×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

STIMULOTON tabletkalari 50mg N10

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Сертралин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
ATX kodi:
- N06AB06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 5ml N5 Ever Neuro Pharma GmbH Avstriya
191 000 s`om dan
ALZEPIL tabletkalari 10mg N28 Egis Pharmaceuticals Private Limited Company Vengriya
349 000 s`om dan
NEYROSITIN eritma 200ml ООО “Юрия-Фарм” Ukraina
42 000 s`om dan
NIVALIN eritma 1 ml 2,5 mg/ml N10 Софарма АО Bolgariya
100 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
STIMULOTON tabletkalari 50mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

Stimuloton®

qobiq bilan qoplangan tabletkalar 50 mg, 100 mg

(sertralin)

Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muxim ma‘lumot saqlaydi.

  • Bu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling
  • Bu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermasligingiz kerak. Hatto agar ularda kasallikni shu simptomlari bo‘lsa xam, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
  • Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu xaqida shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering (4 bo‘limga qarang).

Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:

  1. Stimuloton® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Stimuloton® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. Stimuloton® qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qanday qabul qilish kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
  5. Stimuloton® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday saqlash kerak
  6. Yaroqlilik muddati
  7. Dorixonalardan berish tartibi
  8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

  1. Stimuloton® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi

Stimuloton® ta‘sir etuvchi modda sertralin saqlaydi. Sertralin serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQOSI) deb nomlanuvchi dori vositalari guruhiga kiradi. Bu dori vositasi depressiya va/yoki xavotirli buzilishlarni davolash uchun ishlatiladi.

Stimuloton® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati quyidagilarni davolash uchun ishlatilishi mumkin:

  • Depressiya va depressiyaning qaytalanishlarini oldini olish (kattalarda).
  • Ijtimoiy xavotirlik xolatlari (kattalarda),
  • Posttravmatik stressli buzilishlar (PTSB) (kattalarda),
  • Sarosimali buzilishlar (kattalarda).
  • Obsessiv-kompulsiv buzilishlar (OKB) (kattalar, bolalar va 6-17 yoshli o‘smirlarda).

Depressiya quyidagi simptomlarga ega bo‘lgan klinik kasallik hisoblanadi: qayg‘u tuyg‘usi, uyquni buzilishi yoki ilgari kuzatilmagan hayotdan norozilik hissi.

OKB va sarosimali buzilishlar xavotirlik bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik bo‘lib, uning simptomlari qaytuvchan shilqim g‘oyalar hisoblanadi, u takrorlanuvchi “marosimli” xarakatlar qilishga undaydi (kompulsiv qo‘zg‘alish).

PTSB – bu depressiya va xovotirli xolatga o‘xshash ayrim simptomlar bilan birga kechuvchi, og‘ir emosional travmatik xodisadan keyin paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat.

Ijtimoiy xavotirlik xolati (ijtimoiy fobiya) kuchli xavotirlik tuyg‘usi yoki sosial vaziyatlardagi buzilishlar (masalan: noma‘lum odamlar bilan gaplashish, odamlar guruxi oldida so‘zga chiqish, begonalar oldida ovqat qabul qilish yoki o‘zining hatti-harakatidan bezovtalik va uyalish) bilan xarakterlanuvchi kasallikdir.

Davolovchi shifokoringiz, Sizning kasalligingizni davolash uchun bu dori vositasi to‘g‘ri keladi deb qaror qilgan.

Stimuloton® preparatini buyurilishiga nisbatan gumonlar paydo bo‘lgan xolda shifokor bilan maslahatlashishi kerak.

 

  1. Stimuloton® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak

Stimuloton® tabletkalarini qabul qilmang

  • Agar Sizda sertralinga yoki 8 bo‘limda keltirilgan yordamchi moddalardan birontasiga allergiya bo‘lsa;
  • Agar Siz monoaminooksidaza ingibitorlari bo‘lgan (seleginin, moklobemid kabi MAOI) dori vositalari yoki MAOI ga o‘xshash (masalan, linezolid) dori preparatlarini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz. Agar Siz sertralin bilan davolashni to‘xtatgan bo‘lsangiz, MAOI qabul qilishni oldidan kamida bir xafta kutishingiz kerak. MAOI bilan davolash to‘xtatilganidan keyin sertralinni qabul qilishni boshlashdan oldin kamida 2 hafta vaqt o‘tishi kerak.
  • Agar Siz pimozid (psixozlar kabi ruhiy kasalliklarni davolash uchun dori vositasi) deb nomlanuvchi dori vositasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz.

Tibbiyotda qo‘llanganidagi ehtiyotkorlik choralari

Hamma ham va xamma hollarda xam dori preparatlarini qabul qilaolmasliklari mumkin

Stimuloton® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslaxatlashing.

Agar Sizda quyida sanab o‘tilgan xolatlardan birontasi bo‘lsa, Stimuloton® tabletkalarini qabul qilishni boshlashdan oldin albatta davolovchi shifokoringizga xabar bering:

  • Serotoninli sindrom yoki xavfli neyroleptik sindrom (XNS). Kam xollarda bu sindromlar sertralin bilan bir vaqtda ma‘lum dori vositalari qabul qilishda paydo bo‘lishi mumkin (Simptomlar 4 bo‘limda “Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari” keltirilgan). Davolovchi shifokoringiz, Siz ilgari bunday kasalliklar bilan kasallanganligingizni aytishi kerak.
  • Agar Sizda qonda natriyning darajasi past bo‘lsa, chunki bu Stimuloton preparatini qabul qilish natijasida yuz berishi mumkin. Shuningdek gipertoniyani davolash uchun dori preparatlarni qabul qilish haqida shifokorni ogohlantirish kerak, chunki bunday dori vositalari qonda nairiy darajasini o‘zgartirishi mumkin.
  • Keksa yoshli (65 yoshdan katta) pasientlarda alohida ehtiyotkorlik ko‘rsatish kerak, chunki qonda natriy darajasini pasayishini xavfi bor (yuqoriga qarang).
  • Jigar kasalliklari; Davolovchi shifokoringiz Stimuloton® preparatining dozasini pasaytirish xaqida qaror qabul qilishi mumkin.
  • Qandli diabet; Stimuloton® preparatining ta‘siri ostida qondagi glyukozaning darajasi o‘zgarishi mumkin. Ehtimol, diabetga qarshi dori vositalarining dozasini aniqlashtirish kerak bo‘ladi.
  • Tutqanoq yoki o‘tmishdagi xurujlar; Agar Sizda tutqanoq xuruji yuz bersa, bu haqida darhol davolovchi shifokoringizga xabar bering.
  • Agar Sizda maniakal-depressiv kasalliklar (bipolyar buzilishlar) yoki shizofreniya bo‘lsa. Agar Sizda maniakal hurujlar yuz bersa, darhol bu xaqida shifokoringizga xabar bering.
  • Agar Sizda suisidal fikrlar paydo bo‘lsa yoki ilgari paydo bo‘lgan bo‘lsa (quyiga – Suisidal fikrlar va depressiya yoki xavotirli xolatlarga qarang).
  • Agar Sizda qon ivishini buzilishlari bo‘lgan bo‘lsa yoki Siz qon ketishi xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan qonni suyultiruvchi dori vositalarini (masalan, asetilsalisil kislotasi yoki varfarin) qabul qilayotgan bo‘lsangiz.
  • Agar pasient bola yoki 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smir bo‘lsa. Stimuloton® faqat obsessiv-kompulsiv buzilishlari bo‘lgan bolalar va 6 – 17 yoshli o‘smirlarda qo‘llanishi mumkin. Agar Siz bu kasallikdan davolanayotgan bo‘lsangiz, shifokoringiz Sizning holatingizni sinchiklab nazorat qiladi (quyiga “Preparatni bolalar va o‘smirlarda qo‘llash” ga qarang).
  • Agar Sizga elektrotirishishli davolash (ETD) buyurilgan bo‘lsa.
  • Agar Sizda ko‘z kasalliklari bo‘lsa, glaukomaning (ko‘z ichki bosimini oshishi) ayrim turlari.
  • Sertralin qabul qilayotgan pasientlarda benzodiazepinlarni (tinchlantiruvchi preparatlar) aniqlash uchun immunotestlarni ishlatish bilan siydikni skriningli testlari sohta musbat natija berishi mumkin.

Bezovtalik/Akatiziya

Sertralinni qo‘llash akatiziya (qo‘zg‘algan holat va harakatni zarurligi, bir joyda o‘tiraolmaslik yoki turaolmaslik) rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday xolat ko‘proq davolashni birinchi bir necha xaftalari davomida paydo bo‘ladi. Dozani oshirish bunday simptomlari bo‘lgan pasientlarga noxush ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun shunga o‘xshash simptomlar paydo bo‘lganida davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.

Bekor qilish reaksiyasi

Bekor qilish reaksiyasi ko‘proq davolash to‘htatilganida paydo bo‘ladi, ayniqsa, agar davolash birdan to‘xtatilgan bo‘lsa (3 bo‘limga “Agar Siz Stimuloton® tabletkalarini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz” va 4 bo‘limga “Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari” ga qarang). Bekor qilish simptomlarini paydo bo‘lish xavfi davolash davomiyligi, dozalash va dozani pasaytirish tezligiga bog‘liq. Ko‘pchilik hollarda bunday simptomlar yuqori bo‘lmagan yoki o‘rtacha og‘irlik darajasiga ega bo‘ladi. Lekin, ular ayrim pasientlarda o‘ta og‘ir bo‘lishi mumkin. Odatda ular davolash to‘xtatilganidan keyin birinchi kunlar davomida paydo bo‘ladi. Ko‘pincha bunday simptomlar o‘z-o‘zidan yo‘qoladi yoki 2 xaftadan keyin o‘tib ketadi. Ayrim pasientlarda ular ko‘proq (2-3 oylar va ko‘proq) davom etishi mumkin. Sertralin bilan davolash tugatilganida dozani, pasientning xolatiga qarab, asta-sekin bir necha xaftalar yoki oylar davomida pasaytirish kerak. Doimo preparatni optimal bekor qilish usuli bo‘yicha shifokoringiz bilan maslaxatlashing!

Suisidal fikrlar va depressiya yoki xavotirli xolatni yomonlashishi

Agar Sizda depressiya va/yoki xavotirli holat bo‘lsa, Sizda o‘zingizga jismoniy zarar yetkazish yoki o‘z-o‘zini o‘ldirish fikri paydo bo‘lishi mumkin. Bunday xolat antidepressantlarni qabul qilishni boshlang‘ich bosqichida kuchayishi mumkin, chunki bunday dori vositalari birdan emas, odatda ikki xafta, ba‘zida esa ko‘proq vaqtdan keyin ta‘sir qilishni boshlaydi.

Bunday fikrlar paydo bo‘lishini ehtimoli quyidagi holatda yuqori:

  • Agar Siz ilgari o‘zingizga zarar yetkazish yoki o‘z-o‘zini o‘ldirish xaqida o‘ylagan bo‘lsangiz.
  • Agar Siz katta yoshli odam bo‘lsangiz. Klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari, ruhiy buzilishlari bo‘lgan, antidepressantlarni qabul qilgan 25 yoshgacha bo‘lgan yosh odamlar, suisidal hatti-harakatning rivojlanishini yuqori xavf guruhiga kirishini ko‘rsatadi.

Agar Sizda har qanday vaqtda o‘zingizga zarar yetkazish yoki o‘z-o‘zini o‘ldirish fikri paydo bo‘lsa, darxol bu xaqida davolovchi shifokoringizga xabar bering yoki shifoxonaga murojaat qiling.

Ehtimol, o‘zingizni qarindoshlaringizga yoki yaqin do‘stlaringizga, Sizdagi depressiya yoki xavotirli xolat xaqida gapirib berishingiz va ularni ushbu ilova-varaqani o‘qib chiqishni so‘rasangiz foydali bo‘ladi. Ehtimol, agar ularning fikri bo‘yicha, Sizning depressiya yoki xavotirli holatingizni yomonlashayotgani yoki agar Sizning hatti-harakatlaringizdagi o‘zgarishlardan ular bezovta bo‘layotganlari haqida ularni Sizga xabar berishlarini so‘rashingiz kerak.

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar

Odatda sertralin bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni davolash uchun, obsessiv-kompulsiv buzilishlari bo‘lgan pasientlardan tashqari ishlatilmaydi. 18 yoshdan kichik pasientlar tomonidan ushbu sinf preparatlarini qabul qilish, suisidga urinish, suisidal fikrlar va dushmanlik (asosan tajovvuzkorlik, oppozision hatti-harakat va g‘azab) kabi noxush samaralar xavfini oshishi mumkinligi bilan bog‘liq. Shunga qaramasdan, agar shifokor bu pasientga foyda beradi deb xisoblasa, Stimuloton®ni 18 yoshdan kichik pasientlarga buyurishi mumkin. Agar shifokor Stimuloton®ni 18 yoshdan kichik pasientga buyurgan bo‘lsa va Siz buni muhokama qilishni xoxlasangiz, maslaxat uchun shifokorga murojaat qiling. Bundan tashqari, Siz Simuloton® qabul qilayotgan , 18 yoshdan kichik pasientda yuqorida sanab o‘tilgan simptomlardan birontasi paydo bo‘lganida yoki kuchayganida shifokorga xabar berishingiz kerak. Sertralinni davomli qo‘llashni bolalar va o‘smirlarning o‘sishi, yetilishi, talim olishi (kognitiv faoliyatlar) va hulqiga nisbatan xavfsizligi masalalari hali o‘rganilmagan.

Boshqa dori vositalari va Stimuloton® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati

Shifokroingizga yoki farmasevtga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan, har qanday dori vositalari shu jumladan reseptsiz beriladigan preparatlar, xaqida xabar bering.

Ayrim dori vositalari Stimuloton® preparatining samarasiga ta‘sir qilishi mumkin yoki Stimuloton® bir vaqtda qabul qilinganida boshqa dori vositalarining samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Stimuloton preparati va quyidagi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish jiddiy nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin

  • Moklobemid (depressiyani davolash uchun) va selegilin (Parkinson kasalligini davoldash uchun) kabi monoaminooksidaza ingibitorlari (MAOI) bo‘lgan dori vositalari, shuningdek linezolid antibiotigi. Stimuloton®ni MAOI bilan birga qabul qilish mumkin emas.
  • Ruhiy kasalliklarni davolash uchun dori vositalari (pimozid). Stimuloton®ni pimozid bilan birga qabul qilish mumkin emas.

Quyidagi dori vositalarini qabul qilish xaqida shifokorga xabar berish kerak:

  • Dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi o‘simlik xom ashyosi asosidagi dori vositalari. Dalachoyning ta‘siri 1-2 xafta davom etishi mumkin. Bunday xolda shifokor bilan maslaxatlashish kerak;
  • Triptofan aminokislotasini saqlovchi preparatlar;
  • Kuchli og‘riqqa qarshi preparatlar (masalan, tramadol);
  • Umumiy anesteziya yoki surunkali og‘riqni davolash uchun dori vositalari (fentanil);
  • Migrenga qarshi dori vositalari (masalan, sumatriptan);
  • Qonni suyultiruvchi dori vositalari (varfarin);
  • Ibuprofen, asetilsalisil kislotasi kabi og‘riq/artritga qarshi dori vositalari (nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar);
  • Qon laxtalarini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi dori vositalari (tiklopidin);
  • Sedativ vositalar (diazepam);
  • Diuretiklar;
  • Tutqanoqni davolash uchun dori vositalari (fenitoin, karbamazepin, fenobarbital);
  • Diabetni davolash uchun dori vositalari (tolbutamid);
  • Me‘dada kislota sekresiyasini pasaytiruvchi va yarani davolash uchun dori vositalari (simetidin, omeprazol, lanzoprozol, pantoprazol, rabeprazol);
  • Maniakal buzilishlar va depressiyani davolash uchun dori vositalari (litiy);
  • Depressiyani davolash uchun boshqa dori vositalari (amitriptilin, nortriptilin, fluoksetin, fluvoksamin, nefazadon);
  • Shizofreniya va boshqa ruhiy kasalliklarni davolash uchun dori vositalari (perfenazin, levomepromazin va olanzepin kabi);
  • Infeksion kasalliklarni davolash uchun dori vositalari (eritromisin, klaritromisin, telitromisin, rifampisin kabi antibiotiklar, flukonazol, ketokonazol, itrakonazol, pozakonazol, vorikonazol kabi zamburug‘larga qarshi preparatlar, shuningdek proteaza ingibitorlari);
  • Yurak qisqarishlari tez-tezligini boshqarish va yurak ritmini normallashtirish uchun dori vositalari.

Stimuloton® tabletkalarini ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish

Stimuloton® tabletkalarni ovqat bilan yoki ovqat qabul qilishdan qatiy nazar qabul qilish mumkin. Stimuloton® bilan davolanish vaqtida alkogolni istemol qilish tavsiya etilmaydi. Sertralinni greypfrut sharbati bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, chunki greypfrut sharbati Sizning organizmingizda sertralinning darajasini oshirishi mumkin.

Fertillik, homiladorlik va emizish davri

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz, yoki bolaga ega bo‘lishni rejalashtirsangiz, bu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu xaqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Homiladorlik

Homilador ayollarda sertralin qabul qilishni xavfsizligi to‘liq aniqlanmagan. Homilador ayollarga Stimuloton® faqat agar shifokor preparatni qo‘llashdan ona uchun foyda, homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori deb xisoblagan xollardagina qo‘llash mumkin. Reproduktiv yoshdagi ayollar sertralin qabul qilishda kontrasepsiyaning muvofiq usulini ishlatishlari kerak.

Stimuloton® preparati bilan davolanayotganingiz xaqida akusherka va/yoki shifokoringiz xabardorligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Xomiladorlik vaqtida, ayniqsa oxirgi uch oyligi davomida qabul qilishda, Stimuloton® kabi dori vositalari xomilaning og‘ir kasalligi rivojlanish xavfini oshirishi mumkin, xususan bolaning nafasini tezlashishi va terini ko‘karishiga olib keluvchi yangi tug‘ilgan chaqaloqning turg‘un o‘pka gipertenziyasiga (YaTCHTO‘G) olib kelishi mumkin. Bu simptomlar odatda bola tug‘ilganidan keyingi birinchi sutkalar davomida namoyon bo‘ladi. Agar Sizning bolangizda shunday simptomlar paydo bo‘lsa, darhol akusherka yoki shifokor bilan bog‘lanish kerak.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ilgandan keyingi birinchi sutkada boshqa holatlar ham rivojlanishi mumkin. Bu simptomlarga quyidagilar kiradi:

  • nafasni buzilishi
  • teri qoplamalarini ko‘karishi, terini juda issiqligi yoki juda sovuqligi
  • lablarni ko‘karishi
  • qusish yoki ovqatlanishdagi o‘zgarishlar
  • yaqqol charchoqlilik, uyquni buzilishi yoki ko‘p yig‘lash
  • rigid yoki bo‘shashgan mushaklar
  • qaltirash, bezovtalik, tirishishlar
  • jonli reflekslar
  • qo‘zg‘aluvchanlik
  • qonda qandning darajasini pasayishi

Agar bola tug‘ilganidan keyin keltirilgan simptomlardan birontasi rivojlansa yoki agar Sizda Sizning bolangizni sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lgan savollar paydo bo‘lsa, maslahat uchun davolovchi shifokoringizga yoki akusherkaga murojaat qiling.

Emizish

Sertralinni ko‘krak sutiga chiqarilishi isbotlangan. Stimuloton® emizuvchi ayollarga faqat agar ona uchun kutilayotgan foyda, bolaga ta‘siri xavfidan yuqori bo‘lgan xollardagina buyurilishi mumkin.

Fertillik

Hayvonlardagi eksperimentlarning ma‘lumotlari bo‘yicha, sertralin turidagi ayrim preparatlar sperma sifatiga noxush samara ko‘rsatishlari mumkin.

Nazariy jihatdan bu fertillikka ta‘sir qilishi mumkin, lekin odamdagi fertillikka samarasi hozirgi vaqtgacha aniqlanmagan.

 

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Sertralin kabi markaziy nerv tizimiga ta‘sir qiluvchi dori preparatlari transport vositalarini haydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin. Shuning uchun davolanish vaqtida ushbu dori vositasi bunday harakatlarni bajarishga qanday ta‘sir qilishi aniqlanmagunicha, transport vositalari va mexanizmlarni boshqarmaslik kerak.

  1. Stimuloton® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatni qanday qabul qilish kerak

Stimuloton®ni doimo davolovchi shifokoringizning ko‘rsatmalariga aniq rioya qilib qabul qiling. Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa shifokorga murojaat qiling.

Dozalash tartibi

Odatda tavsiya etiladigan doza quyidagilarni tashkil qiladi:

Kattalar:

Depressiya va obsessiv-kompulsiv buzilishlar (OKB)

Depressiya va OKB odatdagi samarali doza kuniga 50 mg ni tashkil qiladi. Xar kungi doza kamida bir xaftalik intervallar bilan bir necha xafta davomida 50 mg ga oshirishilish mumkin. Maksimal tavsiya etiladigan doza kuniga 200 mg ni tashkil qiladi.

Sarosimali buzilishlar, sosial xavotirlik xolatlari va posttravmatik stressli buzilishlar

Sarosimali buzilishlar, sosial xavotirlik xolatlari va posttravmatik stressli buzilishlarni davolashda kuniga 25 mg dozadan boshlash va bir xafta o‘tgach uni kuniga
50 mg gacha oshirish kerak. Keyinchalik xar kungi doza bir necha xafta davomida 50 mg ga oshirilishi mumkin. Maksimal tavsiya etiladigan doza kuniga 200 mg ni tashkil qiladi.

Bolalar va o‘smirlar

Stimuloton® faqat obsessiv-kompulsiv buzilishlari bo‘lgan bolalar va 6-17 yoshli o‘smirlarni davolash uchun qo‘llanishi kerak.

Obsessiv-kompulsiv buzilishlar

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: tavsiya etilgan boshlang‘ich doza kuniga 25 mg ni tash kil qiladi. Bir xafta o‘tgach shifokoringiz dozani kuniga 50 mg gacha oshirishi mumkin. Maksimal doza kuniga 200 mg ni tashkil qiladi.

13 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar: tavsiya etilgan boshlang‘ich doza kuniga 50 mg ni tashkil qiladi. Maksimal doza kuniga 200 mg ni tashkil qiladi.

Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar yoki buyrak kasalliklari bo‘lganida bu xaqida shifokorga xabar berish va uning ko‘rsatmalariga rioya qilish kerak.

Shifokoringiz bu dori vositasini qancha muddat qabul qilish kerakligi haqida  xabar beradi. Bu kasallikning tabiati va davolashga javob reaksiyasiga bog‘liq. Bu klinik simptomlar yaxshilana boshlashigacha bir necha xaftalarni olishi mumkin.

Qo‘llash usuli

Stimuloton® tabletkalarini ovqat qabul qilishdan qatiy nazar qabul qilish mumkin.

Dori vositasini kuniga bir marta ertalab yoki kechqurun qabul qiling.

Riska yordamida tabletkalarni ikki bir xil dozaga bo‘lish mumkin.

 

Agar Siz buyurilganidan ko‘proq Stimuloton® tabletkalarini qabul qilgan bo‘lsangiz

Agar Siz tasodifan Stimuloton® tabletkalarining oshiqcha miqdorini qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol bu xaqida shifokorga xabar bering yoki yaqindagi tez yordam bo‘limiga murojaat qiling. Doimo dori vositasini original o‘ramini, u to‘la yoki bo‘sh bo‘lishidan qatiy nazar, o‘zingiz bilan birga olib yuring.

Doza oshirib yuborilishini simptomlari: uyquchanlik, ko‘ngil aynishi va qusish, taxikardiya, qaltirash, xavotirlik, bosh aylanishi va kam xollarda xushni yo‘qotish.

Agar Siz Stimuloton® tabletkalarini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Agar Siz tabletkani qabul qilishni uniutgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan dozani navbatdagi doza bilan birga qabul qilish mumkin emas. Faqat navbatdagi dozani kerakli vaqtida qabul qiling.

O‘tkazib yuborilgan dozalar o‘rnini to‘ldirish uchun ikkilangan dozani qabul qilmang, chunki Siz o‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldiraolmaysiz, lekin dozani oshirib yuborilishi xavfini oshirishingiz mumkin.

Agar Siz Stimuloton® tabletkalarini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Shifokordan muvofiq ko‘rsatmalar olmaguncha, Stimuloton® tabletkalarini qabul qilishni to‘xtatish mumkin emas. Siz dori vositasini qabul qilishni to‘xtatishingiz oldidan, shifokoringiz bir nech xafta davomida Stimuloton® preparatining dozasini asta-sekin pasaytiradi. Bu dori vositasini qabul qilish birdan to‘xtatilgan xolda nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkin, masalan, bosh aylanishi, uvishishi, uyquni buzilishi, qo‘zg‘alish yoki xavotirlik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish va qaltirash. Stimuloton® preparatini bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan shunday nojo‘ya samaralari yoki har qanday boshqa nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lgan holda, shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Ushbu dori vositasini qabul qilish bo‘yicha biron-bir qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslaxatlashing.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari

Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, lekin ular hamma pasientlarda xam paydo bo‘lavermaydi.

Ko‘ngil aynishi eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya samarasidir. Nojo‘ya samaralar dozalashga bog‘liq va ko‘pincha uzluksiz davolashda yo‘qolib ketadi.

Kechiktirmasdan shifokorga xabar bering:

Ushbu dori vositasini qabul qilgandan keyin quyidagi simptomlardan birontasi paydo bo‘lganida; bu simptomlar jiddiy bo‘lishi mumkin

  • Agar Sizda po‘rsildoqlar hosil bo‘lishi bilan teri toshmasi paydo bo‘lsa, u og‘iz va tilni shikastlashi mumkin (ko‘p shaklli eritema). Bu Stivens-Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz (TEN) sifatida ma‘lum bo‘lgan kasallik simptomi bo‘lishi mumkin. Bunday xolda shifokoringiz davolashni bekor qilishi kerak.
  • Qichishuvchi teri toshmasi, nafasni qiyinlashishi, xushtaksimon nafas, qovoqlar, yuz yoki lablarning shishi kabi simptomlarni o‘z ichiga olgan allergik reaksiya yoki allergiya.
  • Agar Sizda xavotirlik hissi paydo bo‘lsa, ongni chalkashishi, diareya, yuqori xarorat va arterial bosimni oshishi, haddan ziyod terlash, mushaklar rigidligi va yurak urishini tezlashishi kuzatilsa. Bu serotonin sindromini yoki xavfli neyroleptik sindromining simptomlaridir. Kam xollarda bu sindrom sertralin bilan ma‘lum dori vositalari bir vaqtda qabul qilinganida paydo bo‘lishi mumkin. Ehtimol, shifokoringiz davolashni to‘xtatishni qaror qilar.
  • Agar Sizda teri va ko‘zlarni oqi sarg‘aysa, bu jigarni shikastlanishiga ishora qilishi mumkin.
  • Agar Sizda depressiya simptomlari, o‘zingizga zarar yetkazish fikri yoki suisidal fikrlar paydo bo‘lsa.
  • Agar Sizda bezovtalik hissi paydo bo‘lsa, Sertralin preparatini qabul qilishni boshlagandan keyin Siz bir joyda o‘tiraolmasangiz yoki turaolmasangiz. Agar Sizda bezovtalik xis qilsangiz, shifokorga xabar bering.

Klinik sinovlar vaqtida kattalarda quyidagi nojo‘ya samaralar kuzatilgan:

Juda tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralari (10 pasientlardan 1 dan ko‘prog‘ida paydo bo‘ladi):

Uyqusizlik, bosh aylanishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, diareya, ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, eyakulyasiyani buzilishi, charchoqlik.

Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralari (100 pasientlardan 1 dan 10 tasigachada paydo bo‘ladi):

Tomoq og‘rig‘i, ishtaxani yo‘qligi, ishtaxani yuqoriligi, depressiya, odatlanmagan hissiyotlar, tungi dahshatlar, xavotirlik, bezovtalik, qo‘zg‘aluvchanlik, past seksual qiziqish, tishlarni g‘ichirlatish, uvishish va sanchilish tuyg‘usi, qaltirash, mushaklarni kuchlanishi, anomal ta‘m, e‘tiborni yo‘qotish, ko‘rishni buzilishi, quloqlarda jaranglash, yurakni kuchli urishi, oqib kelishlar, esnash, qorin og‘rig‘i, qusish, qabziyat, me‘da tomonidan buzilish, ichakda gazlar, toshma, ko‘p terlash, mushaklarda og‘riq, seksual disfunksiya, erektil disfunksiya, ko‘krakda og‘riq.

Tez-tez bo‘lmagan nojo‘ya samaralari (1000 pasientlardan 1 dan 10 tasigachada paydo bo‘ladi):

Nafas yo‘llarining infeksiyalari, tumov, gallyusinasiyalar, normal bo‘lmagan  yuqori kayfiyat, beparvolik, fikrlashni buzilishi, konvulsiyalar, mushaklarni ixtiyorsiz qisqarishi, harakat koordinasiyasini buzilishi, oshiqcha harakatchanlik, xotirani buzilishi, taktil sezuvchanlikni pasayishi, nutqni buzilishi, turganda bosh aylanishi, migren, quloqlarda og‘riq, yurak qisqarishlari tez-tezligini oshishi, yuqori arterial bosim, oqib kelishlar, nafasni qiyinlashishi, xushtaksimon nafas bo‘lishi mumkin, hansirash, burundan qon ketishi, qizilo‘ngach bilan muammolar, yutishni qiyinlashishi, gemorroy, ko‘p so‘lak ajralishi, til kasalliklari, kekirish, ko‘zlarni shishi, to‘q-qizil dog‘lar (nuqtalar ko‘rinishida), sochlarni to‘kilishi, sovuq ter, terini quruqligi, eshakemi, osteoartrit, mushaklarda kuchsizlik, belda og‘riqlar, mushaklarni tortilishi, tunda tez-tez siyish, siyaolmaslik, siyishni ko‘payishi, siyish tez-tezligini oshishi, siyish bilan muammolar, siydikning miqdorini oshishi, qindan qon ketishi, ayollar jinsiy disfunksiyasi, o‘zini yomon his qilish, etni uvishishi, isitma, holsizlik, chanqoqlik, tana vaznini pasayishi, tana vaznini oshishi.

Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralari (10000 pasienlardan 1 dan 10 tasigachada paydo bo‘ladi):

Ichakni yallig‘lanishi, o‘rta quloq infeksiyasi, xavfli o‘smalar, limfa tugunlarini shishi, holesterinni yuqori darajasi, qonda qandning darajasini pasayishi, stresslar yoki emosiyalar chaqirgan jismoniy simptomlar, doriga qaramlik, ruxiy buzilishlar, agressiya, paranoya (taqib qilish bosinqirashi), suisidal fikrlar, lunatizm, muddatidan oldingi eyakulyasiya, koma, anomal harakatlar, harakatni qiyinlashishi, yuqori taktil sezuvchanlik, sezuvchanlikni buzilishi, glaukoma, ko‘z yoshi oqishini buzilishi, ko‘rish maydonida dog‘lar, ko‘zlarda ikkilanish, ko‘zlarni yorug‘likka sezuvchanligi, ko‘zlarga qon quyilishi, qorachiqlarni kengayishi, yurak xuruji, yurak urishini sekinlashishi, yurakning boshqa kasalliklari, qo‘l-oyoqlarda qon aylanishini yomonlashishi, halqum spazmi, nafasni sekinlashishi, nafasni tezlashishi, nutq tovushlari hosil bo‘lishini buzilishi, axlatda qon, og‘iz bo‘shlig‘ini yallig‘lanishi, tilda jaroxatlarni paydo bo‘lishi, tishlarning kasalliklari, tilning kasalliklari, jigar faoliyatini buzilishi, po‘rsildoqlar hosil bo‘lishi bilan terining kasalliklari, soch ildizlarini yallig‘lanishi, sochlarning strukturasini o‘zgarishi, terining xidini o‘zgarishi, kaftlarning qizarishi, siyishni pasayishi, siydikni tutib turaolmaslik, siyishni boshlanishini qiyinlashishi, haddan ziyod qindan qon ketishi, qinni quruqligi, jinsiy olatda va uning boshida og‘riqli qizarish,  qindan ajralmalar, davomli, og‘riqli ereksiya, sut bezlaridan ajralmalar, churra, dori vositalariga torelantlikni pasayishi, yurishda qiyinchiliklar, laboratoriya tekshirishlarini anomal natijalari, urug‘ suyuqligida o‘zgarishlar, qon tomirlarni shikastlanishi, kengayishi.

Davolash vaqtida, shuningdek bevosita sertralin bekor qilinganidan keyin suisidal fikrlar va suisidal hatti-harakatni rivojlanish xollari kuzatilgan (2 bo‘limga qarang).

Stimuloton® preparatini postmarketing tekshirishda quyidagi nojo‘ya samaralar aniqlangan:

Oq qon tanachalarining darajasini pasayishi, qon plastinkalarining darajasini pasayishi, qalqonsimon bezi gormonlari darajasini pasayishi, endokrin tizimini buzilishi, qonda natriyning darajasini pasayishi, qonda qandning darajasini boshqarilishini buzilishi, qonda qandning darajasini oshishi, dahshatli tush ko‘rishlar, suisidal hatti-harakat, mushak xarakatlarini buzilishi (haddan ziyod harakatchanlik, kuchlangan mushaklar, yurishda qiyinchiliklar, xushdan ketishlar, to‘satdan, og‘ir bosh og‘riqlari (bu qaytuvchan serebral vazokonstriktorli sindrom sifatida ma‘lum bo‘lgan og‘ir, lekin qaytuvchan belgi bo‘lishi mumkin), qorachiqlarning o‘lchamlarida farq, qon ketishi (burundan qon ketishi, me‘dadan qon ketishi yoki siydikda qon), o‘pka kasalliklari (interstisial), pankreatit, jigar faoliyatini jiddiy buzilishlari, teri va skleralarni sarg‘ayishi (sariqlik), terini shishi, quyoshga teri reaksiyasi, qichishish, bo‘g‘imlarda og‘riq, mushak tirishishlari, sut bezini kattalashishi, hayz ko‘rish siklini buzilishi, oyoqlarni shishi, qonni ivishi bilan muammolar, tungi siydikni tutaolmaslik, jiddiy allergik reaksiyalar.

Ushbu tur dori vositalarini qabul qilgan pasientlarda, suyak sinishlarini yuqori xavfi kuzatilgan.

Bolalar va o‘smirlardagi boshqa nojo‘ya samaralari

Bolalar va o‘smirlar ishtirokidagi klinik tadqiqotlarda umuman olganda kattalardagi kabi nojo‘ya samaralar kuzatilgan (yuqoriga qarang). Bolalar va o‘smirlarda eng ko‘p nojo‘ya samaralari bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, diareya va ko‘ngil aynishi bo‘lgan.

Preparat bekor qilinganida rivojlanishi mumkin bo‘lgan simptomlar

Ushbu preparat to‘satdan bekor qilinganida quyidagi nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishi mumkin: bosh aylanishi, uvishish, uyquni buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlik, xavotirlik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish va qaltirash.

Sertralin qabul qilgan pasientlarda benzadiazepinlarni aniqlash uchun immunotestlarni ishlatish bilan siydikni skriningli testlari soxta-musbat natijalar berishi mumkinligi xaqida xabarlar bor.

Nojo‘ya samaralari xaqida xabar berib, Siz bu preparatni xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha ma‘lumot olishga yordam berasiz.

  1. Stimuloton® qobiq bilan qoplangan preparatini qanday saqlash kerak

15-25oS xaroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Stimuloton® qobiq bilan qoplangan preparatini sifatini yomonlashishini aniq belgilari (masalan, rangini o‘zgarishi) belgilari paydo bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.

 

  1. Yaroqlilik muddati

Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin!

Yaroqlilik muddatining o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldin olishga yordam beradi.

  1. Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

Stimuloton® tabletkalari nima saqlaydi

Ta‘sir etuvchi modda: xar bir qobiq bilan qoplangan tabletka 50 mg yoki 100 mg sertralin (muvofiq 55,95 mg va 111,90 mg sertralin gidroxloridi ko‘rinishida) saqlaydi.

Yordamchi moddalar: magniy stearati, gidroksipropilsellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, kalsiy gidrofosfat digidrati, mikrokristall sellyuloza, makrogol 6000, titan dioksidi, gipromelloza.

Tashqi ko‘rinishi:

Stimuloton® tabletkalari 50 mg: oq yoki deyarli oq, ikki tomonlama qavariq, oval shaklli,  hidsiz, bir tomonida “Ye 271” gravirovkali va boshqa tomonida riskali qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Riska yordamida tabletkani teng ikkita dozaga bo‘lish mumkin.

Stimuloton® tabletkalari 100 mg: oq yoki deyarli oq, ikki tomonlama qavariq, oval shakilli,  hidsiz, bir tomonida “Ye 272” gravirovkali va boshqa tomonida riskali qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Riska yordamida tabletkani teng ikkita dozaga bo‘lish mumkin.

O‘rami:

Stimuloton® tabletkalari 50 mg: 10 qobiq bilan qoplangan tabletkadan blisterda. 1, 2 yoki 3 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Stimuloton® tabletkalari 100 mg: 14 qobiq bilan qoplangan tabletkadan blisterda. 1 yoki 2 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

STIMULOTON tabletkalari 50mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
STIMULOTON tabletkalari 50mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
STIMULOTON tabletkalari 50mg N10 dori vositasi Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
STIMULOTON tabletkalari 50mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
STIMULOTON tabletkalari 50mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
STIMULOTON tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Сертралин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
Narh: 106 500 so'mdan Batafsil
STIMULOTON tabletkalari 50mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Сертралин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
ASENTRA tabletkalari 100mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Сертралин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
ASENTRA tabletkalari 50mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Сертралин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
MISOL 100 tabletkalari 100mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Сертралин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
STIMULOTON tabletkalari 100mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Сертралин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
Narh: 170 000 so'mdan Batafsil
ASENTRA 0,05 tabletkalari N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Сертралин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALOTENDIN tabletkalari 5mg/5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
Narh: 81 000 so'mdan Batafsil
ALOTENDIN tabletkalari 5mg/10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
Narh: 69 000 so'mdan Batafsil
STIMULOTON tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Сертралин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
Narh: 106 500 so'mdan Batafsil
EGOLANZA tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Olanzapin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
Narh: 135 000 so'mdan Batafsil
EGOLANZA tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Olanzapin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
Narh: 85 500 so'mdan Batafsil
XARTIL tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Ramipril ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
ALOTENDIN tabletkalari 10mg/5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
STIMULOTON tabletkalari 50mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Сертралин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
GALIDOR tabletkalari 100mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Bensiklan ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
TOPEPSIL tabletkalari 25mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
TOPEPSIL tabletkalari 100mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
ROZULIP PLYUS kapsulalar 5mg/10mg N30
TORVAZIN tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
TORVAZIN tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
TORVAZIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО
TOPEPSIL tabletkalari 50mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
LODIGREL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
LODIGREL tabletkalari 75mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9