til yoki tomoq shishi;
  • terini kuchli qichishishi yoki qizirish, toshma va shish bilan kechuvchi teri qatlamlarni og‘rishi.

Ba‘zida Sizda SPAZMOMENni qabul qilganda yuz beradigan (100 pasientdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin) nojo‘ya ta‘sirlar:

  • og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi va qorinning yuqori qismida og‘riq kabi me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar;
  • terini qichishishi va teri qoplamasini qizarishi;
  • holsizlik va asteniya;
  • bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi.

Ushbu preparatni qabul qilayotgan pasientlarda, yakka hollarda toshma (eshakemi) ko‘rinishidagi allergik teri reaksiyalari va terining chuqur qoplamlarini, ayniqsa lab atrofi, ko‘z, genitaliy, qo‘l barmoqlari va oyoq barmoqlari, xalqum yoki til shishi holati kuzatilgan. Ayrim hollarda nafas olishni tasodifan qiyinlashish (angionevrotik shish) kuzatilishi mumkin

Nojo‘ya ta‘sirlari haqida xabarlar

Biror-bir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu barcha kutilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan mazkur ilova-varaqada bayon qilinmagan nojo‘ya ta‘sirlarga ham taalluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta‘sirlar to‘g‘risida bevosita «Berlin–Xemi AG» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga Toshkent shahri, 100015, Afrosiyob ko‘chasi, 12-uy (biznes-markazi) manzili bo‘yicha xabar berishingiz mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlar haqida xabar bergan holda Siz mazkur dori preparatining xavfsizligi to‘g‘risida ko‘p axborotni to‘plashga yordam berishingiz mumkin.

  1. SPAZMOMEN ni qanday saqlash kerak

Ushbu dori vositasi bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Ushbu preparatni yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llash mumkin emas, u karton o‘ramining sirtida va blisterda “goden do” degan so‘zlardan keyin ko‘rsatilgan. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi. Hech qanday dori preparatlari kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilarga tashlab yubormang. Dorixona xodimi bilan kerak bo‘lmaydigan dori preparatining utilizasiyasi haqida maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

  1. O‘ramining tarkibi va boshqa ma‘lumotlar

SPAZMOMEN tarkibiga nima kiradi

  • Ta‘sir etuvchi modda otiloniy bromidi hisoblanadi (40 mg bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka).
  • Boshqa komponentlar: lakloza monogidrati (YeR-D80), guruch kraxmali, glikolyat kraxmal natriy tuzi, A tipi, magniy stearati, gipromelloza (Methocel E 5), titan dioksidi (CI 77891/E171), makrogol 4000 va 6000, talk (laktoza haqida qo‘shimcha ma‘lumot uchun 2-bo‘limga qarang)

SPAZMOMEN qanday ko‘rinishga ega va o‘ramining tarkibi

SPAZMOMEN dumaloq, oq yoki deyarli oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

30 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka PVX/PVDX/alyuminiy blisterda, qutida.

.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SPAZMOMEN tabletkalari 40mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SPAZMOMEN tabletkalari 40mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SPAZMOMEN tabletkalari 40mg N30 dori vositasi A.Menarini Industrie Farmaceutiche Riunite S.r.l., Италия произведено: Berlin-Chemie AG tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SPAZMOMEN tabletkalari 40mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SPAZMOMEN tabletkalari 40mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9