×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

UGOL AKTIVIROVANNIY MS 0,25 tabletkalari N30

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Активированный уголь
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Медисорб, АО
ATX kodi:
- A07BA01 Активированный уголь
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

UGOL AKTIVIROVANNIY tabletkalari 250mg N10 ИРБИТСКИЙ ХИМФАРМЗАВОД, ОАО Rossiya
1 000 s`om dan
KALSEMIN SILVER tabletkalari N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
194 900 s`om dan
MYATI PERECHNOY LISTYa sire 50g Asel, ЧП O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
UGOL AKTIVIROVANNIY MS 0,25 tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
UGOL AKTIVIROVANNЫY MS

CARBO AKTIVATUS MS

 

Preparatning savdo nomi: Ugol aktivirovannыy MS

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): faollashtirilgan ko‘mir.

Dori shakli: tabletkalar 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 250 mg faollashtirilgan ko‘mir;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali.

Ta‘rifi.: qora rangli, yassisilindrik, biroz g‘adir-budir, faskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: enterosorbsiya qiluvchi vosita.

ATX kodi: A07BA01

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat adsorbsiya qiluvchi va nospesifik detoksikasiya qiluvchi ta‘sirga ega. Me‘da-ichak yo‘llarining ichida faollashtirilgan ko‘mir turli tabiatli endogen va ekzogen zaharli moddalarni, shu jumladan bakteriyalarni, bakterial toksinlarni, ovqat allergenlarini, dori preparatlarini, zaharlarni, alkaloidlarni, og‘ir metall tuzlarini va gazlarni bog‘laydi va organizmdan chiqaradi.

Farmakokinetikasi

So‘rilmaydi, parchalanmaydi, me‘da-ichak yo‘llari orqali 24 soat davomida to‘liq chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Turli kelib chiqishga ega bo‘lgan ekzogen va endogen zaharlanishlarda zaharsizlantiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.

Ovqat toksikoinfeksiyalarni, salmonelyozni va dizenteriyani majmuaviy davolashda.

Dori preparatlari (psixotrop, uxlatuvchi, narkotik vositalar va boshqalar), alkaloidlar, og‘ir metall tuzlari va boshqa zaharlar bilan zaharlanishda.

Dispepsiya, meteorizm bilan kechuvchi me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklarida.

Ovqat va dori allergiyasida.

Giperbilirubinemiyada (virusli gepatit va boshqa sariqliklar) va giperazotemiyada (buyrak yetishmovchiligi).

Ultratovush va rentgenologik tekshirishlar oldidan avval ichakda gaz hosil bo‘lishini kamaytirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, tabletkalarda yoki avval maydalangandan so‘ng suvli aralashma ko‘rinishida, ovqatlanishdan va boshqa dori vositlarni qabul qilishdan bir soat oldin qo‘llanadi. Preparatning kerakli miqdori ½ stakan suvda aralashtiriladi.

Kattalarga dozalash tartibi o‘rtacha 1,0-2,0 g (4-8 tabletka) dan sutkada 3-4 marta, kattalar uchun maksimal bir martalik doza – 8 g gacha.

Bolalarga preparat tana vazniga o‘rtacha 0,05 g/kg hisobidan sutkada 3 marta buyuriladi, maksimal bir martalik doza tana vazniga 0,2 g/kg gacha.

O‘tkir kasalliklarda davolash kursi – 3-5 kun. Allergiya va surunkali kasalliklarda – 14 kungacha. Takroriy kurs – shifokorning tavsiyasi bo‘yicha 2 haftadan so‘ng.

O‘tkir zaharlanishlarda davolash me‘dani faollashtirilgan ko‘mirning suvli aralashmasini ishlatish bilan yuvishdan boshlanadi, so‘ngra ichga 20-30 g preparat beriladi.

Meteorizmda preparat ichga 1-2 g (4-8 tabletka) dan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Davolash kursi 3-7 kun.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qabziyat, diareya. Uzoq muddat (14 kundan ortiq) qo‘llanganida kalsiyni, vitaminlarni, oziq moddalarni so‘rilishi pasayishi mumkin. Ahlat qora rangga bo‘yalishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Me‘da va 12 barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi, nospesifik yarali kolit, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar, ichak atoniyasi, preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, samarasi so‘rilganidan keyin rivojlanadigan antitoksik dori vositalarni bir vaqtda buyurishda (metionin va boshqalar) qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Faollashtirilgan ko‘mir u bilan birga bir vaqtda ichga qo‘llanadigan dori preparatlarining samaradorligini pasaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Intoksikasiyalarni davolashda me‘dada (uni yuvishdan oldin) va ichakda (me‘da yuvilganidan so‘ng) faollashtirilgan ko‘mirning ortig‘i bilan hosil qilish lozim. Muhitda faollashtirilgan ko‘mirning konsentrasiyasini kamayishi ichakda bog‘langan moddani desorbsiyasi va uning so‘rilishiga yordam beradi; rezorbsiyani oldini olish uchun me‘dani faollashtirilgan ko‘mir bilan takroran yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni buyurish tavsiya etiladi. Agar zaharlanish enterogepatik sirkulyasiyada ishtirok etuvchi moddalar (yurak glikozidlari, indometasin, morfin va boshqa opiatlar) tomonidan chaqirilgan bo‘lsa, faollashtirilgan ko‘mirni bir necha kun davomida qo‘llash lozim. Preparatlar 10-14 kundan ortiq ishlatilganida vitaminlar va kalsiy preparatlarini profilaktik buyurish kerak. Quruq joyda, atmosferaga gazlar yoki bug‘larni chiqaruvchi moddalardan alohida saqlash lozim. Ochiq havoda (ayniqsa nam) saqlash sorbsion xususiyatini pasaytiradi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 250 mg.

10 tabletkadan kontur uyasiz o‘ramda.

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

1, 2, 3, 5 yoki 10 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.

Kontur o‘ramlarni teng miqdordagi yo‘riqnomalar bilan guruh o‘ramiga joylashga ruxsat beriladi.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
3 yil

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

UGOL AKTIVIROVANNIY MS 0,25 tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
UGOL AKTIVIROVANNIY MS 0,25 tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
UGOL AKTIVIROVANNIY MS 0,25 tabletkalari N30 dori vositasi Медисорб, АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
UGOL AKTIVIROVANNIY MS 0,25 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
UGOL AKTIVIROVANNIY MS 0,25 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
UGOL AKTIVIROVANNIY tabletkalari 250mg N10
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
UGOL AKTIVIROVANNIY MS tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Активированный уголь ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Медисорб, АО
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
UGOL AKTIVIROVANNIY tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Активированный уголь ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ИРБИТСКИЙ ХИМФАРМЗАВОД, ОАО
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
UGOL AKTIVIROVANNIY 0,25 tabletkalari 0,25g N50
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SITRAMON P tabletkalari N10
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
UGOL AKTIVIROVANNIY MS tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Активированный уголь ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Медисорб, АО
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9