×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VALERIANI KORNEVIShA S KORNYAMI 50,0 PAK/IVAN-CHAY

Kategoriya:
- Uyqu dorisi va sedativlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Валерианы корневища с корнями
Ishlab chiqaruvchi:
- ИВАН-ЧАЙ,ЗАО
ATX kodi:
- N05CM09
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GALOPERIDOL tabletkalari 5mg N50 Rusan Pharma Ltd Hindiston
VALERIANI nastoyka 40ml Ziyo Nur Farm ЧП O'zbekiston
5 500 s`om dan
BIOPASSIT sirop 100ml BioMedicare Pvt. Ltd., Индия произведено: Multani Pharmaceuticals Ltd Hindiston
50 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VALERIANI KORNEVIShA S KORNYAMI 50,0 PAK/IVAN-CHAY qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VALERIANЫ EKSTRAKT

EXTRACT VALERIANAE

 

Preparatning savdo nomi: Valerianы ekstrakt

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: valeriananing quyuq ekstrakti – 20,00 mg,

yordamchi moddalar: yadrosi: magniy gidroksikarbonati (magniy karbonat asosi)–50,50 mg, kartoshka kraxmali – 26,69 mg, jelatin – 0,23 mg, talk – 2,58 mg;

qobig‘i: VIVACOAT PM-2P-051 – 10,00 mg [gipromelloza (gidroksipropil-metilsellyuloza) (Ye 464) – 5,000 mg, titan dioksidi – 1,280 mg, makrogol-3350 (polietilenglikol-3350) – 0,500 mg, talk – 2,350 mg, giproloza (gidroksipropil-sellyuloza) – 0,500 mg, shafaq sarig‘i bo‘yovchisi (Ye 110) – 0,013 mg, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi (Ye 104) – 0,345 mg, temir II oksidi bo‘yovchisi (Ye 172) –  0,012 mg]

tiniq OPADRAY II 85F19250 (OPADRY II 85F19250 Clear) – 1,00 mg [polivinil spirti – 0,523 mg, makrogol (polietilenglikol) – 0,147 mg, talk – 0,300 mg, polisorbat-80 (tvin-80) – 0,030 mg].

Ta‘rifi: dumaloq, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, ikki tomonlama qavariq tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida och jigarrangli bo‘lib, och va to‘q dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘simliklardan olinadigan sedativ vosita.

ATX kodi: N05CM09

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparatning ta‘sir etuvchi moddasi borneol va izovalerian kislotasining murakkab efiridir. Asta-sekin boshlanuvchi, lekin yetarli darajada barqaror bo‘lgan o‘rtacha darajadagi sedativ ta‘sir ko‘rsatadi. Tabiiy uyquga ketishni yengillashtiradi. Bundan tashqari, preparat me‘da-ichak yo‘llarining silliq mushaklariga spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi.

Qo‘llanilishi

Yuqori asabiy qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik (uyquga ketishni buzilishi); majmuaviy davolash tarkibida – yurak-qon tomir tizimining funksional buzilishlari, me‘da-ichak yo‘llari a‘zolarining spazmlari.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish buyuriladi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar – 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta ovqatdan keyin qabul qiladilar. Davolash davomiyligi 2-4 haftani tashkil qiladi. Takroriy davolash kurslari shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tormozlanish, uyquchanlik, mushak kuchsizligi, tushkunlik, ish qobiliyatini pasayishi (ayniqsa yuqori dozalarda qo‘llanganida), uzoq muddat qo‘llanganida – qabziyat. Ayrim hollarda allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, saxaroza-izomaltoza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani malabsorbsiyasi, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Surunkali enterokolitda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Uyqu vositalari va markaziy nerv tizimini susaytiruvchi boshqa dori vositalari, shuningdek spazmolitiklarning ta‘sirini kuchaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni har kuni 1,5-2 oydan ortiq qabul qilish mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Preparatni xomiladorlikning II va III uch oyliklarida va emizish davrida, faqat agar ona uchun kutilayotgan foyda, homila va bola uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan xoldagina qo‘llash mumkin. Shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolanish davrida transport vositalari va mexanizmlarni boshqarishda xamda diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli  faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida tormozlanish, uyquchanlik, mushak kuchsizligi, tushkunlik, ish qobiliyatini pasayishi kabi nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin. Davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 20 mg.

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda; kontur uyali o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan guruh o‘ramiga joylanadi.

50 tabletkadan shisha trubkali flakonda.

50 tabletkadan amortizatori bo‘lgan polimer bankada yoki polimer tubada.

Flakonlar, bankalar yoki tubalar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan bo‘luvchi to‘siqlari bo‘lgan guruh o‘ramiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalarda berish tartibi

Reseptsiz beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VALERIANI KORNEVIShA S KORNYAMI 50,0 PAK/IVAN-CHAY dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VALERIANI KORNEVIShA S KORNYAMI 50,0 PAK/IVAN-CHAY dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VALERIANI KORNEVIShA S KORNYAMI 50,0 PAK/IVAN-CHAY dori vositasi ИВАН-ЧАЙ,ЗАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VALERIANI KORNEVIShA S KORNYAMI 50,0 PAK/IVAN-CHAY dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VALERIANI KORNEVIShA S KORNYAMI 50,0 PAK/IVAN-CHAY dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N50
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N10
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N50
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N10
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N50
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N10
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: valeriani ekstrakt ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: valeriani ekstrakt ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
VALERIANI nastoyka 25ml
VALERIANI nastoyka 50ml
VALERIANI nastoyka 40ml
VALERIANI nastoyka 25ml
VALERIANI nastoyka 30ml
VALERIANI nastoyka 25ml
VALERIANI nastoyka 25ml
VALERIANI nastoyka 25ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московская фармацевтическая фабрика, ЗАО
VALERIANI nastoyka 25ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9