×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

STREPTOMISIN poroshok 1g N50

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
ATX kodi:
- J01GA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

EKSTUM poroshok 1,5g Shreya Life Sciences PVT. LTD. Hindiston
LEVOFEV 500 tabletkalari 500mg N5 Lincoln Pharmaceuticals Ltd. Hindiston
24 600 s`om dan
AZIREM suspenziya 15ml 200mg/5ml Remedy Group СП OOO O'zbekiston
BISEPTOL tabletkalari 960mg N10 Pharmaceutical Works Polfa in Pabianice Joint Stock Company Polsha
28 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
STREPTOMISIN poroshok 1g N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

Streptomisin

STREPTOMYCINUM

Preparatning savdo nomi: Streptomisin

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): streptomisin

Dori shakli: mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

Bir flakon quyidagilarni saqlaydi:

streptomisin sulfati (streptomisinga qayta hisoblanganda) – 0,5 g va 1,0 g

Ta‘rifi: Oq yoki deyarli oq rangli, hidsiz kukun. Gigroskopik.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik, aminoglikozid.

ATX kodi: [J01GA01

 

Farmakologik xususiyatlari

Keng ta‘sir doirasiga ega aminoglikozidlar guruhiga mansub antibiotik. Nurli zamburug‘lar Streptomyces globisporus yoki boshqa turlarining hayot faoliyati jarayonida hosil bo‘ladi. Past konsentrasiyalarda bakteriostatik ta‘sir ko‘rsatadi: mikrob hujayrasining ichiga kirib, ribosomalarning 30S subbirliklaridagi spesifik reseptor – oqsillar bilan bog‘lanadi, «ribosomaning matrisa RNK + 30S subbirligi» ni inisirlaydigan kompleksini hosil bo‘lishini buzadi, bu poliribosomalarning parchalanishiga olib keladi va, buning oqibati sifatida DNK dan ma‘lumotlarni hisoblashda nuqsonlar paydo bo‘ladi, sifatsiz oqsillar sintezlanadi, bu esa mikrob hujayrasini o‘sishi va rivojlanishini to‘xtashiga olib keladi. Yuqoriroq konsentrasiyalarda bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi (sitoplazmatik membranalarni shikastlab, mikrob hujayrasini nobud qiladi).

Keng ta‘sir doirasiga ega. Mycobacterium tuberculosis, ko‘pchilik grammanfiy bakteriyalar (Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Yersinia spp., Klebsiella spp., Haemophilus inhluenzae, Klebsiella pneumoniae, Nesseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Brucella spp., Francisella tularensis, Yersinia pestis), ayrim grammusbat mikroorganizmlar (Staphylococcus spp.) ga nisbatan faol.

Streptococcus spp. shu jumladan Streptococcus pneumoniae, Enterobacter spp. larga nisbatan o‘rtacha faol.

Penisillin yoki vankomisin bilan majmuada Enterococcus faecalis yoki viridans guruhi Streptococcus tomonidan chaqirilgan endokarditni davolashda samarali.

Kuchsiz kislotali muhitga chidamli, ammo qizdirganda kuchli kislotali va ishqoriy eritmalarda oson parchalanadi.

Bakteriyalarni ikkilamchi chidamliligi tez rivojlanadi.

Streptomisin Spirochaetaceae oilasiga mansub anaerob bakteriyalar, Rickettsia spp., Pseudomonas aeruginosa ga nisbatan faol emas.

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga yuborilganida streptomisin in‘eksiya qilingan joydan tez va to‘liq so‘riladi. Qondagi maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti – 0,5–1,5 soat, 1 g mushak ichiga yuborilganidan keyin qondagi konsentrasiyasi – 25-50 mkg/ml. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 10% dan kam.

Hujayradan tashqari suyuqlikda, abssesslar suyuqligida, plevra suyuqligida, assit, perikardial, sinovial, limfatik va peritoneal suyuqliklarda taqsimlanadi. Buyraklarda, jigarda, o‘pkada yuqori konsentrasiyalari, past konsentrasiyalari – suyak va yog‘ to‘qimalarida hosil bo‘ladi. Taqsimlanish hajmi kattalarda – 0,26 l/kg, bolalarda – 0,2-0,4 l/kg, 1 haftalikdan kam va tana vazni 1500 g dan kichik bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 0,58 l/kg gacha, 1 haftalikdan kam va tana vazni 1500 g dan yuqori bo‘lgan chaqaloqlarda esa – 0,68 l/kg, mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda – 0,3–0,39 l/kg. Shikastlanmagan gematoensefalik to‘siqdan o‘tmaydi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi va ko‘krak sutiga kiradi.

Metabolizmga uchramaydi.

Kattalarda yarim chiqarilish davri (T1/2) – 2–4 soat, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 5–8 soat, kattaroq yoshdagi bolalarda 2,5–4 soat. Yakuniy T1/2 – 100 soatdan ko‘p (hujayra ichki deposidan ajralib chiqishi). Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda T1/2, yetishmovchilik darajasiga qarab – 100 soatgacha o‘zgaradi, mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda – 1–2 soat, kuyishlari va gipertermiyasi bo‘lgan bemorlarda, yuqori klirensi tufayli, o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan qisqaroq bo‘lishi mumkin. Buyrak orqali kalava filtrasiyasi yo‘li bilan (95%) o‘zgarmagan xolda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • turli sohalarda joylashgan tuberkulyoz, shu jumladan tuberkulyoz meningiti (majmuaviy davolash tarkibida);
  • venerik granulema;
  • tulyaremiya, brusellez, o‘lat;
  • bakterial endokardit (faqat benzilpenisillin yoki vankomisin bilan birga);
  • o‘tkir bakterial ichak infeksiyalari, siydik-chiqarish yo‘llarining infeksiyalari (qo‘zg‘atuvchining sezgirligi aniqlanganidan so‘ng) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Mushak ichiga yuboriladi.

Flakon ichidagisini steril in‘eksiya uchun suvda yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki 0,25-0,5% li prokain (Novokain) eritmasida 1 g streptomisinga 4 ml erituvchi hisobidan eritiladi.

Kattalarga: mushak ichiga yuborishda bir martalik doza – 0,5–1 g, sutkalik – 1-2 g. Kattalar uchun streptomisinning maksimal sutkalik dozasi – 2 g. Preparat yomon o‘zlashtirilganida, tana vazni 50 kg dan kam bo‘lgan bemorlarda, shuningdek 60 yoshdan katta shaxslarda sutkalik doza – 750 mg.

Bolalarga: 3 oylikkacha bo‘lganlar uchun – sutkada 10 mg/kg doza hisobida, 3 dan 6 oylikkacha – sutkada 15 mg/kg, 6 oylikdan 2 yoshgacha – sutkada 20 mg/kg. 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun – sutkalik doza – 15 – 20 mg/kg buyuriladi, ammo 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – sutkada 500 mg dan va o‘smirlar uchun – sutkada 1 g dan oshmasligi kerak.

Turli yoshdagi bolalarga streptomisinning maksimal dozalari:

2-4 yoshli bolalarga – bir martalik – 150 mg, sutkalik – 300 mg;

5-6 yoshli – bir martalik – 175 mg, sutkalik – 350 mg;

7-9 yoshli – bir martalik – 200 mg, sutkalik – 400 mg;

9-14 yoshli – bir martalik – 250 mg, sutkalik – 500 mg;

14 yoshdan katta bolalarga – bir martalik – 500 mg, sutkalik – 1 g.

O‘pka va boshqa a‘zolar tuberkulezi – sutkalik doza 15 mg/kg ni (lekin 1 g dan ko‘p emas) sutkada 1 marta yuboriladi, yomon o‘zlashtirilganda – 2 marta qabul qilishga bo‘lib yuboriladi; davolash davomiyligi 3 oy va undan ortiq (boshqa tuberkulezga qarshi preparatlarni qabul qilish bilan parallel ravishda olib boriladi).

Bakterial endokardit:

streptokokk etiologiyali (penisillinga sezgir Streptococcus spp. tomonidan chaqirilgan) – streptomisin benzilpenisillin bilan majmuada 2 hafta davomida yuboriladi: birinchi haftada – 1 g dan sutkada 2 marta; ikkinchi hafta davomida –500 mg dan sutkada 2 marta yuboriladi; 60 yoshdan oshgan pasientlarga – 2 hafta davomida 500 mg dan sutkada 2 marta yuboriladi;

enterokokk etiologiyali – streptomisin benzilpenisillin bilan majmuada 6 hafta davomida yuboriladi: birinchi 2 hafta davomida – 1 g dan sutkada 2 marta; keyingi 4 hafta davomida – 500 mg dan sutkada 2 marta yuboriladi (davolash kursi davomiyligi ototoksiklik holatlari bo‘lganida qisqartirilishi mumkin).

Tulyaremiya –0,5-1 g dan sutkda 2 marta 7-14 sutka davomida febril temperatura bo‘lmagan 5-7-kungacha davom ettiriladi.

Vabo, brusellez – 1 g dan sutkda 2 marta kamida 7-10 kun davomida qo‘llanadi.

Venerik granulemada, o‘tkir bakterial ichak infeksiyalarida va siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida – sutkalik dozani 2-4 marta qabul qilishga bo‘linadi, davolash kursi davomiyligi – minimum 10 kun (14 kundan oshmasligi kerak).

Buyrak yetishmovchiligida streptomisinning sutkalik dozasini kamaytirish kerak. Kreatinin klirensi minutiga 50 dan 60 ml gacha bo‘lganida doza sutkada 500 mg dan; kreatinin klirensi minutiga 40 dan 50 ml gacha bo‘lganida – doza sutkada 400 mg dan oshmasligi kerak.

Arterial gipertenziyasi va yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlar uchun boshlang‘ich doza – sutkada – 250 mg, yaxshi o‘zlashtirilganda dozani oshiriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, holsizlik, pereferik nevrit, yuz nervining nevriti (yuz sohasi va og‘iz bo‘shlig‘ida achishish, uvishish, sanchish sezish), kam-miorelaksantlar bilan bir vaqtda yuborilganida nerv-mushak blokadasi (nafasni qiyinlashishi, tungi apnoe, nafasni to‘xtash), neyrotoksik ta‘siri (mushaklarni tortishishi, paresteziyalar, tutqanoq xurujlari).

Sezgi a‘zolari tomonidan: ototoksiklik (eshitishni yo‘qolishi, shang‘illash, quloqlarni shang‘illashi yoki «bitib qolishi» tuyg‘usi, qaytmas karlikkacha eshitishni pasayishi), vestibulyar va labirint buzilishlari (koordinasiyani buzilishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, barqarorlikni yo‘qolishi).

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: nefrotoksiklik (siydik chiqarilishini sezilarli darajada ko‘payishi yoki kamayishi, oliguriya, poliuriya, chanqoqlik, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish).

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, jigar faoliyatini buzilishi («jigar» transaminazalari faolligini orshishi, giperbilirubinemiya).

Allergik reaksiyalar: qichishish, teri giperemiyasi, toshma, angionefrotik shish, isitma.

Mahalliy reaksiyalar: yuborish joyida giperemiya va og‘riq.

Yo‘riqnomada keltirilgan har qanday nojo‘ya samaralari kuchaysa, yoki Siz yo‘riqnomada keltirilmagan boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan anamnezda boshqa aminoglikozidlarga), azotemiya va uremiya bilan kechuvchi surunkali og‘ir buyrak yetishmovchiligi, VIII juft bosh miya nervlarning organik shikastlanishi, homiladorlik.

Agar Sizda sanab o‘tilgan kasalliklardan biri bo‘lsa, preparatni qo‘llashdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.

Ehtiyotkorlik bilan

Miasteniyada, parkinsonizmda, botulizmda (aminoglikozidlar nerv-mushak o‘tkazuvchanligini buzilishini chaqirishi va bu skelet mushaklarining keyinchalik yanada zaiflashuviga olib kelishi mumkin), obliterirlovchi endokarditda, II-III darajali yurak yetishmovchiligida, surunkali buyrak yetishmovchiligida, degidratasiyada, miyada qon aylanishini buzilishida, qon ketishiga moyillikda, keksa yoshdagilar va bolalarda, laktasiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Agar Sizda sanab o‘tilgan kasalliklardan biri bo‘lsa, preparatni qo‘llashdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Penisillin qatori antibiotiklari va sefalosporinlar bilan bir shprisda aralashtirish mumkin emas. Boshqa nefro- va ototoksik preparatlar (shu jumladan boshqa aminoglikozidlar, polimiksinlar, kapreomisin bilan) bilan bir vaqtda qo‘llanganda nefro- va ototoksik ta‘sirni rivojlanish xavfi oshadi.

Beta-laktam antibiotiklari (penisillinlar va sefalosporinlar) bilan bir vaqtda buyurilganida sinergizm namoyon qiladi.

Miasteniyaga qarshi preparatlarning samarasini pasaytiradi.

Metoksifluran nojo‘ya samaralari rivojlanishining xavfini oshiradi.

Ingalyasion narkoz uchun preparatlar (galogen saqlovchi karbonsuvlar), opioid analgetiklar, antikoagulyantlar sifatida ko‘p miqdorda sitrat konservantlarili qonni quyish, boshqa nerv-mushak o‘tkazuvchanligini bloklaydigan boshqa dori vositalari – streptomisin bilan bir vaqtda qo‘llanganda nerv-mushak blokadasi kuchayishi mumkin.

Indometasinni vena ichiga yuborilishi, streptomisinning qondagi konsentrasiyasini oshirib va yarim chiqarilish davrini uzaytirib, buyrak klirensini pasaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolash davrida buyrak, eshitish nervi va vestibulyar apparatining faoliyatini haftada kamida 1 marta nazorat qilish kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek yuqori dozalari yoki uzoq vaqt davomida buyurilganda nefrotoksiklikni rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘ladi (bu toifa bemorlarda buyrak faoliyatini har kuni nazorat qilish talab qilinishi mumkin).

Audiometrik sinamalar qoniqarsiz bo‘lganida preparatning dozasi pasaytiriladi yoki davolash to‘xtatiladi.

Ijobiy klinik dinamika kuzatilmaganida, chidamli mikroorganizmlarni rivojlanish ehtimolini unutmaslik kerak. Bunday hollarda davolashni bekor qilish va mos keluvchi davolashni o‘tkazish kerak.

Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda streptomisinni qo‘llash mumkin emas, chunki u yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va odam homilasida nefrotoksik va ototoksik ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Laktasiya (emizish) davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi (streptomisin ko‘krak sutiga past konsentrasiyalarda o‘tadi va me‘da-ichak yo‘llaridan yomon so‘riladi).

1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga streptomisin faqat ״ko‘rsatmalar״ ga muvofiq buyuriladi.

Preparatni qabul qilish vaqtida transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlanishi xamda psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: toksik reaksiyalar (eshitishni yo‘qolishi, ataksiya, bosh aylanishi, siydik chiqarilishini buzilishi, chanqoqlik, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, quloqlarni shang‘illashi yoki bitib qolishni his qilish, nafasni buzilishi);

Davolash: nerv mushak o‘tkazilishini blokadasini va uning oqibatlarini yo‘q qilish uchun gemodializ yoki peritonial dializ, antixolinester vositalari, kalsiy tuzlari, o‘pkaning su‘niy ventilyasiyasi, boshqa simptomatik va tutib turuvchi davolash.

Chiqarilish shakli

Mushak ichiga yuborish uchun eritmani tayyorlash uchun kukun 0,5 g, 1 g.

0,5 g va 1,0 g dan faol modda 10 ml yoki 20 ml sig‘imli flakonlarda.

1,5 yoki 10 flakon qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

50 flakon 10 ta qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga stasionarlarga olib kelish uchun karton qutiga joylanadi

 

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 15 dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi..

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

STREPTOMISIN poroshok 1g N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
STREPTOMISIN poroshok 1g N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
STREPTOMISIN poroshok 1g N50 dori vositasi Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
STREPTOMISIN poroshok 1g N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
STREPTOMISIN poroshok 1g N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
STREPTOMISIN poroshok 1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
STREPTOMISIN poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 500 so'mdan Batafsil
BENZILPENISILLIN poroshok 1000000ed N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
SEFTRIAKSON poroshok 1g N50
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N10
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N1
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
KANAMISIN poroshok 1,0g N1
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
BENZILPENISILLIN poroshok 1000000ed N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
BENZILPENISILLIN poroshok 1000000ed N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
SEFOTAKSIM poroshok 1g N50
OKSAMP NATRIY poroshok 0,5g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
KANAMISIN poroshok 1,0g N10
SEFTAZIDIM poroshok 1g N1
Narh: 12 900 so'mdan Batafsil
KANAMISIN poroshok 1,0g N50
SEFAZOLIN poroshok 1g N1
Narh: 2 500 so'mdan Batafsil
SEFOTAKSIM poroshok 1g N1
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
ANALGIN tabletkalari 500 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 600 so'mdan Batafsil
SEFUROKSIM poroshok 0,75 g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
SEFUROKSIM poroshok 0,75 g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
SEFUROKSIM poroshok 0,75 g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 13 400 so'mdan Batafsil
SEFUROKSIM poroshok 0,25 g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
SEFUROKSIM poroshok 0,25 g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
SEFUROKSIM poroshok 0,25 g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
ORTOFEN tabletkalari 25 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 17 300 so'mdan Batafsil
ORTOFEN tabletkalari 25 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9