×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SUKROFER eritma 5ml 20mg/ml N5

Kategoriya:
- Kamqonlik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
железа (III) гидроксид сахарозный комплекс
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Claris Lifesciences-Otsuka Ltd
Vakil:
- Claris Lifesciences Limited
ATX kodi:
- B03AЕ
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 14 ta dorixonasida topildi

ico 249 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 260 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

234 999 s`om dan
FOLIEVAYA KISLOTA tabletkalari 1mg N50 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya
1 500 s`om dan
FERRAN sirop 100ml Remedy Group СП OOO O'zbekiston
72 000 s`om dan
FERRETAB KOMP kapsulalar N30 Валеант, ООО, Россия произведено: Lannacher Heilmittel Ges.m.b.H. Avstriya
54 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SUKROFER eritma 5ml 20mg/ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SUKROFER

SUCROFER

 

Preparatning savdo nomi: Sukrofer

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): temir (III) gidroksidini saxaroza kompleksi

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma

Tarkibi:

Har ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: temir (III) gidroksidini saxaroza kompleksi – 20 mg;

yordamchi moddalar: natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: to‘q jigarrang rangli, biroz qovushqoq, ko‘zga ko‘rinadigan yod zarrachalardan deyarli holi bo‘lgan suyuqlik.

Farmakoterpevtik guruhi: eritropoezni rag‘batlantiruvchi vosita.

ATX kodi: V03AYe

Farmakologik xususiyatlari

Qon oqimida temir transferrin bilan bog‘lanadi, to‘qimalarda ferritin ko‘rinishida saqlanadi, suyak ko‘migida gemoglobinning tarkibiga kiradi va eritropoez jarayonida ishlatiladi. Organizmdan faqat ko‘p bo‘lmagan miqdorda temir chiqariladi.

Kam miqdorlarda o‘zgarmagan kompleks yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tishi va uning ozgina miqdorigina ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi mumkin. Ferritin yoki transferritin bilan bog‘langan temir yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi mumkin, laktoferrin tarkibida esa ozgina miqdorlarda ko‘krak sutiga tushadi.

Farmakokinetikasi

Sukrofer preparati vena ichiga yuborilganida preparatning yarim chiqarilish davri 6 soatni, umumiy klirensi soatiga 1,2 l ni tashkil etadi. Plazmadan temirni yo‘qolishi organizmning temirga bo‘lgan talabi, temir zaxiralari va organizmning to‘qimalari tomonidan temirni ishlatilishiga bog‘liq bo‘lganligi sababli, temir tanqisligi bo‘lgan pasientlarda, temirning plazmadagi klirensi sog‘lom pasientlarga nisbatan tezroq bo‘ladi. Samarasini yoshga va jinsga bog‘liqligi o‘rganilmagan.

Qo‘llanilishi

Temir tanqisligi holatlari: organizmda temirni tez to‘ldirish zarurati bo‘lganida; peroral temir preparatlari o‘zlashtira olinmaganida; ichakni faol yallig‘lanish kasalliklari mavjud bo‘lgan holatda, peroral temir preparatlarini qabul qilish samarasiz bo‘lganida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalash: V/i tomchilab, v/i asta-sekin oqim bilan va m/i faqat stasionarda reanimasiya sharoitlari va shokka qarshi davolash vositalari bo‘lganida, yuborish vaqtida va yuborilgandan so‘ng (1 soat davomida) shifokor nazorati ostida yuboriladi. O‘ta yuqori sezuvchanlik va o‘zlashtira olmaslik reaksiyalarining har qanday ko‘rinishlarida yuborish darhol to‘xtatiladi.

Davolash tartibi elementar Fe ga qarab hisoblanadi. Umumiy doza formula yordamida yoki jadval yordamida aniqlanadi.

M/i (suyultirilmagan preparat) sekin, chuqur, dumbaning faqat yuqori tashqi kvadratiga yuboriladi. Tavsiya qilingan doza – 100-200 mg temir (2-4 ml) ni tashkil etadi, haftada 2-3 marta, faol pasientlarga – har kuni (yuborish joyini almashtirib), immobilizasiyalangan pasientlarga haftada 1-2 marta yuboriladi.

Uzunligi 50 mm li 20-21 G ignadan foydalanish kerak, semiz pasientlar uchun uzunligi 80-100 mm, o‘smirlar uchun o‘lchami kichik va kaltaroq – 23 G va uzunligi 32 mm bo‘lgan igna qo‘llanadi. Pasient yonboshlab yotishi yoki turishi kerak (og‘irlik in‘eksiya qilinmayotgan oyoqqa o‘tkaziladi). In‘eksiyadan oldin terini Z-simon yig‘ish texnikasi (teri osti to‘qimasiga preparatni sizib o‘tmasligini oldini olish uchun) tavsiya etiladi. Asta-sekin yuboriladi. Mushak preparatning yuborilgan hajmiga moslashishi uchun, ignani sug‘urib olishdan oldin bir necha sekund kutish kerak. In‘eksiya joyini ishqalash tavsiya etilmaydi. Sinama doza (birinchi marta qo‘llanganida) – 25 mg temirni (0,5 ml eritma) tashkil etadi. O‘zlashtiraolmaslikning belgilari kuzatilmasa, qolgan doza 60 minutdan keyin yuboriladi.

V/i tomchilab yuborish: 100-200 mg Fe 100 ml gacha bo‘lgan 0,9% li NaCl da yoki 5% li dekstroza eritmasida suyultiriladi. Birinchi 25 mg Fe 15 min davomida yuboriladi, o‘zlashtiraolmaslik belgilari kuzatilmasa, qolgan qismi 30 minut davomida 100 ml dan katta bo‘lmagan tezlikda yuboriladi.

V/i sekin oqim bilan yuborish: 100-200 mg Fe 10-20 ml 0,9% li NaCl yoki 5% dekstroza eritmasida suyultiriladi. Birinchi 25 mg Fe 1-2 minut davomida sekin yuboriladi, o‘zlashtiraolmaslik belgilari kuzatilmasa – qolgan qismi 15 minut davomida minutiga 0,2 ml tezlikda yuboriladi.

Umumiy doza formula yoki jadval yordamida aniqlanadi.

Preparatning umumiy miqdori (tana vazniga 20 mg/kg gacha) v/i tomchilab, 4-6 soat davomida minutiga 45-60 tezlikda yuboriladi. Yuborish tezligi oshirilganida in‘eksiyadan keyin 1 soat davomida pasientni kuzatish kerak. V/i tomchilab yuborish avzalroq (arterial gipotenziyani rivojlanish xavfi pasayadi) hisoblanadi.

Preparatni bevosita dializatorning venoz konturiga yuborish mumkin (yuborish muolajasi xuddi v/i yuborilgandagi bo‘ladi).

Dozaning hisobi (temir tanqisligi anemiyasida) Nb ning dastlabki ko‘rsatkichlariga bog‘liq.

Umumiy doza (Fe mg)=tana vazni (kg) x (bo‘lishi kerak bo‘lgan Nb – xaqiqiy Nb) (g/l) x 0,24 + 1000 mg (Fe zaxirasi).

Omil 0,24 = 0,0034 (Nb dagi temir miqdori 0,34 % ni tashkil qiladi.) x 0,07 (qon xajmi tana vaznining 7% ni tashkil etadi) x 1000 (g dan mg ga o‘tishi).

Kurs dozasi ml da (temir tanqisligi anemiyasida) tana vazniga (kg) va Nb ko‘rsatkichlari (g/l), 60, 75, 90, 105, 120, 135 g/l ga muvofiq bo‘lgan qiymatlariga qarab, qayta hisoblaganda:

Tana vazni (kg) Gemoglobinni ko‘rsatkichi Hb (g/l)
60 75 90 105 120 135
35 25 ml 23 ml 20 ml 18 ml 15 ml 12,5 ml
40 27 ml 24 ml 22 ml 19 ml 16 ml 13 ml
45 29 ml 26 ml 23 ml 20 ml 16,5 ml 13 ml
50 32 ml 28 ml 24 ml 21 ml 17 ml 13,5 ml
55 34 ml 30 ml 26 ml 22 ml 18 ml 14 ml
60 36 ml 32 ml 27 ml 23 ml 18,5 ml 14,5 ml
65 38 ml 33 ml 29 ml 24 ml 19,5 ml 14,5 ml
70 40 ml 35 ml 30 ml 25 ml 20 ml 15 ml
75 42 ml 37 ml 32 ml 26 ml 21 ml 15,5 ml
80 45 ml 39 ml 33 ml 27 ml 21,5 ml 16 ml
85 47 ml 41 ml 34 ml 28 ml 22 ml 16 ml
90 49 ml 42 ml 36 ml 29 ml 23 ml 16,5 ml

Hisoblar kutilgan Nb – 150 g/l, temir zahiralari – 500 mg uchun keltirilgan.

Muvofiq formula va jadval temir tanqisligi anemiyasi bo‘lgan pasientlarda dozalarini aniqlash uchun qo‘llanadi, va qon ketganida Fe o‘rnini bosish holatlarida dozani aniqlash uchun ishlatilmaydi.

Dializdagi pasientlarda korrelyasiya namoyon bo‘lmasligi mumkin.

Qon ketishlarda Fe ning o‘rnini to‘ldirilishi yo‘qotilgan Fe miqdoriga ekvivalent bo‘lishi kerak. Preparatning umumiy dozasi qon yo‘qotilganida Fe tanqisligini kompensasiya qilish uchun quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

Agar yo‘qotilgan qon hajmi noma‘lum bo‘lsa – 200 mg Fe v/i yuborilganida Nb 1 birlik qonga teng miqdorda (400 ml 150 g/l Nb saqlovchi, bu 0,34% 0,4 x 150 dan yoki 204 mg Fe teng bo‘lgan holda) oshiradi.

Fe (mg) o‘rnini bosish uchun kerakli miqdor = qon birligining yo‘qotilgan miqdori x 4.

Agar Nb pasaygan bo‘lsa:

Fe (mg o‘rnini bosish uchun kerakli miqdor = tana vazni (kg) x (kutilgan Nb – haqiqiy Nb) (g/l) x 0,24.

Yoki:

Fe (mg) o‘rnini bosish uchun kerakli miqdor = tana vazni (kg) x (kutilgan Nb – xaqiqiy Nb) (mmol/l) x 3,84.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Hozirgi vaqtda Sukrofer preparatini yuborilishi bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi noxush ko‘rinishlar ma‘lum. Xamma belgilari juda kam hollarda kuzatilgan (rivojlanish tezligi 0,01% dan kam va 0,001% dan katta yoki teng).

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, xushdan ketish, paresteziyalar.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini his etish, taxikardiya, AB pasayishi, kollaptoid holatlar, qizib ketish xissi, yuzni qizib ketishi.

Nafas a‘zolari tomonidan: bronxospazm, hansirash.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: qorinda tarqoq og‘riqlar, epigastral sohada og‘riq, diareya, ta‘m bilishni buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish.

Teri qoplamlari tomonidan: eritema, qichishish, toshma, pigmentasiyani buzilishi, ko‘p terlash.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, belda og‘riq, bo‘g‘imlarni shishi, mialgiya, oyoq-qo‘llarda og‘riq.

Immun tizimi tomonidan: anafilaktoid reaksiyalar, yuzni shishi, hiqildoqni shishi.

Umumiy xarakterga ega bo‘lgan buzilishlar va in‘eksiya joyidagi reaksiyalar: asteniya, ko‘krakda og‘riq, ko‘krakda og‘irlik xissi, xolsizlik, periferik shishlar, yuborilgan joyda og‘riq va shish (preparat ayniqsa ekstravazal bo‘shliqqa tushganida), lohaslik hissi, terini oqarishi, tana haroratini ko‘tarilishi, etni uvishishi bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga yoki uning nofaol komponentlariga yuqori sezuvchanlik; temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiya; temir miqdorini ortib ketish belgilari (gemosideroz, gemoxromatoz) yoki uni utilizasiya qilish jarayonini buzilishi; surunkali poliartrit; broxial astma; buyraklarning o‘tkir bosqichdagi infeksion kasalliklari; nazorat qilib bo‘lmaydigan giperparatireoz; dekompensasiyalangan jigar sirrozi, infeksion gepatit, homiladorlikning I uch oyligida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni temirni ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan dori shakllari bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas (temirni MIY dan so‘rilishi kamayadi). Peroral temir preparatlari bilan davolashni oxirgi in‘eksiya qilinganidan so‘ng kamida 5 kundan keyin boshlash mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Qo‘llashdan oldin ampulaning butunligini tekshirish kerak. Ampula ochilganidan so‘ng preparat darhol yuborilishi kerak.

Ehtiyotkorlik bilan: allergik reaksiyalar, buyrak va jigar yetishmovchiligi.

Emizikli ayollar preparatni qabul qilganida, bolada kam hollarda nojo‘ya ta‘sirlarning ko‘rinishlariga olib keladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: gemosideroz kuzatilishi mumkin.

Davolash: simptomatik vositalarni va, agar zarur bo‘lsa, temirni bog‘lab oluvchi moddalar (xelatlar), masalan deferoksaminni v/i yuborish tavsiya etiladi.

Chiqarilish shakli

Vena ichiga yuborish uchun eritma; 5 ml dan ampulalarda, 25 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SUKROFER eritma 5ml 20mg/ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SUKROFER eritma 5ml 20mg/ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SUKROFER eritma 5ml 20mg/ml N5 dori vositasi Claris Lifesciences-Otsuka Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SUKROFER eritma 5ml 20mg/ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SUKROFER eritma 5ml 20mg/ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
STER-FE eritma 5 ml 100 mg/5 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Steril-Gene Life Sciences (P) Ltd
  • Vakil: Asia Pharm Consulting
Narh: 290 000 so'mdan Batafsil
AKSIFER inyeksiya uchun eritma 5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NovaMed Pharmaceuticals Pvt Ltd
  • Vakil: IS GROUP PHARMA
Narh: 407 000 so'mdan Batafsil
INNOFER eritma 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Индия
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
FERROSON 5ml N5
FEROGLOBIN inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Syren Healthcare, Индия произведено: Sakar Healthcare Ltd
  • Vakil: Positive healthcare MChJ
LINDAFER inyektsiya uchun eritma 10ml 500mg / 10ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Nitin Lifesciences Ltd
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 302 400 so'mdan Batafsil
VIFOR inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Allmed (Pvt.) Ltd
  • Vakil: Allmed PL
RENIFER inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Celon Laboratories Ltd
YeVROFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shvetsiya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rechon Life Science AB
FERROSTAB eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ellington General L.P., Великобритания произведено: Health Biotech Ltd
ENOFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: English Pharmaceutical Industries
FEREKS inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
SEROFER inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Caritas Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Global Pharmatech Pvt. Ltd
Narh: 339 400 so'mdan Batafsil
MEGAFER inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd
  • Vakil: Nabiqasim Industries Ltd
Narh: 145 000 so'mdan Batafsil
GEMOLIF inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Ltd.13 New Industrial Township, Faridabad - 121001, Haryana-India
  • Vakil: LIFE PHARMA SYSTEMS
AVIFER inyeksiya uchun eritma 5 ml 20 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Montage Laboratories PVT. LTD., Индия (производитель) для Avantika Medex PVT. LTD., Индия
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 420 000 so'mdan Batafsil
FERROFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nanjing Hencer Pharmaceutical Co., Ltd
  • Vakil: Asia Pharm Consulting
Narh: 290 000 so'mdan Batafsil
FER SUKROZ inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
  • Vakil: KOHINOOR FARMA MChJ
SUFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО “Юрия-Фарм”
Narh: 315 000 so'mdan Batafsil
JIFON inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
VENOFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vifor International Inc.
Narh: 264 900 so'mdan Batafsil
AKUROUZ inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
Narh: 355 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9