358 400 s`om dan
Dorixonalardan izlash560 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish460 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
TIOGAMMA®
THIOGAMMA®
Bu dorini qabul qilishdan oldin ushbu yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.
Preparatning savdo nomi: Tiogamma®
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): tioktat kislotasi
Dori shakli: infuziya uchun eritma.
Tarkibi:
1 flakon 50 ml 12/mg/ml infuziya uchun eritma saqlaydi:
Faol modda: tioktat kislotasining megluminli tuzi – 1167,70 mg (bu 600 mg tioktat kislotasiga ekvivalent);
Yordamchi moddalar: makrogol 300 – 4000,00 mg, meglumin, in‘eksiya uchun suv 50 ml gacha.
Ta‘rifi: och-sariq yoki sarg‘ish-yashil rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: metabolik jarayonlarni to‘g‘rilash uchun vosita.
ATX kodi: A16AX01
Farmakologik xususiyatlari
Tioktat kislotasi–endogen antioksidant (erkin radikallarni bog‘lab oladi).
Organizmda alfa-ketokislotalarning oksidlanishli dekarboksillanishida hosil bo‘ladi. Mitoxondrial multifermentli komplekslarning koenzimi sifatida pirouzum kislotasi va alfa-ketokislotalarni oksidlanish dekarboksillanish jarayonlarida ishtirok etadi. Qonda glyukozaning konsentrasiyasini pasayishiga va jigarda glikogenni oshishiga, shuningdek insulinga rezistentlikni pasayishiga yordam beradi. Lipid va uglevodlar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etadi, xolesterin almashinuviga ta‘sir qiladi, jigar faoliyatini yaxshilaydi, og‘ir metallar tuzlari bilan zaharlanishda va boshqa intoksikasiyalarda dezintoksikasion ta‘sir ko‘rsatadi.
Neyronlarning trofikasini yaxshilaydi. Qandli diabetda tioktat kislotasi glikirlanishning yakuniy mahsulotlarini hosil bo‘lishini kamaytiradi, endonevral qon oqimini yaxshilaydi, glyutationning miqdorini fizioliogik qiymatlar darajasigacha oshiradi, bu natijada diabetik polineyropatiyada periferik nerv tolalarining funksional holatini yaxshilanishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Vena ichiga yuborilganida maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti – 10-11 min., maksimal konsentrasiyasi taxminan 20 mkg/ml ni tashkil qiladi. Jigar orqali «birinchi o‘tish» samarasiga ega.
Metabolitlarini hosil bo‘lishi yon zanjirini oksidlanishi va kon‘yugasiyalanishi natijasida yuz beradi. Umumiy plazma klirensi – 10-15 ml/min. Tioktat kislotasi va uning metabolitlari buyrak orqali (80-90%), katta bo‘lmagan miqdori – o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 25 minutni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Diabetik polineyropatiya, alkogolli polineyropatiya.
Qo‘llash usuli va dozalari
Davolashni boshida Tiogamma® infuziya uchun eritma preparati vena ichiga sutkada 600 mg dozada (1 flakon) 2-4 hafta davomida yuboriladi. Preparatli flakon qutidan chiqariladi va darhol berilgan yorug‘likdan himoya qiluvchi g‘ilof bilan yopiladi, chunki tioktat kislotasi yorug‘likka sezgir. Infuziya bevosita flakondan qilinadi. Asta-sekin yuboriladi, taxminan 1,7 ml/min tezlikda, 30 minut davomida yuboriladi.
So‘ngra tioktat kislotasini peroral shaklini (Tiogamma®, qobiq bilan qoplangan tabletkalar) qabul qilishni davom ettirish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Noxush nojo‘ya reaksiyalarni paydo bo‘lishini tez-tezligi JSST tasnifiga muvofiq keltirilgan:
Juda tez-tez | 10 nafar davolanayotganlardan 1 tadan ko‘proq |
Tez-tez | 10 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamroq, lekin 100 nafaridan 1 tadan ko‘proq |
Tez-tez emas | 100 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamroq, lekin 1000 nafaridan 1 tadan ko‘proq |
Kam | 1000 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamroq, lekin 10000 nafaridan 1 tadan ko‘proq |
Juda kam | 10000 nafardan 1 tadan kamroq, shu jumladan alohida hollar ham |
Qon yaratish tizimi va limfatik tizimi tomonidan:
Juda kam: shilliq qavatlar va teriga nuqtali qon quyilishlar, trombositopeniya, gemorragik toshma (purpura), tromboflebit;
Immun tizimi tomonidan:
Alohida hollarda: tizimli allergik reaksiyalar (hatto anafilaktik shok rivojlanishigacha) bo‘lishi mumkin;
Markaziy nerv tizimi tomonidan:
Juda kam hollarda: ta‘m sezishni o‘zgarishi yoki buzilishi; juda kam: tirishishlar;
Ko‘rish a‘zosi tomonidan:
Juda kam hollarda: diplopiya;
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan:
Alohida hollarda: allergik reaksiyalar – eshakemi, qichishish, ekzema, toshma.
Boshqa nojo‘ya reaksiyalar:
Alohida hollarda: glyukozani o‘zlashtirilishini yaxshilanishi tufayli, qonda glyukozaning konsentrasiyasi pasayishi mumkin. Bunda gipoglikemiya simptomlari: bosh aylanishi, ko‘p terlash, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi; alohida hollarda: yuborish joyida allergik reaksiyalar – ta‘sirlanish, giperemiya yoki shish paydo bo‘lishi mumkin;
Juda kam hollarda: preparat tez yuborilgan hollarda bosh miya ichki bosimini oshishi (boshda og‘irlik hissi paydo bo‘ladi), nafasni qiyinlashishi kuzatilishi mumkin. Bu reaksiyalar mustaqil o‘tib ketadi.
Agarda yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralar birontasi yomonlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tioktat kislotasi va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Homiladorlik va emizish davri.
Preparatni qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Tioktat kislotasi bir vaqtda qabul qilinganida sisplatinning samaradorligini pasaytiradi, shuningdek temir, magniy preparatlari kabi metallarni saqlovchi preparatlar bilan reaksiyaga kirishadi. Tioktat kislotasi qandlarning molekulalari bilan, masalan levulyoza (fruktoza) eritmasi bilan reaksiyaga kirishib, qiyin eruvchi molekulalarni hosil qiladi. Glyukokortikoidli vositalarning yallig‘lanishga qarshi ta‘sirini kuchaytiradi.
Tioktat kislotasining infuzion eritmasi dekstroza eritmasi, Ringer eritmasi va disulfidli va SH-guruhlari bilan reaksiyaga kirishuvchi eritmalar bilan nomutanosib.
Tioktat kislotasi insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, ularning ta‘siri kuchayishi mumkin.
Agarda Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan yoki qabul qilmoqchi bo‘lsangiz, Tiogamma® preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa davolashning boshlang‘ich bosqichida, qonda glyukozaning konsentrasiyasini doimiy nazorati zarur. Ayrim hollarda gipoglikemiyani rivojlanishidan saqlanish uchun, insulin yoki peroral gipoglikemik preparatning dozasini pasaytirish kerak. Gipoglikemiya simptomlari (bosh aylanishi, ko‘p terlash, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi, ko‘ngil aynishi) paydo bo‘lganida davolashni darhol to‘xtatish kerak. Yakka hollarda Tiogamma® qo‘llanganida glikemik nazorat bo‘lmagan va umumiy holati og‘ir bo‘lgan pasientlarda jiddiy anafilaktik reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Tiogamma® preparati bilan davolanish vaqtida alkogolni iste‘mol qilish davolovchi samarani pasaytiradi va neyropatiyani rivojlanishi va kuchayishiga yordam beruvchi xavf omili hisoblanadi. Tiogamma® preparatini qabul qilayotgan pasientlar alkogolni iste‘mol qilishdan saqlanishlari kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Avtotransport vositasini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i.
Tioktat kislotasi 10 g dan 40 g gacha dozalarda alkogol bilan birga qabul qilingan holda, hatto o‘lim bilan yakunlangan intoksikasiya hollari kuzatilgan. Dozani o‘tkir oshirib yuborilishining simptomlari: odatda keyinchalik yoyilgan tirishishlarni rivojlanishi va laktoasidozni rivojlanishi bilan birga kechuvchi psixomotor qo‘zg‘alish yoki ongni buzilishi. Shuningdek gipoglikemiya, shok, rabdomioliz, gemoliz, disseminasiyalangan tomir ichki qon ivishi, suyak ko‘migining depressiyasi va ko‘p a‘zolarda yetishmovchilik hollari ta‘riflangan.
Davolash simptomatik. Spesifik antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma 12 mg/ml.
50 ml dan II tur jigarrang shishadan tayyorlangan, rezina tiqin bilan berkitilgan flakonda. Tiqin alyumin qalpoqcha yordamida mustahkamlanadi, uning yuqori qismida polipropilen taglik bor. 1 flakondan yoki 10 flakondan flakonlarning miqdori bo‘yicha qora rangli polietilendan tayyorlangan yorug‘likdan himoya qiluvchi osma g‘iloflar bilan, karton to‘siqlar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.