×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MERS maxsus draje N60

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- Merz Pharma
Vakil:
- MChJ Dekont Farmining O'zbekistondagi eksklyuziv distribyutori
ATX kodi:
- А11А01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

45 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
NEVRALON tabletkalari N20 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
55 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
 

Tarkibi:

Faol moddalar:bir


drajeda

Askorbin kislotasi (S vitamin)

60 mg

Niatsin (V3 vitamin)

15 mg

Alьfa-tokoferol atsetati (E vitamin)

6,7 mg

Piridoksin gidroxlorid (V6 vitamin)

1,6 mg

Riboflavin (V2 vitamin)

1,3 mg

Retinol atsetat (A vitamin)

400 XB

Sianokobalamin (V12 vitamin)

1 mkg

Tiamin mononitrat (V1 vitamin)

1,2 mg

Folat kislotasi

200 XB

Biotin (N vitamin)

30 XB

Kalьtsiy pantotenati (V5 vitamin)

4 mg

Temir (II) fumarati

2,5 mg

Sink

2,5 mg

Yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksidi, laktoza, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati, saxaroza, talьk, titan dioksidi, akatsiya yelimi, dekstroza siropi, karnaub mumi, asalari mumi, temir qizil oksidi (E172 bo'yovchisi), indigokarmin.

Majmuaviy preparat, ta'siri preparatning tarkibiga kiruvchi moddalarning xususiyatlari bilan bog'liq.
Askorbin kislotasi (S vitamini) - qon tomir devorlari o'tkazuvchanligini kamaytiradi, organizmni tashqi muhitning noqulay ta'sirlariga, shu jumladan infektsiyalarga chidamliligini oshiradi, nerv va endokrin tizimini faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, temirni o'zlashtirilishiga va normal qon yaratilishiga yordam beradi.
Niatsin (V3 vitamini) – to'qimalarning nafasi, yog'li va uglevodlarning almashinuvi jarayonlarida qatnashadi.
Alьfa-tokoferol atsetat (E vitamini) - to'qimalarning nafasi jarayonlarida qatnashadi, antioksidant ta'sirga ega, oqsillar va yog'larning o'zlashtirilishiga yordam beradi, jinsiy va boshqa endokrin bezlarining faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi.
Piridoksin gidroxlorid (V6 vitamini) – ko-ferment sifatida oqsillar almashinuvida va neyromediatorlar sintezida ishtirok etadi.
Riboflavin (V2 vitamini) – hujayraning nafasi jarayonlarining muhim katalizatori, markaziy nerv tizimining faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi.
Retinol (A vitamini) - g'ira-shira paytda normal va rangli ko'rishni ta'minlaydi, epitelial hujayralar butunligini tutib turadi, odamni normal o'sishini ta'minlaydi.
Sianokobalamin (V12 vitamini) - gemoglobin sintezi va normal qon yaratilishi uchun zarur, nukleotidlar sintezida, folat kislotasining metabolizmida qatnashadi.
Tiamin mononitrat (V1 vitamini) - karbonsuvlar almashinuvida asosiy rolь o'ynaydi, nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur.
Folat kislotasi – suvda eruvchan vitamin, o'sish uchun va qon tomiralari va immun tizimini rivojlanishi uchun zarur.
Biotin (N vitamini) – oqsillarni almashinuvida qatnashadi, proteinlarni va nerv tizimini ishlashini yaxshilash uchun V guruhidagi boshqa vitaminlar bilan birga o'zlashtirilishiga yordam beradi.
Kalьtsiy pantotenati (V5 vitamini) - oqsillar va yog'larning atsetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rolь o'ynaydi, nerv tizimi, buyrak usti bezlari, qalqonsimon bezi faoliyatini normallashtiradi.
Temir – Preparat tarkibiga kiruvchi temir gemoglobinning tarkibiy qismi bo'lib, eritropoezda ishtirok etadi.
Sink – suyak ko'migini shakllanishida qatnashadi, A vitaminini so'rilishiga yordam beradi, sochlarni xolatini yaxshilaydi, insonni aqliy qobilyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Preparatning har qanday komponentiga allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.
Preparatning dozalari organizmni vitaminlarga bo'lgan sutkalik ehtiyojidan kelib chiqib aniqlangan, biroq preparat katta dozalarda zararli ta'sir qilishi mumkin bo'lgan temir saqlaydi. Tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirmang!
teri, soch va tirnoqlarning holatini yaxshilash uchun;
vitaminlarga yuqori ehtiyoj bilan kechuvchi holatlar, shu jumladan o'tkazilgan kasalliklar, antibiotiklar bilan terapiyadan keyin, sog'ayish davrida, to'liq bo'lmagan ovqatlanishdan (parhezda, holdan toyishda), uzoq muddatli yuklamalar va zo'riqishlarda.
preparat komponentlariga bo'lgan yuqori sezuvchanlik
A vitaminlarining dozalarini oshirib yuborish.
Boshqa preparatlar bilan birga qabul qilish kerak bo'lganida, shifokor bilan maslahatlashish lozim.
och-pushti rangli, tekis yaltiroq yuzali ikki tomoni qabariq dumaloq shaklli draje.
Kattalarga sutkada 1 drajedan buyuriladi (maksimal samaraga erishish uchun dozani sutkada 2 drajega oshirish mumkin).

Виолетта 17.03.2020
excellent
Fikringiz:
Каждую весну меня мучает авитаминоз. Долго выбирала витаминный комплекс и остановилась на Драже Мерц. Это немецкий препарат для улучшения кожи лица, укрепления волос и ногтей. Я принимала его по рекомендации подруги. Через две недели заметила, что кожа стала лучше, ногти крепче, а волосы стали жестче.

 
Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MERS maxsus draje N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MERS maxsus draje N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MERS maxsus draje N60 dori vositasi Merz Pharma tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MERS maxsus draje N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MERS maxsus draje N60 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9