×
×
  • TADALIT NEO tabletkalari 20mg N2

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TADALIT NEO tabletkalari 20mg N2

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 2
Ishlab chiqaruvchi:
- Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
ATX kodi:
- G04BE
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ISHAGRA ZING PLYUS tabletkalari N4 Isshaan Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
16 000 s`om dan
TONOPROST kapsulalar 0,4mg N30 NIKA PHARM OOO O'zbekiston
63 000 s`om dan
SILDAP tabletkalari 60mg 100mg/60mg N4 Karbon Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
SOLIDAGOREN tomchilar oralnie 20ml Dr.Gustav Klein GmbH & Co.KG. Germaniya
68 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TADALIT NEO tabletkalari 20mg N2 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TADALIT

TADALIT

 

Preparatning savdo nomi: Tadalit

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tadalafil sitrati

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

faol modda: tadalafil – 20 mg.

yordamchi moddalar: laktoza, makkajo‘xori kraxmali, natriy lauril sulfati, izopropil spirti, povidon K-30, aerosil, talk, natriy kroskarmelloza, magniy stearati.

qobiq tarkibini yordamchi moddalari: gipromelloza, dixlormetan, izopropil spirti, titan dioksidi, propilenglikol, sarik temir oksidi, tozalangan suv.

Ta‘rifi: jigarrang-sariq rangli, bir tomonida “E20” yozuvli, oval shaklli, ikkiyoqlama qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Potensiyani muvofiqtirish uchun vosita.

ATX kodi: G04BE

Farmakologik hususiyatlari

Ereksiyani buzilishini davolash uchun qo‘llanadigan preparat. Siklik guanozinmonofosfati (sGMF) ning spesifik fosfodiesterazani 5 turini (FDE-5) qaytmas selektiv ingibitori hisoblanadi. Jinsiy qo‘zg‘alish mahalliy azot oksidini ajralib chiqishini chaqirganida, tadalafil tomonidan FDE-5 ni ingibisiya bo‘lishi jinsiy olatning g‘ovak tanasida sGMF ning miqdorini oshishiga olib keladi. Buning natijasida arteriyalardagi silliq mushaklarni bo‘shashishi va jinsiy olatning to‘qimalariga qonni oqib kelishi kuzatiladi, va bu ereksiyani chaqiradi. Tadalafil jinsiy stimulyasiya bo‘lmaganida, ta‘sir ko‘rsatmaydi.

In vitro shiroitlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar, tadalafil FDE-5 ning selektiv ingibitori ekanligini ko‘rsatdi. FDE-5 ferment g‘ovak tananing silliq mushaklarida, ichki a‘zolarning qon-tomirlaridagi silliq mushaklarda, skelet mushaklarda, trombositlar, buyrak, o‘pka, miyachada aniqlangan.

Tadalafilni FDE-5 ga ta‘siri boshqa fosfodiesterazalarga nisbatan faolroq hisoblanadi. Tadalafilni FDE-5 ga nisbatan faolligi, yurak, bosh miya, qon-tomirlar, jigar, leykositlar, skelet mushaklari va boshqa a‘zolarda joylashgan FDE-1, FDE-2, FDE-4, FDE-7 larga nisbatan 10000 marta yuqori. Tadalafil FDE-5 ni, yurak va qon-tomirlarda aniqlanadigan FDE-3 fermentga nisbatan 10000 marta faolroq bloklaydi. Preparatni FDE-3 ga qaraganda, FDE-5 ga nisbatan selektivligi muhim ahamiyatga ega, chunki FDE-3 yurak mushagini qisqarishida ishtirok etadigan ferment hisoblanadi. Bundan tashqari, tadalafil FDE-5 nisbatan faolligi, to‘r pardada aniqlanadigan va yorug‘likni o‘tkazishga javobgar hisoblangan FDE-6 ga nisbatan taxminan 700 marta yuqori.

Tadalafil shuningdek FDE-8, FDE-9 va FDE-10 larga qaraganda FDE-5 ga nisbatan 9000 marta kuchliroq va FDE-11 ga qaraganda FDE-5 ga nisbatan 14 marta kuchliroq ta‘sir ko‘rsatadi.

Tadalafil ereksiyani va jinsiy aloqani samarali o‘tish ehtimolini yaxshilaydi.

Preparat 36 soat davomida ta‘sir qiladi. Preparatning samarasi jinsiy qo‘zg‘alish bo‘lganida preparat qabul qilingandan so‘ng 16 minutdan keyin namoyon bo‘ladi.

Tadalafil sog‘lom odamlarda sistolik va diastolik arterial bosim (AB) ni, yotgan holatda (AB o‘rtacha maksimal pasayishi muvofiq ravishda 1,6/0,8 mm.sm.ust. ni tashkil etadi) va turgan holatda (AB o‘rtacha maksimal pasayishi muvofiq ravishda 0,2/4,6 mm.sm.ust. ni tashkil etadi) plaseboga nisbatan ishonchli o‘zgarishini chaqirmaydi. Tadalafil yurak qisqarishlari sonini ishonchli o‘zgarishini chaqirmaydi.

Tadalafil rang ajratish (zangori/yashil) qobiliyatini o‘zgarishini chaqirmaydi, bu uni FDE-6 nisbatan yaqinligini pastligi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, tadalafilni ko‘rish o‘tkirligi, elektroretinogramma, ko‘z ichki bosimi va qorachiqni o‘lchamiga ta‘siri kuzatilmaydi.

Tadalafilni har kuni qabul qilganda uni spermatogenezga ta‘sirini baholash maqsadida bir qancha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Hech bir tadqiqotda spermatazoidlarning morfologiyasiga va ularning harakatchanligiga preparatning nojo‘ya ta‘siri kuzatilmagan. Tadqiqotlarning birida spermatazoidlarning o‘rtacha konsentrasiyasini plaseboga nisbatan pasayishi aniqlangan. Spermatazoidlarning konsentrasiyasini pasayishi eyakulyasiya chastotasini yuqoriligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bundan tashqari, tadalafil plaseboga nisbatan qon plazmasida testosteron, lyuteinlovchi gormon va follikulostimullovchi gormonlarning miqdorini nojo‘ya o‘zgarishini chaqirmagan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi. Tadalafil ichga qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi. Maksimal konsentrasiyasiga o‘rtacha 2 soatdan keyin erishadi. So‘rilish tezligi va darajasi ovqatlanishga bog‘liq emas. Preparatni qabul qilish vaqti (ertalab yoki kechqurun) so‘rilish tezligi va darajasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Sog‘lom odamlarda tadalafilning farmakokinetikasi vaqt va dozaga nisbatan bir chiziqlidir.

Ereksiya faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda tadalafilning farmakokinetikasi ereksiya faoliyatini buzilishi bo‘lmagan shaxslardagi farmakokinetikasi bilan bir xil.

Taqsimlanishi. O‘rtacha taqsimlanish hajmi taxminan 63 l ni tashkil etadi. Terapevtik konsentrasiyalarda tadalafilning 94% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi.

Sog‘lom odamlarda yuborilgan dozaning <0,0005% spermada aniqlanadi.

Metabolizmi. Asosan CYP3A4 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi. Qonda aylanib yuruvchi asosiy metaboliti bo‘lib metilkatexolglyukuronid hisoblanadi. Uni FDE-5 ga nisbatan faolligi tadalafilga qaraganda 13000 marta past. Demak, ushbu metaboliti klinik ahamiyatli hisoblanmaydi.

Chiqarilishi. Sog‘lom shaxslarda o‘rtacha yarim chiqarilishi davri – 17,5 soatni tashkil etadi. Tadalafil asosan nofaol metabolitlar ko‘rinishida, asosan axlat bilan (dozaning taxminan 61%) va kamroq darajada – siydik bilan (dozaning taxminan 36%) chiqariladi.

Ayrim klinik holatlarda preparatning farmakokinetikasi

Keksa yoshdagi (65 yosh va undan katta) sog‘lom odamlarda tadalafilning yanada pastroq klirensi aniqlanadi, bu 19 dan 45 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom shaxslarga nisbatan AUC ni 25% ga oshishi bilan aks etadi. Bunday farq klinik ahamiyatga ega emas va preparatning dozasini tanlash talab etilmaydi.

AUC buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, shu jumladan gemodializdagi pasientlarda sog‘lom shaxslarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lganida oqsillar bilan bog‘lanishi o‘zgarmaydi.

Yengil yoki o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda tadalafilning farmakokinetikasi sog‘lom shaxslardagi bilan taqqoslab bo‘ladigan darajada bo‘ladi. Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligiga (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha S sinf) ma‘lumotlar mavjud emas.

Qandli diabet bilan xastalangan pasientlarda tadalafilni qo‘llash fonida AUC sog‘lom shaxslarga nisbatan taxminan 19% ga kam bo‘lgan. Bu farq dozani o‘zgartirishni talab qilmaydi.

Qo‘llanilishi

Erektil disfunksiyani davolash uchun qo‘llanadi. Preparat jinsiy stimulyasiya bo‘lganidagina samaralidir.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tadalit preparatini kattalar (erkaklar) ovqatlanishdan qat‘iy nazar ichga qabul qiladilar. Tavsiya etilgan dozasi taxmin qilingan jinsiy faollikdan oldin 20 mg ni tashkil etadi. Preparatni jinsiy faollikdan 16 minut oldin qabul qilish mumkin. Tadalafilning samaradorligi preparatning dozasini qabul qilishdan 36 soatgacha vaqt davomida saqlanib turadi. Tavsiya etilgan maksimal qabul qilishlar soni – sutkada 1 martani tashkil etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tadalafilni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar odatda yaqqolligi bo‘yicha ahamiyatsiz yoki o‘rtacha darajada, tranzitor bo‘ladilar va preparatni qo‘llash davom ettirilganida kamayadilar.

Nojo‘ya samaralar chastotasini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagicha tarzda aniqlangan: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (>1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (>1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000).

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – yurak urishini his etish, taxikardiya, AB ni pasayishi (gipotenziv preparatlarni allaqachon qabul qilgan pasientlarda), AB ni oshishi; kam hollarda – miokard infarkti; ma‘lum emas – nostabil stenokardiya, yurak urishini to‘satdan to‘xtashi oqibatidagi o‘lim.

Nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez – bosh og‘rig‘i; tez-tez – bosh aylanishi; kam hollarda – xushni yo‘qotish, migren, tranzitor ishemik huruj, insult.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: tez-tez emas – ko‘rishni noaniqligi; kam hollarda – ko‘rish maydonini izdan chiqishi; ma‘lum emas – ko‘ruv nervini noarterial oldingi ishemik optik nevropatiyasi, to‘r parda venalarini okklyuziyasi.

Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – burundan qon ketishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – qorinda og‘riq; tez-tez emas – gastroezofageal reflyuks.

Dermatologik reaksiyalar: tez-tez emas – toshma, eshakemi, gipergidroz; ma‘lsum emas – Stivens-Djonson sindromi va eksfoliativ dermatit.

Reproduktiv tizim tomonidan: kam hollarda – uzoq muddatli ereksiya; ma‘lum emas – priapizm.

Immun tizimi tomonidan: tez-tez emas – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Umumiy buzilishlar: tez-tez emas – ko‘krak sohasida og‘riq; kam hollarda – yuzni shishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • tarkibida har qanday turdagi organik nitratlarni saqlovchi preparatlar bilan davolanish vaqtida qo‘llash;
  • yurak qon-tomir tizimi kasalliklari: oxirgi 90 kun davomida miokard infarkti, nostabil stenokardiya, jinsiy aloqa vaqtida stenokardiya hurujlarini rivojlanishi, surunkali yurak yetishmovchiligi NYHA tasnifi bo‘yicha III-IV sinf, nazorat qilib bo‘lmaydigan aritmiyalar, arterial gipotenziya (AB 90/50 mm.sm.ust. dan past), nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya, oxirgi 6 oy davomida ishemik insult bo‘lgan pasientlarda jinsiy faollikka qarshi ko‘rsatmalar bo‘lganida;
  • ko‘ruv nervini noarterial oldingi ishemik nevropatiyasi oqibatida ko‘rishni yo‘qolishi (FDE-5 ingibitorlarini qabul qilish bilan bog‘liqligidan qat‘iy nazar);
  • doksazozinni, shuningdek erektil disfunksiyani davolash uchun qo‘llanadigan dori vositalarni bir vaqtda qabul qilish;
  • surunkali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda preparatni tez-tez qo‘llash (haftada 2 martadan ko‘p);
  • laktaza tanqisligi, laktazani o‘zlashtirolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi;
  • bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Quyidagi pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak: og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha S sinf) bo‘lgan pasientlarda, chunki ushbu toifadagi pasientlarda preparatni qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar mavjud emas; α-adrenoblokatorlarni qabul qiladigan pasientlarda, chunki ularni bir vaqtda qo‘llash simptomatik arterial gipotenziyaga olib kelishi mumkin; priapizmga moyilligi bo‘lgan pasientlarda (o‘roqsimon hujayrali anemiyada, ko‘p sonli mielomada yoki leykemiyada) yoki jinsiy olatni anatomik deformasiyasi (burchakli qiyshayishi, kavernoz fibroz yoki Peyroni kasalligi) bo‘lgan pasientlarda; CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari (ritonavir, sakvinavir, ketokonazol, itrakonazol, eritromisin) bilan, gipotenziv vositalar bilan bir vaqtda qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tadalit, metabolizmi sitoxrom R450 izofermenti ishtirokida kechadigan dori vositalarning klirensiga klinik ahamiyatli darajada ta‘sir ko‘rsatmaydi. Klinik tadqiqotlarning natijalari, tadalafil CYP3A4, CYP1A2, CYP2D6, CYP2C19, CYP2E1 va CYP2C9 izofermentlarini ingibisiya va induksiya qilmasligini ko‘rsatdi.

Boshqa vositalarni tadalafilga ta‘siri

Tadalafil asosan CYP3A4 fermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi. CYP3A4 ni selektiv ingibitori ketokonazol sutkada 400 mg dozada qabul qilinganida tadalafil bir marta qabul qilinganidan so‘ng uning AUC 312% ga oshiradi, qon plazmasida maksimal konsentrasiyasini 22% ga oshiradi, sutkada 200 mg da qabul qilinganida esa – muvofiq ravishda 107% va 15% ga oshgan. Ritonavir (CYP3A4, 2C9, 2C19, 2D6) 200 mg dozada sutkada 2 marta qabul qilinganida, tadalafilning AUC bir marta qabul qilinganidan so‘ng, qondagi maksimal konsentrasiyasini o‘zgartirmasdan, 124% ga oshiradi. Spesifik o‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan bo‘lishiga qaramasdan, sakvinavir kabi proteaza ingibitorlari, shuningdek eritromisin hamda itrakonazol kabi CYP3A4 ingibitorlari qon plazmasida tadalafilning darajasini oshiradi deb taxmin qilish mumkin.

Tadalafilni boshqa dori vositalariga ta‘siri

Antigipertenziv preparatlar. Tadalafil antigipertenziv preparatlarning gipotenziv samarasini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan tizimli qon-tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sirga ega. Bundan tashqari, gipertenziyani nazorati qilish qiyin bo‘lgan, bir vaqtning o‘zida bin qancha gipotenziv preparatlarni qabul qiladigan pasientlarda, AB sezilarli darajada pasayishi mumkin. Ko‘pchilik pasientlarda AB ni pasayishi gipotenziyani simptomlari bilan kechmaydi. Antigipertenziv preparatlar bilan davolanayotgan va tadalafil qabul qilayotgan shaxslarga muvofiq klinik tavsiyalarni berish kerak.

α-adrenoreseptorlarning blokatorlari. Tadalafil va α1-adrenoreseptorlarning selektiv blokatori tamsulozinni bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda AB ni ahamiyatli darajada pasayishi aniqlanmagan. α1-adrenoreseptorlarning blokatori doksazozinni sutkada 4-8 mg dozada qabul qilgan sog‘lom ko‘ngillilarga tadalafil qo‘llanganida, gipotenziv ta‘sirini kuchayishi kuzatilgan. Ba‘zi pasientlarda bosh aylanishi kuzatilgan.

Alkogol. Tadalafil etanolning konsentrasiyasiga ta‘sir qilmagan, etanol esa tadalafilning konsentrasiyasiga ta‘sir qilmagan. Etanolni katta dozalarda (tana vazniga 0,7 g/kg) qabul qilish fonida tadalafilni bir vaqtda qabul qilish AB ni statistik ahamiyatli pasayishiga olib kelmagan. Etanolni kichikroq dozalarda (0,6 g/kg) fonida tadalafilni qo‘llash arterial gipotenziyani rivojlanishini chaqirmagan, bosh aylanishi esa faqat alkogolni o‘zi iste‘mol qilinganda kuzatiladigan chastotada aniqlangan.

N2-antagonistlar. N2-reseptorlarning blokatori nizatidinni qo‘llash natijasida me‘dada rN ni oshishi tadalafilning farmakokinetikasiga ta‘sir ko‘rsatmagan.

Antasidlar (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi). Antasidlar (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) ni tadalafil bilan bir vaqtda qabul qilish tadalafilning AUC ekspozisiyasini o‘zgartirmasdan, uning so‘rilish tezligini sekinlashtiradi.

Asetilsalisil kislotasi. Tadalafil asetilsalisil kislotasini qabul qilish fonida qon ketishining davomiyligini uzaytirmaydi.

Varfarin. Tadalafil S-varfarin yoki R-varfarinning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi va varfarin induksiya qilgan protrombin vaqtiga ta‘sir qilmaydi.

Teofillin. Tadalafil teofilinning farmakokinetikasi va farmakodinamikasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Nomutanosibligi. Tadalafilni har qanday dori shaklidagi organik nitratlarni qabul qiladigan pasientlarga qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Erektil disfunksiyani diagnostikasi potensial asosiy sabablarini aniqlash, muvofiq tibbiy tekshiruv va davolash taktikasini aniqlashdan iborat.

Jinsiy faollik yurak qon-tomir kasalliklari bo‘lgan pasientlar uchun potensial havf tug‘diradi. Shuning uchun erektil disfunksiyani, jumladan Tadalit preparati bilan davolashni shunday yurak kasalliklari bo‘lgan, jinsiy faollik tavsiya etilmagan erkaklarda o‘tkazish mumkin emas.

FDE-5 ingibitorlari, jumladan tadalafil qo‘llanganida priapizmni rivojlanganligi yuzasidan xabarlar mavjud. 4 soat va undan ortiq davom etuvchi ereksiya rivojlanganida, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish kerakligi yuzasidan pasientlar ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Priapizmni o‘z vaqtida davolamaslik jinsiy olatning to‘qimalarini shikastlanishiga olib keladi, natijada qaytmas impotensiya kuzatilishi mumkin.

Erektil disfunksiyani boshqa davolash turlari bilan birga Tadalit preparatini qo‘llash havfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan. Shuning uchun shunday majmualarni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Tadalafil (FDE-5 boshqa ingibitorlari kabi) tizimli qon-tomirlarni kengaytiruvchi hususiyatlarga ega, bu AB ni tranzitor pasayishiga olib kelishi mumkin. Tadalit preparatini buyurishdan oldin shifokorlar, yurak qon-tomir kasalliklari bo‘lgan pasientlar preparatning qon-tomirlarni kengaytiruvchi samarasi hisobiga nojo‘ya ta‘sirlarga duchor bo‘lishlari mumkinligi xaqidagi masalani sinchiklab ko‘rib chiqishlari kerak.

Ko‘ruv nervini noarterial oldingi ishemik optik nevropatiya (NAOION) si ko‘rish faoliyatini buzilishiga, jumladan ko‘rishni butunlay yo‘qolishiga sababchi hisoblanadi. FDE-5 ingibitorlarini qabul qilish bilan vaqtga bog‘liq bo‘lgan NAOION ni rivojlanganligi yuzasidan juda kam xabarlar mavjud. Hozirgi vaqtda NAOION ni rivojlanishi va FDE-5 ingibitorlarini qabul qilish yoki boshqa omillar o‘rtasida bilvosita bog‘liqlik mavjudligini aniqlash imkoni yo‘q. Shifokorlar pasientlarga ko‘rish faoliyati to‘satdan yo‘qolganida, tadalafil qabul qilishni to‘xtatishni va tibbiy yordamga murojaat qilishni tavsiya etishlari kerak. Shuningdek shifokorlar NAOION o‘tkazgan odamlarda NAOION takroran rivojlanish havfi yuqori ekanligini pasientlarga tushuntirishlari kerak.

Kichik chanoq a‘zolarida jarrohlik operasiyasini yoki neyronlarni asrab qoluvchi radikal prostatektomiya o‘tkazgan pasientlarda Tadalit preparatining samaradorligi ma‘lum emas.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi. Preparat ayollarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.

Pediatriyada qo‘llanishi. Preparat bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. Tadalit avtomobilni haydash va psixomotor reaksiyalar tezlagini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: tadalafil sog‘lom shaxslarga 500 mg gacha bo‘lgan dozada bir marta qo‘llanganida va erektil disfunksiyasi bo‘lgan pasientlarga sutkada 100 mg gacha bo‘lgan dozada ko‘p marta qo‘llanganida – nojo‘ya samaralari preparat kichikroq dozalarda qo‘llanganida kuzatiladigan nojo‘ya samaralar bilan bir xil bo‘lgan.

Davolash: dozasi oshirib yuborilganida standart simptomatik davolash o‘tkazish kerak. Gemodializda tadalafil organizmdan ahamiyatsiz darajada chiqariladi.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 20 mg dan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TADALIT NEO tabletkalari 20mg N2 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TADALIT NEO tabletkalari 20mg N2 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TADALIT NEO tabletkalari 20mg N2 dori vositasi Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd. tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TADALIT NEO tabletkalari 20mg N2 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TADALIT NEO tabletkalari 20mg N2 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
IZIKASIN inyeksiya uchun eritma 500mg/2ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
IZIKASIN inyeksiya uchun eritma 100mg/2ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
ZEVOBAKT inyeksiya uchun eritma 100mg/2ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
BRALIN inyeksiya uchun eritma 500mg/2ml N5
Narh: 126 000 so'mdan Batafsil
KASTOZEF tabletkalari 10mg N10
ZEULUKAS tabletkalari 10mg N10
ZEFTIZIN sirop 50ml 5mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Setirizin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
IROSID inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N3
BRONXIKOLD sirop 50ml
SINKOPEROL inyeksiya uchun eritma 1ml 0,25% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
TRIZOL suspenziya 90ml 480mg/10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
TADALIT NEO tabletkalari 20mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
SUKSIZOL infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
Narh: 42 500 so'mdan Batafsil
SUKSIZOL infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
Narh: 18 500 so'mdan Batafsil
POLIPLAZMIKS infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
Narh: 81 600 so'mdan Batafsil
PLEO infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
KVITIKON suspenziya 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
KVIKOVIT inyeksiya uchun eritma 2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
VILDENA tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
AMINOFLAN infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
AMINOFLAN infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
Narh: 53 000 so'mdan Batafsil
AVIREN tabletkalari 0,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
SINKOPEROL inyeksiya uchun eritma 1ml 0,25% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9