×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VAN BI kapsulalar N30

Kategoriya:
- Tetiklashtiradigan
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
клубней диоскореи клубненосной, корней витании снотворной, корней пуэрарии туберозы, корней спаржи кистецветной, минеральная смола очищенная, плодов бобов бархатистых, сухие экстракты плодов перца длинного
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Lupin Ltd
ATX kodi:
- A13A
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

APILAK GRINDEKS tabletkalari 10mg N25 Гриндекс, АО Latviya
19 000 s`om dan
ALOE ekstrakt 1ml N10 БиоФарма OOO Ukraina
ALFAGIN sirop 120ml Herbion Pakistan (PVT) Ltd Pokiston
20 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VAN BI kapsulalar N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VAN-BI

ONE-BE

 

Preparatning savdo nomi: VAN-BI

Dori shakli: kapsulalar.

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:

Shatavari (Asparagus resimosus) quruq ekstrakti                       170 mg

Ashvagandxa (Withania somnifera) quruq ekstrakti                     100 mg

Vidarikand (Pueraria tuberosa) quruq ekstrakti                         100 mg

Kaunch Bidj (Mucuna pruriens) quruq ekstrakti                          50 mg

Varaxikand (Dioscorea bulbifera) quruq ekstrakti                      50 mg

Vriddxadaru (Argyreia speciosa) quruq ekstrakti                                   50 mg

Pippali (Piper longum) quruq ekstrakti                                     25 mg

Shuddxa Shiladjit (mumiyo)                                                          85 mg

Farmakoterapevtik guruhi: adaptogen i umumiy rag‘batlatiruvchi vosita.

Kod ATX: A13A

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Antistress va adaptogen xususiyatlariga ega bo‘lgan vosita, jinsiy faoliyatini tabiiy stimulyatori.

Van Bi stressga qarshi, adaptogen, tinchlantiruvchi, tiklovchi va immunomodulyator xususiyatlariga ega, shuningdek hayot tonusini oshiruvchi preparat sifatida tanilgan. U shuningdek o‘qishga bo‘lgan qobiliyatni oshiradi va xotirani yaxshilaydi. U stress va xavotirli vaziyatlarga moslashishga yordam beradi. Van Bi tarkibiga Hind tibbiyot tizimida keng qo‘llaniluvchi va ularning ta‘sir faolligi yaxshi o‘rganilgan ingradientlar kiradi.

Shatavari (Asparagus racemosus) Van Bi ning ingredientlaridan biri bo‘lib, tiklovchi va adaptogen vosita sifatida keng tanilgan. Uning ingredientlari hind tibbiyot tizimida stress va shunga o‘xshash holatlarda tonusni oshiruvchi vosita sifatida tavsiya etiladi.

Van Bi organizmda gomestazni tutib turishga yordam beradi. Shiladjit (mumiyo) Van Bi ning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, Materiya Medikada keng yoritilgan va uning stressga qarshi faol, tiklovchi va immunomodulyator samaralari keng miqiyosda qo‘llanadi.

Van Bi rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega va tonusni oshiruvchi vosita sifatida Vriddxadaru (Argyreia speciosa) ni saqlaydi.

Van Bi o‘zining tiklovchi xususiyatlari bilan tanilgan Vidarikand va Varaxikand (Dioscorea bulbifera) ni saqlaydi. Kaunch Bidj (Mucuna prurients), Vidarikand (Puereria tuberose), Vriddaxaradu (Argyreia speciosa), Varaxikand (Dioscorea bulbifera) va Pippali (Piper longum) hayot tonusini oshiruvchi samaralarga ega ingredientlaridir.

Van Bi ning Withania somnifera, Mucuna prurients, Asparagus racemosus kabi ingredientlari nerv tizimining tonusini oshiruvchi vositalar hisoblanib, libido/jinsiy faollikni oshiradi.

 

 

Ingredient Xususiyatlari
Asparagus racemosus Tiklovchi va adaptogen
Withania somnifera Stressga qarshi, adaptogen, tinchlantiruvchi, tiklovchi, immunomodulyator va jinsiy faollikni kuchaytiruvchi
Puereria tuberose Immunostimullovchi
Mucuna prurients Nerv tizimining tonusini oshiruvchi, libidoni oshiruvchi
Dioscorea bulbifera Tiklovchi
Argyreia speciosa Stimullovchi va tonusni oshiruvchi
Piper longum Yoshartiruvchi
Mumiyo Stressga єarshi, tiklovchi va immunomodulyator

 

Qo‘llanilishi

Adaptogen, tiklovchi, libido/jinsiy faollikni oshiruvchi vosita sifatida, stress, vahima, qarilik, umumiy charchoqlik bilan bog‘liq holatlar.

Qo‘llash usli va dozalari

Bir yoki ikki kapsuladan kuniga ikki marta, yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tavsiya etilgan terapevtik dozalari nojo‘ya ta‘sirlar chaqirmaydi. Shunday bo‘lsada, sezuvchan pasientlarda juda kam uchraydigan diareya va qabziyat, uyquchanlik, bosh aylanishi kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Van Bi kapsulalarini bolalarga buyurish tavsiya etilmaydi. Shuningdek homilador va emizikli ayollarga ham buyurish tavsiya etilmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Van Bini boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Kuzatilmagan.

 

Chiqarilish shakli

Kapsulalar (3x10) blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Yorg‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VAN BI kapsulalar N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VAN BI kapsulalar N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VAN BI kapsulalar N30 dori vositasi Lupin Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VAN BI kapsulalar N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VAN BI kapsulalar N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9