×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TURBO MIKRON G tabletkalari N60

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ispaniya
Faol modda:
Гесперидин, Диосмин
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- ДЖИ ЭМ Фармасютикалс, ООО, Грузия произведено: КЕРН ФАРМА, С.Л.
Vakil:
- GMP
ATX kodi:
- C05CA53
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 204 ta dorixonasida topildi

ico 168 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 218 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 168 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
TALLITON tabletkalari 6,25mg N28 Egis Pharma PLC Vengriya
51 500 s`om dan
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2% N5 Uzgermed Pharm, СП, ООО O'zbekiston
5 000 s`om dan
SPILAKTON tabletkalari 25mg N20 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

flavonoidlarning 500 mg mikronlashtirilgan tozalangan fraksiyasi:

450 mg – diosmin (90%), 50 mg – gesperidin koʻrinishidagi flavonoidlar (10%);

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, jelatin, natriy kraxmal glikolyati (kartoshka kraxmali), magniy stearati, talk, natriy laurilsulfati, toʻq sariq rangli Opadray 03G34105 (gipromelloza (Ye-464), glitserol, titan dioksidi (Ye-171), temir (III)-oksidi (Ye-172), temir (II)-oksidi (Ye-172), polietilenglikol 6000, magniy stearati).
Turbo mikron G flebotonik preparat va vazoprotektor vosita hisoblanadi (vena qon tomirlarni torayishini, venoz qarshilikni oshishi va oʻtkazuvchanligini pasayishini chaqiradi).

Eksperimental modellarda diosmin venoz qon oqimiga ikkilamchi taʼsir koʻrsatadi:

venalar va venulalarda: u qon-tomirlar devorining tonusini oshiradi va dimlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi;
mikrotsirkulyatsiya darajasida: kapillyarlarning oʻtkazuvchanligini normallashtiradi va kapillyarlarning rezistentligini kuchaytiradi.
Odamlarda quyidagi pletizmografik venoz koʻrsatkichlar: vena qon-tomirlari hajmi, choʻziluvchanligi va qonni venadan chiqish vaqti boʻyicha preparatning dozaga bogʻliq boʻlgan statistik ahamiyatli samarasi koʻrsatilgan. Dozasi va samarasining eng yaxshi nisbati 2 tabletka qabul qilinganida olingan.

flebotonik taʼsiri: diosmin venoz tonusni oshiradi. Simobli tenziometrik datchik yordamida oʻtkazilgan okklyuzion pletizmografiya, qonni venadan chiqish vaqtini qisqarishini koʻrsatdi.
mikrotsirkulyator faolligi: kapillyarlarning moʻrtligi belgilari boʻlgan patsiyentlarda davolash kapillyarlarning rezistentligini oshiradi, bu angiostereometriya usuli bilan oʻlchanganida tasdiqlangan.
Soʻrilishi

Peroral qabul qilinganidan soʻng Turbo mikron G ichakda, u yerdagi flora taʼsirida tez transformatsiyaga uchraydi va aglikon shaklida, yaʼni diosmetin shaklida soʻriladi. Preparat peroral qabul qilinganida uning biokiraolishligi taxminan 57,9% ni tashkil etadi.

Taqsimlanishi

Diosmetin 62,1 l taqsimlanish hajmi bilan toʻqimalarga ekstenziv ravishda taqsimlanadi.

Biotransformatsiyasi

Diosmetin glitsin bilan konyugatsiyalangan fenol kislotalari va ularning hosilalarigacha tez va intensiv ravishda parchalanadi, ular siydik bilan chiqariladi. Odamda eng ustun turadigan metaboliti gidroksifenilpropionat kislotasi hisoblanadi, u asosan konyugatsiyalangan shaklda chiqariladi. Kamroq miqdorlarda aniqlanadigan metabolitlariga boshqa fenol kislotalari, shu jumladan 1-gidroksi-4-metoksibenzoy kislotasi va 3-metoksi-4-gidroksifenilsirka kislotasi va 3,4-digidroksibenzoy kislotasi kiradi.

Eliminatsiyasi

Odamlarda eliminatsiyasi nisbatan tez yuz beradi. Tadqiqotlarda radiofaol izotop bilan nishonlangan diosminning 34% siydik bilan va axlat bilan birinchi 24 soat davomida chiqarilgan va taxminan 86% siydik va axlat bilan birinchi 48 soat davomida chiqarilgan.

Toʻgʻri proporsionallik / teskari proporsionallik

Turbo mikron G ning farmakokinetikasi toʻgʻri proporsional hisoblanadi.
Noxush koʻrinishlar rivojlanish tezligiga muvofiq quyidagicha taʼriflangan: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1,000 dan < 1/100 gacha); kam hollarda (≥ 1/10,000 dan < 1/1,000 gacha); juda kam hollarda (< 1/10,000); uchrash tezligi nomaʼlum (uchrash tezligi mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida aniqlash mumkin emas).

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar: tez-tez – koʻngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya.

Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: kam – bosh ogʻrigʻi, lohaslik, bosh aylanishi.

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – toshma, qichishish, eshakemi.
Kattalarda surunkali venoz yetishmovchilik bilan bogʻliq boʻlgan simptomlar va shishni kamaytirish uchun qoʻllanadi.
Kattalar Standart terapevtik doza – kuniga 2 tabletkani tashkil etadi, alohida qabul qilinadi: bitta tabletka tushlik vaqtida, va boshqa tabletka kechqurun ovqat vaqtida qabul qilinadi. Maksimal davolash davomiyligi – 2 dan 3 oygacha muddatni tashkil etadi. Bolalar populyatsiyasi Bolalarda diosminni havfsizligi va samaradorligi oʻrganilmagan.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TURBO MIKRON G tabletkalari N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TURBO MIKRON G tabletkalari N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TURBO MIKRON G tabletkalari N60 dori vositasi ДЖИ ЭМ Фармасютикалс, ООО, Грузия произведено: КЕРН ФАРМА, С.Л. tomonidan Ispaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TURBO MIKRON G tabletkalari N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TURBO MIKRON G tabletkalari N60 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
VENOXELP tabletkalari 50mg N30
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
NORMOVEN tabletkalari 500mg N60
Narh: 174 500 so'mdan Batafsil
DETRALEKS tabletkalari 1000mg N60
Narh: 504 000 so'mdan Batafsil
DETRALEKS tabletkalari 1000mg N30
Narh: 135 700 so'mdan Batafsil
DETRALEKS tabletkalari 500mg N60
Narh: 255 000 so'mdan Batafsil
DETRALEKS tabletkalari 500mg N30
Narh: 110 000 so'mdan Batafsil
DIOSPERIDIN tabletkalari 450mg+50mg N30
VENO RITZ tabletkalari 450mg+50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Гесперидин, Диосмин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Другие формы препарата
TURBO gel 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Vakil: GMP
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9