×
×
  • TORROKS infuziya uchun eritma 250ml 5%

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TORROKS infuziya uchun eritma 250ml 5%

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
- Jiangsu Pengyao Pharmaceutical Co., Ltd
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ELEVIT KORMLENIE kapsulalar 1259,5mg N30 Bayer Consumer Care AG Germaniya
MONTILAST tabletkalari 10mg N10 Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd. O'zbekiston
DERMACOMPLEX kapsulalar 0,5g N20 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
70 000 s`om dan
MIGRAFEN-400 tabletkalari N100 Avantika Medex PVT.LTD Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TORROKS infuziya uchun eritma 250ml 5% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TORROKS

TORROKS

 

Preparatning savdo nomi: Torroks

Dori shakli: infuziya uchun eritma

Tarkibi:

Aminokislota Yorlig‘idagi ko‘rsatma

g/100 ml

Spesifikasiya
1. L-Asparagin kislotasi 0,250 Br.F.
2. L-Treonin 0,250 AQSH F.
3. L-Serin 0,100 AQSH F.
4. L-Glutamin kislotasi 0,075 AQSH F.
5. Glisin 0,760 Br.F.
6. L-Alanii 0,200 AQSH F.
7. L-Valin 0,360 AQSH F.
8. L-Metionin 0,225 AQSH F.
9. L-Izoleysin 0,352 AQSH F.
10. L-Leysin 0,490 AQSH F.
11. L-Tirozin 0,025 AQSH F.
12. L-Fenilalanin 0,533 AQSH F.
13. L-Gistidin 0,250 Br.F.
14. L-Triptofan 0,090 AQSH F.
15. L-Lizin gidroxloridi 0,430 AQSH F.
16. L-Arginin 0,500 AQSH F.
17. L-Prolin 0,100 AQSH F.
18. L-Sistein 0,010 Br.F.
19. Sorbitol 5,000 Br.F.
20. Natriy metabisulfiti 0,020 Br.F.
21. Natriy gidroksidi 0,140 Br.F.
22. In‘eksiya uchun suv Q.S. Br.F.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki och sariq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: parenteral oziqlantirish uchun preparat, aminokislotalar.

ATX kodi: V05VA10

Farmakologik xususiyatlari

“TORROKS” oqsilga ehtiyoji past, normal yoki yuqori bo‘lgan turli patologiyali bemorlarni, enteral oziqlanish samarasiz yoki iloji bo‘lmagan hollarda parenteral oziqlantirish uchun mo‘ljallangan. “TORROKS” da saqlanuvchi almashtirib bo‘ladigan va almashtirib bo‘lmaydigan L-aminokislotalar tabiiy fiziologik birikmalardir. Ovqat bilan tushadigan va oqsillarning parchalanishi yo‘li bilan olinadigan aminokislotalar kabi, parenteral yuboriladigan aminokislotalar ham qon plazmasining erkin aminokislotalarining umumiy tarkibiga tushadi, undan xujayralarga oqsillarning sintezi uchun va turli metabolik yo‘llariga ketadi.

Barcha aminokislotalar L-shakllarda bo‘lib, bu ularning oqsil biosintezida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatini ta‘minlaydi. Barcha sakkizta almashtirib bo‘lmaydigan, shuningdek shartli ravishda almashtirib bo‘ladigan L-arginin va L-gistidin saqlaydi. L-arginin ammiakni mochevinaga aylanishiga yordam beradi, jigarda oqsillarning katabolizmida hosil bo‘ladigan ammoniyning zaharli ionlarini bog‘laydi.

Bu preparatlarda energiyaning asosiy manbai sorbitoldir, u jigarda fruktoza-6-fosfatga fosforlanadi. Sorbitol va fruktozani o‘zlashtirilishida insulin ishtirok etmaydi, bu ularni insulinga bog‘liq bo‘lmagan energiya manbaiga aylantiradi – ular qo‘llanganida glyukoza saqlovchi parenteral oziqlanish uchun preparatlar ishlatilganida uchrashi mumkin bo‘lgan giperglikemik asidoz paydo bo‘lmaydi. Bundan tashqari, sorbitol glyukozaga qaraganda aminokislotalarning eng yaxshi erituvchisidir, chunki aldegid va keton guruhlarni saqlamaydi, aminoguruxlar bilan o‘zaro ta‘sir qilmaydi va aminokislotalarning o‘zlashtirilishini pasaytirmaydi.

Farmakokinetikasi

Parenteral yuborilgan aminokislotalar organizmda oqsil sintezi jarayonida ishlatiladi. Bu jarayonda ishlatilmaydigan aminokislotalar mochevinani hosil bo‘lishi bilan dezaminasiyaga uchraydilar, u so‘ngra siydik bilan chiqariladi. Aminokislotalarning T1/2 (sog‘lom odamlarda) 5-15 minutni tashkil qiladi. Aminokislotalarning qondagi konsentrasiyasi tez oshirilganida, ular biotransformasiyalanishga ulgurmay, organizm tomonidan o‘zlashtirilmay, siydik bilan chiqishi mumkin.

“TORROKS” organizmda flavinmononukleotid fermentiga biotransformasiyalanadi, so‘ngra esa flavinadenindinuleotidga. “TORROKS” metabolitlari plazma oqsillari bilan 60% ga bog‘lanadi. “TORROKS” siydik bilan, qisman metabolitlari shaklida chiqariladi. Sorbitol dastlab jigarda fruktozagacha metabolizmga uchraydi, lekin darhol glyukozagacha metabolizmga uchrashi ham mumkin.

 

Qo‘llanilishi

  • Enteral oziqlanishning imkoni yo‘qligida;
  • ovqat hazm qilish a‘zolarining og‘ir kasalliklarida (me‘da-ichak yo‘llarining obstruksiyasi, kamso‘rilish sindromi, ichakning yallig‘lanish kasalliklari, pankreatit, ichak oqmalari);
  • jarohatlarda;
  • kuyishlarda;
  • sepsisda;
  • xavfli o‘smalarda operasiyadan oldingi va keyingi davrda parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Pasientning holatiga qarab individual ravishda belgilanadi.

Dozalash pasientning yoshi, tana vazni va holatiga qarab, aminokislotani talab etilishiga muvofiq buyurilishi kerak.

Preparat v/i infuziya ko‘rinishida (yuborish tezligi minutiga 3-4 ml) sutkada tana vazniga qarab qo‘llaniladi, bu sutkada 1-2 g aminokislota/kg ga muvofiq keladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi: jigar fermentlarining faolligini oshishi.

Mahalliy reaksiyalar: preparat yuborilgan joyda terini ta‘sirlanishi, tromboflebit.

Aminokislotalar qon tarkibini o‘zgartirishi va qonda ammiakning miqdorini oshirishi mumkin. Ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riqlar, charchoqlik hissi, eshakemi, arterial gipertenziya, taxikardiya, paresteziyalar, nafasni buzilishi, terlash va tana haroratini oshishi paydo bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • proteinlar sintezini buzilishi;
  • buyrak funksiyasini yaqqol buzilishlari;
  • jigar funksiyasini yaqqol buzilishlari;
  • yurak yetishmovchiligining og‘ir shakllari;
  • fruktozani o‘zlashtiraolmaslik;
  • metanol bilan zaharlanish;
  • giperkaliemiya;
  • asidoz.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Argininni tiazid diuretiklar va aminofillin bilan bir vaqtda yuborish qonda insulin miqdorini oshiradi.

Arginin spironolakton bilan bir vaqtda qo‘llanganida og‘ir giperkaliemiya bo‘lishi mumkin. Birga qo‘llanganida izoniazid, penisillin, peroral kontraseptivlar piridoksinning metabolizmini pasaytiradi. Bir vaqtda qo‘llanganida “TORROKS” doksisiklinning, tetrasiklinning, oksitetrasiklinning, eritromisinning va linkomisinning faolligini ahamiyati kamaytirdi.

Preparat yuborilganida argininni tiopental bilan nomutanosibligini hisobga olish kerak.

Eritmaga amikasin, ampisllin, sefotaksim, seftriakson, xloramfenikol, klindamisin, doksisiklin, eritromisin glyuseptati yoki laktobionati ko‘rinishida, gentamisin, netilmisin, penisillin, piperasilin, tetrasiklin, torbamisin, vankomisinlarni qo‘shish mumkin. Bunday eritmalar xona haroratida 6-24 soatgacha barqaror bo‘lib qoladi.

Shuningdek eritmaga aminofillin, kalsiy glyukonati, xlorpromazin, simetidin, nizatidin, famotidin, ranitidin, siklofosfamid, sitarabin, digoksin, dopamin, ftorurasil, folat kislotasi, furosemid, geparin, insulin, propranolol, noradrenalin, lidokain, morfin, metotreksat, metildopa, metilprednizolon, metoklopamid, fitomenadionni qo‘shish mumkin. Bunday eritmalarning xona haroratidagi barqarorligi – 24 soatgacha.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Sepsisda, noaniq genezli arterial gipertenziyada, jigar kasalliklarida, shuningdek suyuqlikni yuborish cheklash kerak bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Preparatni buyurishda, preparatning tarkibiga kiruvchi arginin qon plazmasida fosforning konsentrasiyasini kamayishini va kaliyning konsentrasiyasini oshishini, ayniqsa qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda chaqirishi mumkin. Shuning uchun har qanday turdagi qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga “TORROKS” ni faqat insulinoterapiya fonida buyurish mumkin.

Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi: “TORROKS” preparatini homiladorlikda va emizish davrida qo‘llash mumkinligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar taqdim etilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya ta‘sirlarini kuchayishi.

Davolash: simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

100 ml, 200 ml va 500 ml dan rezina tiqinli, alyuminiy qopqoqcha bilan zich yopilgan shisha flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TORROKS infuziya uchun eritma 250ml 5% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TORROKS infuziya uchun eritma 250ml 5% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TORROKS infuziya uchun eritma 250ml 5% dori vositasi Jiangsu Pengyao Pharmaceutical Co., Ltd tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TORROKS infuziya uchun eritma 250ml 5% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TORROKS infuziya uchun eritma 250ml 5% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
VITAMIN V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Jiangsu Pengyao Pharmaceutical Co., Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9