×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TAGISTA tabletkalari 24mg N30

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:
Бетагистин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Нижфарм-Stada CIS
Vakil:
- IP MChJ "STADA SUBSIDIARY"
ATX kodi:
- N07CA01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 96 ta dorixonasida topildi

ico 30 900 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 36 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TAGISTA tabletkalari 24mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

TAGISTA®

TAGISTA

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Preparatning savdo nomi:  Tagista®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): betagistin

Dori shakli: tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

ta‘sir etuvchi modda: betagistin gidroxloridi 8,0 mg; 16,0 mg; 24,0 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza – 54,75/109,5/164,25 mg, povidon (kollidon 25) – 9,0/18,0/27,0 mg, kartoshka kraxmali – 20,0/40,0/60,0 mg, limon kislotasi – 2,0/4,0/6,0 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 3,0/6,0/9,0 mg, talk – 2,8/5,6/8,4 mg, magniy stearati – 0,45/0,9/1,35 mg.

Ta‘rifi: deyarli oq yoki krem tusli oq rangli, yassisilindrik, faskali va riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: gistamin preparati.

ATX kodi: [N07CA01]

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakadinamikasi

Betagistin asosan ichki quloq va MNT ning vestibulyar yadrolaridagi N1- va N3-gistamin reseptorlariga ta‘sir qiladi. Ichki quloqning qon tomirlaridagi N1-reseptorlariga bevosita agonistik ta‘sir qilish yo‘li bilan, shuningdek N3-reseptorlarga bilvosita ta‘sir qilishi orqali mikrosirkulyasiyani va tomirlarning o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi, labirintda va chig‘anoqda endolimfaning bosimini normallashtiradi. Shu bilan birga betagistin bazillyar arteriyalarda qon oqimini oshiradi.

Vestibulyar nervining yadrolaridagi N3-reseptorlarining ingibitori bo‘lib, yaqqol markaziy samaraga ega. Bosh miya ustuni darajasida vestibulyar yadrolarning neyronlarida o‘tkazuvchanlikni normallashtiradi.

Ko‘rsatilgan hususiyatlarning klinik ko‘rinishlari bosh aylanishlarining tez-tezligi va jadalligini pasayishi, quloqlarda shovqinni kamayishi, eshitish pasaygan holda uning yaxshilanishi hisoblanadi.

Farmakokinetikasi

Tez so‘riladi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – past. Qon plazmada maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti – 3 soat.

Buyraklar orqali metabolitlari ko‘rinishida (2-piridilsirka kislotasi) 24 soat davomida deyarli to‘liq chiqariladi. Yarimchiqarilish davri – 3-4 soat.

 

Qo‘llanilishi

  • kelib chiqishi turlicha bo‘lgan vestibulyar bosh aylanishi davolash va oldini olish;
  • bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin, eshitishni zo‘rayib boruvchi pasayishi, ko‘ngil aynishi va qusishni o‘z ichiga oluvchi sindromlar;
  • Mener sindromi yoki kasalligi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
  • 18 yoshgacha bo‘lganlar (ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli);
  • homiladorlik va laktasiya davri (ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli).

Ehtiyotkorlik bilan:

me‘da va 12-barmoq ichak yara kasalligi (shu jumladan anamnezdagi), feoxromositoma, bronxial astma. Davolash vaqtida ko‘rsatilgan bemorlarni muntazam ravishda kuzatish kerak.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqat vaqtida.

Tabletkalar 8 mg: 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta.

Tabletkalar 16 mg: ½-1 tabletkada kuniga 3 marta.

Tabletkalar 24 mg: 1 tabletkadan kuniga 2 marta.

Yaxshilanish odatda davolashning boshidayoq kuzatiladi, turg‘un terapevtik samara ikki hafta davolashdan so‘ng yuz beradi va bir necha oy davolash davomida o‘sib borishi mumkin. Davolash uzoq muddatli. Davolash kursining davomiyligi shaxsiy aniqlanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak buzilishlari, teri qoplamalari tomonidan yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini paydo bo‘lishi (toshma, qichishish, eshakemi), Kvinke shishi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, tirishishlar.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolash.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan nomutanosibligi yoki o‘zaro ta‘sirining hollari noma‘lum.

Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Betagistin sedativ samaraga ega emas va avtomobilni boshqarish yoki psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 8 mg, 16 mg va 24 mg.

10 yoki 30 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 30, 50 yoki 100 tabletkadan polimer bankada.

10 tabletkadan 3 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan, 30 tabletkadan 1, 3 yoki 3 kontur uyali o‘ramdan yoki polimer bankada qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TAGISTA tabletkalari 24mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TAGISTA tabletkalari 24mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TAGISTA tabletkalari 24mg N30 dori vositasi Нижфарм-Stada CIS tomonidan Rossiya Federatsiyasi mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TAGISTA tabletkalari 24mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TAGISTA tabletkalari 24mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
VESTIBO tabletkalari 24mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf, Исландия произведено: Балканфарма-Дупница АД
VESTIBO tabletkalari 24mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf, Исландия произведено: Балканфарма-Дупница АД
VESTIBO tabletkalari 24mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Каталент Германия Шорндорф ГмбХ
  • Vakil: Аktavis
BETAGIS tabletkalari 16mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фарма Старт, ООО
BETAGIS tabletkalari 16mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фарма Старт, ООО
TAGISTA tabletkalari 16mg N30
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
VESTINORM tabletkalari 24mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 81 000 so'mdan Batafsil
VESTINORM tabletkalari 16mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
BETASERK 24 tabletkalari 24mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Abbott Healthcare Products B.V., Нидерланды произведено: Mylan Laboratories SAS
BETASERK 16 tabletkalari 16mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Abbott Healthcare Products B.V., Нидерланды произведено: Mylan Laboratories SAS
BETASERK 24 tabletkalari 24mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Abbott Healthcare Products B.V., Нидерланды произведено: Mylan Laboratories SAS
BETASERK 8 tabletkalari 8mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Abbott Healthcare Products B.V., Нидерланды произведено: Mylan Laboratories SAS
VESTIBO tabletkalari 16mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Balkanpharma-Dupnitsa AD
ALFINOR tabletkalari 16mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd, Кипр произведено: Farmaceutisch Analytisch Laboratorium Duiven B.V.
BETASERK 0,024 tabletkalari 24mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Майлан Лэбораториз САС
FLOKSADEKS suspenziya 10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Верофарм АО
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
BETAVER 0,024 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Верофарм АО
BETAVER 0,024 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Верофарм АО
BETAVER 0,024 tabletkalari N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бетагистин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Верофарм АО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
EDARBI tabletkalari 40 mg N28
Narh: 81 800 so'mdan Batafsil
SEFEKON D suppozitorii 50mg N10
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
SEFEKON D suppozitorii 250mg N10
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
SEFEKON D suppozitorii 100mg N10
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
OKSOLINOVAYA maz 10g 0,25%
Narh: 4 800 so'mdan Batafsil
METILURASIL suppozitorii 500mg N10
Narh: 8 500 so'mdan Batafsil
Anuzol suppozitorii N10
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
LAVOMAKS tabletkalari 125mg N6
TAGISTA tabletkalari 16mg N30
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
TRANEKSAM tabletkalari 500mg N10
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N30
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N10
SINTOMISINA liniment 25g 10%
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
PREDNIZOLON maz 10g 0,5%
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
TRANEKSAM inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N10
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
MEKSIPRIM tabletkalari 125mg N30
SEFEKON N rektal suppozitorialar 50mg+75mg+600mg №10
KARDIONAT kapsulalar 250mg N40
IXTIOL suppozitorii 200mg N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
XONDROKSID tabletkalari 250mg N60
DIKLOVIT kapsulalar N30
Narh: 49 200 so'mdan Batafsil
FUNGOTERBIN krem 15g 1%
NATALSID suppozitorii 250mg N10
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
PAPAVERIN suppozitorii 20mg N10
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9