×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

STOMORAD sprey 20 ml

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
гвоздичное масло, жидкий экстракт ромашки, опунции индейской цветки, экстракты шелковицы черной, экстракт алоэ вера
Ishlab chiqaruvchi:
- “Tocura Ilac San. ve Tic. A.S.”
Vakil:
- Synergy Pharmco MChJ
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 183 ta dorixonasida topildi

ico 92 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 94 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

SAMBOVIN tabletkalari N30 «PRIMEA LIMITED» Buyuk Britaniya
168 000 s`om dan
AKVALOR GORLO sprey 125ml Нижфарм-Stada CIS Rossiya Federatsiyasi
98 000 s`om dan
DR. FLU tabletkalari 600mg N20 HIMONT Laboratories (PVT) LTD Pokiston
KRETAMIN tabletkalari N30 «GRICAR CHEMICAL S.r.l.» Turkiya
153 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Mahalliy qo'llash uchun sprey 20 ml to'q rangli shisha flakonda, purkagich bilan qutiga joylashtirilgan.

Aloе vera ekstrakti yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega, shilliq pardalarning tiklanishini kuchaytiradi. Aloy tarkibidagi polisaxaridlar immun tizimining tabiiy faolligini rag'batlantiradi. Organik birikmalar hisobiga aloy shilliq qavatlarning yallig'lanishiga olib keladigan bakteriyalarning hayot faoliyatini bloklab qo'yishga qodir.

Moychechak ekstrakti yallig'lanishga qarshi, antiseptik, mikroblагga qarsh, regenerativ ta'sirga ega, allergik reaktsiyalarni kamaytiradi. U tish milkidagi yallig'lanishni yo'qotadi, qon ketishini kamaytiradi, tiklanish jarayonlarning sifatini oshiradi, og'izdan chiqadigan yoqimsiz hid bilan kurashishga yordam beradi. Xamazulen, bisabolol va antioksidant tarkibiy qismlar borligi tufayli, moychechak ekstrakti yanada sezilarli yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi.

Opuntsiya ekstrakti - kaktuslar oilasiga mansub o'simlik, yallig'lanishga qarshi, tiklovchi, mikroblarga qarshi va zamburug’ga qarshi ta'sirga ega. Tarkibida faol birikmalar mavjud: fitosterollar, ayniqsa b-sitosterol; to’yinmagan yog’ kislotalari (linolin kislotasi 61%, oleyin kislotasi 21,42% va boshqalar); polifenollar. flavonoidlar, karotenoidlar, xlorofill, E vitamini va γ-tokoferol.

Antioksidant ta'sir ko'rsatadi, neovaskulyarizasiyani rag'batlantiradi, Ⅰ, II va III turdagi kollagen va elastin, proteoglikan va gialuronan sinteziga va hujayra membranalarini shakillanishiga yordam beradi. Opunsiya urug'i ekstrakti moyidan mahalliy foydalanish himoyaviy lipid qatlamini tiklashga yordam beradi, shu bilan hujayralar yaxlitligini yaxshilaydi va tiklanish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi.

Opunsiya faol tarkibiy qismlari, ayniqsa, davolanishning dastlabki bosqichlarida o'z ta'sirini ko'rsatadi va jaroxatni tez bitishini ta’minlaydi va opunsiya yog'ini ishlatmagan guruhga nisbatan taxminan bir hafta vaqtni tejaydi. Qalampirmunchoq moyi antiseptik, yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiruvchi, dezinfektsiyalovchi, antibakterial va og'riq qoldiruvchi ta'sirga ega. Qalampirmunchoq moyi tarkibida 70 dan 90% gacha evgenol bor – huddi shu xushbo'y modda bu yog'ning turli xil terapevtik ta'sir doirasini belgilaydi: u antiseptik va viruslarga qarshi xususiyatlarga ega.

Qalampirmunchoq moyi – bu kuchli og'riq qoldiruvchi ta'sirga ega bo'lgan tabiiy antiseptik bo'lib, u to'qimalarga tez kirib, og'riq hissini kamaytiradi. Tarkibiga kiruvchi geptanol va evgenol faol mikroblarga qarshi ta'sirga ega. O'zining yuqori bakteya va viruslarga qarshi faolligi tufayli u epidemiya paytida gripp va O'RVI ni oldini olishda antiseptik sifatida ishlatiladi. Qalampirmunchoq moyi ko'pgina patogen mikroorganizmlarga qarshi ta'sir ko'rsatadi - qalampirmunchoq moyining bu xususiyati tish shifokorlari tomonidan tish ildizi kanallarini dezinfeksiya qilish uchun qo'llaniladi. Qalampirmunchoq moyi, uning tarkibidagi evgenol tufayli, yallig'langan tishni tinchlantirishga, yallig'lanish rivojlanishini to'xtatishga va chirish jarayonlarni keltirib chiqaradigan bakteriyalarni yo'q qilishga qodir. U og'izni a'lo darajada dezodoratsiya qiladi, turli xil hidlarni, shu jumladan kariyesli tishlardan chiquvchi hidni yo'qotadi, og'iz bo'shlig'i mikroflorasining tarkibini me'yorlashtiradi. og'iz bo'shlig'idagi jarohatlarning bitishiga ko'maklashadi, pulpit va parodontozni bartaraf qiladi, shilliq pardalarni tiklaydi va tish og'rig'ini yengillashtiradi.

Qora tut ekstrakti og'riq qoldiruvchi, yumshatuvchi, antibakterial va burushtiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Tut mevasining antotsianlari va flavonoidlari yallig'lanishga qarshi va antibakterial xususiyatlarga ega. Tomoqdagi og'riq, yallig'lanish va ta'sirlanishni davolash uchun vositadir.

Aloe vera ekstrakti (aloe vera) 1%

moychechak ekstrakti (matricaria recutita) 1%

opuntsiya ekstrakti (opuntia ficus-indica) 1,2%

qalampirmunchoq moyi (eugenia caryophyllata) 0,05%

qora tut ekstrakti (morus nigra) 1%

Yordamchi moddalar: karboksimetil tsellyuloza, natriy benzoati, deminerallashtirilgan suv.

 

Stomorad – o'simlik tarkibiy qismlarining kombinatsiyasiga asoslangan tabiiy mahsulotdir. Stomoraddan foydalanganda tarkibiy qismlar shilliq qavatining me'yoriy fiziologik holatini saqlab qolish va mahalliy immunitetni oshirish uchun mahalliy antiseptik, yallig'lanishga qarshi, dezinfektsiyalovchi, antibakterial, og'riqsizlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Shilliq qavatga surtiladigan dori vositalarning terapevtik samaradorligini oshiradi.

Allergik reaktsiyalar ehtimoli bor. Juda kam hollarda oshqozon og'rig'i, ko'ngil aynishi va bosh og'rig'i bo'lishi mumkin

Burun-halqum va og'iz bo'shlig'ining yallig'lanish jarayonlarini majmuali davolashda qo'shimcha vosita sifatida tavsiya etiladi, shuningdek, diskomfort hissi paydo bo'lganda, og'iz qurishi va kerak bo'lganda, fiziologik funktsiyalarni tiklash bilan birga infektsiyani oldini olish uchun:

- stomatitlar, gingivitlar; paradontitlar;

- tish protezlari va breketlar qo'yilganda milklar og'rishi;

- milklarning travmatik shikastlanishi (shu jumladan, jarrohlik aralashuvlardan so'ng: tishni olish, tish toshlarini olib tashlash va hok.);

- galitoz (og'izdan chiqadigan yoqimsiz hid);

- tishlar sezuvchanligi;

- nafas yo'llarining infektsiyalari (O'RVI va gripp);

- o'tkir va surunkali faringitlar, sinusitlar, tonzillitlar;

- laringitlar.

Komponentlarga yuqori sezuvchanlik.


quruq joyda, asl o'rama idishda +25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati: 3 yil.

Faqat mahalliy qo'llash uchun! Og'iz bo'shlig'i yoki burun yo'llariga purkash.

Ishlatishdan oldin, flakondan himoya qopqog'ini yechib tashlab, flakonni bir necha marta silkitib, purkagichni tayyorlash kerak – purkagich uchini gorizontal holatga o'tkazing. Flakonni vertikal holda ushlab, purkagichni og'iz yoki burun bo'shlig'iga yo'naltiring va dozatorni bosing.

0 yoshdan bo'lgan bolalar uchun: 1 tadan purkash kuniga 1 mahal.

6 yoshdan bo'lgan bolalar uchun: 1-2 tadan purkash kuniga 1-2 mahal.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun: 2-3 tadan purkash kuniga 3-4 mahal.

Og'iz bo'shlig'ini yuvishdan so'ng, 30 daqiqa davomida suv ichishdan va ovqatdan bosh torting. Og'iz bo'shlig'ini yuvish ovqatdan so'ng amalga oshirilishi kerak. Bolalarda kattalar nazorati ostida qo'llanilsin. Davolash kursi va davomiyligini shifokor belgilaydi. Qo'llashning o'rtacha davomiyligi kasallikning davomiyligiga bog'liq va odatda 5-10 kunni tashkil qiladi.

Qo'llanilgandan so'ng, purkagich o'rnatma uchligini iliq qaynatilgan suv bilan yuving, flakonni himoya qopqog'i bilan yoping va xona haroratida bolalar qo'li yetmaydigan joyda quriting.


Homiladorlik va emizish paytida nomaqbul ta'sirlar haqida ma'lumotlar yo'q. Homilador yoki emizuvchii ayollarga preparatni buyurishdan oldin, shifokor uning yo'ldosh orqali va ko'krak sutiga o'tishi to'g'risida yetarli ma'lumot yo'qli-gini hisobga olib, ona uchun davolanishning afzalliklari va homila va bola uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavfni puxta baholashi kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

STOMORAD sprey 20 ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
STOMORAD sprey 20 ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
STOMORAD sprey 20 ml dori vositasi “Tocura Ilac San. ve Tic. A.S.” tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
STOMORAD sprey 20 ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
STOMORAD sprey 20 ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Dolmasto og'iz tomchilari 50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: “Tocura Ilac San. ve Tic. A.S.”
  • Vakil: Synergy Pharmco MChJ
Narh: 108 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9