×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SELEKTODERM maz

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Бетаметазон
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

OPHTALMOCOMPLEX kapsulalar 0,5g N20 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
100 000 s`om dan
VODA DLYA IN‘EKSIY eritma 2ml N10 Лекхим-Харьков, ЧАО Ukraina
2 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SELEKTODERM maz qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SELEKTODERM

CELECTODERMUM

 

Preparatning savdo nomi: Selektoderm

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Betamezon

Dori shakli: Sirtga qo‘llash uchun surtma

Tarkibi:

Faol moddalar: Betamezon dipropionati, salisil kislotasi (100% moddaga qayta hisoblanganda).

Yordamchi moddalar: tibbiyot vazelini

Ta‘rifi: Oq rangdan sarg‘ish yoki och-sariq tusli oq ranggacha bo‘lgan surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: Glyukokortikoid

ATX kodi: D07AC01

 

Farmakologik xususiyatlari

Betamezon mahalliy yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi va tomirlarni toraytiruvchi ta‘sirga ega.

Qo‘llanilishi

Glyukokortikosteroidlar bilan davolashga sezgir bo‘lgan dermatozlarning quyidagi yallig‘lanish ko‘rinishlarini, masalan, ekzema (atopik, tangasimon), kontakt dermatit, seboreyali dermatit, neyrodermit, quyosh ta‘siridagi dermatit, eksfoliativ dermatit, staz-dermatit, radiasion dermatit, intertriginoz dermatit, psoriaz, anogenital va qariyalardagi qichishishni kamaytirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Selektoderm terining shikastlangan sohalariga, holatning og‘irligiga qarab, sutkada 1-3 marta yupqa qilib surtiladi. Ko‘pchilik hollarda samaraga erishish uchun sutkada 1-2 marta surtish yetarlidir. Preparatni surtishning tez-tezligi shikastlanish darajasiga muvofiq belgilanadi.

Yengil darajali shikastlanishlarda kuniga bir marta surtish mumkin, og‘irroq shikastlanishlarda esa preparatni surtish tez-tezligini oshirish lozim.

Okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘llash mumkin emas, chunki preparatning nojo‘ya ta‘sirlari kuchayishi mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Mahalliy kortikosteroidlar qo‘llanganida, ayniqsa okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘llanganida achishish hissi, qichishish, ta‘sirlanish, quruqlik, follikulit, gipertrixoz, xusnbuzarsimon toshmalar, gipopigmentasiya, perioral dermatit, terining maserasiyasi, ikkilamchi infeksiya, teri atrofiyasi, striyalar, issiqlik toshmasi paydo bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Selektoderm preparatining faol moddasiga yoki har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sirtga qo‘llash uchun boshqa vositalar bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi.

O‘zaro ta‘sirlar ma‘lum emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Selektodermni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan terini ta‘sirlanishi yoki yuqori sezuvchanlik belgilari paydo bo‘lganida, davolashni to‘xtatish va pasientga adekvat davolashni buyurish kerak. Infeksiya paydo bo‘lgan hollarda muvofiq zamburug‘larga qarshi yoki antibakterial vositalarni buyurish kerak. Agarda istalgan samaraga tez erishilmasa, infeksiya belgilari yo‘qolgunicha kortikosteroidlarni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Glyukokortikoidlarni tizimli qo‘llanganida uchraydigan har qanday nojo‘ya holatlar, shu jumladan buyrak usti bezlarining supressiyasi, ular mahalliy qo‘llanganida ham paydo bo‘lishi mumkin.

Mahalliy kortikosteroidlarni qon tizimiga so‘rilishi, ular uzoq vaqt davomida qo‘llanganida, tananing katta yuzalarini davolashda yoki okklyuzion bog‘lovlar ishlatilganida oshadi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi.

Homiladorlarda kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llash xavfsizligi aniqlanmaganligi tufayli, bu preparatlarni, faqat bo‘lajak ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Ushbu guruh preparatlarini homiladorlarda yuqori dozalarda va uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas.

Bugungi kunda kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llanganda tizimli so‘rilishi natijasida ularni ko‘krak sutiga kirishi aniqlanmagan, shuning uchun emizishni to‘xtatish yoki preparatni qo‘llashni to‘xtatishda, ona uchun o‘tkazilayotgan davolashning muhimligini hisobga olish lozim.

Bolalar.

Preparatni bolalarda qo‘llash yuzasidan klinik tajribalar yo‘q, shuning uchun uni bu toifa pasientlarda qo‘llamagan yaxshiroq.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

Odatda preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Mahalliy qo‘llanadigan kortikosteroidlarni haddan ziyod yoki uzoq vaqt qo‘llash gipofizar-adrenal tizimning faoliyatini susayishiga olib kelishi mumkin, bu buyrak usti bezlarining ikkilamchi yetishmovchiligiga va giperkortisizm simptomlari, shu jumladan Kushing sindromini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Giperkortisizmning o‘tkir simptomlari odatda qaytuvchidir.

Doza oshirib yuborilganida tegishli simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Zarurati bo‘lganida elektrolit disbalansini to‘g‘rilash o‘tkaziladi. Surunkali toksik ta‘siri kuzatilgan hollarda kortikosteroidni asta-sekin bekor qilish tavsiya qilinadi.

Chiqarilish shakli:

Mahalliy qo‘llash uchun surtma 20 g, 25 g yoki 30 g dan alyumin tubalarda.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SELEKTODERM maz dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SELEKTODERM maz dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SELEKTODERM maz dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
EKZOBETA maz 0,05% 15g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Бетаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
SERTOSPAN suspenziya 1ml 5 mg+2 mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Бетаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr. Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 39 500 so'mdan Batafsil
SELESTODERM V maz 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Бетаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V.
AKRIDERM krem 15g 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бетаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акрихин, АО
Narh: 19 990 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
XONDROKSIN maz 20g
Другие формы препарата
SELESTODERM V S GARAMISINOM krem 30g
SELESTODERM V 15,0 krem
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Бетаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Шеринг-Плау Лабо Н.В.
SELESTODERM V 30,0 krem
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Бетаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Шеринг-Плау Лабо Н.В.
SELESTODERM V S GARAMISINOM 30,0 krem
SELESTODERM V S GARAMISINOM 15,0 krem
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9