×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TRAYKOR tabletkalari 145mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
Фенофибрат
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Abbott Laboratories GmbH, Германия произведено: Recipharm Fontaine
ATX kodi:
- C10AВ05
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 174 ta dorixonasida topildi

ico 187 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 228 500 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 198 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
PROPANORM tabletkalari 150mg N50 Pro. Med. CS Praha a.s. Chexiya
11 000 s`om dan
VENOLAYF gel 40g Акрихин, АО Rossiya
61 990 s`om dan
VENOXELP tabletkalari 50mg N30 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
57 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TRAYKOR tabletkalari 145mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TRAYKOR®

TRICOR®

Preparatning savdo nomi: Traykor®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): fenofibrat

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka ыuyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 145 mg fenofibrat (nanozarrachalar);

yordamchi moddalar: saxaroza, laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, kolloid kremniy dioksidi, krospovidon, gipromelloza, natriy laurilsufati, natriy dokuzati, polivinil spirti, titan dioksidi (Ye171), talk, soya lesitini, ksantan kamedi.

Ta‘rifi: oq, oval, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida «145» markirovkasi, boshqa tomonida Furne kompaniyasi logotipi bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Gipolipidemik vosita. Qon zardobida xolesterin va trigliseridlarning darajasini pasaytiruvchi preparatlar.

ATX kodi: S10A VO5.

 

Farmakologik xususiyatlari

Fenofibrat fibroy kislotasining hosilasi bo‘lib, uning odam organizmidagi lipidmodifikasiya qiluvchi samaralari peroksisomalarning (PPARα) proliferatori faollashtiradigan α-reseptorlarni faollashishi orqali amalga oshiriladi.

PPARα ni faollashishi orqali fenofibrat lipolizni va lipoproteidlipazani faollashtirishi va SIII apoproteinning xosil bo‘lishini kamaytirish yo‘li bilan trigliseridlarga (TG) boy bo‘lgan aterogen zarrachalarni qon plazmasidan chiqarilishini kuchaytiradi. PPARα ni faollashishi shuningdek AI va AII apoproteinlarning sintezini kuchayishini chaqiradi.

Fenofibratning lipoproteinlarga yuqorida keltirilgan samaralari ular V apoproteini saqlovchi, juda past va past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP va PZLP) fraksiyalarini kamayishiga va AI va AII apoproteinlarini saqlagan, yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YUZLP) fraksiyasini  oshishiga olib keladi.

Bundan tashqari, JPZLP fraksiyalarining sinitezini va katabolizmini modulyasiya qilish yo‘li bilan, fenofibrat PZLP klirensini oshiradi va yurak ishemik kaslligini rivojlanish xavfi bo‘lgan pasientlarda  tarqalgan buzilish, aterogen lipoproteinli fenotipda darajasi oshgan mayda zich PZLP miqdorini kamaytiradi.

Klinik tadqiqotlar vaqtida fenofibrat qo‘llanganida umumiy xolesterinning darajasi 20-25% ga, trigliseridlarning darajasi – 40-55% ga pasaygan, YUZLP xolesterinining darajasi esa 10-30% ga oshgan.

PZLP xolesterinining darajasi 20-35% ga pasaygan giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda fenofibratni qo‘llash, aterogen xavfning markerlari bo‘lgan umumiy XS/XS YUZLP, XS PZLP/XS YUZLP va apo V/apo A1 nisbatini pasayishiga olib kelgan.

DAIS (Diabets Atherosclerosis Intervention Study) tadqiqotlarning natijalari, fenofibratni 2 tip qandli diabeti va giperlipidemiyasi bo‘lgan pasientlarda angiografik tekshirishlarning ma‘lumotlari bo‘yicha fokal koronar aterosklerozni rivojlanib borishini axamiyatli kamaytirishini ko‘rsatgan. DAIS tekshirish qandli diabetning 2 tipi va giperlipoproteidemiyasi bo‘lgan (umumiy xolesterinni                5,57 mmol/l, trigliseridlarni 2,54 mmol/l, PZLP xolesterinin 3,37 mmol/l, YUZLP xolesterinini 1,03 mmoll/l o‘rtacha darajalari) 418 pasientlar ishtirok etgan randomizasiyalangan ikki tomonlama yashirin, plasebo-nazoratli tadqiqot o‘tkazilgan. Fenofibrat bilan o‘rtacha 38 oy davomida davolash, koronar angiografiyaning miqdoriy baholash ma‘lumotlari bo‘yicha koronar arteriyalarning fokal shikastlanishini avj olib borishini ahamiyatli 40% ga pasayishiga olib kelgan.

Fenofibrat bilan davolash davomida xolesterinning ekstravaskulyar (payli va tuberoz ksantomalar ko‘rinishida) to‘planishi ancha kamayishi yoki xatto butunlay yo‘qolishi xam mumkin.

Fibrinogenning yuqori darajalari bo‘lgan pasientlarda fenofibrat qo‘llanganida, lipoprotein (a) ning yuqori darajalari bo‘lgan pasientlardagi kabi, bu ko‘rsatkichning ancha pasayishi aniqlangan. Fenofibrat S-reaktiv protein kabi yallig‘lanishning boshqa markerlari darajasini xam pasaytiradi.

Fenofibratning siydik kislotasi darajasini 25% ga pasayishiga olib keluvchi, urikozurik ta‘sirini, dislipidemiyasi va giperurikemiyasi bo‘lgan pasientlarda preparatning qo‘shimcha ijobiy samarasi deb xisoblash kerak.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda va klinik sinovlarda fenofibratni trombositlarga antiagregasion ta‘sir ko‘rsatishi ko‘rsatilgan, u ADF, araxidon kislotasi va adrenalin chaqirgan trombositlar agregasiyasini pasaytirishi orqali namoyish qilingan.

Farmakokinetikasi

Traykor® 145 mg dan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari nanozarrachalar ko‘rinishida 145 mg fenofibrat saqlaydi.

So‘rilishi

Peroral qabul qilinganidan keyin qon plazmasidagi preparatning maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 2-4 soat o‘tgach erishiladi. Qon plazmasidagi preparatning konsentrasiyasi doimo qabul qilinganida barcha pasientlarda barqarordir.

Fenofibratning oldingi preparatlaridan farqli ravishda, fenofibratning nanozarrachalarini saqlovchi preparatni qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga va umumiy ta‘sirining darajasiga, ovqat qabul qilish ta‘sir qilmaydi. Shuning uchun nanozarrachalar ko‘rinishida 145 mg fenofibrat saqlovchi plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklidagi Traykor®  preparatini,, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin. Fenofibratning yangi dori shaklini (tabletkalar 145 mg) och qoringa va yog‘larning miqdori yuqori bo‘lgan ovqat bilan bir vaqtda qabul qilgan sog‘lom erkaklar va ayollarda ovqatning ta‘sirini tekshirish,  ovqat qabul qilish fenofibroy kislotasini so‘rilishi  ko‘rsatgichlariga (AUC va Smax) ta‘sir qilmasligini ko‘rsatadi.

Taqsimlanishi

Fenofibroy kislotasi qon plazmasi albuminlari bilan yaxshi (99% dan ortiq) bog‘lanadi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Ichga qabul qilinganidan keyin fenofibrat esterazalar tomonidan faol metaboliti – fibroy kislotasini xosil bo‘lishi bilan tez gidrolizlanadi. Qon plazmasida o‘zgarmagan fenofibrat aniqlanmaydi. Fenofibrat CYP 3A4 ning substrati emas va jigar mikrosomal metabolizmida ishtirok etmaydi.

Preparat asosan siydik bilan chiqariladi. Preparat 6 kun davomida deyarli to‘liq chiqariladi. Fenofibrat asosan fenofibroy kislotasi va uning glyukuronidli kon‘yugati shaklida chiqariladi. Keksa yoshdagi pasientlarda fenofibroy kislotasining umumiy klirensi o‘zgarmaydi.

Bir martalik doza qo‘llanganidan keyin va doimiy qabul qilingandagi kinetikasining tekshirishlari, preparatni organizmda to‘planmasligini ko‘rsatadi. Fenofibroy kislotasi gemodializ yordamida chiqarilmaydi.

Fenofibroy kislotasining qon plazmasidan yarim chiqarilish davri taxminan 20 soatni tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

Parhezning va  davolashning boshqa nomedikamentoz usullarini (tana vaznini kamayishi, jismoniy faollikni oshishi) samarasizligida, xususan, arterial gipertenziya va chekish kabi xavf omillari mavjudligidagi giperxolesterinemiya va alohida yoki aralash dislipidemiyalar, (IIa, IIb, IV tur shuningdek III va V tur dislipidemiyalar) gipertrigliseridemiya.

Asosiy kasallikni (masalan, qandli diabetdagi dislipidemiya) samarali davolashga qaramasdan, giperlipoproteniemiya saqlanganidagi ikkilamchi giperlipoproteinemiyada qo‘llanadi.

Bunda davolashni boshlashdan oldin boshlangan parhez bilan davolashni davom ettirish kerak.

Qo‘llash usuli va dozalari

Davolash samaradorligini qon zardobida lipidlarning darajasini aniqlash yo‘li bilan nazorat qilish kerak. Agar bir necha oy (masalan, 3 oy) davolashdan keyin adekvat samaraga erishilmasa, davolashning qo‘shimcha yoki boshqa usullarini buyurish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.

Dozalari

Kattalar

Tavsiya qilingan doza – 145 mg fenofibrat saqlovchi bir qobiq bilan qoplangan tabletka sutkada bir marta. Fenofibratning 200 mg li bir kapsulasini (yoki bir tabletka 160 mg fenofibrat) qabul qilayotgan pasientlarni, 145 mg fenofibrat saqlovchi bir tabletkadan sutkada 1 marta qo‘llash bilan davolashga dozaga keyingi tuzatish kiritishsiz o‘tkazish mumkin.

Maxsus kategoriyalar

Keksa yoshdagi pasientlar

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lmagan keksa pasientlar uchun kattalarning uchun odatdagi dozasi tavsiya etiladi.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatning pastroq dozasini buyurish kerak. Yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi surunkali buyrak kuasalliklarida bir kapsuladan 100 mg standart preparatni yoki 67 mg mikronlangan fenofibratni sutkada bir marta qo‘llanadi. Buyrakning og‘ir surunkali kasalligi bo‘lgan pasientlarga fenofibrat tavsiya etilmaydi.

Jigar yetishmovchiligi

145 mg li plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni, ma‘lumotlarning yetarli emasligi tufayli, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi.

Bolalar

Bolalar va 18 yoshdan kichik o‘smirlarda fenofibratni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Ma‘lumotlar yo‘q. Shuning uchun 18 yoshdan kichik pasientlarda fenofibratni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Qo‘llash usuli

145 mg dan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, sutkaning har qanday vaqtida qabul qilish mumkin («Farmakokinetika» bo‘limiga qarang). Tabletkani butunligicha bir stakan suv bilan qabul qilinadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

145 mg fenofibrat tabletkalari bilan davolashda eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar, ovqatni xazm bo‘lishini buzulishlari va me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlari bo‘lgan

Plasebo-nazoratli klinik tadqiqotlar (n=2344) vaqtida quyidagi noxush samaralar, quyidagi tez-tezlikda kuzatilgan:

MedDra bo‘yicha

tizim sinfi

Tez-tez >1/100, <1/10 Tez-tez emas

>1/1000, <1/100

Kam hollarda >1/10000, <1/1000 Juda kam hollarda

<1/10000, shu jumladan yakka xabarlar

Qon va limfatik tizimi tomoni-dan buzilishlar     Gemoglobin dara-jasini pasayi-shi.

Leykositlar sonini kamayishi

 

 
Immun tizimi

tomonidan

buzilishlar

    O‘ta yuqori sezuvchanlik  
Nerv tizimi

tomonidan

buzilishlar

 

  Bosh og‘rig‘i Toliqish va

bosh aylanishi

 
Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar   Tromboemboliya

(o‘pka trombo-

emboliyasi, chuqur venalar trombozi)*

   
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar MIY buzilish-

larini belgi-

lari va simp-tomlari (qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm)

Pankreatit*    
Gepatobiliar

tizim tomonidan buzilishlar

Transaminazalar

darajasini oshishi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga

qarang

Xolelitiaz

(«Maxsus ko‘rsatmalar»

bo‘limiga qarang

Gepatit  
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan

buzilishlar

  O‘ta yuqori sezuvchanlikning

teri reaksiya-

lari (masalan

toshmalar, qichishish, eshakemi

Alopesiya.

Fotosezuvchan-

lik reaksiyalari

 
Skelet-mushak

tizimi, birik-

tiruvchi to‘qima

tomonidan buzilishlar

  Mushak buzi-lishlari (masalan

mialgiya, miozit, mushak spazmi va kuchsizlik)

   
Reproduktiv ti-zimi va sut bez-lari tomonidan buzilishlar   Jinsiy

disfunksiya

   
Laboratoriya taxlillari   Qonda kreati-nin darajasini oshishi Qonda mochevina

darajasini

oshishi

 

* 2 tip qandli diabeti bo‘lgan 9795 pasientda o‘tkazilgan FIELD randomizasiyalangan, plasebo-nazroatli tadqiqotlarda, fenofibrat qabul qilgan pasientlar orasida, plasebo qabul qilgan pasientlarga nisbatan pankreatit xollarini statistik ahamiyatli oshishi kuzatilgan (muvofiq 0,8% va 0,5%; r = 0,031). Shu tadqiqotning o‘zida o‘pka emboliyasining tez-tezligini statistik ahamiyatli oshishi haqida xabar berilgan (plasebo guruxida 0,7% va fenofibrat guruhida 1,1%; r = 0,022) va chuqur arteriyalarning trombozini statistik ahamiyatsiz oshishi (fenofibrat: 1,4%[67/4895] bilan solishtirganda plasebo: 1,0% [48/4900]; r = 0,074).

Klinik tadqiqotlar vaqtida xabar berilgan bu ko‘rinishlardan tashqari, 145 mg dan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni postmarketing qo‘llash davrida qator nojo‘ya samaralari xaqida xabarlar tushgan. Mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha ularning aniq sonini aniqlashning iloji yo‘q, shuning uchun ular «noma‘lum» sifatida tasniflanadi.

Respirator yo‘llari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari: o‘pkaning interstisial kasalliklari.

Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: rabdomioliz.

Gepatobiliar tizimi tomonidan: sariqlik, xolelitiazning asoratlari (masalan, xolesistit, xolangit, o‘t-yo‘llari sanchig‘i).

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: og‘ir teri reaksiyalari (masalan, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Jigar yetishmovchiligi (biliar sirroz va noma‘lum etiologiyali jigar faoliyatini doimiy davom etuvchi buzilishlari);
  • o‘t-pufagining aniqlangan kasalliklari;
  • buyrakning og‘ir surunkali kasalliklari;
  • surunkali yoki og‘ir gipertrigliseridemiya oqibatidagi o‘tkir pankreatitdan tashqari o‘tkir pankreatit;
  • fibratlar yoki ketoprofen bilan davolash fonidagi aniqlangan fotoallergiya yoki fototoksik reaksiya;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • faol moddaga yoki «Tarkibi» bo‘limida ko‘rsatilgan yordamchi moddalaridan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Bundan tashqari, fenofibratning 145 mg li tabletkalarini, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarning paydo bo‘lishini xavfi tufayli, yeryong‘oq moyi yoki soya lesitini yoki o‘xshash maxsulotlarga allergiyasi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Peroral antikoagulyantlar

Fenofibrat peroral antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi va qon ketishlari xavfini oshirishi mumkin. Davolashni boshida antikoagulyantlarning dozasini uchdan birga pasaytirish va so‘ngra zarurati bo‘lganida XNN ga (Xalqaro normallashtirilgan nisbat) muvofiq asta-sekin tuzatish kiritish kerak.

Siklosporin

Fenofibrat va siklosporin bir vaqtda qo‘llanganida, buyraklar faoliyatini qaytuvchan buzilishini bir necha og‘ir xollari xaqida xabar berilgan. Shuning uchun bu pasientlarda buyraklar faoliyatini sinchiklab kuzatish kerak, va laboratoriya ko‘rsatgichlarini yaqqol og‘ishlari aniqlangan xollarda fenofibrat bilan davolashni bekor qilish kerak.

GMK-KoA reduktaza ingibitorlari va boshqa fibratlar

Fenofibrat GMK-KoA reduktaza ingibitorlari va boshqa fibratlar bir vaqtda qo‘llanganida jiddiy mushak toksikligining xavfi oshadi. Bunday majmuaviy davolashni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish va mushak toksikligining belgilarini aniqlash uchun pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak («Qo‘llashning o‘ziga xosligi» bo‘limiga qarang).

Glitazonlar

Fenofibrat va glitazonlar yondosh qo‘llanganida, YUZLP xolesterini darajasini qaytuvchan, paradoksal pasayishini xollari xaqida xabar berilgan. Shuning uchun bu preparatlar majmuada qo‘llanganida YUZLP xolesterini darajasini nazorat qilish, agar  YUZLP xolesterini darajasi juda past bo‘lsa, davolashni to‘xtatish tavsiya etiladi

Sitoxrom R450 fermentlari

Odam jigari mikrosomalarini ishlatish bilan o‘tkazilgan in vitro sharoitdagi tadqiqotlar, fenofibrat va fenofibroy kislotasi sitoxrom (CYP) P450 ning, CYP3A4, CYP2D6, CYR2E1 yoki CYP1A2 izofermentlarining ingibitorlari emasligini ko‘rsatadi. Ular terapevtik dozalarda CYP2C19 va CYP2A6  ning kuchsiz va CYP2C9 ning kuchsiz/o‘rtacha ingibitorlari xisoblanadi.

Fenofibratni tor terapevtik indeksga ega bo‘lgan, CYP2C19, CYP2A6 va ayniqsa CYP2C9 tomonidan metabollizmga uchraydigan dori preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlar, sinchikov kuzatuv ostida bo‘lishlari, va zarurati bo‘lganida bu prepratlarning dozasiga tuzatish kiritish kerak.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Ikkilamchi giperlipidemiya

Fenofibrat bilan davolashni boshlashdan oldin nazorat qilinmaydigan 2 tip qandli diabeti, gipertireoz, nefrotik sindrom, disproteinemiya, jigarning obstruktiv kasalliklari, farmakologik davolash, alkogolizm kabi, ikkilamchi giperlipidemiyaning sababi bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarni adekvat davolashni o‘tkazish kerak. Estrogenlar yoki estrogen saqlovchi kontraseptivlarni qabul qilayotgan giperlipidemiyasi bo‘lgan pasientlarda, giperlipidemiyani birlamchi yoki ikkilamchi ekanligini aniqlash kerak (peroral kontraseptivlarni qabul qilish oqibatida lipidlar darajasi oshishi mumkin).

Jigar faoliyati

Boshqa gipolipidemik preparatlarni qo‘llashdagi bo‘lgani kabi, ayrim pasientlarda transaminazalar darajasini oshishi xaqida xabar berilgan. Ko‘pchilik xollarla bu siljish o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lgan, katta bo‘lmagan va simptomsiz kechgan. Davolashning birinchi 12 oyi davomida har 3 oyda va so‘ngra vaqti-vaqti bilan transaminazalar darajasini nazorat qilish kerak. Transaminazalar darajasi oshadigan pasientlarga e‘tibor berish kerak va agar AST va ALT darajasi normaning yuqori chegarasidan 3 marta oshsa, davolashni to‘xtatish kerak. Agar simptomlar gepatitni paydo bo‘lishini ko‘rsatsa (masalan, sariqlik, qichishish) va tashxis laboratoriya tahlillari bilan tasdiqlansa, fenofibrat bilan davolash bekor qilinishi kerak.

Me‘da osti bezi

Fenofibrat qabul qilayotgan pasientlarda pankreatitni paydo bo‘lishi xaqida xabar berilgan («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» va «Nojo‘ya ta‘sirlari» bo‘limlariga qarang). Bu og‘ir gipertrigliseridemiyasi bo‘lgan pasientlarda davolashni samaradorligini yetarli emasligi, dori preparatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘siri yoki o‘t yo‘llarida toshlarni hosil bo‘lishi yoki umumiy o‘t yo‘lini obstruksiyasi bilan sladjni shakllanishi oqibatidagi ikkilamchi ko‘rinishlardan dalolat berishi mumkin.

 

Mushaklar

Fenofibratlar va boshqa lipidlarni pasaytiruvchi preparatlar qo‘llanganida, mushak toksikligi, shu jumladan buyrak yetishmovchiligi bilan yoki usiz rabdomiolizning kam hollari xaqida xabar berilgan. Bu buzilishni rivojlanishini tez-tezligi gipoalbuminemiyada va mavjud buyrak yetishmovchiligida oshadi. Miopatiya va/yoki rabdomiolizni rivojlanishiga moyillik omillari, shu jumladan 70 yoshdan oshganlar, nasliy mushak kasalliklarining shaxsiy yoki oilaviy anamnezi, buyrak faoliyatini buzilishi, gipotireoz va alkogolni suiste‘mol qilish holatlari bo‘lgan pasientlarda, rabdomiolizni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lishi mumkin. Bu pasientlarga fenofibrat buyurilganida, fenofibrat bilan davolashning foydasi va xavfini sinchiklab baholash kerak.

Mushaklarga toksik ta‘sirini diffuz mialgiya, miozit, mushak spazmlari va kuchsizligi, va/yoki KFK darajasi axamiyatli yuqori (normadan 5 marta yuqori) bo‘lgan pasientlarda gumon qilish kerak. Bunday hollarda fenofibrat bilan davolash bekor qilinishi kerak.

Mushaklarga toksik ta‘sirining xavfi, preparat boshqa fibratlar yoki GMK-KoA reduktaza ingibitorlari bilan birga qo‘llanganida, ayniqsa mavjud mushak kasalliklari bor bo‘lgan hollarda yuqori bo‘lishi mumkin. Demak, fenofibrat GMK-KoA reduktaza ingibitori yoki boshqa fibrat bilan bir vaqtda, faqat og‘ir aralash dislipidemiyasi yoki anamnezida mushak kasalligisiz yurak-qon tomir kasalliklari xavfi yuqori bo‘lgan pasientlarga, mushaklarga mumkin bo‘lgan toksik ta‘sirini sinchiklab monitoring sharoitida buyuriladi.

Buyrak faoliyati

Kreatinin darajasi normaning yuqori chegarasidan >50% oshgan hollarda, davolash to‘xtatilishi kerak. Davolash boshlanganidan keyin birinchi 3 oy davomida, so‘ngra vaqti-vaqti bilan kreatinin darajasini aniqlash tavsiya qilinadi (dozalar bo‘yicha tavsiyalarni «Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limidan qarang)

Yordamchi moddalar

Dori vositasi laktoza saqlaydi. Demak, kam hollarda uchraydigan galaktozani tug‘ma o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza va galaktozani so‘rilishini buzilishi bo‘lgan pasientlar preparatni qabul qilmasliklari kerak.

Preparat saxaroza saqlaydi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza va galaktozani so‘rilishini buzilishi, saxaraza-izomaltazani yetishmovchiligi xolida uni qabul qilmaslik kerak.

Homiladorlik va laktasiya davri.

Homiladorlik

Homiladorlik vaqtida fenofibratni  qo‘llash bo‘yicha muvofiq ma‘lumotlar yo‘q.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlardalarda teratogen samaralar aniqlanmagan. Embriotoksik samaralari ona organizmi uchun toksik dozalar diapazonida namoyish qilingan. Odam uchun mumkin bo‘lgan xavf noma‘lum. Shuning uchun homiladorlik vaqtida fenofibratning 145 mg dan qobiq bilan qoplangan tabletkalarini, foyda va xavf nisbati sinchiklab baholanganidan qo‘llash kerak.

Laktasiya

Fenofibratni va/yoki uning metabolitlarini ko‘krak sutiga chiqarilishi noma‘lum. Emizikli bolalar uchun xavfni istisno qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun fenofibratni emizish davrida qabul qilish mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish yoki doshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri.

Preparat avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi yoki ahamiyatsiz ta‘sir qiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Fenofibratning dozasini oshirib yuborilishi haqida faqat yakka xabarlar olingan. Ko‘pchilik hollarda dozani oshirib yuborilishining simptomlari haqida xabar berilmagan.

Spesifik antidoti noma‘lum. Dozani oshirib yuborilishiga shubha tug‘ilganda simptomatik davolash va kerakli tutib turuvchi choralarni o‘tkazish kerak. Fenofibrat gemodializda organizmdan chiqarilmaydi.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda. 3 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, quruq joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TRAYKOR tabletkalari 145mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TRAYKOR tabletkalari 145mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TRAYKOR tabletkalari 145mg N30 dori vositasi Abbott Laboratories GmbH, Германия произведено: Recipharm Fontaine tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TRAYKOR tabletkalari 145mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TRAYKOR tabletkalari 145mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
LIPIDEKS SR kapsulalar N30
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9