×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TRIDERM 15,0 krem 15g

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Belgiya
Faol modda:
Гентамицин, Бетаметазон, Клотримазол
Ishlab chiqaruvchi:
- Шеринг-Плау Лабо Н.В.
ATX kodi:
- D07XC01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FLUTINOS sprey 12ml 0,05% Aseptica, ООО O'zbekiston
63 000 s`om dan
GENTRIDERM krem 10g Seoul Pharma Co., Ltd Koreya
MOMETOKS krem 15g 0,1% Oxford Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
36 500 s`om dan
PREDNIZOLON maz 10 g 5 mg/g Алтайвитамины, ЗАО Rossiya
4 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TRIDERM 15,0 krem 15g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TRIDERM

TRIDERM

 

Preparatning savdo nomi: Triderm

Ta‘sir etuvchi moddalar (MNN): betametazon, klotrimazol, gentamisin (betamethasone, clotrimazole, gentamicin)

Dori shakli: krem.

Tarkibi:

1 g krem quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 0,5 mg betametazon (0,643 mg betametazon dipropionati ko‘rinishida);
10 mg klotrimazol; 1,0 mg gentamisin (gentamisin sulfati ko‘rinishida);

yordamchi moddalar: suyuq parafin, yumshoq oq parafin, setostearil spirti, propilenglikol, 20-22 makrogol setostearil efiri, benzil spirti, natriy digidrofosfat digidrati, fosfat kislotasi, natriy gidroksidi, tozalangan suv.

Ta‘rifi: yumshoq konsistensiyali, oq yoki deyarli oq rangli, yot kiritmalarsiz, bir xil krem.

Farmakoterapevtik guruhi: Dermatologiyada sirtga qo‘llanadigan kortikosteroidlar. Boshqa vositalar bilan majmuadagi kortikosteroidlar.

ATX kodi: D07XC01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Ta‘sir etish mexanizmi

Triderm o‘zida quyidagi ta‘sir etish mexanizmlarini birlashtiradi: betametazon dipropionatining yallig‘lanishga qarshi ta‘siri, gentamisinning antibakterial ta‘siri va klotrimazolning zamburug‘larga qarshi ta‘siri.

Farmakodinamikasi

Dipropionat shaklidagi Betametazon yallig‘lanishga qarshi, allergiya va qichishishga qarshi kuchli ta‘sir etuvchi kortikosteroid (ta‘sir etish sinfi III) hisoblanadi.

Gentamisin-antibakterial ta‘sirga ega aminoglikozid antibiotikdir. Uning ta‘siri sezgir mikroorganizmlarning oqsil sintezini susaytirishga asoslangan.

Gentamisin ko‘pchilik aerob grammanfiy va ba‘zi grammusbat bakteriyalarga ta‘sir etadi.

In vitro sharoitda gentamisin 1-8 mkg/ml konsentrasiyada Escherichia coli (ichak tayoqchasi) sezgir shtammlarining ko‘pchiligini, Haemophilus influenzae (gemofil tayoqchalar), Moraxella lacunata (Moraks – Aksenfeld tayoqchalari), Neisseria (neysseriy), indolmusbat va indolmanfiy protey, Pseudomonas ning ko‘pgina shtammlari (psevdomonad), jumladan Pseudomonas aeroginosa (ko‘k yiring tayoqchalari), Staphilococcus aureus (tillarang stafilokokk), Staphilococcus epidermidis (epidermal stafilokokk) va Serratia larning o‘sishini so‘ndiradi. In vivo sharoitida bir turning har xil turlari va har hil shtammlari gentamisinga nisbatan sezgirlikning katta farqlarini namoyish qilishi mumkin. Bundan tashqari, in vitro sharoitdagi sezgirlik in vivo sharoitdagi sezgirlikka har doim ham mos kelmaydi.

Gentamisin ko‘pchilik anaerob bakteriyalar, zamburug‘lar va viruslarga nisbatan samarasiz. Gentamisin streptokokklarga minimal ta‘sir ko‘rsatadi.

Gentamisinga nisbatan chidamlilik ham grammanfiy, ham grammusbat bakteriyalarda rivojlanishi mumkin.

Klotrimazol zamburug‘larga qarshi qo‘llaniladigan sintetik imidazol hosilasi hisoblanadi. Ta‘sir etish doirasiga odam va hayvonlar uchun patogen bo‘lgan zamburug‘lar kiradi.

Klotrimazol dermatofitlar, achitqi va mog‘orli zamburug‘larga qarshi samarali hisoblanadi.

In vitro sharoitdagi tadqiqotlarda klotrimazol Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis zamburug‘lariga va Candida, shu jumladan Candida albicans zamburug‘ turlariga qarshi samarali hisoblanadi.

Hozirgi kunlargacha olingan bilimlarga ko‘ra klotrimazolning zamburug‘larga qarshi samarasi ergosterol sintezini so‘ndirilishi bilan tushuntiriladi. Ergosterol zamburug‘lar hujayra membranasining hayotiy zarur komponenti hisoblanadi.

Farmakokinetikasi

Triderm preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Betametazon

Normal sharoitlarda mahalliy qo‘llanilganda betametazonning bir qismi tizimli qon oqimiga o‘tadi. Kirib borishi va so‘rilish miqdori tananing sohasi, terining holati dori shakli, yoshi va surtish usuliga bog‘liq.

Gentamisin

Gentamisinni shikastlanmagan teri yuziga surtishda so‘rilishini kutish ehtimoli yo‘q. Kreatin qavat shikastlanganda, yallig‘lanishlarda, okklyuzion bog‘lam ostida qo‘llanilganda yoki katta yuzalarga surtilganda teri orqali so‘rilishning kuchayishini kutish mumkin.

Klotrimazol

Surtilgan klotrimazolning katta qismi terining shox qavatida qoladi, tizimli qon oqimiga so‘rilishi esa ahamiyatli emas. 1% li radiofaol klotrimazolni sog‘ teriga, shuningdek o‘tkir yallig‘langan teriga qo‘llashdan keyin quyidagi konsentrasiyalarni aniqlash mumkin: shox qavati – 100 mkg/sm3, retikulyar qavat – 0,5-1 mkg/sm3, teri osti klechatkasi – 0,1 mkg/sm3.

 

Qo‘llanilishi

Triderm bakteriyalar va/yoki zamburug‘lar chaqirgan infeksiya mavjud yoki uning rivojlanishiga xavf paydo bo‘lgandagi kortikosteroidlar bilan davolashga sezgir dermatozlarni davolashda qo‘llanadi. Eng avvalo preparat kasallikning namlanuvchi shikastlanishlarida qo‘llaniladi.

Qo‘llash usullari va dozalari

O‘smirlar va kattalar

Bir kunda ikki marta (ertalab va kechqurun) terini shikastlangan sohalariga yupqa qavat qilib surtiladi va yengil ishqalanadi; bunda terining hamma shikastlangan yuzasidan tashqari, atrofidagi sog‘ yuzalarini ham qamrab olish kerak.

Davolash davomiyligi klinik ko‘rik, mikrobiologik tekshiruvlar natijalari, shuningdek davolashga javobga bog‘liq.

Tovon mikozida uzoqroq vaqt (2-4 hafta) davolash zarur bo‘lishi mumkin.

2 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Terining faqat shikastlangan sohalariga oz miqdorda surtilib, ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Kremni surtishlar orasida kamida 6-12 soat tanaffus bilan kuniga 2 martadan oshirmasdan qo‘llaniladi.

Kremni yuzga, bo‘yinga, bosh terisiga, chov a‘zolariga, rektal sohaga, terining intertriginoz sohalariga shifokor kuzatuvida surtish kerak. Davolash davomiyligi 5-7 kun bilan cheklanadi.

“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Bolalarda qo‘llanishi” bo‘limlariga qarang.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Davolash boshlanishida

Teri

Kam hollarda: ta‘sirlanish, achishish hissi, teri qichishi, qurishi, preparatning biror-bir ingredientiga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari va teri rangini o‘zgarishi.

Katta yuzalarda, okklyuzion bog‘lam ostida va/yoki uzoq vaqt qo‘llanilganida

Katta yuzalarda, okklyuzion bog‘lam ostida va/yoki uzoq vaqt qo‘llanilganda terida mahalliy o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.

Kremni katta yuzalarga ishlatilganda tizimli ta‘sirlar (buyrak usti bezi faoliyatini bostirilishi) ehtimoli mavjud.

Infeksiyalarga nisbatan mahalliy qarshilik kamaygani uchun, ikkilamchi infeksiya rivojlanishi xavfi mavjudligini hisobga olish kerak.

Teri

Atrofiyalar (ayniqsa yuzda), teleangiektaziyalar, striyalar, terining chiziqli atrofiyasi, teri gemorragiyalari, purpura, steroid akne og‘iz atrofidagi yoki rozaseasimon dermatit, gipertrixoz, shuningdek teri rangini o‘zgarishi kabi terini mahalliy o‘zgarishlari. Teri rangini o‘zgarishi asliga qaytishi mumkinligi noma‘lum.

Ba‘zida: gentamisinga kontakt sezgirlik.

Ba‘zi pasientlarda yorug‘likka nisbatan sezgirlik ehtimoli kuzatilgan, ammo gentamisinni qayta surib, keyinchalik ultrabinafsha nurlanish ta‘sir qilinganda, bu holat qaytalanmagan.

Endokrin tizimi

Endogen kortikosteroidlar sintezi susayadi, shishlar bilan kechuvchi giperkortisizm.

Moddalar almashinuvi

Qandli diabet (avval yashirin shaklini namoyon bo‘lishi).

Quloq, ichki quloq/buyrak

Kremni katta yuzalarga qo‘llanganda yoki bir vaqtning o‘zida aminoglikozid antibiotiklar bilan davolanganda kumulyativ ototoksiklik nefrotoksiklikni kutish mumkin.

Mushak-skelet tizimi

Osteoporoz, bolalarda o‘sishni sekinlashishi.

Yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalar, shuningdek qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan reaksiyalar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Teri infeksiyalari (virusli, bakterial [shu jumladan tuberkulyoz], shuningdek zamburug‘li), vaksinaga reaksiyalar, teri yaralari va akne mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan kortikosteroidlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar hisoblanadi.

Rozasea yoki perioral dermatit bo‘lganida kremni yuzga surtishdan voz kechishi lozim.

Preparatning faol yoki yordamchi moddalariga, boshqa aminoglikozid antibiotiklari (gentamisin bilan kesishgan allergiya) yoki imidazol hosilalariga (klotrimazol bilan kesishgan allergiya) nisbatan o‘ta sezuvchanlikda qilish mumkin emas.

Triderm okklyuzion bog‘lam ostida qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.

Tridermni shilliq qavatlarga, ko‘z atrofi va yaqinidagi teriga surtish mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Triderm bilan davolash paytida terining anal va chov qismlarida, yumshoq oq parafin va suyuq parafin kabi yordamchi moddalar lateksdan tayyorlangan prezervativlarni yirtilishiga bo‘lgan chidamliligini kamayishiga olib kelib va natijada uning ishonchliligini buzilishiga olib keladi.

Klotrimazol mahalliy qo‘llanganda amfoteresin va boshqa polien antibiotiklarga nisbatan antagonistik ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Triderm qo‘llanishi natijasida ta‘sirlanish yoki sensibilizasiya paydo bo‘lganda, davolashni to‘xtatish va tegishli davolashni boshlash kerak.

Agar Triderm katta yuzaga surtilsa, xususan uzoq vaqt qo‘llanilganda yoki shikastlangan teriga qo‘llanilganda, mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan faol moddalarni tizimli qon oqimiga so‘rilishi kuchayishi mumkin. Bunday sharoitlarda faol moddalarni tizimli qo‘llashda kelib chiqadigan noxush samaralarga o‘xshash o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda bolalarga qo‘llanilganda alohida ehtiyotkorlik tavsiya etiladi.

Aminoglikozid antibiotiklarni bir vaqtda tizimli qo‘llanganda, teri orqali so‘rilish

yuqori bo‘lganda, kumulyativ toksik ta‘sirni kuzatilishi mumkin (ototoksiklik va nefrotoksiklik).

Boshqa aminoglikozid antibiotiklarga nisbatan kesishgan allergiyani namoyon bo‘lish ehtimolini ham hisobga olish kerak.

Antibiotik saqlovchi preparatlar bilan uzoq vaqt davolanganda sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda yoki superinfeksiya rivojlanganda tegishli davolashni boshlash kerak.

Kuchli ta‘sir etuvchi yoki juda kuchli ta‘sir etuvchi kortikosteroidni yuqori dozada, keng yuzaga surtilsa yoki okklyuzion bog‘lam ostida, ayniqsa, endogen kortikosteroidlarni ishlab chiqarishi bostirilishi yoki metabolik ta‘siri kelib chiqishini hisobga olgan holda shifokorning muntazam kuzatuvi olib borilishi kerak.

Ochiq jarohatlar va terining shikastlangan joylarga qo‘llashdan saqlanish lozim.

Uzluksiz qo‘llash davomiyligi iloji boricha 2-3 haftadan oshmasligi kerak.

Juda kuchli, kuchli va o‘rtacha ta‘sir etuvchi kortikosteroidlarni yuzga va genitaliy sohasida juda ham ehtiyotkorlik bilan uzog‘i bilan 1 hafta davomida qo‘llash kerak.

Ko‘zga yaqin joylarda faqat kuchsiz ta‘sir etuvchi kortikosteroidlar qo‘llaniladi (glaukoma).

Kortikosteroidlar preparatning ingredientlariga bo‘lgan allergik teri reaksiyalarini niqoblashi mumkin.

Preparat yordamchi komponentlar sifatida propilenglikol va setostearil spirti saqlaydi. Sirtga qo‘llanilganida propilenglikol terini ta‘sirlanishi, setostearil spirti esa teri reaksiyalari (masalan, kontakt dermatit) chaqirishi mumkin.

Pasientga preparatni faqat terining aynan shu kasalligini davolash uchun qo‘llash va preparatni boshqa shaxslarga bermaslik to‘g‘risida ko‘rsatma berish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.

Homiladorlik

Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarda kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llash teratogen ta‘sir ko‘rsatgan. Homiladorlarda qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Agar homilador ayollar Aminoglikozidlarni qabul qilsa, ular yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi va homilaga zarar yetkazishi mumkin. Homiladorlik davrida aminoglikozidlar, shu jumladan gentamisin qabul qilgan onalardan tug‘ilgan bolalarda qaytmas ikki tomonlama tug‘ma to‘liq karlik rivojlangani to‘g‘risida xabar berilgan. Homiladorlarda gentamisinni mahalliy qo‘llash to‘g‘risida yetarli ma‘lumotlar yo‘q.

Homiladorlarda klotrimazolni qo‘llash to‘g‘risida yetarli ma‘lumotlar yo‘q.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari homila uchun hech qanday xavf yo‘qligini ko‘rsatgan.

Tridermni faqat mutloq zarurati bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.

Tridermni katta yuzalarga, katta miqdorda va uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas.

Emizish

Gentamisin, klotrimazol va mahalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlarni ko‘krak suti bilan ajrashishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q, ammo tizimli qon oqimiga o‘tuvchi, kortikosteroidlar ko‘krak sutiga ham o‘tadi.

Triderm ko‘krak bezlariga surtilganda emizish mumkin emas.

Bolalarda qo‘llanishi

Bu dori vositasini 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Bolalarda katta yoshli pasientlarga qaraganda gipotalamus –gipofiz-buyrak usti bezi o‘qi so‘ndirilishi va mahalliy qo‘llaniladigan kortikosteroidlar ta‘sirida ekzogen kortikosteroidlar faolligini pasayishiga sezgirligi yuqori bo‘lishi mumkin, chunki bolalarda teri qoplamasi yuzasi maydoni tana vazniga nisbatan katta bo‘lgani uchun, so‘rilish tezligi yuqoriroq bo‘ladi.

Bolalarda topik kortikosteroidlar qo‘llanganda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi o‘qi so‘ndirilishi, Kushing sindromi, bo‘y o‘sishi, tana vazni oshishini susayishi va bosh miya ichki bosimini oshishi kuzatilgan. Bolalarda buyrak usti bezi faoliyatini so‘ndirilish belgilariga qon plazmasida kortizol miqdorining kamligi va adrenokortikotrop (AKTG) gormoni bilan rag‘batlantirishga javob reaksiya kuzatilmasligi kiradi.

Bosh miya ichki bosimini oshishi simptomlariga liqildoqni bo‘rtishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ruv nervi diskining ikki tomonlama shishi paydo bo‘lishi kiradi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdagi reaksiya tezligiga ta‘sir etish qobiliyati.

Odatda preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdagi reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Mahalliy glyukokortikosteroidlarni uzoq vaqt va haddan ziyod qo‘llanilganda gipofizar – adrenal faoliyatini so‘ndirilishi va ikkilamchi adrenal yetishmovchiligi va giperkortisizm simptomlari, shu jumladan Kushing sindromi kelib chiqishi mumkin.

Gentamisin dozasining bir martalik oshirib yuborilishi natijasida biron-bir simptomlar rivojlanmaydi deb taxmin qilinadi.

Gentamisinni haddan ziyod yoki uzoq muddat qo‘llanilishi antibiotikka sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni o‘sishi va ko‘payib ketishiga olib kelishi mumkin.

Klotrimazolni 6 soat davomida okklyuzin bog‘lam ostida qo‘llash, dozani oshirib yuborilishi simptomlari rivojlanishiga olib kelmagan.

Davolash. Tegishli simptomatik davolash buyuriladi.

O‘tkir giperkortisizm simptomlari odatda qaytuvchan bo‘ladi. Zarurati bo‘lganida elektrolit muvozanatini muvofiqlashtiradi. Surunkali toksik ta‘sir bo‘lgan holatda asta-sekin kortikosteroidlar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Chidamli mikroorganizmlar Triderm bilan davolash to‘xtatiladi va kerakli terapiya buyuriladi.

 

Chiqarilish shakli

15 g dan alyumin tubalarda. Bir tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton kutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TRIDERM 15,0 krem 15g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TRIDERM 15,0 krem 15g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TRIDERM 15,0 krem 15g dori vositasi Шеринг-Плау Лабо Н.В. tomonidan Belgiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TRIDERM 15,0 krem 15g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TRIDERM 15,0 krem 15g dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SILKRON DERM krem 10g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Гентамицин, Бетаметазон, Клотримазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dongkwang Pharm. Co. Ltd
TRIDOKS krem 15g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Гентамицин, Бетаметазон, Клотримазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
DERMATRIL krem
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Faol modda: Гентамицин, Бетаметазон, Клотримазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Арпимед
VEGADERM maz 15g N1
Narh: 52 600 so'mdan Batafsil
AKRIDERM GK maz 15g
AKRIDERM GK krem 15g
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
AKRIDERM GK maz 30g
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ERIUS sirop 60ml 0,05%
TRIDERM 15,0 maz 15g
Другие формы препарата
TRIDERM maz 15g
TRIDERM maz 15g
TRIDERM maz
TRIDERM 15,0 maz 15g
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9