×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SEFTAZ poroshok 1000 mg+125 mg N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
тазобактам натрия, Цефтриаксон (в виде натриевой соли)
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- BKRS Pharma Pvt. Ltd.
Vakil:
- Florence Healthcаre
ATX kodi:
- J01DD54
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

MAKSIFLOKS ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml S.C. Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
38 949 s`om dan
IZIPTOL suspenziya 90ml 480mg/10ml СП ООО "Remedy Group" O'zbekiston
SEFVIN tabletkalari 250mg N10 Mediwin Pharmaceuticals Hindiston
58 000 s`om dan
AKLEVO 500 tabletkalari 500mg N10 Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
25 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

tseftriakson natriy (suvsiz tseftriaksonga ekvivalent) -1000 mg;

tazobaktam natriy (tazobaktamga ekvivalent) – 125 mg.

Ta'rifi: oqdan sarg'ish ranggacha bo'lgan kristallik kukun.

Tseftriakson – uchinchi avlod tsefalosporini. Tseftriakson bakterisid ta'sirga ega, penisillin-bog'lovchi proteinlardan biri yoki bir nechtasi bilan birikish oraqali bog'lanib, bakteriyalarning faol bo'linayotgan hujayra devorlarining sintezini ingibirlaydi. Ushbu proteinlar bakteriyalarning hujayra membranalari bilan bog'langan va ehtimol ularni sintezida ishtirok etadi. Hujayra devorida nuqsonlar hosil bo'lishini natijasi hujayradagi osmotik bosimni nostabil xolatiga keladi.. Bakteriya hujayralari unikal penisillin-bog'lovchi proteinlar to'plamiga ega. Bakteriyalarni har xil turlari uchun penisillinni bog'lovchi proteinlarga tseftriaksonning yaqinligi, preparatning antimikrob faollik doirasi bilan bog'liq. Shuningdek, tsefalosporinlar, penisillinlar kabi hujayralarni bo'linishiga javobgar ferment murein gidrolaza ingibitorini hususiyatini pasaytirish orqali bakteriyalarning hujayra devorlarini parchalanish tezligini oshirishi mumkin. Ushbu ferment bakteriyalarning xujayra devorlarining butunligini parchalashi mumkin.

Tazobaktam – penisillinat sulfon, tuzilish jihatidan Sulbaktamga o'xshash. Beta-laktamazani ingibitori bo'lib, penisillinlar va tsefalosporinlar kabi ushbu ferment ta'siri ostida parchalanadigan ko'pchilik preparatlar bilan sinergizm namoyon qiladi. Tazobaktam klavulan kislotasi ingibirlashi mumkin bo'lgan barcha beta-laktamazalarni ingibirlaydi, bundan tashqari, Morganella morganii, Citrobacter freundii, Enterobacter cloacae, Serratia marcescens va Pseudomonas aeruginosa bakteriyalarning indusiyalangan fermentlariga nisbatan ma'lum bir faollikka ega. Tazobaktam boshqa beta-laktamazalarga nisbatan kuchsiz ferment induktori hisoblanadi.

Plazmadagi tseftriaksonning maksimal kontsentrasiyaga yuborilganidan so'ng 30 minut davomida erishiladi. Tseftriakson siydikda yuqori kontsentrasiyalarga erishadi. Umuman olganda tseftriaksonning 33-67% o'zgarmagan holda chiqariladi, qolgan qismi esa o't-safro va axlat bilan chiqariladi. 1 g tseftriakson vena ichiga yuborilganidan so'ng o'rtacha kontsentrasiyasi o't-safroda 581 mkg/ml va plazmada 62,1 mkg/ml ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri 8,7 soatni tashkil qiladi. Tseftriakson plazma oqsillari bilan 98% bog'lanadi. Tseftriakson gematoentsefalik to'siq orqali o'tadi. Peritoneal va gemodializda organizmdan chiqarilmaydi.

Tazobaktam farmakologik va antibakterial faollikka ega bo'lmagan yagona metabolitgacha metabolizmga uchraydi. Tazobaktam kalava filtrasiyasi va naychalar sekresiyasi yo'li bilan buyraklar orqali chiqariladi. Tazobaktam va uning metaboliti asosan buyraklar orqali chiqariladi, yuborilgan dozaning 80% o'zgarmagan holda, qolgan qismi yagona metabolit ko'rinishida chiqariladi. Tazobaktam shuningdek o't-safroga ham chiqadi. Tazobaktam plazma oqsillari bilan taxminan 30% bog'lanadi. Tazobaktamning metabolitlarini oqsillar bilan bog'lanishi ahamiyatsiz darajada bo'ladi. Tazobaktam organizmning to'qima va suyuqliklariga, shu jumladan ichakning shilliq qavati, o't pufagi, o'pka, ayollarning reproduktiv a'zolari (bachadon, tuxumdonlar, bachadon naylari), hujayralararo suyuqlik va o't-safroga keng tarqaladi.



Bakterial infektsiya tasdiqlanmaganida, shuningdek profilaktik maqsadda Tseftazni buyurish maqsadga muvofiq emas, chunki bunday holda preparatga chidamli bakteriyalarni rivojlanish havfi oshadi.

Arterial gipertenziyada va suv-elektrolit muvozanati buzilganida plazmada natriyni darajasini tekshirish kerak. Preparat uzoq vaqt buyurilganida qonni tsitologik tahlil qilish kerak, disbakterioz rivojlanishi mumkinligini inobatga olish kerak.

Tseftaz bilan davolashni boshlashdan oldin pasientda tsefalosporinlar, penisillinlar va boshqa preparatlarga allergik reaktsiyalar bo'lganligini aniqlash kerak. Bu preparatni penisillinga sezuvchan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Jiddiy yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari paydo bo'lganida teri ostiga epinefrinni yuborish va boshqa tegishli davolash choralarini ko'rish kerak.

Clostridium difficile chaqirgan diareya antibakterial preparatlar, shu jumladan Tseftaz olgan deyarli barcha pasientlarda kuzatiladi va engil darajadan og'ir darajagacha bo'lishi mumkin.

Gemolitik anemiya tsefalosporinlar, shu jumladan tseftriakson/tazobaktam olgan pasientlarda kuzatilishi mumkin. Gemolitik anemiyani og'ir hollari ham kattalar, ham bolalar davolanganda kuzatilgan. Agarda pasientda tseftriakson yuborilgandan so'ng anemiya rivojlangan bo'lsa (tsefalosporinlar bilan bog'liq bo'lgan anemiya tashxisini kasallikni etiologiyasi aniqlanganda ham baholash kerak), preparat bilan davolashni to'xtatish kerak.

Preparat hatto tavsiya qilingan dozalarda yuborilganda plazmada kreatinin va mochevina azoti darajasini vaqtinchalik oshishi kuzatilgan. Protrombin vaqtini uzayishi ba'zi pasientlarda kuzatilgan.

K vitaminining sintezi buzilgan yoki K vitaminini zahirasi kam bo'lgan pasientlarda (masalan, jigarni surunkali kasalligi yoki ovqat hazm bo'lishini buzilishi) Tseftaz bilan davolash vaqtida protrombin vaqtini doim tekshirish kerak. Agarda protrombin vaqti davolash vaqtida oshsa yoki davolashdan oldin ushbu ko'rsatkich yuqori bo'lsa, u holda K vitaminini (har kuni 10 mg) yuborish kerak.

Tseftazni uzoq vaqt qo'llash preparatga chidamli mikroorganizmlarni o'sishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun pasientlarni doim nazorat qilish kerak. Superinfektsiya rivojlanganida tegishli davolash choralarini ko'rish kerak. Tseftaz miy kasalliklari, ayniqsa kolitlari bo'lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Boshqa tsefalosporinlar bilan davolashda bo'lgani kabi anafilaktik shokni rivojlanishini istisno qilish mumkin emas.

Buyrak va jigar etishmovchiligi qo'shilganida va gemodializda bo'lgan bemorlarda preparatning dozasini to'g'rilash va plazmadagi kontsentrasiyasini monitoring qilish (jigar va buyraklar faoliyatining aloxida izolyasiyalangan buzilishlarida qondagi miqdorini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya etiladi) talab qilinadi. Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda tseftriaksonning dozasini to'g'rilash talab qilinmaydi; biroq jigar va buyraklar faoliyati ahamiyatli darajada buzilgan pasientlarda Tseftazning dozasi kuniga 2,250 g dan oshmasligi kerak, bunda plazmada preparatning kontsentrasiyasini nazorat qilish talab qilinmaydi. 
Yangi tug'ilgan chaqaloqlar ( Giperbilirubinemiyasi bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarda, ayniqsa, chala tug'ilgan chaqaloqlarda tseftriaksonni qo'llash mumkin emas. In vitro sharoitda o'tkazilgan tadqiqotlar, tseftriakson bilirubinni plazma albumini bilan bog'idan siqib chiqarishi va bu keyinchalik bilirubin entsefalopatiyasi rivojlanishiga olib kelishi mumkinligini ko'rsatdi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda tseftriaksonni kaltsiy tuzlari bilan cho'kma hosil qilish havfi tufayli parentaral oziqlantirish kabi kaltsiy saqlovchi eritmalar bilan birga qo'llash mumkin emas. Tseftriakson va kaltsiy saqlovchi suyuqliklar yuborilgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarda o'lim hollari o'pkalar va buyraklarda kristallarni paydo bo'lishi bilan birga kuzatilgan.

Preparatga chidamli bakteriyalarning rivojlanishini pasaytirish va tseftriakson va tazobaktamning samaradorligini tutib turish uchun, preparatni faqat sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalarni davolash uchun qo'llash kerak. Tseftriakson natriy va tazobaktamning majmuasini quyidagi holatlarda qo'llash ko'rsatilgan:
  • Yuqori va quyi nafas yo'llari va LOR-a'zolarining infektsion-yallig'lanish kasalliklari (shu jumladan, o'tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, kasalxonadan tashqari pnevmoniya, o'pka abssessi, plevra empiemasi, o'rta quloqni o'tkir bakterial otiti);

  • Teri va yumshoq to'qimalarning infektsion-yallig'lanish kasalliklari;

  • Siydik jinsiy a'zolarni infektsion-yallig'lanish kasalliklari (pielit, o'tkir va surunkali pielonefrit, tsistit, prostatit, epididimit va boshq.);

  • Suyak va bo'g'imlar, yuz-jag'sohasini infektsion-yallig'lanish kasalliklari;

  • Qorin bo'shlig'i a'zolarini infektsion-yallig'lanish kasalliklari (peritonit, xolesistit, pankreatit va boshq.);

  • Asoratlanmagan gonoreya, shu jumladan, penisillinaza ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar chaqirgan gonoreya;

  • Sepsis va bakterial septisemiya;

  • Bakterial meningit va endokardit;

  • Yumshoq shankr va sifilis;

  • Layma kasalligi (spiroxetoz);

  • Salmonellez va salmonella tashuvchilar;

  • Immuniteti susaygan pasientlardagi infektsiyalar;

  • Operasiyadan keyingi infektsion asoratlarni oldini olish.

Operasiyadan keyingi infektsion asoratlarni oldini olish: operasiyadan oldin preparatni (Tseftaz) yuborish operasiyadan keyingi infektsiyalar havfini kamaytirishi mumkin. Operasiya o'tkaziladigan pasientlar (masalan, vaginal abdominal gisterektomiya, havf guruhidagi pasientlarida surunkali kalkulez xolesistitdagi xolesistektomiya, antimikrob preparatlar yuborishni talab qilmaydigan o'tkir xolesistit, obstruktiv sariqlik yoki o't-safro yo'llariga toshlarni tiqilib qolishi va boshq.) infektsiyani rivojlanishiga nisbatan potentsial havfli hisoblanadilar. Shuningdek, operasiya maydoni jiddiy havf solishi mumkin bo'lgan pasientlar (masalan, aorta-koronar shuntlash vaqtida) ham infektsiyani rivojlanishiga nisbatan potentsial xavfli hisoblanadilar.

Tsefalosporinlar va beta-laktamaza ingibitorlariga (shu jumladan, penisillinlarga, karbapenemlarga) yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik (I uch oylik), emizish davri.

Ehtiyotkorlik bilan: yangi tug'ilgan chaqaloqlarda giperbilirubinemiya, chala tug'ilgan chaqaloqlar, buyrak va/yoki jigar etishmovchiligi, nospesifik yarali kolit, antibakterial vositalarni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan enterit yoki kolit, homiladorlik, emizish davri

NYAQV va trombositlar agregasiyasini boshqa ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llanganida qon ketishining ehtimoli oshadi.

Diuretiklar va aminoglikozidlar tseftriaksonning nefrotoksik samarasini kuchaytiradilar.

Preparat aminoglikozidlar, flukonazol, labetalol, vankomisin, pentamidin, kaltsiya saqlovchi eritmalar bilan farmasevtik jihatdan nomutanosib.

Tseftriakson va tazobaktam majmuasi odatda yaxshi o'zlashtiriladi.

Preparat qo'llanganida quyidagi nojo'ya reaktsiyalar rivojlanishi mumkin:

Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyquchanlik, tirishishlar (buyrak etishmovchiligida), eshitishni buzilishi;

Ovqat hazm qilish yo'llari tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, meteorizm, anoreksiya, qorin og'rig'i va spazmlari, ta'm bilishni buzilishi, stomatit, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatida yaralarni paydo bo'lishi, og'iz bo'shlig'i kandidozi, glossit, soxta membranoz kolit, disbakterioz;

Jigar tomonidan: transaminazalar, ishqoriy fosfataza, LDG yoki bilirubinning faolligini tranzitor oshishi, jigar faoliyatining buzilishi, xolestaz;

Qon tizimi tomonidan: gemoglobin va gematokritni pasayishi, tranzitor eozonofiliya, neytropeniya, leykopeniya, aplastik va gemolitik anemiya, trombositopeniya, agranulositoz, gipoprotrombinemiya, protrombin vaqtini uzayishi, plazmada qonni ivish omillari (II, VII, IX, X) darajasini pasayishi;

Siydik-jinsiy tizim tomonidan: buyraklar faoliyatini buzilishi, interstisial nefrit, dizuriya, vaginit, urolitiaz, nefrolitiaz, oraliqni qichishishi, qon zardobida kreatinin va/yoki mochevina azotini oshishi;

Allergik reaktsiyalar: o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, teri toshmalari, qichishish, allergik pnevmonit, allergik dermatit, eshakemi, ekzantema, Kvinke shishi, kam hollarda – istma yoki etni uvishishi, zardob kasalligi, anafilaktik shok, bronxospazm. Boshqa preparatlarni qo'llashdagi kabi alohida hollarda teri tomonidan ko'p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi kabi nojo'ya reaktsiyalar kuzatilishi mumkin;

Mahalliy reaktsiyalar: in'ektsiya qilingan joyda og'riq yoki infiltrat, vena ichiga yuborilganidan so'ng tromboflebit bo'lishi mumkin.

Bolalar: Jiddiy infektsiyalarni davolash uchun tavsiya qilingan doza 50-75 mg/kg ni (tseftriaksonga hisoblaganda) tashkil qiladi, ikkiga bo'lib har 12 soatda yuboriladi. Umumiy sutkalik doza 2 g (tseftriaksonga hisoblaganda) dan oshmasligi kerak. 2 haftagacha bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun sutkalik doza 20-50 mg/kg ni tashkil qiladi. O'tkir bakterial o'rta quloq otitini davolash uchun tavsiya qilingan bir martalik doza 50 mg/kg (ammo tseftriaksonga hisoblaganda 1 g dan ko'p emas) mushak ichiga yuboriladi.

Kattalar: Kattalar uchun odatdagi doza 1000/125 mg tseftriakson/tazobaktamni tashkil qiladi, infektsiyaning og'irligiga qarab sutkada 1-2 marta yuboriladi. Umumiy sutkalik doza 4 g dan (tseftriaksonga hisoblaganda) oshmasligi kerak.

Operasiyadan oldin yuborish uchun (operasiyadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun) 1 g tseftriaksonga teng bo'lgan dozani jarrohlik aralashuvidan 30 minut – 2 soat oldin vena ichiga bir marta yuborish tavsiya qilinadi. Tseftaz bilan davolashni infektsiyani simptomlari o'tib ketganidan keyin kamida 2 kun davomida yuborish kerak. Odatda davolashni davomiyligi 4-14 kunni tashkil qiladi; infektsiyani og'irligiga qarab davolash muddatini uzaytirish talab qilinishi mumkin. Streptococcus pyogenes chaqirgan infektsiyalarni davolashda, davolashni kamida 10 kun davom ettirish kerak. Tseftriakson eritmasi quyida keltirilgan ko'rsatmalarga muvofiq tayyorlangan so'ng vena ichiga sekin in'ektsiya yoki infuziya qilish yoki mushak ichiga yuborish mumkin.

Qo'llash bo'yicha ko'rsatmalar

Vena ichiga oqim bilan yuborish uchun preparat in'ektsiya uchun steril suvda, natriy xlorid eritmasida yoki dekstroza eritmasida 1:10 nisbatda, mushak ichiga yuborish uchun 1% li lidokain eritmasida eritiladi. Tseftaz preparatini tegishli erituvchida (in'ektsiya uchun suv, natriy xlorid eritmasi, dekstroza eritmasi) suyultirish quyidagi jadvalda keltirilgan:


Dozasi (tseftriaksonga hisoblaganda)

250 mg

500 mg

1000 mg

Vena ichiga yuborish uchun erituvchini miqdori (ml)

2,4

4,8

9,6

Mushak ichiga yuborish uchun erituvchini miqdori (ml) (1% lidokain gidroxlorid eritmasi)

0,5-0,9

1,0-1,8

3,6


Vena ichiga in'ektsiyani kamida 2-4 minut davomida yuborish kerak.

Vena ichiga infuziyani kamida 30 minut davomida yuborish kerak.

Preparat 1% li lidokain eritmasida eritilganidan so'ng tayyor eritmani chuqur mushak ichiga yuborish kerak. 1 g dan ortiq dozalarni (tseftriaksonga hisoblaganda) 2 ga bo'lish va 12 soat interval bilan yuborish kerak.

Tayyorlangan eritmani darxol ishlatish kerak.

Tseftaz preparatini eritish yoki tayyor eritmani vena ichiga yuborish uchun suyultirish uchun kaltsiya saqlovchi eritmalarni (masalan, Ringer eritmasi yoki Gartman eritmasi) ishlatish mumkin emas. Bu cho'kma hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin.



Simptomlari: neyroreflektor qo'zg'aluvchanlik sindromi, entsefalopatiya, buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda tirishishlar, ko'ngil aynishi, qusish, diareya.

Davolash: gemodializ va tutib turuvchi davolash.

Homiladorlik

Tseftaz preparatini homiladorlikning I-uch oyligida qo'llash mumkin emas.

Laktasiya

Preparat ko'krak sutiga kam miqdorda o'tadi. Shuning uchun davolash vaqtida emizishni to'xtatish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SEFTAZ poroshok 1000 mg+125 mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SEFTAZ poroshok 1000 mg+125 mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SEFTAZ poroshok 1000 mg+125 mg N1 dori vositasi BKRS Pharma Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SEFTAZ poroshok 1000 mg+125 mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SEFTAZ poroshok 1000 mg+125 mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
IZISIN 100 inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
  • Vakil: KOHINOOR FARMA MChJ
KETOZOL SN krem 20g
AZITAB tabletkalari 500mg N3
SEFTRI tabletkalari 200mg N10
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
SEFTRI poroshok 60ml 100mg/5ml
D PARA tabletkalari 50mg N100
SEFTRAKS SB poroshok 1000mg/500mg N1
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
KOMBIZID SB poroshok 1000mg+500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
  • Vakil: KOHINOOR FARMA MChJ
IZIRAB poroshok 20mg N1
LAKS 500 infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Narh: 47 000 so'mdan Batafsil
DIKLOZID inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5
NUROZID inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5
Levoleron tabletkalari 750mg N5
Narh: 49 300 so'mdan Batafsil
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
KOMBIZID SB poroshok 2000mg+1000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
  • Vakil: KOHINOOR FARMA MChJ
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
KETOKAR inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
IZISIN 500 inyeksiya uchun eritma 2ml 500mg/2ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
KLAVOZID poroshok 1000mg/200mg
ZETRON poroshok 2000mg
ZETRON 1000 poroshok 1000mg
IZIOFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
KLAVOZID poroshok 500mg/100mg
ZEFEPIM poroshok 1g
VIROSEF poroshok 1000mg
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9