×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SIRELAKS ko'z tomchilari 5ml 1%

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ruminiya
Faol modda:
Циклопентолат
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
ATX kodi:
- S01FA04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RETINALAMIN liofilizat 5mg N10 Герофарм ООО Rossiya Federatsiyasi
930 000 s`om dan
SINEREKS ko'z tomchilari 5ml 0,3% N1 Beximсo Pharmaceuticals Ltd Bangladesh
KLODIFEN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1 World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
25 000 s`om dan
L DEKSOPT ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml+1mg/ml S.C. Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
77 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SIRELAKS ko'z tomchilari 5ml 1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SIRELAKS

CIRELAX

 

Preparatning savdo nomi: Sirelaks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): siklopentolat

Dori shakli: ko‘z tomchilari.

Tarkibi^

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 10 mg siklopentolat gidroxloridi;

yordamchi moddalar: borat kislotasi, benzalkoniy xloridi, kaliy xloridi, dinatriy edetati, xlorid kislotasi va/yoki suvsiz natriy karbonati, tozalangan suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: m-Xolinoblokatorlar. Oftalmologiyada mahalliy qo‘llanadigan midriatiklar va sikloplegik vositalar.

ATX kodi:S01FA04

Farmakologik hususiyatlari

Sirelaks tarkibida faol modda sifatida ta‘siri bo‘yicha atropin bilan o‘xshash bo‘lgan uchlamchi sintetik amin hisoblangan siklopentolat gidroxloridini saqlaydi. M-xolinoreseptorlarni bloklaydi, xolinergik sinapslarning mediatorini ta‘siriga to‘sqinlik qiladi.

Qorachiq sfinkterida va siliar mushakda joylashgan m-xolinoreseptorlarni bloklanishi natijasida qorachiqni toraytiruvchi mushakni bo‘shashishi va qorachiqni kengaytiruvchi mushakning tonusini ustun kelishi hisobiga qorachiqni kengayishi kuzatiladi. Bir vaqtning o‘zida siliar mushakni bo‘shashishi hisobiga akkomodasiya falaji (sikloplegiya) rivojlanadi. Qorachiqni kengayishi (midriaz) preparat bir marta tomizilgandan so‘ng 25-75 minut davomida kuzatiladi. Midriaz 6-12 soat davomida saqlanadi, juda sezuvchan pasientlarda yengil midriaz yanada uzoqroq saqlanib turishi mumkin. Sitoplegiyaning qoldiq ko‘rinishlari 12-24 soat davomida saqlanadi.

Sirelaks kuchsiz spazmolitik ta‘sirga ega, so‘lak, me‘da, bronxial, ter bezlari va me‘da osti bezining sekresiyasini kamaytiradi; ko‘z ichki bosimini oshiradi; adashgan nervning tonusini kamaytiradi, bu arterial qon bosimi biroz ko‘tarilganida ham yurak qisqarishlari sonini oshishiga olib keladi.

Gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi; o‘rtacha terapevtik dozalarda markaziy nerv tizimiga o‘rtacha rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, nafas faoliyatini qo‘zg‘atadi.

Farmakokinetikasi

Kon‘yunktiva orqali yaxshi so‘riladi. Konsentrasiyasi 0,5-1 soatdan keyin markaziy nerv tizimi (MNT) da aniqlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi o‘rtacha darajada. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 2 soatni tashkil etadi.

Qo‘llanilishi

  • oftalmoskopiyada, refraksiyani aniqlashda diagnostika maqsadida;
  • katarakta ekstraksiyasida qorachiqni kengaytirish uchun operasiyadan oldingi tayyorgarlik uchun;
  • ko‘zning old qismini yallig‘lanish kasalliklarida (episkleritlar, skleritlar, keratitlar, iridosiklitlar, uveitlar) majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Kattalar va bolalarga:

  • diagnostika maqsadida: preparat 1-2 tomchidan har bir kon‘yunktivaga tomiziladi, zarurat bo‘lganida dozasi 5-10 minutdan keyin takrorlanadi.
  • refraksiyani tekshirishda sikloplegiyaga erishish uchun: 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta 15-20 minutlik oraliq bilan tomiziladi;
  • yallig‘lanish kasalliklarida: 1 tomchidan kuniga 3 marta 5-10 kun davomida, og‘ir holatlarda 1 tomchidan har 3-4 soatda qo‘llash mumkin.

Flakonning ichidagi eritmani mikroblar bilan ifloslanishdan saqlanish uchun, tomchilagichning uchini biron-bir yuzaga tegib ketishida saqlanish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Mahalliy reaksiyalar: achishish, giperemiya, kon‘yunktivani va ko‘z olmasini shishi, fotofobiya, ko‘z ichki bosimini oshishi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, blefarokon‘yunktivit, nuqtali keratit.

Kam hollarda: tizimli ta‘siri namoyon bo‘lishi mumkin (ko‘proq bolalarda): holsizlik, ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, taxikardiya, ichak atoniyasi, qovuq atoniyasi, o‘tkir siydik tutilishi bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • yopiq burchakli glaukoma;
  • glaukomani borligiga taxmin qilish;
  • qorachiq sfinkterini jarohatdan keyingi falajida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar, keksalik yoshi, ichak tutilishi, prostata bezi giperplaziyasida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

M-xolinomimetiklar va xolinesteraza ingibitorlarining ta‘sirini susaytiradi.

Adrenomimetiklar siklopentolatning samarasini kuchaytiradilar.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sirelaks preparati qo‘llanganida ko‘z ichki bosimini nazorat qilish kerak. Tizimli nojo‘ya samaralarni rivojlanish havfini kamaytirish uchun preparat instillyasiya qilinganidan so‘ng 1-2 minut davomida ko‘zning ichki burchagidagi ko‘z yoshi qopchasi sohasini barmoq bilan biroz bosish tavsiya etiladi.

Rangdor pardaning pigmentlari to‘q bo‘lgan shaxslarda Sirelaksning samarasi kamroq. Preparat bu shaxslarga qo‘llanganida qoldiq akkomodasiya 2-4 dioptriyga yetishi mumkin.

Bolalarda akkomodasiya spazmi o‘rtacha turg‘unlikda yoki turg‘un bo‘lganida sikloplegiya uchun atropin sulfatni instillyasiya qilish avzaldir.

Sirelaks ko‘z tomchilari tarkibida linzalarda to‘planish hususiyatiga ega bo‘lgan va ko‘zga salbiy ta‘sir ko‘rsatadigan benzalkoniy xloridi konservantini saqlaydi. Preparatni qo‘llashdan oldin linzalarni ko‘zdan olish va instillyasiyadan so‘ng kamida 15 minutdan keyin ko‘zga qayta o‘rnatish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homilador ayollar va emizikli onalarga Sirelaks preparatining ta‘siri yetarli darajada o‘rganilmagan bo‘lsa-da, ushbu pasientlar toifasiga preparatni qo‘llashdan kutiladigan samara homila yoki bolada kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarni rivojlanish havfidan ustun bo‘lgan holatdagina qo‘llash mumkin.

Pediatriyada qo‘llanishi

Preparat 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Spastik falaj bilan xastalangan yoki bosh miyani shikastlanishlari bo‘lgan bolalar uchun siklopentolatga yuqori sezuvchanlik xos. Shuning uchun siklopentolatni bunday pasientlarni davolash uchun juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Sirelaks preparati bilan davolanish vaqtida transport vositalarini boshqarish va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial havfli faoliyat turlarini bajarish tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ruhiy reaksiyalarni izdan chiqishi va hulq-atvor buzilishlari (ma‘nosiz so‘zlash, gallyusinasiyalar, hurujlar, vaqt va joyni orientasiya qilishni buzilishi, emosional holatni o‘zgarishi), ataksiya, haddan tashqari toliqish, yaqin masofadan jismlarni aniqlashni buzilishi, koma (hatto o‘limga olib keladigan koma) bo‘lishi mumkin.

Davolash: spesifik antidot – fizostigminni vena ichiga yuborish, bolalarga 0,5 mg dozada, yuboriladi, zarurat bo‘lganida (5 minutdan keyin samarasi kuzatilmasa) dozasi takroran yuboriladi (maksimal dozasi 2 mg dan oshmasligi kerak); kattalarga antidot 2 mg dozada yuboriladi, 20 minutdan keyin samarasi kuzatilmasa, 1-2 mg dozada takroran yuboriladi.

Chiqarilish shakli

Ko‘z tomchilari 5 ml dan oq rangli polietilen flakon-tomchilagichda, himoya halqasi bilan himoyalangan, oq rangli buraladigan himoya qopqoqchasi yopilgan.

Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 2°C-8°C haroratda saqlansin.

Flakon ochilganidan so‘ng preparat 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin va 28 kun davomida ishlatilsin.

Yaroqlilik muddati 

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SIRELAKS ko'z tomchilari 5ml 1% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SIRELAKS ko'z tomchilari 5ml 1% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SIRELAKS ko'z tomchilari 5ml 1% dori vositasi World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L. tomonidan Ruminiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SIRELAKS ko'z tomchilari 5ml 1% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SIRELAKS ko'z tomchilari 5ml 1% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SIKLOMED 5ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Циклопентолат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Промед Экспортс Пвт
Ishlab chiqaruvchining dorilari
EMOPROKS ko'z tomchilari 5ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Metiletilpiridinol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Narh: 49 700 so'mdan Batafsil
FLUZAMED ko'z tomchilari 5ml 0,3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Flukonazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
  • Vakil:
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
DAVERIS ko'z tomchilari 2,5ml 0,004% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Travoprost ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
BIVOKSA ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Moksifloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
BRINORM ko'z tomchilari 5ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Brinzolamid ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9